O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


diqqat deb, kishi ongning



Yüklə 3,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/150
tarix02.06.2023
ölçüsü3,36 Mb.
#115095
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   150
O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent far

diqqat deb, kishi ongning 


203 
o’rganilayotgan 
yoki 
shug’ullanayotgan 
ob’yektiga 
yo’naltirilganligiga aytiladi. 
Yo’naltirilganlik shaxsning extiyojlariga, 
qiziqishlariga, faoliyat maqsadlariga bog’liq holda namoyon bo’ladi.
Boshqa psixik jarayonlar kabi diqqat ham o’zining nerv fiziologik 
asoslariga ega. Mashhur rus fiziologi I.P.Pavlov diqqatning fiziologik 
asosini yangi voqea, hodisalarni aks ettirish jarayonida bosh miya 
yarim sharlarida yuzaga keladigan «Bu nima?» refleksi tashkil etadi 
degan taxminni ilgari surdi. Shuningdek, yo’naltirilganlik sub’yektning 
extiyojlariga, uning faoliyati maqsadlari va vazifalariga mos keladigan 
ob’yektlarning tanlanganligida, ixtiyoriy va ixtiyorsiz tanlashda, 
ajratishda namoyon bo’ladi. Diqqat-e’tiborning bir xil ob’yektlarda 
to’planganligi (konsentrasiyalanishi) ayni paytda barcha begona 
narsalardan chalg’ishni, boshqa ob’yektlarning vaqtincha inkor 
etilishini taqozo qiladi. Shu tufayli in’ikos aniq-ravshan bo’la boradi, 
tasavvurlar va o’y-fikrlar faoliyat tugallanmagunga qadar, undan 
ko’zlangan maqsadga erishilmaguncha ongda saqlanib qoladi. Shu 
yo’sinda faoliyatning nazorat qilib va boshqarilib borilishi ta’minlanadi. 
Diqqat sezgi, xotira, tafakkur va harakat jarayonlarida namoyon 
bo’lishi mumkin. Shu sabbali diqqatni biror narsaga qaratish 
ob’yektiga (idrok etiladigan buyum, xotira, tafakkur, harakat 
tasavvurlari) bog’liq holda diqqatning namoyon bo’lishining quyidagi 
shakllarini: sensor (perseptiv), aqliy, harakatlantiruvchi shakllarini 
ajratib ko’rsatadilar.
Hozirgi vaqtda sensor (ko’rish, eshitish) diqqati ko’proq 
o’rganilgandir. Diqqatga ta’rif beradigan ma’lumotlarning ko’pchiligi 
amalda uni tadqiq etish natijasida qo’lga kiritilgan. Diqqat bamisoli 
bilish (idrok, xotira, tafakkur) jarayonlari orasida namoyon bo’lib, ular 
samaradorligining oshishiga yordam beradi. Jumladan, idrokning 
aniq-ravshanligi va to’laqonligi diqqatga bog’liq, diqqatning susayishi 
perseptiv jarayonlarning birmuncha darajada buzilishiga va 
shakllanayotgan siymoning o’zgarib ketishiga olib borishi mumkin. 
Diqqatning bir nechta turlari mavjud: 
1.
ixtiyoriy diqqat; 
2.
ixtiyorsiz diqqat; 
3.
ixtiyoriydan so’nggi diqqat. 

Yüklə 3,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə