O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


II BOB. KORXONA – MUSTAQIL XO‘JALIK FAOLIYATINI YURITUVCHI BOZOR SUBYEKTI



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə8/146
tarix30.03.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#103689
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   146
Korxona iqtisodiyoti Ro\'ziyeva 2022

II BOB. KORXONA – MUSTAQIL XO‘JALIK FAOLIYATINI YURITUVCHI BOZOR SUBYEKTI


    1. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o‘rni va roli

O‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq: “Huquqiy shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulotni ishlab chiqaradigan, sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat ko‘rsata- digan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllarining huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini ruyobga chiqa- radigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt korxona deb ataladi”.


Korxona bu – yuridik shaxs maqomiga ega, mustaqil ravishda xo‘jalik faoliyati yurituvchi subyekt bo‘lib, o‘ziga tegishli bo‘lgan mol- mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi.
Korxonaning faoliyati maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga o‘z mahsuloti, ishlari va xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mol-mulki egasining manfaatlarini ta’minlash yo‘li bilan erishiladi.
O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak.

O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va


tashkilotlar.



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə