O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə130/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

Relyatsion modelda o’ziga xos atamalar ishlatiladi, biroq bu model moxiyatini o’zgartirmaydi. Masalan, mantiqiy darajada element atribut deb ataladi. Bundan tashqari u uchun “kolonka”, “ustun” va “maydon” atamalari ham ishlatiladi. Atributlar to’plami kortejni (qator, yozuv, satr) hosil qiladi. Kortejlar to’plami munosabatni (MB jadvali yoki faylini) hosil qiladi.
Relyatsion modelda fayllar o’rtasidagi bog’lanishlar yaqqol tarzda tavsiflanmasligi ham mumkin. Bu bog’lanishlar ma’lumotqayta ishlash vaqtida dinamik ravishda mos maydonlarning qiymatlari bo’yicha o’rnatiladi. Relyatsion MB da yozuvlar chiziqli strukturaga ega.
Har bir munosabat kalitga, ya’ni kortejni bir qiymatli identifikatsiyalovchi atributga (oddiy kalit) yoki atributlar to’plamiga (tarkibiy kalit) ega.
Qaralayotgan munosabatda kalit bo’lmagan atribut yoki atributlar guruhi boshqa munosabatda kalit bo’lsa, bu atribut yoki atributlar guruhi tashqi kalit deb ataladi.
Agar biror jadval tashqi kalitga ega bo’lsau holda u: a) mos birlamchi kalitga ega bo’lgan jadval bilan mantiqan bog’langan; b) bu bog’lanish birga ko’p harakterga bo’ladi.

Xodimlar” ob’yekti xaqidagi jadval.
Shunday qilib relyatsion modelь 1969 – 70 yillarda Kodd tomonidan munosabatlarning matematik nazariyasi asosida yaratilgan bo’lib, quyidagi asosiy tushunchalarga asoslanadi jadval, munosabat, satr, ustun, birlamchi kalit, tashqi kalit.
MA’LUMOTLARning Shunday modeliga relyatsion model deyiladi, unda barcha ma’lumotlarfoydalanuvchiga jadval shaklida xavola etiladi va ma’lumotlarbazasi ustidagi barcha amallar jadvalllar ustiga amallarga olib kelinadi. Har bir jadval ma’lumotlarbazasi tarkibida o’z nomiga ega bo’ladi, hamda satr va ustunlardan iborat bo’ladi. Har bir jadval real dunyodagi ob’yektlar (mohiyat) tipini aks ettiradi, har bir satri esa ob’yektning konkret nusxasini bildiradi. Relyatsion modelning har bir tushunchasini “Xodim” – mohiyati (ob’yekti) misolida ko’rib chiqamiz:
Har bir ustun o’z nomiga ega bo’ladi va ustun nomi odatda jadvalning ustki qismida ko’rsatiladi. Uning nomi joriy jadvalda boshqa ustun uchun takrorlanmasligi kerak, biroq bu nom boshqa jadvalning ustun nomi sifatida ishlatilishi mumkin. Ya’ni turli jadvallar bir xil nomli ustunga ega bo’lishi mumkin.
Ixtiyoriy jadval kamida bitta ustunga ega bo’ladi; ustunlar jadvalda ularni yaratish tartibida joylashadi. Satrlar ustunlardan (atributlar) farqli ravishda nomga va joylashish tartibiga ega emas. Ularning miqdori chegaralanmagan.
Ixtiyoriy jadval Shunday ustunga yoki ustunlarga (kalitga) ega bo’ladi, undagi qiymatlar har bir satrni takrorlanmas qiymat bilan identifikatsiyalaydi. Rasmda keltirilgan misolda kalit bu “tabel nomeri” ustunidir.
Atributlar qiymati eng kichik axborot birligi – domen yordamida ko’rsatiladi. Boshqacha aytganda domen – bu ob’yekt atributining mumkin bo’lgan barcha qiymatlar to’plamidir. Yana ikkita tushunchani ko’rib o’tamiz. Bu “daraja” va “Kardinal son” tushunchalari. Munosabatlarning kardinal soni deganda kortejlar soni tuShuniladi, munosabat darajasi – bu joriy munosabatning atributlar sonidir.
Jadvallar o’rtasidagi aloqa relyatsion ma’lumotlarmodelining asosiy elementi hisoblanadi. Bu aloqa tashqi kalitlar yordamida qo’llab – quvvatlanadi. Misol sifatida biror korxonaning MB sida saqlanayotgan xodimlar (“xodimlar” jadvali) va boshliqlar (“boshliqlar” jadvali) haqidagi ma’lumotko’rib chiqamiz. (rasm. 2).
“Boshliqlar” jadvalida birlamchi kalit “nomer” ustini. “Familiya” ustunining qiymatlari takrorlanuvchi bo’lganligi uchun birlamchi kalit sifatida qo’llash mumkin emas. “Xodimlar” jadvalida “Boshliq nomeri” ustuni tashqi kalit hisoblanadi.
MB da ma’lumotlarbilan birga ma’lumotlarlug’ati va boshqa ob’yektlar, masalan, ekran formalari, hisobotlar, tasvirlovchi formalar (views) va amaliy dasturlar joylashadi.
Relyatsion MB ni butunlik cheklanishi ba’zi talablarni, masalan, atribut qiymati faqat mos domen ichidan olinishini yoki tashqi kalit jadvaldagi mavjud bo’lmagan satrni ko’rsatmasligi kerak (ko’rsatgich bo’yicha yaxlitlik).
“Munosabat” tushunchasini batafsil ko’rib chiqamiz.
Relyatsion modellarda o’zgaruvchi munosabatlar va munosabat qiymatni farqlash kerak. O’zgaruvchi munosabat – bu xuddi dasturlash tilidagi kabi oddiy o’zgaruvchilar, ya’ni qiymati vaqt o’tishi bilan o’zgaruvchi nomlangan ob’yekt. Ushbu o’zgaruvchining ixtiyoriy vaqt momentidagi qiymati munosabat qiymati hisoblanadi.

Jadvalli munosabatni ba’zan sxematik ravishda ko’rsatiladi. Bunda munosabat nomi yokiga qavs ichida atributlarni nomi yoziladi.:

Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə