O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 5,69 Mb.
səhifə20/63
tarix02.03.2022
ölçüsü5,69 Mb.
#84247
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63
Fazo jism fizik tab. va evol. 2020(28.09.2019)

Nazorat savollari:


  1. Fazo jismlari tushunchasiga nimalar kiradi?

  2. Elektromagnit to’lqinlar spektri nima?

  3. Elektromagnit to’lqinlar bir-biridan nima bilan farq qiladi?

  4. Gaz tumanliklari deganda nimani tushunamiz?

  5. Magnitatormozli (sinxrotrom) nurlanishlarni tushuntirign?

  6. Hozirgi zamon astrofizika tadqiqotida qanaqa usullar mavjud?



Ma’ruza – 2. Sayyoralarning klassifikasiyasi. Sayyoralarning ichki tuzilishi.

To’qqizta sayyorani fizik xarakteristikalariga qarab, ikkita guruhga ajratish mumkin. Bular: Yer va Yupiter guruhlari. Yer guruhidagi sayyoralarning xususiyatlari Yerga, Yupiter guruhidagi sayyoralarning xususiyatlari Yupiterga o’xshash bo’ladi. Quyidagi jadvalda sayyoralar to’g’risida asosiy ma’lumotlar keltirilgan:

Jadval – 1.


Sayyoralar

Ekvatorial radiusi

Massasi

Zichligi

Siderik aylanish davri

Ekvatorning orbitaga qiyaligi

km




=1




g1027



=1


Yer guruhi

Merkuriy


Venera

Yer


Mars

Yupiter guruhi

Yupiter


Saturn

Uran


Neptun

Pluton

2420

6200


6378

3400


71400

60400


23800

22300


7200

0,38


0,97

1,00


0,53

11,20


9,47

3,75


3,50

1,1?

0,32

4,87


5,98

0,64


1900

569


87

103


5

0,053


0,815

1,000


0,107

318,00


95,22

14,55


17,23

0,9

5,3

4,95


5,52

3,95


1,330

1,687


1,56

2,27


4

(88 sutok)

(224,7 sutok)

23h56m

24h37m

9h50m

10h14m

10h49m

15h40m


(32°)


23°27’

25°12’


3°7’

26°45’


97°59’

29°


Quyosh

6,96105 km

109

1,99x1033 g

333000

1,41

25 sutok

7°15’ ekliptikaga



Sayyoralarning ichki tuzilishi. Birinchi jadvalda ko’rsatilgan sayyoralar guruhlari bir-biridan o’lchami, shakli, massasi, zichligi va ichki tuzilishi jihatidan farq qiladi. Yer guruhidagi sayyoralar kimyoviy tarkibi jihatidan ham Yerga o’xshash bo’ladi. Yupiter guruhidagi sayyoralar Yer guruhidagi sayyoralardan xususiyati, tarkibi, ichki tuzilishi va boshqa parametrlari bilan farq qiladi. Yupiter va Yer guruhidagi sayyoralarning kimyoviy tarkibi orasida fundamental farq mavjud. Bu esa ularning zichligida farq borligini ko’rsatadi. Yupiterning o’rtacha zichligi 1,3 g/sm3 va Saturnniki 0,7 g/sm3 bo’lib, bu juda past zichlikdir. Bu esa planetadagi moddaning massasi qattiq vodoroddan tashkil topganligini va uning zichligi hamma qattiq moddalar zichligidan juda kichik ekanligini bildiradi. Shu bilan birga qattiq geliy, ya’ni yengil qattiq moddalar orasida bo’lishi bilan birga Saturnning o’rtacha zichligiga yaqinlashadi. Bu bosimning 21010 dina/sm2 ga to’g’ri kelib, Saturn qobiqlaridagi o’rtacha bosim taxminan 1012 dina/sm2 ga teng bo’ladi. bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, Saturn bilan Yupiterning asosiy massasi qattiq vodoroddan tashkil topilgan ekan. Yupiterning temperaturasi past bo’lishi tufayli vodorod atomlari uning atmosferasida kichik tartibsiz tezlikga ega bo’ladi. Bu Yer atmosferasidagi tezlikga nisbatan olingan. Shuning uchun ham atomlarning issiqlik harakati tufayli Yupiter 5109 yil davomida o’zining uncha katta bo’lmagan vodorodini yo’qotishi mumkin. Agarda uning temperaturasi va radiusi hozirgi sharoitdagidan katta bo’lmasa. Shuning uchun ham Yupiterni eng e’tiborga olinadigan molekulalar vodorod molekulasi bo’ladi. Ehtimoliyatdan uzoq emas geliy va suv molekulalari ham mavjud bo’lishi mumkin. Yupiter atmosferasida 1% dan kam bo’lgan CH4 (metan) va NH5 (ammiak) qayd qilingan. Yupiter guruhidagi boshqa planetalarda vodorod gazi juda kam. Planetalarning ichki tuzilishini o’rganish yulduzlar qobig’ini o’rganishdan juda murakkabroqdir. Yulduzlar oddiy qonunlarga bo’ysunadigan va ularning bosimi, temperaturasi va zichligini boshqaradigan issiq gazlardan iboratdir. Planetalar esa sovuq moddalar bo’lib, ular suyuq yoki qattiq holatda mavjud bo’lib ular uchun gaz qonunlari gaz qonunlari bajarilmaydi. Shunisi qiziqki, hozirgacha planetalarning ko’rinadigan xususiyatlarini tushuntiradigan planeta modellari ishlab chiqilmagan.

Yer po‘sti deb ataluvchi qatlam o‘rtacha 30 km qalinlikka ega bo‘lib, uning ostidagi Yer mantiyasi 2900 km chuqurlikkacha boradi. Undan pastda – 5500 km li chuqurlikkacha suyuq tashqi yadro joylashgan bo‘lib, markazda diametri 1500 km chamasidan qattiq sub’yadro yotadi. Yerdan tashqarida tashqi geosferalar – suv sferasi – gidrosfera va havo sferasi – atmosfera joylashgan.Yerning yadrosi juda kam o‘rganilgan, u ikki qismdan tashqi qism suyuq va ichkisi qattiq jismdan iborat deb hisoblanadi. Suyuq yadro elektr o‘tkazuvchan bo‘lib, Yer bilan birgalikda aylanadi. Radioaktiv yemirilish natijasida ajralib chiqqan energiya, yadroda konveksion harakatni vujudga keltiradi. Suyuq moddaning murakkab harakati tufayli Yerning magnit maydoni vujudga keladi.

Merkuriy sirt jinslarining zichligi Oynikidek, ya’ni 3,0–3,3 g/cm3 bo‘lib,

o‘rtacha zichligi 5,44 g/cm3 ekanligi uning markaziy qismida temir yadrosi yoki eng kamida silikat jinslar katta bosim ostida metallik holatga o‘tayotganidan da-

rak beradi.


Yüklə 5,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə