204
belgilanadi. Diqqat ancha yangi, qiziqarli, maroqli bo’lmagan
narsalarga qaratilmasdan, ansincha faoliyatning maqsadi bilan bog’liq
narsalarga, uni 204malgam oshirish uchun muhim va zarur bo’lgan
narsalarga jalb etilgan sharoitlarda ko’pincha
irodaviy kuch-
g’ayratlarni ishga solish talab qilinadi.
Ixtiyoriy diqqat jarayonida shaxsning faolligi namoyon bo’ladiki,
bunday vaqtda qiziqishlar bilvosita xususiyat (bir faoliyat maqsadi va
natijasining extiyojlari) kasb etadi. Ixtiyoriy diqqatning asosiy vazifasi
psixik jarayonlarining kechishini faol boshqarib turishdan iboratdir.
Kishi aynan ana shu ixtiyoriy diqqatning mavjudligi
tufayli xotiradan
o’zi uchun zarur ma’lumotlarni faol tarzda, tanlab «ajratib olish»ga,
muhim va jiddiy narsalarni alohida ajratib ko’rsatishga, to’g’ri qarorlar
qabul qilishga, faoliyat jarayonida paydo bo’ladigan
vazifalarni
204malgam oshirishga layoqatli bo’ladi.
Ixtiyorsiz diqqat
esa qo’zg’atuvchining kuchli ta’siri asosida
yuzaga keladi. Masalan, kuchli qo’zg’atuvchilar hisoblangan baland
ovoz, yorqin nur, bo’yoq, kuchli hid beixtiyor kishi diqqatini o’ziga jalb
etadi.
Shuningdek, kishining extiyojlariga muvofiq keladigan uning
uchun ahamiyatga ega bo’lgan qo’zg’atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni
qo’zg’aydi.
Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya kattadir.
Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo’lsa, diqqatning uzoq
vaqt mobaynida to’planib turishini taqozo etadi.
Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo’nalganligina ham
bog’liqdir. Masalan, teatr bilan qiziqadigan kishi extimol futbol bo’yicha
bo’lajak musobaqa haqidagi e’longa e’tibor
bermasdan, ayni chog’da
teatrga oid yangi e’lonni tezroq payqashi mumkin. Ixtiyorsiz diqqat
sub’yektning anglashilgan niyatlaridan mustasno tarzda,
uning biron
bir irodaviy urinishlarisiz ro’y beradi. Ixtiyorsiz diqqatning asosiy
vazifasi muhitning doimiy ravishda o’zgarib turadigan sharoitlarida tez
va to’g’ri mo’ljal olishdan, uning mazkur paytda eng ko’p
darajada
hayotiy mazmun kasb etishi mumkin bo’lgan ob’yektlarni alohida
ajratib ko’rsatishdan iboratdir.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida
turini-
Dostları ilə paylaş: