O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


© «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2022



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə2/146
tarix30.03.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#103689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Korxona iqtisodiyoti Ro\'ziyeva 2022

ISBN 978-9943-8531-1-9


© «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2022.


KIRISH
Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo‘lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishish vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun esa, avvalo, ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyotini jadal rivojlantirish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida olib borilgan islohotlar samarasi sarhisob qilindi. Bunda davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish borasida qator ishlar olib borildi.
Bunda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh qilishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
Amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida mamlakatda iqtisodiy munosabatlar, eng avvalo, mulkchilikka bo‘lgan munosa- batlarda tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Respublikada iqtisodiyotning nodavlat sektori mustahkamlandi va mamlakat iqtisodityotida faol o‘rin tuta boshladi.
Harakatlar strategiyasining natijalarini sarhisobidan shuni ko‘rish mumkinki, iqtisodiyot bozor qonuniyati orqali boshqarilmoqda. Bu borada tizimli tadbirlarni amalga oshirishning muhim sharti sifatida quyidagilar belgilangan:

  • xususiy mulk huquqini ishonchli himoya qilish ta’minlandi, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siqlar bartaraf etilmoqda, unga to‘liq erkinlik berish, ‘‘Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi” degan tamoyil amal qila boshladi;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining

faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldi olinmoqda;

    • davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uni soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav jamg‘arma- larida davlat ishtirokini kamaytirish borsida ularga qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda;

    • mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhiti yaratilib, uni tarmoqlar va hududlarga xorijiy, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish salmog‘i oshib bormoqda;

    • ishlab chiqarish korxonalarini zamonaviy boshqaruvini standart usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning roli kuchaydi;

    • mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat- xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirish.

Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk dahlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yich ta’sirchan choralar ko‘rildi.
Sanoatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda asosiy e’tibor makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va tarmoqlardagi tarkibiy o‘zgarishlarga qaratiladi. 2021-yilda mamlakatimizda YaIM hajmi 734,6 trln so‘m yoki 69 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2020 - yilga (59,885 mlrd dollar) nisbatan 7,4 foizga o‘sgan. Aholi jon boshiga YaIM esa 21 mln so‘mdan ortiqroqqa yetdi yoki 1983 dollar ekvivalentiga teng bo‘ldi. 2020-yilga nisbatan qaraydigan bo‘lsak bu ko‘rsatgichni 5,3 foizga o‘sganini ko‘rishimiz mumkin.
2021-yilda YaIMning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘sishi qurilish sohasida 6,8%ni, savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida bu ko‘rsatgich 13%ni tashkil etgan bo‘lsa, boshqa
xizmat tarmoqlarida 5,9%ni va mahsulotlarga sof soliqlar esa 6,7%ni tashkil qildi1.
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 8,7%ga yetdi va bu o‘tgan yilgi ko‘rsatgichga nisbatan 0,9%ga o‘sganini ko‘rsatadi. O‘sishning eng jadal sur’atlari elektr ta’minoti, gaz va bug‘ uzatish, havoni konditsionerlash sohasida kuzatilib, 13%ni tashkil qildi. Qazib olish sektori 2020-yildagi jiddiy pasayishdan so‘ng tiklanmoqda, ishlab chiqarish hajmi 10,7% oshdi (undan oldingi yilda qisqarish 22%ni tashkil qilgan edi). Ishlov beruvchi sektor yildan yilga barqaror o‘sish sur’atlarini namoyon etib, 2021-yil yakunlariga ko‘ra, o‘sish 8,2%ni tashkil qildi (2020-yilda 7,9%). 2021-yilda to‘qimachilik mahsulotlari (o‘sish 19,1%), kiyim-kechak (18,7%), mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar (18,9%), ichimliklar (17,7%), metallurgiya (8,1%), kimyoviy mahsulotlar (5,7%) ishlab chiqarish sanoat drayverlariga aylandi. Shu o‘rinda, avtotransport (5,7%), elektr uskunalari (6,6%), koks va neftni qayta ishlash mahsulotlarini (qariyb 30%) ishlab chiqarishda pasayish qayd etildi2.
Mamlakatda hozirgi kunda iqtisodiy sohani rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda va bu borada maqsadga muvofiq tarzda ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. 2030-yilgacha sanoatning tarmoq tuzilmasini takomillashtirish yalpi ichki mahsulotdagi sanoat ulushini 2017-yildagi 33,5 foizdan 2030-yilda 40 foizgacha oshirishga asoslangan bo‘lib, bu rivojlangan mamlakatlar yalpi ichki mahsulotiga xosdir. Aytish joizki, mamlakatimizda bu maqsadni amalga oshirish yo‘lida ishlar boshlab yuborilgan. Hozirgi kunda 2020, 2025, 2030- yillarga mo‘ljallangan istiqbolli xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarning har bir turini chuqur qayta ishlash bo‘yicha ishlar mutlaqo yangicha dasturiy yondashuv asosida amalga oshirib kelinmoqda.
So‘ngi besh yillik islohotlarning natijasida mamalakatimizda yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur ijtimoiy-iqtisodiy asoslari yaratildi.



1 O ‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo ‘mitasi. 2021-yil. https://stat.uz.uz
2 O ‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo ‘mitasi. 2021-yil. https://stat.uz.uz
“Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonni rivojlan- tirishning yangi strategiyasi ishlab chiqildi va Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga oid davlat dasturi qabul qilindi.
Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish surʼatlarini taʼminlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni, 2022–2026-yillarga mo‘ljal- langan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish surʼatlarini taʼminlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni - 1,6 baravar va 2030 - yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSH dollaridan oshirish hamda «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kirish uchun zamin yaratish. Makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va yillik inflyatsiya darajasini 2023-yilgacha bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish borasida yoʼnalishlar belgilab berilgan.
Srategiyaning 22-maqsadida esa milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish, sanoatning yetakchi tarmoklari va iqtisodiyotni yanada liberallashtirish hamda transformatsiya jarayonlarini yakunlash, to‘qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga ko‘paytirish, charm-poyabzal sohasini rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini 3 baravarga ko‘paytirish, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish, yirik sanoat tarmoqlari va hududiy korxonalar urtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, sanoat tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish dasturlarini keng joriy qilish kabi masalalar o‘rin olgan.
Xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish, hayotimizni tubdan o‘zgartirish maqsadida keyingi yillardagi xalqaro miqyosdagi murakkab jarayonlari va mamlakatimiz taraqqiyoti natijalarini chuqur tahlil qilgan holda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida inson qadr-qimmati va huquqlarini so‘zsiz himoya qilish, iqtisodiyot va tadbirkorlikni jadal
rivojlantirish mamlakatimizda amalga oshirilayaotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
2022-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 839,9 trillion so‘m darajasida bashorat qilinmoqda. YaIM o‘sishi 6% bo‘lishi kutilmoqda. Qurilish hajmini 8,1 foizga, sanoat ishlab chiqarishini 7 foizga, xizmatlar ko‘rsatishni 6,5 foizga, qishloq xo‘jaligini 3,3 foizga oshirish rejalashtirilgan.
Ayni paytda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari salmog‘i ortib, ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi har bir korxona, firma yoki tadbirkor raqobat bozorida sifatli mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishda munosib o‘rin egallashga intilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev yangi – 2022- yil munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigida, “2022- yilda iqtisodiyotimiz tarmoqlari va tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish e’tiborimiz markazida bo‘ladi”, – deb ta’kidlab o‘tgan edi.
“Korxona iqtisodiyoti” fani iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat va korxonalardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganish va uni innovatsion rivojlantirish yechimlarini izlashda hamda bakalavriat ta’limi iqtisodiyot yo‘nalishi talabalarining bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə