O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


I BOB. KORXONA IQTISODIYOTI KURSINING MAZMUNI



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə3/146
tarix30.03.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#103689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Korxona iqtisodiyoti Ro\'ziyeva 2022

I BOB. KORXONA IQTISODIYOTI KURSINING MAZMUNI


VA VAZIFALARI


    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining iqtisodiy ahamiyati


2020-yil 29-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan bu galgi Murojaatnomada ham ko‘p masalalar, xususan, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi rahbarlari, bozor ishtirokchilariga kuchli messej berildi. Quyida murojaatnomada davlat rahbari tomonidan bildirilgan asosiy tezislar keltiriladi.


Kambag‘allikka qarshi kurashish 2021-yilning asosiy iqtisodiy masalasiga aylanadi va 2021-yil 1-martdan boshlab, aholining minimal iste’mol xarajatlari e’lon qilinadi. Shuningdek, hukumat ijtimoiy kafolatlarni bir tizimga keltirib, ularni minimal me’yor darajalarida bosqichma-bosqich ta’minlash bo‘yicha dastur ishlab chiqildi.
Kambag‘allik muammosi haqida gapirish, uni rasmiy minbardan tan olish bosqichidan o‘tdik. Keyingi marrada kambag‘al aholi kim degan savolga javob berish zarur. Aholining minimal iste’mol xarajatlari mana shu masalaga oydinlik kiritadi. Bundan tashqari, eng kam iste’mol xarajatlarini e’lon qilib borish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 39-moddasining to‘liq ijrosini ta’minlash uchun ham xizmat qiladi.
Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas. (O‘zbekiston Konstitutsiyasi 39-moddasi).
Bundan tashqari, ijtimoiy reestrning 2022-yildan ishga tushishi va kambag‘allik hisobini aniq yuritish va aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam berishni osonlashtirmoqda. «Ijtimoiy reestr»da «temir daftar»dagi barcha ma’lumotlar qamrab olinib, ehtiyojmand oilalarga 30 dan ziyod ijtimoiy xizmatlar elektron shaklda ko‘rsatiladi. Aslida ijtimoiy reestrning joriy etilishi davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordamning
haqiqiy egasiga borishi ham ta’minlanadi, negaki, barcha ro‘yxat va xizmatlar elektron, shaffof yuritilishi rejalashtirilgan.
Iqtisodiyotda so‘nggi yillarda tub burilish kechayotgan bir vaqtda xususiylashtirish va transformatsiya jarayoni davom etmoqda. Bunda, davlat kompaniyalarini transformatsiyalash jadallashtiriladi. Davlat rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan “Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda davlat kompaniyalarini transformatsiya qilishni jadallashtirish kerak3”, deb ta’kidlandi. Kelajakda «Navoiy kon- metallurgiya kombinati», «O‘zbekneftgaz», «O‘zbekgidroenergo»,
«O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyatlari xalqaro moliya bozoriga chiqib, davlat kafolatisiz mablag‘ jalb etish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Global reyting agentliklari tomonidan har bir tarmoq faoliyatini o‘rganishning reyting tizimi mavjud. Bunda ishlab chiqarish korxonalarining mavjud muammolar reyting agentliklari tomonidan baholanadi. Bu esa davlat kompaniyalarini yanada samaraliroq va ochiq- oshkora ishlashga undaydi.
Shuning uchun elektr energetikasi, neft-gaz va kimyo sanoati, mashinasozlikdagi yirik korxonalar hamda tijorat banklarini isloh qilishga Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda MacKenzie, Boston Consulting Group, Rothschild kabi xalqaro tan olingan kompaniyalar jalb etildi.
Shu bilan birgalikda, yurtimizda sanoat korxonalari ishlab chiqarish hajmini oshirish va ularni eksport qilish darajasini ko‘paytirishga e’tibor qaratilmoqda. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda nafaqat davlat korxonalari, balki xususiy sektor vakillari ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib boryapti.
O‘zbekistondagi eng yirik kompaniyalardan biri – Artel mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korxonalari orasida birinchi bo‘lib xalqaro “katta uchlik” reyting agentliklaridan biri – Fitch reytingida «B» barqaror reytingiga ega bo‘ldi. Bu haqida Fitch Ratings rasmiy saytida



3 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш авкат Мирзиёев Олий Мажлисга Мурожаатномаси.
“Халқ сўзи”, 2020-йил 30 декабрь.
e’lon qilindi. Shunday qilib, Artel O‘zbekistonning xalqaro reytingda o‘rin olgan birinchi xususiy ishlab chiqarish kompaniyasiga aylandi.
Fitch o‘z hisobotida Artel kompaniyasini “mahalliy bozordagi yetakchi mavqega ega”, “faoliyatidan olinadigan kutilgan barqaror fondlari” va xalqaro miqyosda taniqli, sifatli maishiy texnika ishlab chiqaruvchilar bilan “muvaffaqiyatli va uzoq muddatli hamkorlikka ega”, deb ta’rifladi. Reyting kompaniyaning moliyaviy va tijorat bo‘yicha holatini izchil baholashga asoslangan va u kompaniyaning ishonchli qarz oluvchi sifatida mustaqil ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Ta’kidlanishicha, 2021-yilda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 32 ta yirik korxona va tarmoqni transformatsiya qilish ishlari amalga
oshiriladi.
Tarkibiy islohotlarning yana bir yo‘nalishi bu – davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirishdir ya’ni davlat ulushlari sotiladi, xususiylashtirish jadallashtiriladi. Kelgusi yilda «Farg‘onaazot» va
«Dehqonobod kaliy» zavodlari, «Koka-kola ichimligi» korxonasi,
«Bildirsoy» va «Chorvoq» oromgohlari, «Ichan qal’a» va Hyatt Regency mehmonxonalari, «Poytaxt» biznes majmuasi, alkogol, yog‘- moy kabi tarmoqlardagi 83 ta yirik korxonadagi davlat ulushi sotuvga qo‘yilishi fikrimiz isbotidir. Albatta, bu kabi aktivlar ochiq va samarali sotilishi kerak. Bunga esa mamlakat rahbari ta’kidlaganidek, xalqaro moliyaviy va huquqiy maslahatchilar jalb etiladi.
Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, davlat ulushi bo‘lgan korxonalar soni kelgusi ikki yilda kamida 3 barobar qisqartiriladi.
Albatta, davlat ulushi sotilish strategiyasi tanlanadi, ko‘p hollarda istiqbolli xaridorga ulushlar sotilishi mumkin. Masalan, davlat banklarini yirik strategik investorlarga sotilishi, avvalo, ularning boshqaruv tizimi, ish uslublari va moliyaviy menejmentini takomillash- tirish imkonini beradi. Ushbu masalada shaffoflik va faqat oshkoralikni yuqori darajada ta’minlash talab etiladi.
Yuqoridagilardan tashqari, bozorlarni monopoliyadan chiqarish ishlari jadallashadi.
2021-yilda davlat va xususiy elektr stansiyalari hamda iste’molchilar o‘rtasida elektr energiyasi ulgurji bozorini shakllantirish boshlandi. Tadbirkorlarni bu bozorlarga jalb etgan holda, ular tomonidan energiya mahsulotlarini import qilish orqali yoki mamlakat hududida ishlab chiqarib, erkin sotishi uchun imkoniyatlar yaratilishiga shiroit yaratildi. Bu bilan tez orada energiya resurslari tanqisligi muammosini bartaraf etiladi.
Tabiiy gaz ta’minoti sohasida monopoliya bekor qilinadi, ishlab chiqaruvchi va importyorlar birjada gazni sotish, ulgurji iste’molchilar esa gazni sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Suyultirilgan gaz bozorida xususiy sektor ishtiroki kengaytirilib, uning importiga bojlar bekor qilinadi. Ushbu tashabbuslar ham mamlakatdagi energiya tanqisligi muammosi bartaraf etiladi.
2021-yilning 1-martdan boshlab kumushni birja orqali ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish tartibi joriy etildi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda kumush 2 ta korxona, ya’ni Navoiy kon metallurgiya korxonasi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ishlab chiqariladi. Ammo, korxonalar ishlab chiqargan kumush mahsulotini jahon bozoridagi narx bo‘yicha faqat Markaziy bankka sotishga majbur hisoblanadi. Bu boradagi liberalizatsiya, bir tarafdan kumush buyumlari ishlab chiqarish ichki bozorini rivojlantiradi, ikkinchidan, bu ikkita korxona transformatsiyada muhim qadam hisoblanadi.
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, pandemiyada biznesni himoya qilish tizimi ishga tushdi. Bunda, turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohalariga imtiyozlar bir yilga uzaytiriladi. Xususan, 20 mingta tadbirkorlik subyektining joriy yil yakunigacha kechiktirilgan 400 milliard so‘mlik yer va mol-mulk solig‘ining to‘lash muddati yana bir yilga uzaytiriladi. Pandemiya boshlanishi bilan biznesga berilgan imtiyozlar, ko‘maklar yana davom ettirilishi ta’kidlandi. Bundan tashqari, 1 milliard so‘mgacha davlat xaridlari doirasida avans miqdori 30 foizga yetkazilib, tadbirkorlar qo‘shimcha 1,5 trillion so‘mgacha aylanma mablag‘larga ega bo‘ladi.
Xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rildi. Xususan, Biznes-ombudsmanga mulkka doir huquqlarni buzgan rahbarlarni ma’muriy javobgarlikka tortish vakolati berilmoqda.
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq 5 mingga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qayta ko‘rib chiqilib, ularning soni qisqartiriladi hamda Tadbirkorlik kodeksi ishlab chiqilmoqda.
Tadbirkorlarni tekshirishga e’lon qilingan moratoriy yana bir yilga uzaytirildi. Bundan 4 yil oldin tadbirkorlik subyektlarida tekshirishlar o‘tkazishga moratoriy e’lon qilgandi. Buning natijasida o‘tgan davrda tadbirkorlar soni 2 barobar ko‘payib, 400 mingtaga yetdi. Shuning uchun moratoriy muddati yana bir yilga uzaytirilmoqda.



    1. Yüklə 1,64 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə