236
faoliyatda ularga nisbatan his-tuyg'uni boshdan kechiradilar.
Kishining faoliyati-xususiy vazifalar
ham etilayotgan boshqa bir
amaldan kelib chiqadigan bitta va birgalikda bog'langan sistemadir.
Harakatlar istalgan, kishi qilayotganiga o'xshash maqsad kabi
tafakkur etiladigan yoki ifodalanadigan natijani olishga qaratilgan
bo'ladi. Bu reja ish jarayonida bir qator tafakkur va tasavvurlar tarzida
kengayadi hamda kuchi, tezligi, ko'lami,
muvofiqligi, aniqligi bo'yicha
belgilangan harakatlar yordamida amalga oshiriladi, hayotga tadbiq
etiladi. Alohida harakatlarni tashkil etadigan harakatlarni bajarish va
nimani, qanday va qay tarzda qilish kerakligini ko'rsatadigan fikriy
operasiyalar amalga oshirilayotgan paytda predmetga ham, qurollarga
ham, mehnat jarayonining o'ziga ham diqqat jamlanadi, kuchaytiriladi.
Shu bilan birga harakat jarayonida u yoki bu his-tuyg'ular boshdan
kechiriladi: to'sqinlik va qiyinchilikdan qoniqmaslik va tashvish tortish
hamda sezilayotgan kamchiliklarni muvaffaqiyatli
bartaraf etishdan
qanoat hosil qilish, mehnat ko'tarinkiligi va charchaganligi,
shuningdek mehnatning o'zidan quvonch tuyg'usi.
Dostları ilə paylaş: