O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə16/146
tarix30.03.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#103689
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   146
Korxona iqtisodiyoti Ro\'ziyeva 2022

Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona. Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona mulkdorning yoki u vakil qilgan organning qaroriga muvofiq tashkil etiladi.
Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan korxonaning ta’sis hujjati uning belgilangan tartibda tasdiqlangan ustavidan iboratdir.
Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona o‘z mol- mulkining bir qismini xo‘jalik yuritish uchun belgilangan tartibda topshirish yo‘li bilan yuridik shaxs bo‘lgan boshqa unitar korxona (sho‘ba korxona) tashkil etishi mumkin. Muassis sho‘ba korxonaning ustavini tasdiqlaydi va uning rahbarini tayinlaydi.
Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, davlat organining qaroriga muvofiq davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi (davlat korxonasi) tashkil etilishi mumkin.
Davlat korxonasining ta’sis hujjati uning ustavidir. Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat korxonasining firma nomi uning davlat korxonasi ekanligini ko‘rsatishi kerak. Davlat korxonasining mol- mulki yetarli bo‘lmaganida davlat uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi. Davlat korxonasi uni tuzgan davlat organi- ning qaroriga muvofiq qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko‘ra korxonalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (mashinasozlik, ko‘mir qazib chiqarish, sug‘urta va hokazo) sohalariga mansub bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va ko‘rinishiga ko‘ra, korxonalar sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, moliya-kredit va boshqalarga bo‘linadi.
Texnologik umumiyligiga ko‘ra, korxonalar ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz va diskret ravishda, kimyoviy yoki mexanik jarayon- larning ustunligi asosida yurituvchilarga bo‘linadi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə