O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə11/146
tarix30.03.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#103689
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   146
Korxona iqtisodiyoti Ro\'ziyeva 2022

Korxonalarni tasniflash


Har bir korxonaning faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish va muomala jarayonlaridan iborat bo‘ladi. Korxonaning ishlab chiqarish sohasidagi faoliyati – yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarishni tashkillashtirishda namoyon bo‘ladi. Qayta ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat – ishchi kuchini yollash, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish vositalarini yangilash va kengaytirish jarayonlarida aks etadi. Muomala sohasidagi faoliyat esa ishlab chiqarishning moddiy-texnika ta’minotini tashkillashtirish, mahsulot (ish, xizmat)larni sotish va foydalanilgan ishlab chiqarish vositalarining daromad shaklida qaytib kelishida ko‘zga ko‘rinadi.


Har qanday korxona yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi lozim. Foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo‘lmagan tashkilot) yuridik shaxs bo‘lishi mumkin.
«O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘grisida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilab qo‘yilgan mulk shakllariga muvofiq quyidagi turdagi korxonalar ish olib borishi mumkin:

    • jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan korxonalar;

    • shirkat (jamoa) mulkiga asoslangan jamoa, oila, mahalla korxona- lari, ishlab chiqarish kooperativlari;

    • xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlariga jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarga qarashli korxonalar hamda jamoa mulkining boshqa shakllariga asoslangan korxonalar;

    • davlat mulkiga asoslangan korxonalar;

  • aralash mulkka asoslangan davlatlararo va qo‘shma korxonalar hamda mulkchilikning turli shakliga mansub, to‘liq yoki hissabay yo‘sinda ishtirok etishga asoslangan boshqa korxonalar.

Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxona ishlovchilar soniga qarab kichik yoki o‘rta korxonalar jumlasiga kiritilishi mumkin. Bunday korxonalarni barpo etish va ular faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, maqomi, ularni ro‘yxatga olish shartlari, shuningdek, korxonalarni bu turga kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tartibga solinadi.
Bugungi kunda amalda bo‘lgan korxonalarning turlarini tasniflaymiz:

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə