O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə108/146
tarix15.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#105794
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Мирзиѐев Ш.М. Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари. Асарлар 4-жилд. -Т.:

―Ўзбекистон‖. 2020.

  1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. -T.: ―O‘zbekiston‖. 2021.

  2. Эргашев Қ., Ҳамидов Ҳ. Ўзбекистон тарихи: ўқув қўлланма / -Т.: ―Ғафур Ғулом‖. 2018. -632 б.

  3. Эргашев Қ., Ҳамидов Ҳ. Ўзбекистон тарихи. Ўқув қўлланма. -Т.: ―Фан ва технология‖. 2019. 796 б.



    1. SHAVKAT MIRZIYOYEV YANGI О„ZBEKISTON PREZIDENTI.


Islom Abdug‗aniyevich Karimov mustaqil О‗zbekiston davlatining asoschisi, yurtimizni sobiq mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, uni zamonaviy asosda taraqqiy ettirish strategiyasini, dunyoda ―О‗zbek modeli‖ degan nom bilan tan olingan rivojlanish yо‗lini ishlab chiqqan, jahon miqyosida katta obrо‗-e‘tibor qozongan, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida о‗chmas va yorqin iz qoldirdi.


Xalqimiz о‗zining qisqa muddat – 25 yilda erishgan barcha yutuq va marralarini aynan Prezident Islom Karimov nomi bilan bog‗laydi va shu ulug‗ insonning beqiyos xizmatlari deb biladi.
2016 yil 2 senyatbr Xalqning otasi darajasidagi ulkan e‘tirofga erishgan, О‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni sо‗nggi manzilga kuzatdik.
Bu judolik bir muddat xalqimizning ruhini tushirdi. Yoshu-qari birdek karaxt ahvolga keldi. Qolaversa, shu kungacha bо‗lgan dunyodagi noxolis kuchlarning munosabatlari hammani birdek о‗ylantirib qо‗ygan edi.
Tashvishlar, g‗amlar, quvonchlar bari bir muddat unutilgan. Endi nima bо‗ladi? degan savol hammani birdek о‗ylantirib qо‗ygan edi. Hattoki odamlar uyidagi kundalik yumushlarini unutib, oynai jahon qarshisida mung‗ayib о‗tirishardi.
О‗zining yо‗lboshchisiga, О‗zbekiston degan davlatni yо‗q yerdan paydo qilib, bugun- butun dunyo davlatlari orasida tenglar ichra teng bо‗lishiga erishgan, yuz yillar mobaynida mustamlakachilikda, arosatda, ta‘bir joiz bо‗lsa, qullikda yashagan xalqqa yorug‗ dunyoni, farovon hayotni taqdim qila olgan insonga bо‗lgan hurmatini dunyo kо‗rdi va bu holatdan hayronu lol qoldi, desak, mubolag‗a bо‗lmaydi.
Albatta, bu ishlarning tepasida buyuk yо‗lboshchimizning munosib vorisi, ishonchli shogirdi shunday jamiyatni, shunday davlatni barpo etishda Islom Karimov bilan yelkama-yelka turib, har qanday og‗irliklarni yengishda sabot va matonat bilan mehnat qilib kelayotgan
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich turgani uning haqiqiy voris ekanini kо‗rsatib berdi. Bu holat xalqimizning oldida turgan harqanday oxiri yо‗q savollarga javob bо‗ldi va ertangi kunga ishonch paydo qildi.
Bu ishonch natijasida xalqimiz hech qanday g‗uborlarsiz, suronlarsiz, tashviqotlarsiz buyuk yо‗lboshchining ishlarini haqiqiy davomchisi sifatida Shavkat Mirziyoyevni о‗ziga yangi yо‗lboshchi bо‗lishi uchun ovoz berdi.
Shavkat Mirziyoyev о‗sha og‗ir kunlarda о‗zining haqiqiy merosxо‗r-shogird, Islom Karimov ishlarining davomchisi ekanini xalqimizga, qolaversa, butun dunyoga namoyon qila oldi. Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning hayot yо‗liga nazar tashlaydigan bо‗lsak, Prezidentimiz mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xо‗jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta о‗qituvchi, dotsent, о‗quv ishlari bо‗yicha prorektor lavozimlarida ishladi. 1990-yili Respublika Oliy Kengashi deputatligiga saylanib, bir vaqtning о‗zida Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat kо‗rsatdi. 1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‗bek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996-2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi. 2001-2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishladi. 1995-2003 yillarda О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham faoliyat olib bordi. Shavkat Mirziyoyev 2003-yilda О‗zbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tasdiqlandi va 2005, 2010, 2015 yillarda Oliy Majlis palatalari
tomonidan ushbu lavozimga yana uch marta qayta tasdiqlandi.
2016-yil 2-sentabrda О‗zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafot etishi munosabati bilan Oliy Majlis Sh.Mirziyoyevni Birinchi Prezident dafn marosimini о‗tkazish bо‗yicha komissiyaga rais etib tayinladi. 2016-yil 8-sentabrda Prezident vazifasini bajaruvchi, Oliy Majlis Senati raisi Nig‗matilla Yо‗ldoshev mamlakat rahbari vazifasini vaqtincha bajarish mas‘uliyatini о‗zidan soqit qilib, о‗rniga Mirziyoyevni tavsiya qildi.
2016-yil 19-oktabr kuni О‗zbekiston Liberal Demokratik Partiyasining VIII s‘yezdi bо‗lib о‗tdi. Unda partiya siyosiy kengashi a‘zosi Sh.Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlash tо‗g‗risidagi qaror qabul qilindi.
2016-yil 4-dekabr kuni bо‗lib о‗tgan Prezident saylovi yakunlari bо‗yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi va 2016-yil 14- dekabrdan rasman о‗z vazifasini bajarishga kirishdi.
Shavkat Mirziyoyev о‗zining ijtimoiy-siyosiy faoliyatidagi samarali mehnatlari uchun qator mamlakatimiz va xorijiy davlatlarlarning orden va mukofotlariga sazovor bо‗lgan. Mehnat shuhrati ordeni (1998), Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2007), Danaker ordeni (Qirg‗iziston, 2017), 1-darajali Dо‗stiq ordeni (Qozog‗iston, 2018), AQSH-О‗zbekiston savdo palatasining mukofoti (2017), Yevrosiyo oldidagi xizmatlari uchun mukofoti (2018), Osiyo jurnalistlar uyushmasining "Yil kishisi" mukofoti (2018), Nagoya universiteti faxriy doktori (2019) va Turk dunyosini tiklashga qо‗shgan ulkan hissasi uchun mukofotilari shular jumlasidandir.
SH.Mirziyoyev yangilangan О‗zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotining dolzarb masalalari va ularning yechimiga qaratilgan qator nutq va asarlar muallifi. 2016 yildan bugungi kunga qadar quyidagi asarlari nash etilgan:


  1. Yüklə 0,82 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə