O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə15/117
tarix10.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#132755
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   117
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi (1)

savol bayoni: Alkimyo davri eramizning III-IV asrlarida yuzaga kelib XVI asrgacha hukmronlik qildi. Alkimyo kimyo fanining o’tmishdoshi emas, balki, o’rta asr madaniyatining o’ziga xos hodisasidir. Uning manbalarini yana Misrdan, «kohinlarning muqaddas san’ati» rivoj topgan Iskandariya shahridan izlash kerak.

Ilgari Arabiston yarim orolida tashqi dunyodan uzilgan holda yashab kelgan arablar Islom dini quvvati bilan G’arbiy Osiyo va Shimoliy Afrikani zabt qildilar. Eramizning 641-yilida Misrga hujum qildilar va tezda uni to’liq egalladilar. So’ng eronshohlar yurti ham bosib olindi va buyuk arab imperiyasi vujudga keldi. Ular kohinlarning «ilohiy san’ati» usullarini o’zlashtirib oldilar va har narsaga o’z aralashuvini anglatadigan “al” qo’shimchasini kiritdilar. Arab alkimyosi davri (XIII-XII asr) da oltingugurt va simobdan asl metallar hosil qilish nazariyasi paydo bo’ldi; bu nazariyaga ko’ra shu moddalarni “takomillashgan” nisbatda olish va maxsus “eliksir” yordamida “dono qush uyi”, ya’ni pechda qizdirish zarur edi. Alkimyogarlarning maqsadi istalgan metalni oltinga aylantirish qudratiga ega bo’lgan, “falsafa toshi” deb ataluvchi suyuqlikni ajratishdan iborat bo’lgan.
Arablar 670-yilda Xristian dunyosining eng yirik shahri Konstantinopolni o’z flotlari bilan qamal qilishganda ularning kemalari suv bilan o’chmaydigan kimyoviy aralashma bilan yoqib yuborildi va ular khemeianing birinchi amaliy oqibatini o’z terilarida sinab ko’rishdi. Bundan xulosa chiqarib o’zini o’nglab olgan arablar keyingi besh asr davomida alkimyoni o’z nazoratlariga olishdi.
VII-VIII asrlarda Yadin Sharq mamlakatlarining (Suriya, Meso­potamiya) Damashq, Bag’dod, Kordovada arab alkimyogarlari ishlaydigan ilmiy markazlar paydo bo’ldi.
Alkimyogarlar asosan Arastu tasavvurlariga asoslangan edilar. Ular Arastuning to’rt elementi qatoriga yana uch elementni qo’shdilar; shunday qilib elementlar soni 7 ta bo’ldi: 1) havo; 2) olov; 3) suv; 4) tuproq; 5) oltingugurt (u “yonuvchanlik” xossasini o’zida mujassam qilar edi); 6) simob (“metallik” xossasini mujassam qilardi) va 7) tuz (bu eruvchanlik xossasini o’zida mujassam qilardi).
Aristotelning elementlar o’zgarishi haqidagi g’oyalari metallarning transmutatsiyasi haqidagi ming yillik tadqiqotlarning “nazariy” dasturiga aylandi. Aleksandriya akademiyasida “ilohiy mo’jizali san’at” vositasida nodir metallarning bir-biriga o’tishlari o’rgatilar edi. "Elementlarning" o’zaro aylanishi haqidagi ta’limot simob va uning birikmalarini o’rganish oqibatida paydo bo’ldi. Buyuk Aristotel simobni suyuq kumush deb atardi. “Hydrargirum”' – “kumush suv” degani. Oltin, kumush, mis kabi elementlar simob bilan amalgama hosil qilishini ularning rangi, zichligi o’zgarishlarini metallarning bir-biriga o’tishi deb hisoblaydi.
Iskandar Zulqarnaynning o’limidan (Aleksandr Makedonskiy, eramizgacha 323-yil) so’ng u tuzgan juda katta imperiya parchalanib ketdi, ammo yunonliklarning Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlariga hali ham kuchli ta’siri bor edi. Yana bir necha asrlar davomida bu o’lkalarda madaniyat va ilmning o’zaro qo’shilishi va bir-birini boyitishi davom etib turdi. Misrda Iskandarning harbiy qo’mondonlaridan biri Ptolomey-Soter hokimiyatni qo’lga oldi va Aleksandriya shahrida "Museyon" ilm va musiqa o’chog’ini tashkil etib, uning kutubxonasiga juda ko’p adabiyotlarni yig’ib keldi. Bu paytda misrliklar amaliy kimyo fanini yaxshi o’zlashtirishgan bo’lsa ham, uni alohida bilim sohasiga ajratishmadi. Misrliklarning amaliy kimyo sohasidagi bilim darajasidan hayratlangan yunonliklar ularning tajribalarini o’rganishdi va misrliklar kimyo fani xudosi Oziris deb hisoblashsa, yunonlar uni o’zlarining xudolari Germes bilan baravarlashtirdilar. O’z navbatida bu xil taqlidlar, aralashtirishlar fanning rivojiga salbiy ta’sir qildi. Oddiy insonlar kimyogarlarni sehrgar, jodugar va xavfli bilimlar sohibi deb hisoblar edilar va ulardan qo’rqishardi. Jamiyat oldidagi o’zlarining sirli mavqelarini bilgan khemeia namoyondalari borgan sari o’zlarining yozuvlarini sirli va oddiy xalq tushunmaydagan har xil simvol va belgilardan foydalanishardi. Kohinlar o’z faoliyatiga diniy tus berib, kimyoni astrologiya bilan bog’laganlar. O’sha vaqtda ma’lum bo’lgan 7 ta metalni sayyoralar bilan moyillikda bo’ladi deb o’z alkimyoviy simvollari bilan ifodalagan.
1-Jalval
Qadimiy yetti metallar

Metallar

Planeta

Simvol

Hafta kuni

Oltin

Quyosh



Yakshanba

Kumush

Oy



Dushanba

Temir

Mars



Seshanba

Simob

Merkuriy



Chorshanba

Qalay

Yupiter



Payshanba

Mis

Venera



Juma

Qo’rg’oshin

Saturn



Shanba

1-jadval metallar va ularga mos keluvchi samoviy jismlarni o’zaro juftliklar hosil qilgani haqida ma’lumot beradi. Samoviy jismlar doimo o’zlarining koinotdagi holatlarini o’zgartirib turgani uchun ularga “planetalar”- “adashgan yulduzlar” deb nom berishdi. Materiyaning to’rt unsurlari haqidagi ta’limotni eslagan alkimyogarlar PbS - galenit o’z tarkibida qisman kumush va oltin tutishi, uni qayta ishlashda metallarning transmutantlanishi yuz berdi degan tushunchani kuchaytirdilar: galenit - qo’rg’oshin - kumush – oltin. Alkimyogarlar elementlar emas, hatto modda va stixiyalarining simvolikasini ham ifodalagan.


Suv , olov , yer , havo , nitrat kislota , zar suvi-


Alkimyogarlar o’z maqsadi yo’lida rudalar, ildizlar, o’tlargina emas, balki tuproq, hayvon a’zolaridan ham foydalandilar. Yillar o’tib alkimyoviy tushunchalar arab tabiblari alkimyogarlari ishlarida namoyon bo’la boshladi.
Yevropada Gerber nomi bilan tanilgan Jobir Ibn Hayyom (721-815) Bag’doddagi Platon va Aristotelga o’xshab o’z alkimyoviy maktabini ochdi. Boshqa arab alkimyogari Ar-Roziy Abu Bakr Muhammad Ibn Zakariyo (865-925) o’rta Sharqda tabiiy fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. U gips olishni, gipsdan singan suyaklarni tuzatish uchun bog’ichlar tayyorlashni ko’rsatdi. U surma metalni birikmalardan ajratib xossalarini o’rgandi. Ar-Roziy kimyo tarixida birinchi bo’lib, moddalarni uch toifaga – yer (mineral), o’simlik va hayvon moddalariga ajratdi. U optik meditsina va falsafa bilan yaxshi tanish bo’lgani uchun uning atomizmi Demokrit atomizmiga yaqin edi, lekin u ochiq alkimyoviy pozitsiyalardan voz kechmagan edi. Ar-Roziy tabobatda ko’proq zafar quchdi. Amalda, birinchi bo’lib, chechakka qarshi emlashni qo’lladi.
Uning “Al – Xavi” tabobat haqida keng qamrovli kitob va 10 tomli “Mansurga bag’ishlangan tabobat kitobi” o’ziga xos asari vrachlarga amaliy qo’llanma bo’lib xizmat qiladi. Xantal (gorchisa), yog’, S kuporosi va Hg dan oltin olish manipulyatsuyalarini “Sirlar siri” kitobida keltirilgan, lekin o’zi bunga erisha olmagan. Ar-Roziyning yuqoridagi asari 1000 yildan keyin O’zbekiston Fanlar Akademiyasida ruschaga tarjima qilindi va nashrdan chiqarildi.
O’sha davrlardagidek oltin barcha qimmatli narsalarning o’lchovi bo’lgani uchun Misrliklar yana metallarni “transmutatsiya” (o’zgarish) lash maqsadida son- sanoqsiz urinishlar qildilar. Garchi ular oltin olmasa ham lekin sirtdan oltinga o’xshash qotishma – latun olishga muvaffaq bo’ldilar.
Endi arab olimlarining ilmiy ishlari va xususan alkimyo O’rta yer dengizi bo’ylab Yevropaga sekin kirib kela boshladi. 300-1100- yillar davomida Yevropaning tarixida kimyo sahifasi bo’m-bo’sh va unda hech qanday yangiliklar uchramaydi. XII asrda alkimyo Yevropaga ko’chdi. Dastlabki Yevropalik alkimyogarlar arablarning shogirdlari edi. Asr o’rtalaridayoq arab alkimyogarlari asarlari lotinchaga o’girildi. Shahar va ministrlarda alkimyo laboratoriyalari paydo bo’ldi, u yerda alkimyogarlar sun’iy oltin tayyorlash yo’llarini zo’r berib izladilar.
Alkimyogarlar kishilarni aldash va tez orada boyish maqsadida turli ko’z bo’yamachilikdan foydalandilar: bitta alkimyogar oltin buyumlarni mis folga bilan qoplab, kishilar ko’z o’ngida kislota bilan eritsa yana bir tayyor quymani alkimyoviy idishga shunchaki tashlaydi. Uchinchisi tubi 2 qavatli tigeldan foydalansa 4-si oltinning Hg dagi alangasidan foydalangan. 5-si esa o’rtasi nodir metallar bilan to’ldirib tubiga sham quyilgan kovak cho’pni qizdirib reaksion massada oltin qolganligini ko’rsatganlar. Lekin barcha tajribalar ham omadli chiqavermadi, ularni omma oldida oltin suvi yuritilgan dorga osdilar. “Arzon oltin” olish imkoniyati iqtisodga kuchli zarba berish mumkin edi. Shuning uchun Misrni qaram qilgan rim imperatori Diokmetian bunday sohada olib boriladigan har qanday ishni o’lim jazosi bilan taqiqladi. Mavjud bo’lgan barcha faoliyat to’liq to’xtatildi.
Shu tariqa mo’jizalarga ishonishga putur yetadi, ya’ni uyg’onish davrining boshlanishidagi Yevropaliklar dunyo qarashi o’zgardi.



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə