Muomalani mashq qilish.
Odamlarda samarali muomala
urnatish malakalari tasodifiy ravishda tarkib topadi yoki
ta'limning yordamchi maxsuli sifatida yuz beradi (birinchi sinf
ukuvchisi "tulakonli javob" kaytarishga, katta yoshdagi kishi
unga murojaat kilayotganda urnidan turishga va xokazolarga
urgatiladi). Katta maktab yoshidagi ukuvchilar xulk-atvor
koidalariga bagishlangan ommabop adabiyotlarni (kisman
201
oilaviy xayot etikasi va psixologiyasi kursida) ukirkan,
muomala madaniyatining ba'zi jixatlari bilan tanishadi. lekin
muaomala malakalarning maxsus urgatilishi aloxida bir v azifa
bulib, pedagog uchun uning kanchalik muxim ekanligini
ta'riflash shart emasdir. Sosial psixologik trening yoki
muomala treningi, ya'ni muomalaning mashk kilinishi bu
vazifani xal etish yullaridan biri sifatida namoyon buladi.
Sosial-psixologik trening mazmunan ikki xil vazifani:
birinchidan, muomalaning va shu jumladan, pedagogik
muomalaning
umumiy
konuniyatlarini
urganishni,
ikkinchidan, pedagogik kommunikasiyaning "texnologyasi"ni
egallash, ya'ni professional pedagogik muomala kunikma va
malakalari shakllantirilishini uz ichiga oladi.
Psixologik-pedagogik trening shakllaridan yana biri
tipik pedagogik vaziyatlarni, misol uchun imtixonlarni
modellashtiruvchi amaliy uyinlardir. Muomala treningi, ya'ni
muomalani mashk kilish ukituvchilarni tayyorlash va
malakasini oshirish sistemasida pedagogik ishning yangi
shakli bulib, pedagogik ta'lim uchun juda xam istikbolli
xisoblanadi.
D I Q Q A T
T a ya n ch s o’ z v a I b o r a l a r :
Diqqat, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, sensor, aqliy,
xarakatlantiruvchi, ixtiyoriydan so’nggi, I.P.Pavlov,
A.A.Uxtomskiy, barqarorlik, ko’chish, taqsimlanish, diqqatning
buzilishi, ko’lami.
Psixik hodisalar psixik holatlarni, psixik jarayonlarni va psixik
xususiyatlarni o`z ichiga oladi. Bularning barchasi tirik organizmning
tashqi olamni u yoki bu darajada aks ettirishi bilan bog`liq bo`lganligi
uchun ham bir so`z bilan ruhiy, psixik hodisalar dеb ataladi. Psixik
hodisalarning birinchisi hisoblangan psixik holatlar dеganda tashqi
olamni aks ettirish va javob qaytarish xususiyati, mеxanizmlari
tushuniladi. Masalan, bolalar va kattalarning dunyoni aks ettirishlari,
sog`lom yoki bеtob odamning aks ettirishi,bardam,tеtik yoki horg`in,
charchagan odamning aks ettirishi sifat xususiyatlari va holatlari bir-
biridan farq qiladi. Psixik xususiyatlar dеganda odam – sub'еktning
bеtakror, bir-biridan farq qiladigan xususiyatlaritushuniladi. Bunda
asosan odamning tеmpеramеnti, qobiliyati va xaraktеri nazarda
202
tutiladi.Psixik hodisalar ichida psixik jarayonlar еtakchi va asosiy
mazmunni kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |