O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə17/146
tarix30.03.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#103689
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   146
Korxona iqtisodiyoti Ro\'ziyeva 2022

Tayyor mahsulotning maqsadlariga ko‘ra, barcha korxonalar ikkita katta guruhga bo‘linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruv- chilar va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar.
Foydalaniluvchi xomashyo turiga ko‘ra, sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi.
Yil davomida ishlash muddatiga ko‘ra, korxonalar mavsumiy va yil bo‘yi faoliyat yurituvchilarga bo‘linadi.
Ishlovchilar soniga ko‘ra korxonalar yirik, mikrofirma va kichik korxonalarga taqsimlanadi.
Mikrofirmalar. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra7 ishlab chiqarish tarmog‘ining o‘rtacha yillik xodimlari soni 20 kishi- gacha bo‘lgan hamda xizmat ko‘rsatish va boshqa noishlab chiqarish sohasidagi o‘rtacha yillik xodimlari soni 10 kishigacha bo‘lgan; ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar mikrofirmalar qatoriga kiritiladi.
Kichik korxona hisoblanadi:


7 «Тадбиркорлик фаолияти эркинлигининг кафолатлари тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикасининг Қонуни // Тадбиркорликка оид қонун ҳужжатлари тўплами. 1-том. - Т.: Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги, 2002.



  • mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 50 kishigacha ishlaydigan;

  • fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida 25 kishigacha ishlaydigan korxonalar.

Ixtisoslashuv darajasiga ko‘ra, korxonalar ixtisoslashgan, universal va aralash korxonalarga bo‘linadi. Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar o‘rtasidagi oraliq guruhni tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi.
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullariga ko‘ra, korxonalar ishlab chiqarishning oqim, partiyali va donalab ishlab chiqarish usullari ustuvor turuvchi korxonalarga bo‘linishi mumkin.
Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra, korxonalar to‘liq va qisman avtomatlashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilgan, qo‘l-mashina va faqat qo‘l mehnatiga asoslangan korxonalarga bo‘linadi.
Firma – korxona tushunchasidan kengroq tushunchadir, ya’ni u ma’lum nom bilan biznes olib boruvchi tashkilotdir. Firma - tovar ishlab chiqarish va barcha sohalarda xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish uchun foyda olish maqsadida resurslarni jamlaydigan va undan foydalanadigan tadbirkorlik shaklidir. Faktoring firmasi – begona qarz majburiyatlarini- veksellarni sotib olish bilan shug‘ullanadi.
Lizing firmasi – lizing to‘lovlari bilan shug‘ullanadi.
Injiniring korxona – muhandislik-maslahat xizmatlarni tijoratchilik qoidalariga asoslangan holda amalga oshiradi.
Konsalting – bu ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko‘rsatish sohasida ixtisoslashgan firmalarning o‘z mijozlariga maslahat xizmati
ko‘rsatish va texnik loyihalarni ekspertiza qilish bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyatdir.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə