O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə12/146
tarix30.03.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#103689
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   146
Korxona iqtisodiyoti Ro\'ziyeva 2022

Xususiy korxona. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi ‘‘Xususiy korxona to‘g‘risida’’gi 558-II-son Qonuniga ko‘ra: “Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va bosh- qariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona’’ deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi.
Xususiy korxona deb, mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot e’tirof etiladiz. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.
Xususiy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi.
Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lma- gan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan javobgar bo‘ladi.
Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi. Uning asosiy funksiyalari quyidagilardan iboratdir:

  • Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;

  • xususiy korxona Nizom jamg‘armasini belgilash va shakllan- tirish;

  • reja va hisobotlarni tayyorlash hamda tasdiqlash;

    • xususiy korxonani rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

    • xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘ri- sida qaror qabul qilish;

    • xususiy korxona olgan foydani o‘z ixtiyoriga ko‘ra ishlatish;

    • xususiy korxona mulkini tasarruf etish (boshqa shaxsga, ijaraga berish, garovga qo‘yish, boshqa korxonalar Nizom jamg‘armasiga hissa tariqasida kiritish va hokazolar).

Xususiy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqli. Xususiy korxonaning to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va «xususiy korxona» degan so‘zlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Xususiy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va «xususiy korxona» degan so‘zlarni yoki «XK» abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak.
Xususiy korxonani mas’uliyati cheklangan jamiyatga qayta tuzish uni qayta tashkil etishning samarali usuli hisoblanadi. Ya’ni bitta yuridik shaxs tugatiladi va uning negizida yangisi boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda barpo etiladi.
Qayta tashkil etish jarayonida yangi ta’sis hujjatlari va ustav shakllantiriladi, biroq bunda yangi MChJ qayta tashkil etilgan XKning barcha majburiyatlarini to‘liq qabul qiladi.
Qayta tuzishning qayta tashkil etishning boshqa turlaridan asosiy farqi shundaki, tartib-taomilda faqat bitta yuridik shaxs ishtirok etadi. Va u tugagach yana faqat bitta yuridik shaxs qoladi. Shu bois qayta tuzish jarayonida qayta tashkil etishning boshqa turlarida bo‘lgani kabi shartnoma tuzish shart emas. Qo‘shib yuborish va birlashtirishda har doim qaysidir bosqichda kamida ikkita ishtirokchi bo‘ladi va ular bilan qayta tashkil etishning barcha shartlari kelishib olinadigan shartnoma tuzilishi lozim.




Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə