O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Korxona iqtisodiyoti faninining obyekti, predmeti, o‘rganish usullari va vazifalari



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə5/146
tarix30.03.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#103689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Korxona iqtisodiyoti Ro\'ziyeva 2022

Korxona iqtisodiyoti faninining obyekti, predmeti, o‘rganish usullari va vazifalari


«Iqtisodiyot» fan sifatida tabiatda hamda inson, jamoa va jamiyat hayotida vujudga keluvchi turli xil iqtisodiy jarayon va hodisalarni prognozlashtirish, tahlil qilish va baholash bo‘yicha bilimlar majmuasini ifoda etadi. U bir inson uchun ham, butun jamiyat uchun ham zarur bo‘lgan moddiy va nomoddiy obyektlarning katta qismini hamda moddiy va ma’naviy ne’matlarni tayyorlash va taqsimlash usullari va jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Agar «Iqtisodiyot» fanining me’yoriy jihatlari korxona, firma va davlatning iqtisodiy siyosatini ta’minlasa, pozitiv jihatlari esa real voqelikni baholaydi va tahlil qiladi hamda uning rivojlanishidagi qonuniyatlarni aniqlaydi.


Shu tariqa «Iqtisodiyot» fani izlanish va uslubiy vazifalarni bajaradi hamda jamiyat hayotining barcha soha va tarmoqlarida qabul qilinuvchi amaliy qarorlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Fan-texnika taraqqiyoti sharoitlarida iqtisodiyot fani jamiyatda bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib bormoqda. Iqtisodiy asoslab berilgan hisob- kitob va prognozlar «Iqtisodiyot» fanining muhim tarkibiy qismi sifatida xo‘jalik tavakkalchiligini kamaytirishga, ishlab chiqarish va resurslardan foydalanishni optimallashtirishga, shuningdek, yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishda eng to‘g‘ri tanlov olib borishga imkon yaratadi.
Iqtisodiyot – ilmiy kategoriyaga qaraganda ishlab chiqarish kategoriyasiga yaqinroq bo‘lib, fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarining o‘zaro samarali aloqalari, resurslar- dan oqilona foydalanish va ratsional boshqaruv tufayli faoliyat ko‘rsatmoqda va rivojlanib bormoqda.
Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashda kelgusi davr uchun puxta o‘ylangan va har tomonlama asoslangan chora-tadbirlar, muhim vazifa va yo‘nalishlar, turli darajalardagi iqtisodiy taraqqiyot dasturlarining ishlab chiqilishi va aniq belgilab olinishi kelajakda mamlakat iqtisodiyotining rivojini muvaffaqiyat garovi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat uchta o‘zaro bog‘liq muammolarga duch keladi. Bunda:
Birinchidan, nimani va qancha miqdorda ishlab chiqarish?
Ikkinchidan, qanday ishlab chiqarish va qancha harajatlar zarur bo‘ladi?
Uchinchidan, kim uchun ishlab chiqariladi va ular qanday taqsimlanadi?
Bu masalalarni hal qilishda jahon amaliyoti natijalaridan ma’lumki, ba’zi salbiy hodisalarga duch kelinmoqda. Masalan, mamlakat iqtiso- diyotidagi krizislar, monopolizm, inflyatsiya, ishsizlik, iste’mol bozoridagi nomutanosiblik, resurslarni, tovar va xizmatlarning defitsit- ligi, pul muomalasidagi nuqson va kamchiliklar shular jumlasidandir.
Yuqorida keltirilgan uchta muammoni hal qilish uchun mavjud kamchiliklar o‘rganilishi, ularni bartaraf qilish yo‘llarini izlab topish o‘z-o‘zidan hal bo‘lmaydi. Buning uchun ishlab chiqarish korxona- larining faoliyatini to‘liq o‘rganish, baholash va bu boradagi qonuniyatni yanada takomillashtirish kabi masalalarni hal qilish zarurati yuzaga keladi.
Bu masalalarni hal qilish nazariy va amaliy bilimlarni mustahkam egallagan, o‘z bilimini ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarni hal etishda ijodiy qo‘llay oluvchi, masalaning mohiyatiga to‘g‘ri yondashuvchi, masalani yechimiga oid qarorlarni qabul qiluvchi mutaxassislarga bog‘liqdir.
Bunday mahoratlarga ega bo‘lish sifatli iqtisodiy, ko‘proq amaliy iqtisodiy bilim beruvchi adabiyotlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratish va chop etishga ham bog‘liq.
“Korxona iqtisodiyoti” fani iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘ini muammolari va ishlab chiqarish omillari bilan bog‘liq muammolari haqidagi fan bo‘lib, aholi va xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy-xo‘jalik mexanizmlarini o‘rganuvchi hamda ochib beruvchi fandir. U tabiat va jamiyatning muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida rivojlanishining obyektiv qonunlari namoyon bo‘lishi va amal qilishiga, shuningdek, korxonalar faoliyatiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi davlat miqyosida qabul qilinuvchi qoida, me’yoriy va qonun hujjatlariga tayanadi.
Mazkur fanning tadqiqotlari obyekti bu turli mulk shakliga ega bo‘lgan kichik, o‘rta va yirik korxonalar bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar to‘g‘risida”gi Qonuni asosida tashkil qilinadi.
Korxona iqtisodiyotning bir bo‘g‘ini bo‘lib, unda eng malakali kadrlar mujassamlangan hamda samarali boshqaruv – menedjment qo‘llanib, resurslardan oqilona foydalanish va zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish masalalari hal qilinadi. Ishlab chiqari- layotgan mahsulotlarning yuqori sifat ko‘rsatkichlarini saqlagan holda xarajatlarni minimallashtirish va daromad (foyda)ni maksimallashtirish deyarli har bir korxonaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Fanning predmeti bozor munosabatlari sharoitida korxonalarda resurslardan oqilona foydalanish, ratsional boshqaruv, investitsion va tadbirkorlik faolligi asosida korxonalar faoliyatining nazariy va amaliy asoslarini, oshirish yo‘llarini aniqlash bilan ifodalanadi.
Fanning predmetini tashkil qiluvchi eng asosiy muammo va masalalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • bozor munosabatlarida korxonaning roli, o‘rni va xatti-harakatlari hamda davlat idoralari bilan o‘zaro aloqalari;

  • korxonaning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv mexanizmi;

      • ishlab chiqarishni rejalashtirish va prognozlashtirish;

      • korxonaning innovatsion va investitsion faoliyati;

      • resurs korxonaning salohiyati va resurslardan foydalanish;

      • ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini baholash va tahlil qilish;

      • korxonaning tijorat sirlari va iqtisodiy xavfsizligi.

Fanning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarni ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish vazifalarini malakali tarzda hal qilish, korxonaning xarajat va daromadlari qanday yuzaga kelishi hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyati mavjud bo‘lgan yo‘llarni topish demakdir.
«Korxona iqtisodiyoti» fan sifatida boshqa iqtisodiy fanlar bilan, jumladan, «Iqtisodiy nazariya», «Mikroiqtisodiyot», «Makroiqtiso- diyot», «Korxona iqtisodiyoti va innovatsiyalarni boshqarish», «Kor- xonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish», «Xomashyo yetkazib berish va mahsulotni sotishni o‘rganish» fanlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, unda korxonalarning tashkiliy tuzilmasidan tashqari joriy va istiqboldagi ishlab chiqarishni rejalashtirish, mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi o‘rganiladi hamda mehnatni tashkil qilish va haq to‘lashning asoslari ishlab chiqiladi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə