O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə9/117
tarix10.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#132755
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   117
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi (1)

2. Alkimyo davri. Bu davr IV asrdan XVI asrga qadar davom etadi. Bu 1200 yillik davrda yashagan alkimyogarlar kimyoning mo’jizalaridan foydalanib, uchta vazifani o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi:
- hamma narsani o’sha davrdagi boylik, kuch-quvvat va saltanat timsoli - oltinga aylantirish uchun falsafiy tosh yaratish,
- universal erituvchi - alkagest yaratish,
- umrni uzaytiruvchi eliksir yaratish va uni amalda sinash.
3. Kimyoviy bilimlarning birlashish davri. Bu davr o’z ichiga XVI—XVIII asrlarni oladi. Davr to’rtta bosqichdan iborat deb qabul qilingan: yatrokimyo (tibbiyot kimyosi) bosqichi, pnevmokimyo (gazlar kimyosi) bosqichi, flogiston nazariyasi bosqichi, M. V. Lomonosov va A. Lavuazyening flogistonga qarshi ishlari bosqichi.
4. Miqdoriy qonunlar davri - XIX asrda kimyo. XVII asrda kimyoning asosiy vazifalaridan biri tabiiy minerallar tarkibi va xossalarini o’rganish edi. XVIII asrda esa kimyoviy elementlar o’zaro hohlagan miqdorda birika oladimi, yoki ular bir-biri bilan birikishida qandaydir cheklanishlar bormi? degan muammoni hal etish kimyo fani uchun asosiy masala bo’lib qoldi. Bu muammoni hal etishda boshlang’ich moddalar va mahsulotlar orasidagi miqdoriy nisbatlarni o’rganish, ilgari olingan ma’lumotlarni qayta ko’rib chiqishga tog’ri keldi. XIX asr boshlanishida taraqqiy etgan kimyoviy tahlil imkoniyatlari boshlang’ich moddalar bilan bir qatorda mahsulotlar tarkibini mukammal o’rganishni, minerallar tarkibini chuqur bilishni, yangi elementlar kashf etishni, ularning xossalarini chuqur o’rganish kabi muhim amaliy ishlarni rivojlantirishga sabab bo’ldi. Bunday izchil yo’nalishga ega bo’lgan izlanishlar natijasida muhim ma’lumotlar to’plandi, anorganik moddalar turlari va sinflarga bo’lish usullari shakllandi.
5. Kimyoning hozirgi zamon davri. Bu davr XIX asrning 60-yillaridan boshlanib hozirgi kunlarga qadar davom etmoqda. Bu davrni “kimyoning’ oltin davri” deb atash mumkin. Bu vaqt ichida kimyoviy elementlarning davriy sistemasi, stereokimyo nazariyasi, atom tuzilishi nazariyasi yaratildi, kimyoviy bog’lanish va valentlikning haqiqiy ma’nolari yoritildi, kimyo bilan tabiiy fanlar chegarasidagi sohalar (masalan, fizik kimyo, biokimyo, geokimyo, bioanorganik kimyo, bioorganik kimyo, kosmokimyo, yadrokimyo va hokazolar) vujudga keldi, sintetik kimyo katta muvaffaqiyatlarga erishdi, anorganik va organik modda tushunchalari orasidagi keskin chegara yo’qolib, materiyaga to’g’ri falsafiy ta’rif berildi.
Kimyo tabiiy fan bo’lib, o’z rivojlanish bosqichlarida boshqa tabiiy fanlar, ayniqsa, fizika yutuqlariga tayanadi. Har qanday tabiiy fanlar kabi kimyoviy fanlar ham ikki bosqichda rivojlanadi. Avval ilmiy tadqiqotlar, ayrim yangiliklarni qayd qilishdan iborat, keyin ular tahlil qilinadi.
Dastlab kimyo Misrda paydo bo’lgan va asosan boylik orttirish uchun xizmat qilgan. Ellinizm gullagan davrda kimyo Yunonistonda ham rivojlandi. Eron davlatida ham kimyodan ancha xabardor bo’lishgan. Buni izohlash uchun bu ikki mamlakat orasidagi urushda ularning har qaysisi o’zi ishlab chiqqan vositalardan foydalanganligini qayd etishimiz kifoyadir. Amaliy kimyo Uzoq Sharqda, Hindistonda ham ma’lum bo’lib, Misr va Yunonistondagidek rivojlangan edi. Xitoyda esa porox va organik bo’yoq ishlab chiqarish yutuqlari ularni o’sha davr taraqqiyotining birinchi qatorlariga olib chiqqan edi.



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə