O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


Korrupsiyaga guvoh bо„lsangiz, bu haqda qayerga xabar berasiz?



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə113/146
tarix15.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#105794
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Korrupsiyaga guvoh bо„lsangiz, bu haqda qayerga xabar berasiz?


Bu savolga respondentlarning 28 % «Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga», 18 %
«prokuratura va ichki ishlar organlariga», 12 % «blogerlarga», 11 % «hech kimga» degan javobni tanlashgan.
Ba‘zilar bu haqda OAVga xabar berishini (7 %) yoki ijtimoiy tarmoqlarda yozishini bildirgan (6 %).
Sо‗ralganlarning uchdan ikki qismi korrupsiyaga qarshi choralar tо‗g‗risida juda kam ma‘lumotga ega. Shu bilan birga, sog‗liqni saqlash xodimlari korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar
tо‗g‗risida eng kam ma‘lumotga ega ekani ma‘lum bо‗ldi, ya‘ni ularning 44 % «Yо‗q» degan javobni belgilashgan.
Kо‗rilayotgan choralar tо‗g‗risida eng kо‗p ma‘lumotga ega bо‗lganlar bu — davlat xizmatchilari (47%).

«Tizim shunga majbur qiladi»


Respondentlarning uchdan bir qismi (35 %) mavjud tizim pora va tanishlar orqali muammolarni hal qilishga majbur qiladi, deb hisoblaydi.
44 % esa barcha ishlarni qonun doirasida hal qilgan yaxshi, degan fikrda.

Nima qilish kerak?


Korrupsiyani kamaytirish uchun birinchi navbatda nima qilish kerakligi haqidagi savolga 18 % ishtirokchining javobi – ish haqini oshirish kerak.
Respondentlarning 14 % tizimni о‗zgartirishni va jazoni kuchaytirishni taklif qilmoqda.
Sо‗ralganlarning 12 %ga kо‗ra, byudjet xarajatlarida shaffoflik zarur degan fikrni aytgan.
Tahlillar shuni kо‗rsatadiki, jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi kurash umummilliy harakat tusini olsa va unda barcha aholi faol ishtirok etib ongli ravishda yondoshsagina ushbu illatni shunchalik tez yengishimiz mumkin.


    1. О„zbekiston tashqi siyosatida Yangi yо„l.



О‗zbekiston Markaziy Osiyoning tabiiy zahiralarga boy uchta davlatidan bittasi bо‗ladi. Dunyodagi eng yirik paxta va oltin eksporterlaridan biri sanaladi. Jahonning iqtisodiy qudratlari uchun jozibador bо‗lgan salmoqli arzon ishchi kuchiga ega mamlakat hisoblanadi.
О‗zbekiston dunyodagi turistik potensiali yuqori sanoqli davlatlardan biri hisoblanadi. Taxlilchilarning fikricha, aynan О‗zbekiston xalqaro va ichki turizm sohasini rivojlantirish uchun eng istiqbolli 10 ta mamlakatdan biridir.
О‗zbekiston global siyosatchilar nazdida mintaqadagi eng muhim geostrategik davlat sifatida e‘tirof etiladi. О‗zbekiston qudratli, industrial davlatlarning diqqat-e‘tiborlaridagi, manfaat va qiziqishlari tо‗qnashgan, geosiyosiy va geoiqtisodiy raqobatlari markazida mamlakat ekanligi doimo diqqat markazimizda turishi lozim.

BMT Bosh Assambleyasining 2017 yil sentabridagi murojaatida Sh.Mirziyoev


О‗zbekiston zamonaviy tashqi siyosatining asosiy yо‗nalishlarini ta‘riflab, Markaziy Osiyo mintaqasi asosiy ustuvor yо‗nalish ekanligini ta‘kidladi va buni "ongli ravishdagi tanlov" deb atadi. U "tinch va iqtisodiy jihatdan gullab-yashnayotgan Markaziy Osiyo bizning eng muhim maqsadimiz va asosiy vazifamiz", deb ta‘kidladi. Bundan tashqari, Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammitini tashkillashtirish tashabbusi bilan davlatlararo aloqalarni kuchaytirishga alohida urg‗u berdi. U ta‘kidlaganidek, "Prezidentlar muntazam maslahatlashuv uchrashuvlarini о‗tkazish" qо‗shnilar bilan yaqinlashish tendensiyasini mustahkamlashga yordam beradi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni tasdiqlab, Prezidentlikning dastlabki kunlaridan SH.Mirziyoyev qо‗shnilar bilan о‗zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga, Markaziy Osiyo davlatlarining barcha rahbarlari bilan ishonchli aloqalarni о‗rnatishga qaratilgan qat‘iy va aniq qadamlar qо‗ydi.
2017 yilning dekabrida о‗tkazilgan Parlament majlisidagi tarixiy nutqida Shavkat Mirziyoyev tashqi siyosat sohasida о‗tgan davr mobaynida О‗zbekiston xorijiy davlatlar bilan, birinchi navbatda, qо‗shni davlatlar bilan dо‗stona va о‗zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishda salmoqli natijalarga erishganini ta‘kidladi.
Bundan tashqari, Toshkent "О‗zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yо‗nalishi - Markaziy Osiyo" tamoyilini amalga oshirishga kirishdi. Natijada mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi, о‗zaro ishonch va yaxshi qо‗shnichilik asosida aloqalar mustahkamlandi. Turkmaniston va Qirg‗iziston bilan Strategik hamkorlikka asoslangan aloqalar tuzildi.
Qozog‗iston bilan strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi, 2 milliard dollarga teng bо‗lgan iqtisodiy bitimlar imzolandi. Tojikiston bilan
hamkorlik mustahkamlanmoqda. Toshkent va Dushanbe о‗rtasida havo aloqalari qayta yо‗lga qо‗yildi. Shu ma‘noda Qirg‗iziston bilan Davlat Chegarasi tо‗g‗risidagi Shartnomani imzolash Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta‘minlash yо‗nalishidagi jiddiy qadam bо‗ldi.
Juda qisqa vaqt ichida О‗zbekiston va Qirg‗iziston о‗rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 70 foizga, Tojikiston bilan 85 foizga, Qozog‗iston bilan esa 30 foizga oshdi. Qо‗shni Afg‗oniston bilan muhim va о‗zaro manfaatli bitimlar imzolandi, yangi iqtisodiy va ijtimoiy loyihalar bо‗yicha amaliy ishlar boshlangan.
Markaziy Osiyo bо‗yicha tahlilchi Ketrin Pus, "The Diplomat" gazetasida yozilishicha, ikki tomonlama aloqalarni tiklash jumboqning faqat bir qismidir, ikkinchisi - Toshkentning kо‗p tomonlama hamkorga aylana olishi. О‗zbekistonning mintaqa bilan kirishishga qaratilmagan va tashqi kuchlarga nisbatan muvozanatli tashqi siyosati Markaziy Osiyoda geosiyosiy muvozanatni, geosiyosiy plyuralizmni saqlab qolishning hal qiluvchi omili hisoblanadi. Tadbirning ochilish marosimida О‗zbekiston Prezidenti О‗zbekiston hech qanday harbiy blokning tarkibiga kirmasligini, chet eldagi harbiy bazalarning mamlakat ichida joylashtirilishiga yо‗l qо‗ymasligini, chet eldagi harbiy operatsiyalarda qatnashmasligini tasdiqladi.
2017 yilda Prezidentimizning 21 ta oliy darajadagi tashriflari bо‗lib о‗tdi. Prezident 60 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan uchrashdi. Natijada 400 dan ziyod bitimlar tuzildi va umumiy hajmi 60 milliard AQSH dollariga teng savdo-sotiq shartnomalari imzolandi. Qabul qilingan hujjatlarni о‗z vaqtida tatbiq etish uchun xorijiy sheriklarimiz bilan birgalikda amalga oshirilayotgan 40 ta "yо‗l xaritalari" ishlab chiqildi.
О‗zbekiston Prezidenti sо‗nggi 12 oy mobaynida respublikaning strategik hamkorlari, jumladan, Rossiya, Xitoy, AQSH, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Turkiya va boshqa davlatlarga rasmiy tashrif buyurdi. Faqatgina bu yilda hukumatlararo komissiyalarning savdo- iqtisodiy, sarmoyaviy va texnologik hamkorligi doirasida 12 ta uchrashuvi bо‗lib о‗tdi, О‗zbekistonning iqtisodiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga tashrifi 130 taga yetdi, respublikaga xorijiy ishbilarmon delegatsiyalar 267 marotaba tashrif buyurdi.
О‗zbekiston BMT, IHT, SHHT, MDH kabi xalqaro tuzilmalar bilan yangi darajadagi hamkorlikni rivojlantira boshladi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik qayta tiklandi va Yevropa investitsiya banki bilan hamkorlik о‗rnatildi. Jaxon Banki, Xalqaro Valyuta Jamg‗armasi, Osiyo Taraqqiyot Banki, Islom Taraqqiyot Banki kabi xalqaro moliya institutlari bilan о‗zaro hamkorlik dinamik xususiyat kasb etmoqda. Mamlakatdagi bu kabi ijobiy о‗zgarishlar xalqaro maydonda О‗zbekistonning nufuzini oshirmoqda.

Xulosa о‗rnida eslatib о‗tish joizki, О‗zbekistonda amalga oshirilayotgan bunday keskin о‗zgarishlar Toshkent bilan uning mintaqaviy va xalqaro hamkorlari о‗rtasida о‗zaro manfaatli hamkorlik uchun ishonchli poydevor yaratdi. О‗zbekiston hukumati о‗z innovatsion va samarali ichki va tashqi siyosatini tasdiqladi, bu nafaqat О‗zbekiston uchun, balki barqaror va ravnaq topgan Markaziy Osiyo uchun manfaatdor xorijiy sheriklar uchun muhim ahamiyatga ega. О‗zbekiston hukumati tasdiqlagan innovatsion va samarali ichki va tashqi siyosat nafaqat О‗zbekiston uchun, balki rivojlanayotgan va barqaror Markaziy Osiyoga qiziqish bildirgan xorijiy hamkorlar uchun ham muhim ahamiyatga ega.





  1. Yüklə 0,82 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə