O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə15/146
tarix30.03.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#103689
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   146
Korxona iqtisodiyoti Ro\'ziyeva 2022

Sho‘ba xo‘jalik jamiyati. Agar bir (asosiy) xo‘jalik jamiyati yoki shirkati ikkinchi xo‘jalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik mavqeiga ega bo‘lgan holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yo bo‘lmasa, boshqacha tarzda ikkinchi xo‘jalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega bo‘lsa, ushbu ikkinchi xo‘jalik jamiyati sho‘ba xo‘jalik jamiyati hisoblanadi.
Qaram xo‘jalik jamiyati. Xo‘jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat xo‘jalik jamiyatiga qarashli ovoz beradigan aksiya- larning yigirma foizidan ko‘prog‘iga ega bo‘lsa, bunday xo‘jalik jamiyati qaram jamiyat deb hisoblanadi. Qaram xo‘jalik jamiyati yuridik shaxs hisoblanadi.
Xo‘jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat qaram jamiyat ustav fondining tegishli qismini qo‘lga kiritib olganligi haqidagi ma’lumotlarni qonunda nazarda tutilgan tartibda darhol e’lon qilishi shart.
Kompaniya (fransuzcha „compagnie» so‘zidan)—iqtisodiy faoliyat (ishlab chiqarish, savdo, vositachilik, moliya, sug‘urta va boshqalar) olib borish uchun uyushgan yuridik va jismoniy shaxslar, tadbirkorlar birlashmasidir. Kompaniya deyilganda birlashmalar, shirkatlar, xo‘jalik jamiyatlari, firmalar, korporatsiyalar, ya’ni turli tashkiliy-huquqiy shakllarga ega bo‘lgan korxonalar tushuniladi.
Unitar korxona. O‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi. Unitar korxonaning mol-mulki bo‘linmasdir va u qo‘shilgan hissalar (ulushlar, paylar) bo‘yicha, shu jumladan, korxona xodimlari o‘rtasida ham, taqsimlanishi mumkin emas.
Unitar korxonaning mol-mulki unga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida tegishlidir. Unitar korxonaning firma nomida uning mol-mulkining egasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Unitar korxonani boshqarish organi uning rahbari bo‘lib, bu rahbar mulkdor tomonidan yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi hamda ularga hisob beradi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə