O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta`lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 19,73 Mb.
səhifə152/163
tarix28.11.2023
ölçüsü19,73 Mb.
#133222
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   163
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI - 2023

Buyruq (komanda)

Tavsif

Ascii

Matnli fayllarni o’zatish rejimiga o’tish

Binary

Ikkilik kodlar ko’rinishidagi fayllarni o’zatish rejimiga o’tish

Cd

Olisdagi kompyuterda papkaning yo’lini almashtirish

Dir

Olisdagi kompyuterda joylashgan fayllar ro’yxatini ko’rish

Get

Olisdagi kompyuterdan mijoz kompyuteriga faylning nusxasini ko’chirib yozish

Help

FTP buyruqlari xaqida ma’lumot(yordam) olish

Mget

Olisdagi kompyuterdan mijoz kompyuteriga bir necha fayllar nusxasini
ko’chirish.

Mijozlar foydalanishi qulay bo’lishi uchun keyinrok grafik interfeysli protokollar ham yaratilgan. Ulardan bugungi kunda ko’plab mijozlar keng miqyosda foydalanishmoqda.


HTTP protokoli (Hypertext Transfer Protocol) –gipermatnlarni o’zatish protokoli. U internet orqali WEB sahifalarni o’zatish uchun ishlab chiqilgan. HTTP protokoli WWW ning asosi bo’lib hisoblanadi. Brao’zerlar interfeysi orqali mijozlar HTTP ning buyruqlarini berishadi. Berilgan buyruqqa binoan broo’zer WEB serveridan so’ralgan resurslarni (sahifalarni) oladi. HTTP protokoliga asoslangan internet resurslarining adreslari quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin: http://www.fjsti.o’z
Gopher protokoli Gopher – matnli ma’lumotqidirish va ko’rish protokoli. U 1991 yilda ishlab chiqilgan. WWW protokolidan avval iyerarxik fayl strukturasidan axborotlarni olish uchun Gopher protokolidan foydalanilgan. Bu protokol yordamida mijozlar bir sahifadan ikkinchisiga menyular yordamida o’tishgan. Gopher mijoz dasturi tekstli interfeysga ega bo’lgan. Quyida Gopher xizmatidagi axborot resursining adresi keltirilgan: Gopher://Gopher.tc.umn.edu
WAIS protokoli WAIS – (Wide–Area Information Servers) – ma’lumotlar omboridan axborotlarni qidirish protokoli. Bu protokol ma’lumotlar omboridan kerakli axborotlarni qidirish uchun yaratilgan. WAIS axborot tizimi taqsimlangan ma’lumotlar omboridan tashkil topib, ular alohida serverlarda joylashgan bo’ladi. Ma’lumotlar haqidagi axborotlar Shu serverlardagi kataloglarda yozib qo’yilgan bo’ladi. Axborot resurslarini ko’rish WAIS – mijoz dasturi yordamida amalga oshiriladi. Kerakli ma‘lumotni qidirish mijoz tomonidan kiritilgan kalit so’z orqali amalga oshiriladi. Kalit so’z yordamida kerakli ma’lumotlarjoylashgan ma’lumotlarombori qidiriladi. Qidiruv natijalari topilgan MA’LUMOTLARga murojaatlar ko’rinishida chiqadi. Internetda WAIS resurslari adresi quyidagi ko’rinishda bo’ladi: WAIS://site.edu
WWW protokoli WWW (World Wide Web) - gipermatn (matn, tovush, tasvir, video, animatsiya) ko’rinishdagi hujjatlarni izlash, ko’rsatish proltokoli. Hozirgi kunda barcha mijozlar WWW deganda internetni ko’z oldiga keltirishadi, internet deganda esa WWW ni. Ular aslida bir xil narsa emas. WWW – axborotlarni tasvirlash va almashinish tizimidir. Aynan Shu WWW yordamida dunyodagi barcha mijozlar global kompyuter tarmog’i orqali barcha axborotlarni ko’rish imkoniyatiga ega bo’lishadi. WWW xizmatni yaratilishida gipermatn texnologiyasini taklif etilishi katta turtki bo’lgan. 1965 yilda Teodor Nelson tomonidan taklif etilgan gipermatn texnologiyasi gipermatn inqilobiga olib keldi. Van Dam boshchiligidagi bir guruh olimlar 1967 yilda matnlar uchun gipermatn tahrirlovchisini yaratishdi. Nelson esa 1987 yil MA’LUMOTLARning matn, tasvir, tovush, animatsiya, video axborot ko’rinishida qayta ishlay oladigan va ularni mos qurilmalarda aks ettira olishga imkon yaratib beradigan gipermatn mualliflik sistemasini yaratdi. Jenevaning CERN ilmiy tekshirish institutida ishlovchi fizik olim Tim Bernes Li 1989 yil gipermatnga asoslangan loyihani ishlab chiqib institut rahbariyatiga taqdim etdi. Bu loyiha barcha fizik olimlarga Internet tarmog’i orqali tadqiqot natijalarini o’zaro almashish imkonini beradi. Shunday qilib, Xalqaro axborot tarmog’i World Wide Webga poydevor qo’yildi. 1993 yil Mark Andersen rahbarligida gipermatnlarni aks ettirish va qayta ishlashga mo’ljallangan birinchi Mosaic grafik Brao’zeri ishlab chiqildi va u keyinchalik Netscape korporatsiyasiga o’tib, Netscape brao’zerini yaratilishiga asos bo’ldi. 90-yillar o’rtalarida Internet Informatika fanidan boshqa sohalarda ham qo’llanila boshlandi. Web texnologiyasining yaratilishi dunyoda shaxsiy kompyuterlarning egalari va kompaniyalar orasida interenetdan keng miqyosda foydalanilish imkonini berdi. Dunyoda internetdan foydalanuvchilar sonining keskin ortib borishi quyidagi muammolarni vujudga keltirdi: tarmoq kanallarining zo’riqishi, axborotlarga birovlarning tajovo’zi va ularning o’g’irlanishi, axborotlarning xavfsizlik muammolari va boshqalar.

Yüklə 19,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə