O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


“Harakatlar strategiyasidan–Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyilining mazmuni, mohiyati va fanni o‘rganishdagi ahamiyatli



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə4/146
tarix30.03.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#103689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Korxona iqtisodiyoti Ro\'ziyeva 2022

“Harakatlar strategiyasidan–Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyilining mazmuni, mohiyati va fanni o‘rganishdagi ahamiyatli


tomonlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining iqtisodiy ahamiyati. 2020-yilda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” Davlat dasturiga muvofiq yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha barcha sohalarda islohotlar qat’iy davom ettirildi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi va xalqaro reyting agentliklari tahlillariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi dunyoning sanoqli davlat- lari qatorida ijobiy o‘sish sur’atlarini saqlab qoldi. Yevropa Ittifoqi tuzilmalari bilan yaqin hamkorlikda mamlakatimizga kengaytirilgan savdo preferensiyalari – “GSP” tizimini tatbiq etish bo‘yicha, muhim qadamlar tashlandi. Ushbu tizim kelgusida respublikamizda ishlab chiqariladigan 6 mingdan ziyod turdagi mahsulotlarni Yevropa bozoriga boj to‘lamasdan olib kirish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, birgina to‘qimachilik mahsulotlarining yillik eksportini 300 million dollarga oshirish uchun sharoit yaratadi.
2020-yilda mamlakatimizning xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatlari yanada yaxshilanib, milliy valyutada 2 trillion so‘mlik davlat yevroobligatsiyalari past foizlarda joylashtirildi.
2020-yil respublikamizda 197 ta yirik, minglab kichik va o‘rta korxonalar hamda infratuzilma obyektlari barpo etildi. Jumladan, “Navoiyazot”da ammiak va karbamid ishlab chiqarish kompleksi hamda azot kislotasi zavodi, Muborak, Gazli va Sho‘rtan neft-gaz korxonalarida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish qurilmalari, Toshkent metallurgiya zavodi kabi yirik quvvatlar ishga tushirildi.
Birgina energetika sohasida xorijiy investorlar bilan davlat- xususiy sheriklik asosida 6 ta yangi elektr stansiyasini barpo etish ishlari boshlandi. Ularning umumiy qiymati 2 milliard dollar bo‘lib, 2 ming 700 megavatt quvvatga ega.
Qishloq xo‘jaligidagi sohasida olib borilgan islohotlar, yer maydonlari to‘liq xususiy klaster va kooperatsiyalarga berilgani paxtachilikda hosildorlikni bir yilda o‘rtacha 10 foizga oshirish imkonini yaratdi.
Tadbirkorlikni keng qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘plab imtiyoz va yengilliklar berildi. Tadbirkorlik sub'yektlariga 100 trillion so‘m yoki 2016 - yilga nisbatan qariyb 4 barobar ko‘p kreditlar ajratildi.
Bundan tashqari, o‘zini o‘zi band qilgan aholi uchun soliq imtiyozlari berilishi hamda ko‘pgina cheklovlarning bekor qilinishi tufayli 500 ming nafar fuqaro mehnat faoliyatini qonuniy tarzda yo‘lga qo‘ydi.
O‘zbekiston “Ochiq ma’lumotlarni kuzatish” xalqaro indeksida 125 pog‘onaga ko‘tarilib, 44-o‘rinni egalladi. Bunda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi 20 ta yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatkichlarni oshkor qilib borish amaliyoti joriy etilgani muhim ahamiyat kasb etdi. “Iqtisodiy erkinlik” reytingida ham mamlakatimizning 26 pog‘ona ko‘tarilgani islohotlarimizning xalqaro maydondagi yana bir e’tirofi
bo‘ldi4.
Mamlakat iqtisodiyotida so‘nggi yillarda iqtisodiyotda pozitiv o‘zgarish kuzatildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar birgina





4 https://uzlidep.uz/uz/news-of-uzbekistan/7998
2021-yil yakunlari bo‘yicha 4,2 mlrd. dollarni tashkil etib, 2018-yilga nisbatan 3,1milliard dollarga yoki 3,7 barobar o‘sdi. Investitsiyalarning YaIMdagi ulushi 37%ga yetdi. Iqtisodiy o‘sish 2020-yilda 5,6%ni, 2021-yilda esa 6,9 %ni tashkil etdi, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 2020-yilda 6,6%ga 2021-yilda esa,9,0%ni, 2020 - yilda eksport 28%ga, 2021-yilda esa 17, 2 % ko‘paydi, oltin-valyuta zaxiralarimiz 2,2 mlrd. dollarga ortib, 28,6 mlrd. dollarga yetdi.
Mamlakatda soliq islohoti bo‘yicha ham ijobiy natijalarga erishildi. Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar kamaytirildi, natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga ko‘paydi. QQS stavkasi 20%dan 15%ga tushirildi, buning hisobidan soliq to‘lovchilar ixtiyorida 2 trln so‘m qoldi, istiqbolda esa bu raqam 11 trln so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Islohotlarimiz natijasida 93 mingta yoki 2018-yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘p yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.
YaIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 295 482,7 mlrd. so‘m, xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 186 616,8 mlrd. so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi, mahsulotlarga sof soliqlar esa 37 725,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Joriy davrda o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha hisoblangan nominal YaIM hajmi 49 200,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi (2020 -yil yanvar –sentabr oyida – 43 068,1 mln. AQSH dollari).
Investitsiya 2022-yilda YaIM 5,9 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda. 2022-yilda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’ati 5,9 foizni tashkil etib, YaIM hajmi qariyb 840 trln. so‘mga yetishi ko‘zda tutilmoqda. Tashqi savdo aylanmasi 46,3 mlrd. dollarni tashkil etishi prognoz qilingan. Bundan tashqari, inflyatsiya darajasi 2022-yilda 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
2022-yilda YaIM o‘sish sur’ati 5,9 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. 2022-yilda YaIM hajmi qariyb 840 trln so‘mni (74,2 mlrd dollar) tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda. Aholi jon boshiga YaIM 23,8 mln so‘m (2,1 ming dollar) miqdorida shaklla- nishi rejalashtirilgan.
2020-yilda YaIM hajmi 580,2 trln so‘mni tashkil qilgan edi. Joriy yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, YaIM joriy narxlarda 519,8 trln so‘mni tashkil etdi.
2022-yilda YaIM o‘sish sur’atini 5,9 foizga yetkazish va 2023-yilda 6,2 foiz, 2024-yilda 6,6
foiz o‘sishga erishish rejalashtirilgan. 2021- yil yakuni bo‘yicha esa mamlakat YaIM o‘sishi 6,5−7 foiz atrofida bo‘ldi.
2022-yilda YaIM tarkibida qo‘shilgan qiymat 92,6 foiz hamda mahsulotlar va eksport-
import operatsiyalari hisobidan olingan sof soliqlar tushumi 7,4 foizni tashkil etdi.
2022-yilda asosiy tarmoqlar kesimida YaIM tarkibi quyidagicha shakllandi:
Asosiy tarmoqlarda kutilayotgan real o‘sish miqdori:

  • qurilish — 8,1 foiz;

  • sanoat— 7,0 foiz;

    • xizmatlar sohasi— 6,5 foiz;

    • qishloq xo‘jaligi— 3,1 foiz.

Shuningdek, mahsulotlar va eksport-import operatsiyalari hisobidan olingan sof soliqlar tushumi o‘sishi 7,4 foizni tashkil etishi kutilmoqda. 2022-yilda tashqi savdo aylanmasi 46,3 mlrd dollarni tashkil etishi
prognoz qilinmoqda. Shundan:

  • eksport— 20,2 mlrd. dollar;

  • import— 26,1 mlrd. dollar.




    1. Yüklə 1,64 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə