O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə19/146
tarix30.03.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#103689
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   146
Korxona iqtisodiyoti Ro\'ziyeva 2022

Xo‘jalik assotsiatsiyasi jismoniy yoki huquqiy shaxslarning o‘zaro hamkorlik yuritish maqsadida ko‘ngilli ravishda birlashuvini anglatadi va unda birlashuvga kiruvchi subyektlar o‘z mustaqilligini saqlab qoladilar.
Korxonalarning konsentratsiya asosida birlashuvi kartel, sindikat, xolding va moliya-sanoat guruhlari ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish sohasidagi kartellar ishlab chiqarish masalalari, narxlar, tovarlarni sotish, ishchi kuchini yollash va shu kabi masalalar bo‘yicha kelishuvga asoslanib faoliyat yuritadi.
Integratsining bu shaklida korxonalar mustaqillikni saqlab qolgan holda kooperatsiya asosida birlashadilar.
Sindikat – tijorat faoliyatini (ta’minot, buyurtmalarni taqsimlash, xomashyo sotib olish, mahsulot sotish, bahoni shakllantirish) hamkor- likda tashkil qilishga asolangan birlashmadir. Sindikat tarkibiga kiruvchi korxonalar huquqiy hamda xo‘jalik yuritish mustaqilliklarini saqlab qoladilar.
Trestlar yuqori darajada markazlashganligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibiga kiruvchi korxonalar ishlab chiqarish, tijorat va huquqiy mustaqilliklarini yo‘qotib, yagona reja asosida faoliyat yuritadi.
O‘z tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlarni nazorat paketlarini egallash bilan korporatsiyalar xolding kompaniyalariga aylanadi. Xolding iborasi inglizcha «holding» so‘zidan olingan bo‘lib, ega ma’nosini beradi. Xoldinglar ishtirokchilarning moliyaviy imkoniyatlarini birlashtirish va muvofiqlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlari bilan vaizifalarni tezkor ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi boshqaruvning samarali shaklini ifodalaydi.
Aktivlari tarkibiga boshqa korxonalarning aksiyalari nazorat paket- lari kiradigan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati xolding hisoblanadi.
Xolding (inglizcha “holding” — “egalik” so‘zidan) asosiy faoliyati korxonalar aksiyalarini o‘z tasarrufiga olish orqali ularning ishini nazorat qilish va boshqarishdan iborat bo‘lgan kompaniya, bosh korxona. Xolding tarkibida asosiy korxona yoki sho‘ba korxona, yoxud bir necha sho‘ba korxonalar mavjud bo‘ladi. Xolding kompaniyasining o‘zi ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanmasligi ham mumkin. Lekin ko‘p hollarda xolding kompaniyalar aksiyalarni boshqarish bilan bir qatorda, moliya-kredit, savdo, transport va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanadilar. Xolding boshqa korxonalar aksiyalarining
paketlariga egalik qilish orqali nazoratidagi korxonalarning direktorlar kengashi boshqaruvi va boshqa rahbar organlariga o‘zi taklif etadigan nomzodlar saylanishini ta’minlash imkoniga ega bo‘ladi. O‘zbekistonda “Fayz” (mebel sanoati), “O‘zqishloqxo‘jalikxolding”, “O‘zmevasabza- votuzumsanoat” kabi xolding kompaniyalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Firma (italyancha «firma» «imzo» so‘zidan) korxona, kompaniya va tijorat tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakli, huquqiy holat va boshqalarga ko‘ra xilma-xil firmalar mavjud. Firmalarda band bo‘lganlar soni 2-3 kishidan 20-30 mingtagacha bo‘lishi mumkin.
Firmalarning quyidagi turlari farqlanadi:


Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə