O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi



Yüklə 109,66 Kb.
səhifə15/17
tarix31.03.2023
ölçüsü109,66 Kb.
#103870
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Abidova Moxidil Adiljonovna

XV.Uyga vazifa.
O’tilgan mavzu yuzasidan darslikdagi va qo’shimcha adabiyotlardan o‘qib, mavzu doirasida o’zining xulosaviy fikrini yozib kelish.

Xulosa va takliflar


O’zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon qilinishi respublikamizning bugungi kuninigina emas, balki istiqbolini ham belgilab beruvchi asosiy omildir. O’zbekiston Respublikasining istiqlol yo’li avlod-ajdodlarimizning tarixiy an'analari va ma'naviy merosiga suyangan holda tanlab olinadi. Zotan, mustaqillik yo’li O’zbekiston halqlarining tarixiy an'analari va ma'naviy boyliklarini qayta tiklovchi, yangi mazmun bilan boyituvchi yo’ldir.
Bu esa tarix o’qitishni milliy asosga qurishni, xalqimizning mehnatsevarlik, do’stlik, mehmondo’stlik, ma'rifatparvarlik kabi an'analari, imon, insof, mehr-oqibat, andisha, or-nomus, Vatanga hamda xalqqa sadoqat kabi oliyjanob fazilatlarini chuqur o’rganishni, ularni asrabavaylab, yoshlar qalbiga, qon-qoniga singdirish, o’zini anglashga ko’maklashishi, respublikamiz istiqloli uchun astoydil xizmat qiladigan faollarni yetishtirishni asosiy vazifa qilib qo’yadi.
O’zbekiston xalqlari tarixini o’rganish o’quvchilarning bu tarixiy an'analar va oliyjanob fazilatlar manbalarini, ular mustahkam zaminga egaligini, tarixan tarkib topganligini, avloddanavlodga o’tib, mazmunan boyib borganligini, jamiyatning ravnaqi va farovonligi, insonlarning ma'naviy kamoloti uchun hizmat qilib kelganligi, ularni bundan keyin ham asrab-avaylab davom ettirish, avlodlarimizning insoniy fazilatlariga sodiq bo’lish o’zlarining muqaddas burchlari ekanligini anglab olishlariga yordam beradi.
Tarix o’qitish metodikasi o’zining mustaqil tekshirish predmetiga ega. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix fanining o’qitilishi va o’qitish jarayonining o’rganilishi tarix o’qitish metodikasining predmetini tashkil etadi. O’qitish jarayonining ob'ektiv suratda amal qiladigan o’z qonuniyatlari bor. Ularni bilib olish va ta'limtarbiya jarayonida bu qonuniyatlarga amal qilish, ulardan oqilona foydalanish o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitishni ilmiy asosda olib borishning muhim shartidir.
Tarix o’qitish metodikasi tadqiq etadigan, talabalarning puxta va mukammal bilim olishi va amalda suyanishi kerak bo’lgan tarix o’qitishning umumiy qonuniyatlari nimalardan iboruat va lar ta'lim jarrayonida qanday namoyon bo’ladi?
Ushbu ishni bajaraish davomida ko’plab adabiyotlarni va , yetuk mutahasislarning shaxsiy tajribalarni o’rganib chiqib quyidagilarni taklif qilaman:

  • “O`zbekiston parlamenti yangi bosqichda” mavzusini o‘qitishda innovatsion pedagogik ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni

  • “O`zbekiston parlamenti yangi bosqichda” mavzusi uchun o‘quv moduli ishlanmasini tayyorlashni va undan ta’lim jarayonida keng foydalanishni

  • Ta’lim muassasalarida Tarix fanida “O`zbekiston parlamenti yangi bosqichda” mavzusini o‘qitishni noan’anaviy ta’lim metodlaridan foydalangan holda tashkil etishni

  • Zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng tadbiq etishni

  • O’quvchilarning mavzu ustida mustaqil ishlashini tashkil etishni va ularni mavzu doirasida mustaqil mushohada yuritishlariga undashni taklif etaman.



Yüklə 109,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə