II. “Qayta qurish" siyosati va uning barbod bo'lishi” mavzusini o’rganishda noan'anaviy usullardan foydalanish
2.1. “Qayta qurish" siyosati va uning barbod bo'lishi” mavzusida amaliy o’quv mashg’uloti bo’yicha dars ishlanmasi
Mavzu: “Qayta qurish" siyosati va uning barbod bo'lishi”
I. O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:В1
Mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq.) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash, qayta ishlash va foydalana olish, xulosa chiqarish va o‘z faoliyatida qo‘llash;
Media-madaniyatga rioya qilish:В1+
Mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash va foydalana olish, xulosa chiqarish, ibrat olish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish;
O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:В1
Bilimlarini mustaqil ravishda oshirib borish, kundalik faoliyatda til qoidalariga amal qilish hamda nutqiy jarayonda egallagan bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash;
Shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish.В1+
Shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish;
O‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:В1
Mavzu doirasida tanqidiy va xulosaviy o’z qarashlariga ega bo‘lishi, siyosiy tushunchga ega bo‘lishi va jamiyatdagi rolini his qilishi.В1+
II.Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: “Qayta qurish" siyosati va uning barbod bo'lishi” haqida bilim va ko`nikmalar hosil qilish.
Dostları ilə paylaş: |