O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə10/146
tarix30.03.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#103689
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   146
Korxona iqtisodiyoti Ro\'ziyeva 2022

Korxona rahbarini yollash (tayinlash, saylash) va bo‘shatish korxona mol-mulki egasining huquqi bo‘lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek, o‘zi vakolat bergan idoralar yoki korxona kengashi orqali amalga oshiradi.


    1. Korxonaning belgilari, funksiyalari va vazifalari


Korxonani turli belgilariga ko‘ra tavsiflash mumkin:



  • ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;

  • ijtimoiy munosabatlarda korxona – bu, turli kategoriyadagi xodimlar o‘rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar;

  • tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadi;

  • moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona – bu, tarmoqning mustaqil bo‘g‘ini bo‘lib, o‘z-o‘zini moliya bilan ta’minlash, o‘z-o‘zini boshqarish, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi.

Korxona o‘ziga xos bo‘lgan ma’lum xususiyatlarga ega:
birinchidan, korxona o‘ziga tegishli va xo‘jalik boshqaruvidagi xususiy mulkka ega bo‘lib, ushbu mulk uning faoliyati moddiy- texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligi va ishonchliligini ta’minlaydi;
ikkinchidan, korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o‘zaro munosabatlardagi majburiyatlar yuzasidan o‘z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega bo‘ladi;
uchinchidan, korxona xo‘jalik aylanmasida o‘z nomidan harakat qilishi mumkin, ya’ni qonunga asosan xo‘jalik faoliyati yurituvchi hamkorlar, mahsulot (ish, xizmat) iste’molchilari, xomashyo va asbob- uskuna yetkazib beruvchilar hamda boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish huquqiga ega;
to‘rtinchidan, korxona qonunchilikka asosan sudda da’vogar va javobgar sifatida qatnashish huquqiga ega;
beshinchidan, korxona mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lib, ishlab chiqarish va mahsulot savdosi xarajatlarini hisobga olib boradi hamda davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda o‘z vaqtida hisobotlarni taqdim etadi;
oltinchidan, korxona o‘z firma nomiga ega bo‘lib, unda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli o‘z aksini topadi.
Firma nomlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga ko‘ra, firma nomi yuridik shaxs bo‘lgan tijorat tashkilotining individual nomi bo‘lib, unga doir mutlaq huquq yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtda yuzaga keladi6.
Korxonalar quyidagi hollarda firma nomidan foydalanishlari mumkin:

    • firma nomini rasmiy blankalarda, muhrlarda, shtamplarda va yuridik shaxsning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarda aks ettirish orqali;

    • firma nomini tovarlarda, ularning idishi va o‘rovida, reklamada, peshlavhalarda, bosma ma’lumotnomalarda, hisobvaraqlarda, bosma nashrlarda, tovarlarni O‘zbekiston Respublikasida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar va yarmarkalarda namoyish etish vaqtida ishlatish orqali.

Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

    • bozor va uning rivojlanish istiqbollarini kompleks ravishda o‘rganish yordamida, xaridorlarning mahsulot va xizmat turlariga mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan talablarini aniqlash;




6 “Фирма номлари тўғрисида” Ўзбекистон Республикаси Қонуни // Халқ сўзи. – 2006. - 19 сентябр.

  • mahsulotning yangi modellari va namunalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilish;

  • xaridorlar talablariga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarish;

  • ishlab chiqarishni rejalashtirish, dasturlash, muvofiqlashtirish va moliyalashtirish;

  • mahsulotni taqsimlash va sotish tizimini tashkil qilish va uni mukammallashtirish;

  • korxonaning barcha faoliyatini, jumladan, ishlab chiqarish, sotish, reklama, texnik xizmat ko‘rsatish va hokazolarni boshqarish.

Korxonalar faoliyati quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • korxona egasining daromad olishi;

  • iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan ta’minlash;

  • xodimlarni ish haqi bilan ta’minlash;

  • korxonaga yaqin joylarda yashovchi aholi uchun ish joylari yaratish;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish;

  • korxona faoliyatida to‘xtab qolishga yo‘l qo‘ymaslik;

  • ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarini mukam- mallashtirish;

  • ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tejamkorlikka rioya qilish.

Xo‘jalik faoliyatining joriy va istiqboldagi vazifalarini bajarish korxonalardan quyidagi funksiyalarni amalga oshirishni talab qiladi:

  • ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol uchun mahsulotlarni tayyorlash;

  • mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish va sotish;

  • sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish;

  • ishlab chiqarishning moddiy-texnika asosini ta’minlash;

  • xodimlar mehnatini tashkil qilish va boshqarish;

  • soliqlarni to‘lash, byudjetga to‘lanuvchi ixtiyoriy yoki majburiy badal va to‘lovlarni amalga oshirish;

    • amaldagi standartlar, normativlar va davlat tomonidan chiqarilgan qonun-qoidalarga rioya qilish.

O‘zbekiston Respublikasida korxonalarning Respublika qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan holda tuzilgan boshqa turlari ham ish olib borishi mumkin.



    1. Yüklə 1,64 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə