O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


-rasm. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə9/146
tarix30.03.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#103689
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   146
Korxona iqtisodiyoti Ro\'ziyeva 2022

1-rasm. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar.


O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida faoliyat olib borayotgan turli xil mulkchilik shakliga ega bo‘lgan 495,3 mingta xo‘jalik faoliyati yurituvchi subyekt mavjud bo‘lib5, ulardan qariyb 80 foizini kichik korxonalar hamda mikrofirmalar tashkil etadi. Korxonalarning eng katta qismi savdo va umumiy ovqatlanish (34%), qishloq xo‘jaligi (41%), sanoat (9,4%) va qurilish (56%) sohalarida ro‘yxatga olingan. Jami korxonalar miqdorida nodavlat sektorining salmog‘i katta bo‘lib, 82 %ni tashkil qiladi.


Korxonalarning faoliyati milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Korxonalar qanchalik yaxshi, samarali va rentabelli ishlasa, butun iqtisodiyotning, jumladan, ularning o‘zlarining ham ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ladi.
O‘zbekistonda ko‘plab mikrofirmalar, kichik va yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular iqtisodiyotning



5 Ўзбекистон Республикасининг 1991 йил 15 февралдаги “Ўзбекистон Республикасидаги корхоналар тўғрисида”ги 229-XII-сон Қонуни.
Ўзбекистоннинг статистик маълумотлари. www. stat. uz
deyarli barcha tarmoqlarini – og‘ir sanoatdan yengil sanoatgacha, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashdan ilmiy ishlab chiqarish- gacha qamrab olgan. Ular o‘z faoliyatida ishlab chiqarishning barcha omillaridan – yer, tabiiy va mehnat resurslari, texnika va texnologiyalar, investitsiyalar, hozirgi zamon fani tomonidan ishlab chiqarishning asosi yoki mamlakatning milliy boyligi deb ataluvchi zamonaviy axborot tizimidan foydalanadi.
Korxona faoliyati maqsadlari o‘z mahsulotlari, ishlari va xizmat- lariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish, shu asosda mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mulk egasi manfaatlarini ta’minlashdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasining “Mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunida belgilab qo‘yilgan mulk shakllariga binoan korxonaning quyidagi turlari farqlanadi:

  • jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan korxonalar;

  • shirkat (jamoa) mulkiga asoslangan jamoa, oila, mahalla korxo- nalari, ishlab chiqarish kooperativlari, xo‘jalik jamiyatlari va shirkat- lariga, jamoat tashkilotlariga qarashli korxonalar hamda jamoa mulki- ning boshqa shakllariga asoslangan korxonalar;

  • aralash mulkka asoslangan davlatlararo va qo‘shma korxonalar hamda mulkchilikning turli shakliga mansub to‘liq yoki xissador yo‘sinda ishtirok etishga asoslangan boshqa korxonalar.

Mulkchilik shakllaridan qatiy nazar, korxona ishchilar soniga qarab kichik yoki o‘rta korxonalarga bo‘linadi.
Mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalar ixtiyoriylik asosida faoliyatni muvofiqlashtirish, o‘z huquqlarini himoya qilishni ta’minlash, tegishli davlat idoralari va boshqa idoralarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda umumiy manfaatlarni idora etish maqsadida xo‘jalik uyushmalariga: konsernlarga, konsorsiumlarga hamda tarmoq tamoyillari, hududiy yoki boshqa tamoyillar asosida o‘zga birlash- malarga uyushishlari mumkin.
Korxona o‘z Nizomiga muvofiq boshqariladi. Korxona boshqaruv tuzilmasi, shakli va uslublarini mustaqil aniqlaydi, shtatlarini belgilaydi.
Mulkdor yoki xo‘jalikni yuritish huquqi subyekti korxonani bevosita yoxud u vakolat bergan idoralar orqali boshqaradi. Ular bu huquqlarni korxona kengashiga yoki korxona nizomida ko‘zda tutilgan hamda mulkdor va mehnat jamoasi manfaatlarini idora etadigan boshqa idoraga topshirishi mumkin.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə