O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 5,69 Mb.
səhifə22/63
tarix02.03.2022
ölçüsü5,69 Mb.
#84247
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63
Fazo jism fizik tab. va evol. 2020(28.09.2019)

Nazorat savollari:

  1. Sayyoralar qanday guruhga ajratilgan?

  2. Yer tipidagi sayyoralarning tuzilishi qanday?

  3. Saturn va Yupiter sayyorasi nimalardan tashkil topgan?

  4. Gigant tipidagi sayyoralar atmosferasi qanday?

  5. Yer guruhidagi sayyoralar Yupiter guruhidagi sayyoralardan qanday farq qiladi?



Ma’ruza – 4. Planetalarda hayotning kelib chiqishi

yoki hayot faoliyati.
Ma’lumki hayot uglerod (karbon) gazidan iborat bo’lgan murakkab organik molekulalardan tuzilgan agregatga tegishli bo’lgan xususiyatlardan iboratdir. Jonli organizm asosan uglerodlar, yog’lar, oqsillar (belki) va nuklid kislotalardan tashkil topgandir. Bu komponentalarni tuzilishi hammasi murakkab bo’lib, ularni tarkibiga bir necha o’n va yuzdan ortiq atom ko’p tarqalgan elementlar – vodorod, uglerod (karbon) kislorod, azot elementlari atomlaridan iboratdir.

Murakkab organik molekulalarni ham bo’lishi uchun ma’lum vaqt birligi ichida milliard marotiba bir-biriga yaqinlashish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Qattiq jism atomlari bunday imkoniyatdan mahrum. Bunday shartni qanoatlantirish uchun suyuq yoki gaz shaklidagi muhit (suv yoki havo) Yerda hayot bo’lishi uchun zarur. Ko’pgina biologlarni fikricha Yerda hayotni yuzaga kelishi hayotda emas balki, katta iliq suv havzalarida hosil bo’lgan. Mantiqan fikrlaganda, jonli molekulalar Yerdagi hayotning birinchi atomlari suvda to’qnashuvi natijasida hosil bo’lgan. Bu molekulalarni murakkab jonli organizmni hosil qilishi uchun, ularni ko’payish imkoniyati bor edimi degan savol tug’iladi.

Bundan ko’rinadiki, oddiy jonli molekulalar bo’lgan boshlang’ich suv havzalarida molekulalarni ozuqasi yo’q edi. Kimyoviy aktiv bo’lgan kislorod gazi ehtimol Yer sirtining qattiq porodalarini oksidlanishi uchun sarflanganligi tufayli molekulalar bir-birini yutadi. Bir-birini yeyish (yutish) jarayoni qand jrojkami fermentasiyasiga o’xshab ketadi. Natijada ma’lum miqdorda energiya ajraladi. Yeo spirt bilan uglekisliy gaz hosil bo’ladi. yashab bo’lgan organizmlar yangi energiya manbai – Quyosh yorug’ligini o’zlashtirib, SO2 ni suv bilan birlashib qand va erkin kislorod hosil bo’lishiga olib keldi. Bu jarayon fotosintez deyiladi. Erkin kislorodni qand va boshqa organik molekulalarni oksidlab SO2 ni miqdorini oshirdi va energiya miqdorini oshirdi.

Mars planetasini atmosferasida kuzatiladigan yo’q. Suv bug’lari ham topilmagan. Uglekisliy gaz miqdori bir necha marotiba Yerga nisbatan ko’proq yetarli. Marsda stasionar suv havzalari yo’q. O’rtacha temperatura 30-40 gradus Yerga nisbatan past. Mars planetasidan farqliroq Venera planetasi Quyoshdan kerakli miqdorda yorug’likni va energiyani oladi, shuning uchun Venera sirtining temperaturasi Yerga nisbatan yuqoriroqdir. Venera atmosferasi Yer Yer atmosferasiga o’xshash (modda miqdori, zichlik taqsimoti jihatidan). Venerada na erkin kislorod, na suv bug’i kuzatilmagan. Lekin yetarli miqdorda SO2 kuzatilgan. Ko’pgina astronomlarni fikricha, Venera sirti quruq, changli, hayotsiz sahrodir. Agar Venerada temperatura suvni qaynash temperaturasidan past bo’lganda hayotni bo’lish ehtimoliyati mumkin bo’lardi.

Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa planetalardan farq qiladi. Biroq hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi bo‘lganligi sababli Yerni koinotning hayot mavjud bo‘lgan yagona kosmik jismni, hayotning Yerdagi shakllarini esa mavjudotning yagona shakllari deb bo‘lmaydi.


Yüklə 5,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə