O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə142/146
tarix30.03.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#103689
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146
Korxona iqtisodiyoti Ro\'ziyeva 2022

Bankrotlik (sinish) - fuqaro, firma korxona yoki bankning mablag‘ yetishmasligidan o‘z majburiyatlari bo‘yicha qarzlarni

to‘lashga qurbi yetmasligi. Bankrotlikka uchrashning sabablari tovar ishlab chiqarishda qiymat qonunning amal qilishi, raqobat va inflyatsiya bilan belgilanadi. Korxonaning bankrot deb e’lon qilinishi unga nisbatan qator saralash tadbirlarni amalga oshirishni, unga har tomonlama yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. Bozor sharoitida davlat tomonidan bankrot korxonalar o‘z ahvollarini yaxshilab olishlari uchun ko‘mak tarzida bir qator tadbirlar ko‘riladi. Bankrot deb e’lon qilingan korxonalar asosan shu korxona jamoa a’zolariga ijaraga berilishi yoki boshqa korxonalarga sotilishi, ular bilan birlashib ketishi mumkin.

    1. Tadbirkorlik - pul topish maqsadida va mas’uliyatni zimmaga olgan holda biron iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish; tashabbus- korona antibyurokratik xo‘jalik faoliyat uslubi; muttasil yangi imkoniyatlar qidirish, mahoratni ishga solib, qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun turli manbalardan resurslarni jalb etish va undan foydalanishga asoslanadi. Tadbirkorlikni iqtisodiy mas’ul hisoblanadi, ish joyida isrofgarchilikka, noomilkkorlikka, uquvsizlikga, o‘g‘irlikka yo‘l qo‘yilmaydi. Jumhuriyatimizda mayda va o‘rta savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga xizmat ko‘rsatish korxonalarning xususiylash- tirishi munosabati bilan xususiy tadbirkorlik ancha rivojlanadi.

    2. Talab - to‘lovga qobil ehtiyoj; bozorga chiqqan va kerakli miqdordagi pul bilan ta’minlangan ehtiyojni ifoda etadi. Talab ehtiyojdan kelib chikadi, xaridga ajratilgan pul shaklida ifodalanadi.

    3. Taklif - ishlab chiqaruvchilar bozorga sotishga tayorlagan (chiqargan) muayyan narxlarga ega tovarlar va xizmatlar midori.

    4. Inflyatsiya - muomalada xujalik oboroti ehtiyojlaridan ortik darajada qog‘oz pullar miqdori ko‘payib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustinligi natijasida tovar bilan ta’minlangan pullarning paydo bulishi. Ishlab chiqarish xarajatlari-tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflardir.


    5. Yüklə 1,64 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə