228
elementlarning, narsa va hodisalarning qismlarini bir butun
qilib qo’yishdan iboratdir, amaliy analiz bo’lgani singari
amaliy sintez ha bo’ladi.
«Tafakkur,-deb
yozgan
edi
I.P.Pavlov,-albatta
assosiasiyalardan,
sintezdan boshlanadi, so’ngra sintezning
ishi analiz bilan qo’shiladi. Analiz, bir tomondan,
reseptorlarimiz,
periferik
uchlarining
analizatorlik
qobiliyatiga, ikkinchi tomondan esa,
bosh miya katta yarim
sharlarining po’stida takomil topuvchi va voqelikka muvofiq
bo’lmagan narsalarni voqelikka muvofiq bo’lgan narsalardan
ajratib turuvchi tormozlanish jarayoniga asoslanadi».
Abstraksiya-
shunday bir fikrlash jarayonidirki,
bunda
tafakkurda aks etilayotgan bir yoki bir necha ob’yektlarning
biror belgisi (xususiyati, harakati, holati, munosabati) shu
obyekt yoki ob’yektlardan fikran ajratib olinadi.t bu jarayonda
ob’yektdan ajratilgan bir belgining o’zi tafakkurning mustaqil
ob’yekti bo’lib qoladi. Obstraksiya odatda analiz jarayoni yoki
analiz natijasida sodir bo’ladi. Abstraksiya umumlashtirish
bilan bog’liqdir.
Umumlashtirish-
predmetlar va xodisalarni ularning
umumiy va asosiy tomonlarini ajratib ko’rsatish
asosida bir-
birlari bilan fikran birlashtirishdir.
Klassifikasiya-
ko’p
narsalarni,
holatlarni,
kechinmalarni guruhlarga bo’lish. Masalan tibbiyotda
kasalliklarning klassifikasiyalari mavjud: sil kasalligi, zaxm,
yuqumli
kasalliklar.
Anatomiya
fanida
suyaklar
klassifikasiyasi alohida o’rganiladi.
Tushuncha-
bu predmet va hodisalardagi umumiy va
muhim xususiyatlar hamda sifatlarning
kishi ongida aks
etishidir. Tushunchaning ikki turi bor: biri-konkret
tushuncha, ikkinchisi-abstrakt tushuncha.
Dostları ilə paylaş: