O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə14/146
tarix30.03.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#103689
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   146
Korxona iqtisodiyoti Ro\'ziyeva 2022

Aksiyadorlik jamiyati. O‘zbekistan Respublikasining “Aksiya- dorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra: „Nizom jamg‘armasi jamiyatning
aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi».
Aksiyadorlik jamiyatlari ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari turida bo‘lishi mumkin.
Qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlar roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiya- dorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatini aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi boshqaradi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi mutlaq vakolatlariga quyidagilar kiradi:

    • jamiyat Nizomiga qo‘shimchalar kiritish, yangi tahrirdagi Nizomni tasdiqlash;

    • jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish;

    • jamiyat kuzatuv kengashining tarkibini belgilash, uning a’zolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugallash;

    • e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;

    • Nizom jamg‘armasini ko‘paytirish va kamaytirish, o‘z aksiyalarini qaytarib sotib olish;

    • taftish komissiyasi a’zolari (taftishchi)ni saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish;

    • yillik biznes rejalarini, hisobotlarni, buxgalteriya balanslarini tasdiqlash, foyda va zararlarni taqsimlash.

Jamiyat kuzatuv kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:

    • jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

    • aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarini chaqirish, ular uchun kun tartibini tasdiqlash;

    • obligatsiyalar va qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish;

  • mol-mulkning bozor qiymatini belgilash;

  • jamiyatning sho‘ba va tobe filiallarini tashkil etish, vakolat- xonalarini ochish.

Aksiyadorlik jamiyatining kundalik faoliyatiga rahbarlik yakka- boshchilik asosida-ijroiya organ (bosh direktor) yoki kollegial organ (direksiya, boshqaruv) tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida bozor infratuzilmalarini shakllantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, boshqaruv, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar boshqaruvini takomil- lashtirish jarayonida kompaniya, firma, konsern, korporatsiya, xolding hamda boshqa xo‘jalik birlashma va uyushmalari tashkil topdi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə