Diqqatning barqarorligi.
Ma’lum ob’yekt ustida diqqatni uzoq
muddat to’plab tura olish xususiyati.
2.
Diqqatning beqarorligi barqarorlikning aksi.
Masalan,
boshlang’ich sinf o’quvchilari.
3.
Diqqatning ko’chishi.
Diqqat ko’chuvchanlik xususiyatiga
ega.
Kishining
bir
faoliyatdan
ikkinchi
faoliyatga
o’tishini
ko’chuvchanlik xususiyati ta’minlaydi. Masalan, birinchi dars
matematika, ikkinchi dars adabiyot.
4.
Diqqatning taqsimlanishi.
Kishi bir vaqtning o’zida bir nechta
faoliyat bilan shug’ullanishi mumkin. Bunga diqqatning taqsimlash
xususiyati imkon yaratadi. Masalan, qishloq ayoli urchuq yigirib
o’tirib, televizor ko’rishi, suhbatlashishi.
5.
Diqqatning bo’linishi.
Kishi konkret faoliyat bilan
shug’ullanayotganda ob’yektiv va sub’yektiv ta’sirlar tufayli diqqatning
bo’linishi sodir bo’ladi. Masalan, dars jarayonida eshikning taqillashi.
Diqqati bilan ham odamlar bir-biridan farq qiladi. Masalan,
diqqati tor yoki keng ko’lamli, barqaror yoki beqaror va hokazo.
S E Z G I L A R
T a ya n ch s o' z v a i b o r a l a r :
Sezgi, analizator, ko'rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish,
teri-tuyush, reflektor, reseptor, adaptasiya, sensibilizasiya,
sinesteziya.
Tеvarak atrofdagi olamning boyligi haqida, tovushlar va ranglar,
hidlar va harorat, miqdor va boshqa ko`plab narsalar to`g`risida biz
sеzgi a'zolari vositachiligida axborotlarga ega bo`lamiz. Biz turli
ranglarni, ta'mlarni, og`ir-еngilni, issiq-sovuqni, tovushlarni sеzamiz.
Sеzgi a'zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga
еtkazib bеradi.
Sеzgi a'zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib kеladigan yagona
yo`lidir. Sеzgi a'zolari kishiga tеvarak atrofdagi olamda mo`ljal olish
imkonini bеradi.
Dostları ilə paylaş: |