O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


Telnet – masofada joylashgan kompyuter bilan ulanib, o’zaro axborot almashinish protokoli: FTP



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə151/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

Telnet – masofada joylashgan kompyuter bilan ulanib, o’zaro axborot almashinish protokoli:
FTP – fayllarni o’zatish va qabul qilish xizmati:
HTTP (Hypertext Transfer Protocol) –gipermatnlarni o’zatish protokoli;
Gopher – matnli ma’lumotqidirish va ko’rish protokoli:
WAIS – (Wide –Area Information Servers) – ma’lumotlaromboridan axborotlarni qidirish protokoli.
World Wide Web (WWW)- Gipermatn (matn, tovush, tasvir, video, animatsiya) ko’rinishdagi hujjatlarni izlash, ko’rsatish protokoli. Shu protokollar bilan yaqindan tanishib chiqaylik.
Telnet protokoli Telnet bu terminalning emulyatsiya protokolidir. U orqali Internetga olisdan turib kirish mumkin. Terminal emulyatsiyasi bu boshqa kompyuterga bog’lanishni ta’minlovchiish rejimi bo’lib, foydalaunvchilar boshqa kompyuter bilan uning terminali sifatida muloqotda bo’ladi. Ko’p hollarda DEC firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va UNIX operatsion tizimi uchun mo’ljallangan vt100 terminal emulyatsiyasidan foydalaniladi. UNIX operatsion tizimida fayllarni boshqarish DOSdagi kabi kataloglar asosida amalga oshiriladi.
Telnet dasturini foydalanuvchi Windows yoki Dos muhitidan ishga tushirishi mumkin. Agar u Windowsda bo’lsa, «Pusk» menyusi orqali komandalar satrida telnet komandani kiritishi lozim; DOSda esa mazkur dastur yozilgan papkadan telnet.exe faylini ishga tushirishi kerak. Telnet dasturiga kirgach foydalanuvchi bog’lanmoqchi bo’lgan xohlagan mashina nomini yoki IP adresini ko’rsatish lozim. Masalan, telnet well.cf.ca.us komandaga ko’ra well.cf.ca.us tugundagi server bilan bog’lanish amalga oshadi. Olisdagi kompyuter foydalanuvchining ro’yxatga olingan nomini (Login) va parolini (Password) so’raydi. Chunki telnet aloqani o’rnatish uchun foydalanuvchi ushbu olislashgan kompyuterda ro’yxatga olingan bo’lishi kerak. Agar telnet komanda qatorida turib Telnet ning barcha komandalari haqida ma’lumotolish kerak bo’lsa, klaviatura orqali so’roq (?) belgisini kiritishi lozim.
Telnet dasturiga ega bo’lgan kompyuter lokal, aloqa o’rnatatiladigan kompyuter esa olislashgan (masofadagi) kompyuter deb hisoblanadi. FTP protokoli FTP protokoli internet tizimi orqali fayllarni jo’natish va qabul qilish uchun maxsus yaratilgan. Fayllar matn, tasvir, tovush, video va animatsiya yoki bajariladigan dasturlardan iborat bo’lishi mumkin. FTP uchun kerakli fayllar arxivlar deb ataluvchi fayllarni o’z ichiga olgan maxsus serverlarda bo’ladi. Server arxividagi fayllar mavzulari bo’yicha kategoriyalarga ajratilgan bo’ladi. FTP serverlarida foydalanuvchilar o’zlari uchun kerakli bo’lgan dasturlarni ham topishlari mumkin. Bugungi kunda mijozlarning yaratgan WEB sahifalari asosan FTP protokoli orqali o’zatilib yangilanib boriladi. FTP protokollar foydalanuvchiga oddiy matnli yoki grafik interfeysli ko’rinishida xizmat ko’rsata oladi. Matn ko’rinishli FTP protokoli asosidagi ish seansi quyida keltirilgan:
Matnli FTP protokolidan foydalanish uchun maxsus komandalarni bilish lozim, bu esa mijozlardan ba‘zi bilim va malakalarni talab qiladi. Quyida FTP protoklida foydalaniladigan buyruqlardan na`munalar keltirilgan:
10.1-jadval. FTP protoklida foydalaniladigan buyruqlar.


Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə