O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə115/146
tarix15.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#105794
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Мирзиѐев Ш.М. Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари. Асарлар 4-жилд. - Т.: ―Ўзбекистон‖. 2020.

  • Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. -T.: ―O‘zbekiston‖. 2021.

  • Эргашев Қ., Ҳамидов Ҳ. Ўзбекистон тарихи: ўқув қўлланма / -Т.: ―Ғафур Ғулом‖. 2018. -632 б.

  • Эргашев Қ., Ҳамидов Ҳ. Ўзбекистон тарихи. Ўқув қўлланма. -Т.: ―Фан ва технология‖. 2019. 796 б.



      1. Yangi O‟zbekistonda oliy ta‟lim islohotlari.


    Sо‗nggi yillarda О‗zbekistonda oliy ta‘lim tizimini modernizatsiya qilish, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ta‘limning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish borasida keng kо‗lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
    Mamlakat rahbariyati tomonidan о‗qitishning yangi metodlarini xalqaro amaliyotga muvofiq tashkil etish, akademik dasturlarni takomillashtirish, о‗quv jarayoniga ilg‗or axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda sifatli yangilashga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
    Iqtisodiyot tarmoqlari, ilmiy va ijtimoiy soha rivojlanishi ehtiyojlarini, ta‘lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta‘minlash, korxonalarda talabalar amaliyotini tashkil etishni inobatga olgan holda bakalavriat ta‘lim yо‗nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini maqbullashtirish masalalariga muhim urg‗u berilmoqda.
    Chuqur bilim va kо‗nikmaga ega raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash maqsadida yurtimizdagi oliy ta‘lim muassasalari soni 142 taga yetkazildi (2016-yilda 77 ta oliygoh mavjud edi).
    Yaqinda davlatimiz rahbarining ―Yangi О‗zbekiston‖ gazetasiga bergan intervyusida ta‘kidlanganidek, qisqa muddatda bu borada ikki barobar о‗sishga erishilgani, hech shubhasiz,
    ―...yoshlarimiz, butun jamiyatimizning intellektual salohiyatini oshirish, zamonaviy bilim, kasb- hunarlarga yanada yaqinlashtirish yо‗lidagi harakatlarimiz natijasi...‖ hisoblanadi.
    Bundan tashqari, bugungi kunda О‗zbekistonda xorijiy oliy ta‘lim muassasalarining ta‘lim jarayoniga о‗ziga xos ―nou-xau‖ 2 olib kirgan 26 ta filiali faoliyat yuritmoqda. Xorijiy davlatlar bilan hamkorlik doirasida qо‗shma ta‘lim dasturlari yо‗lga qо‗yilishi natijasida 64 ta yangi yо‗nalish bо‗yicha mutaxassislar tayyorlash boshlandi.
    Jamiyat taraqqiyotining zamonaviy tendensiyalari yuqori sifatli oliy ta‘limga ega bо‗lishning tubdan yangi darajasiga о‗tishni talab etadi. Shunga asoslanib, bugungi kunda О‗zbekistonda yoshlarning oliy ta‘lim bilan qamrovini kengaytirish masalasiga jiddiy e‘tibor
    qaratilmoqda. Sо‗nggi 5 yil mobaynida oliy ta‘lim muassasalariga qabul parametrlari 3 barobar oshirildi va 171 ming nafar yosh yangi о‗quv yilida talaba bо‗lish imkoniyatiga ega bо‗ladi.
    Bugungi kunda aholining oliy ta‘lim bilan umumiy qamrovi 28 foizga yetdi, 2016-yilda esa atigi 9 foizni tashkil etgan. Shu bilan birga, 2030-yilga borib hududlardagi davlat va nodavlat oliy ta‘lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta‘lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish vazifasi qо‗yilgan.
    Umuman olganda, о‗tgan 4 yil mobaynida oliy ta‘lim tizimini takomillashtirish chora- tadbirlarini amalga oshirish uchun 1,7 trillion sо‗mdan ortiq, jumladan, о‗quv-laboratoriya binolarini, sport zallari va talabalar turar joylarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta‘mirlash uchun 1,2 trillion sо‗m, о‗quv-laboratoriya jihozlari, mebel bilan jihozlash, oliy ta‘lim muassasalarida laboratoriya majmualarini tashkil etish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun 500 milliard sо‗mdan ziyod mablag‗ ajratilgan.
    Hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini uyg‗un rivojlantirish istiqbollarini, hududiy va tarmoq dasturlari ehtiyojlarini hisobga olgan holda, oliy ma‘lumotli kadrlar tayyorlashning maqsadli parametrlari shakllantiriladi, ta‘lim yо‗nalishlari va mutaxassisliklari maqbullashtiriladi.
    2019-yilda Prezidentning ―О‗zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 3 tasdiqlash tо‗g‗risida‖gi farmonining qabul qilinishi sohaning tub burilish nuqtasi bо‗ldi. Unga muvofiq, oliy ta‘lim tizimi oldiga quyidagi strategik maqsadlar qо‗yildi:

    • respublikadagi kamida 10 ta oliy ta‘lim muassasasini xalqaro e‘tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Uglier Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta о‗rindagi, jumladan, oliy ta‘lim bayroqdori sifatida О‗zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta о‗rindagi oliy ta‘lim muassasalari rо‗yxatiga kiritish;

    • oliy ta‘lim muassasalarining о‗quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga о‗tkazish;

    • oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‗liqligini nazarda tutuvchi ―Universitet 3.0‖ konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;

    • О‗zbekiston oliy ta‘lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta‘lim dasturlarini amalga oshiruvchi ―xab‖ga aylantirish;

    • oliy ta‘limning investitsion jozibadorligini oshirish, xorijiy ta‘lim va ilm-fan texnologiyalarini jalb qilish.

    2021-yil 16-iyun kuni davlatimiz rahbari raisligida oliy ta‘lim tizimini rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‗ishlab о‗tkazilgan videoselektor yig‗ilishi soha uchun tub burilish davrini boshlab berdi, desak mubolag‗a bо‗lmaydi. Unda Prezidentimiz tomonidan tizim oldida turgan 4 ta ustuvor vazifa belgilab berildi:
    Birinchisi – oliy ta‘lim muassasalari kengashlarining rolini oshirish va mutaxassislik kafedralari vakolatlarini kengaytirish;
    Ikkinchisi – о‗quv jarayonini mehnat bozori talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan uzviyligini ta‘minlash va talabaning о‗z ustida ishlashi uchun muhit yaratish;
    Uchinchisi – oliy ta‘lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish;
    Tо‗rtinchisi – professor-о‗qituvchilar va talabalar uchun qog‗ozbozlikni kamaytirish, sohani raqamlashtirish orqali byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish.
    Ushbu yо‗nalishlarda Oliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligida tizimli ishlar boshlandi. Masalan, ma‘muriy jarayonlarni raqamlashtirish tizimini joriy etish va ta‘lim xizmatlarini kо‗rsatishning interfaol shakliga о‗tish boshlandi.
    Umuman olganda, 34 ta axborot tizimi, jumladan, oliy ta‘lim jarayonini boshqarish axborot tizimi (HEMIS), magistratura, о‗qishni kо‗chirish va qayta tiklash bо‗yicha hujjatlarni qabul qilish onlayn tizimi, raqamli kutubxona tizimi, tabaqalashtirilgan kontraktni tо‗lashni tashkil etish tizimi va boshqalar ishlab chiqilib, joriy qilindi. Bu esa 27 milliard sо‗mga yaqin mablag‗
    tejalishini ta‘minlaydi. Qolaversa, oliy, о‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim muassasalariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn shaklda taqdim etish, bitiruvchilarga QR-kodli diplom va sertifikatlar berishni tashkil etish, diplomlarni soxtalashtirishning oldini olish, bakalavriat va magistratura bosqichlarining yagona elektron bazasini shakllantirish, yagona elektron kutubxona tizimini yaratish imkonini beradi.
    Albatta, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan oliy ta‘lim tizimida 2017-yilda boshlangan keng kо‗lamli islohotlarning muhim yutuqlaridan yana kо‗plab misollarni keltirish mumkin.
    Biroq bugungi kunda islohotlarni kuchaytirish va obyektiv jadallashtirish bilan bir qatorda kun tartibida tizimli о‗zgarishlarning sur‘ati va rivojlanish xususiyatini saqlab qolish dolzarb masala bо‗lib turibdi.
    Turli darajalarda belgilangan vazifalarga erishish, asosiy jihatlarni tizimli о‗rganish va chora-tadbirlar natijadorligini keng kо‗lamli tahlil qilish islohotlar samaradorligining hal qiluvchi omili sifatida tizimning barcha darajalarida rahbarlarning mas‘uliyati, 5 muvaffaqiyatning yakuniy yо‗li ijro intizomi ekanini yana bir bor tasdiqladi.
    Prezidentimiz о‗z chiqishlarida aynan shu haqda bir necha bor eslatib о‗tdi.
    Respublika oliy ta‘lim tizimida bu borada aniq qanday ishlar qilindi? Bizga ishonib topshirilgan sohada ijro intizomi masalasini qanday bajaryapmiz?
    Ta‘kidlash joizki, islohotlar samaradorligi va umumiyligiga faqat Prezidentimizning 2021- yil 10-fevraldagi ―Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qо‗shimcha chora-tadbirlar tо‗g‗risida‖gi farmoniga, shuningdek, 2021-yil 31-maydagi ―Ijro.gov.uz‖ ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat kо‗rsatishini ta‘minlashga qaratilgan qо‗shimcha chora-tadbirlar tо‗g‗risida‖gi qaroriga muvofiq takomillashtirilgan ijro intizomini nazorat qilishning tizimli mexanizmlari mavjud bо‗lgandagina erishiladi.
    Prezident topshiriqlarining ijrosini tizimli nazorat qilish jarayonidagi о‗zgarishlar tо‗g‗risida vazirliklar va idoralar mas‘ul xodimlariga yetkazish borasida hukumatning muvofiqlashtiruvchi roli muhim ahamiyat kasb etadi.
    Qabul qilingan hujjatlarning asosiy mexanizmlari mazmun-mohiyati joriy yil mart va iyun oylarida tashkil qilingan seminarlarda Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi va Hisob palatasining mas‘ul xodimlari tomonidan tushuntirib berilgani buning yaqqol dalilidir.
    Vazirlikka yuklatilgan vazifalar hajmining kattaligini hisobga olgan holda ularni о‗z vaqtida va tо‗liq bajarish uchun ijro intizomini ta‘minlashga oid tizimli yondashuv joriy etildi.
    Xususan, vazirning har bir о‗rinbosari yetarli vakolatlarga, resurslarga ega va о‗z zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun ―Ishni jamoa bajaradi, 6 mas‘uliyat esa shaxsiy!‖ tamoyiliga qat‘iy amal qilgan holda shaxsan javobgardir.
    Shu bilan birga, vazirlik tarkibida vazirning birinchi о‗rinbosari rahbarligida belgilangan vazifalarning tо‗liq ijrosini ta‘minlash va maqsadli kо‗rsatkichlarga erishish bо‗yicha doimiy ravishda faoliyat kо‗rsatadigan shtab tashkil etildi.
    2021/2022 о‗quv yilida oliy ta‘lim muassasalariga umumiy qabul parametrlari 170 655 ta о‗rinni tashkil etdi, bu о‗tgan о‗que yilidagiga nisbatan 12,6 foiz (19 100 о‗rin) kо‗pdir. Bundan tashqari, dayelat dasturida belgilangan davlat granti asosidagi qabul kо‗rsatkichlari 7 250 о‗ringa yoki 25 foiz oshirildi.
    Xususan, davlatimiz rahbarining hududlarga tashrifi, shuningdek, huzurida о‗tkaziladigan majlislar materiallarini tayyorlashda belgilangan yangi vazifalar va ustuvor yо‗nalishlardan kelib chiqib, yuzaga keladigan muammolarni hal qilish bо‗yicha takliflar shakllantiriladi.
    Zarurat tug‗ilganda, majlis bayonlari loyihalariga respublika rahbariyati tomonidan oliy va professional ta‘lim tizimi oldiga qо‗yilgan vazifalarning tо‗laqonli va sifatli ijrosini ta‘minlashga kо‗maklashadigan qо‗shimcha takliflar kiritiladi.
    О‗zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning yangi tizimi joriy etilgani muhim ahamiyat kasb etadi. Vazirlik ―IJRO.GOV.UZ‖ ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga ulangan.
    Bugungi kunda ―IJRO.GOV.UZ‖ tizimidagi vazifalarni bajarish samaradorligi haftada ikki marta vazirlik rahbariyati tomonidan, shu jumladan, markaziy apparat yig‗ilishlarida ham onlayn, ham oflayn tarzda muhokama qilinadi. Shu bilan birga, ushbu topshiriqlar ijrosini ta‘minlash bо‗yicha Adliya vazirligi va hukumat apparati bilan kunlik hamkorlik yо‗lga qо‗yilgan.
    Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta‘minlash va nazorat qilish bо‗yicha о‗rnatilgan yangi о‗zaro 7 hamkorlik tizimiga muvofiq, Oliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi о‗z ishini 5 bosqichda amalga oshiradi:
    birinchi bosqichda – qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning elektron nusxalari О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan ―IJRO.GOV.UZ‖ tizimi orqali Adliya vazirligiga yuboriladi;
    ikkinchi bosqichda – Adliya vazirligi ―IJRO.GOV.UZ‖ tizimida ijro muddatlari va mas‘ul shaxslarni qabul qilingan hujjatlarga muvofiq belgilaydi;
    uchinchi bosqichda – ushbu vazifalarning о‗z vaqtida, sifatli va samarali ijrosini ta‘minlash maqsadida mas‘ul ijrochilar har bir vazifani amalga oshirishning aniq mexanizmlarini belgilab,
    ―Yо‗l xarita‖larini tayyorlaydi, vazirlik rahbariyati tomonidan tasdiqlatib, amaliyotga joriy qiladi;
    tо‗rtinchi bosqichda – tegishli hujjatga muvofiq ijrosi ta‘minlangan topshiriq natijalari mas‘ul ijrochilar tomonidan ―IJRO.GOV.UZ‖ tizimiga kiritiladi. Adliya vazirligi natijalarni kо‗rib chiqadi, ijro natijalari qoniqarsiz bо‗lganda ular qayta ishlashga yuboriladi. Belgilangan vazifalar sifatli bajarilsa, ijro holati ―lJRO.GOV.UZ‖ tizimida tasdiqlanadi;
    beshinchi bosqichda – Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi topshiriqlar ijro etilishi darajasini kо‗rib chiqadi va amalga oshirilgan ishlar natijalarini tasdiqlash tо‗g‗risida tegishli qaror qabul qiladi.
    Tayyorlanayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning alohida hisobi yuritiladi, chunki ularning idoralararo kelishuvi va jamoatchilik muhokamasi uchun muayyan vaqt talab etiladi.
    Hujjatlar loyihalarining idoralararo kelishuvini jadallashtirish uchun tegishli vazirlik va idoralar bilan ishlashning aniq tizimi joriy etildi: hujjat loyihasining har bir ijrochisi hujjat loyihasini tegishli vazirlik ijrochilari darajasida muvofiqlashtirishga harakat qiladi.
    Zarurat bо‗lganda, kelishuvni tezlashtirish uchun masala vazir о‗rinbosarlari darajasiga, zarur hollarda esa vazir darajasiga kо‗tariladi.
    Prezident va hukumat qarorlari bilan tashkil etilgan byudjetdan tashqari manbalar hisobidan xodimlarni qо‗shimcha rag‗batlantirish imkoniyati tashabbuskor va mas‘uliyatli xodimlarni rag‗batlantirish, shuningdek, vazifalarning amalga oshirish muddatlarini buzishga yо‗l qо‗ygan xodimlarga nisbatan choralar kо‗rishning samarali vositasidir. Vazirning о‗rinbosarlari har bir xodimning faoliyati yakunlari bо‗yicha ularni qо‗shimcha moddiy rag‗batlantirish yoki tegishli choralar kо‗rish yuzasidan takliflar kiritadi.
    Vazirlik markaziy apparatida ijro intizomi nazoratini amalga oshirish yuzasidan yо‗lga qо‗yilgan mazkur mexanizm respublika oliy ta‘lim muassasalarida vertikal boshqaruv bо‗yicha joriy etilgan.
    Qisqacha aytganda, Prezidentimiz qarori bilan yaratilgan shart-sharoitlar vazirlik markaziy apparatining jumladan, xorijiy oliy ta‘lim muassasalari rahbarlari, ularning bitiruvchilaridan iborat jamoani shakllantirish, shuningdek, ijro intizomini ta‘minlash ishlarini sifatli tashkil etish imkonini berdi.
    О‗zbekiston Prezidentining 2021-yil 22-iyuldagi ―Vazirliklar, davlat qо‗mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xо‗jalik birlashmalari rahbarlari о‗rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish tо‗g‗risida‖gi qarorida sifat jihatidan yangi bosqichda davlat boshqaruvi organlari rahbarlari о‗rinbosarlarining shaxsiy javobgarligi masalalari belgilangan va ularning faoliyati samaradorligini baholashning yangi tizimi joriy etilgan. Ushbu qarorga kо‗ra, vazirlikda vazir о‗rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini xalqaro metod va tamoyillar

    • KPI (Key Performance Indicator – asosiy ishlash kо‗rsatkichi) asosida bajarishni tizimli

    nazorat qilish yо‗lga qо‗yilmoqda. Yaqin istiqbolda bunday tizim oliy ta‘lim muassasalarida joriy etiladi.
    Vazirlik tomonidan davlatimiz rahbarining strategik kо‗rsatmalari va uzoq muddatli istiqbolli topshiriqlari 9 bajarilishini aniq misollarda kо‗rish mumkin. Joriy yilning о‗tgan 6 oyi mobaynida vazirlikka 635 ta normativ-huquqiy hujjatda keltirilgan 4 740 ta topshiriq kelib tushdi.
    Ularning о‗z vaqtida bajarilishi natijasida vazirlik quyidagi natijalarga erishdi:

    • 14 ta yangi oliy ta‘lim muassasasi tashkil etildi, natijada respublikadagi universitetlarning umumiy soni 142 taga yetdi;

    • real iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida ehtiyoj yuqori bо‗lgan yangi 65 ta bakalavriat ta‘lim yо‗nalishi va 79 ta magistratura mutaxassisligi ochildi;

    • 2021/2022 о‗quv yilida oliy ta‘lim muassasalariga umumiy qabul parametrlari 170 655 ta о‗rinni tashkil etdi, bu о‗tgan о‗quv yilidagiga nisbatan 12,6 foiz (19 100 о‗rin) kо‗pdir.

    Bundan tashqari, davlat dasturida belgilangan davlat granti asosidagi qabul kо‗rsatkichlari 7 250 о‗ringa yoki 25 foiz oshirildi;

    • vazirlik tizimidagi oliy ta‘lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari doktoranturasiga 2 337 ta qabul kvotasi shakllantirildi;

    • 12 ta oliy ta‘lim muassasasidagi inkubatsiya markazlari va respublikaning 18 ta oliy ta‘lim muassasasidagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qо‗llab-quvvatlash markazlarining samaradorligini oshirish bо‗yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda;

    • yangi Oliy ta‘limning davlat ta‘lim standarti (Asosiy qoidalar) hamda bakalavriat ta‘lim yо‗nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining 933 ta malaka talabi ishlab chiqilib, tasdiqlangan;

    • akademik litseylarda ikki yillik ta‘lim tizimi uchun 11 ta о‗quv reja va 27 ta fan dasturi ishlab chiqilgan.

    Bundan tashqari, о‗tgan davr mobaynida davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta‘lim tizimini isloh qilish va yangi Uzbekistonni barpo etish uchun mustahkam poydevor yaratishda vazirlik tomonidan tarmoq vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda quyidagilarga erishildi:

    • oliy ta‘lim muassasalari, jumladan,chet el filiallari va nodavlat oliy ta‘lim tashkilotlari sonini kо‗paytirish orqali yoshlarning oliy ta‘lim bilan qamrovini oshirish;

    • professor-о‗qituvchilarning maqomini oshirish;

    • kechki va sirtqi ta‘lim shakllarini ochish;

    • kredit-modul tizimiga о‗tish;

    • zamonaviy ta‘lim dasturlari, pedagogik va smart texnologiyalarni joriy etish;

    • zamonaviy ta‘lim standartlarini joriy etish;

    • muhim ahamiyat kasb etadigan kadrlar tayyorlash yо‗nalishlari bо‗yicha qо‗shma ta‘lim dasturlarini shakllantirish;

    • oliy ta‘lim muassasalarga akademik, moliyaviy va boshqaruv mustaqilligini berish;

    • hududlarda ehtiyoj yuqori bо‗lgan yо‗nalishlar bо‗yicha о‗qitishni tashkil etish, jumladan, Toshkent shahrida joylashgan yetakchi oliy ta‘lim muassasalarining filiallarini ochish;

    • respublika oliy ta‘lim muassasalari talabalariga о‗quv yili davomida tо‗lov-kontrakt summasini teng ulushlarda kamida tо‗rtga bо‗lib tо‗lash imkoniyatini taqdim etish;

    • tegishli oliy ta‘lim muassasalarining ta‘lim jarayoniga masofaviy ta‘lim platformasini joriy etish va ularni zarur jihozlar bilan ta‘minlash;

    • oliy ta‘lim muassasalari sonini ikki barobar oshirish;

    • hududiy oliy ta‘lim muassasalari uchun ilmiy-pedagogik kadrlar zaxirasini yaratish maqsadida magistraturaga maqsadli qabul parametrlarini joriy etish;

    • о‗quv fanlari sonini ikki barobar qisqartirish orqali ta‘lim dasturlarini maqbullashtirish;

    • oliy ta‘lim muassasalarini о‗quv-metodik adabiyotlar bilan ta‘minlashning yangi tartibini belgilash;

    • akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish;

    • ilmiy darajalarni olishning ikki bosqichli tizimini qayta tiklash va joriy etish;

    • stajyor-tadqiqotchilik institutini yaratish;

    • oliy ta‘lim muassasalarini zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan ta‘minlash;

    • oliy ta‘lim muassasalari talabalariga tо‗lanadigan stipendiyalar miqdorini belgilash va tо‗lash mexanizmini takomillashtirish;

    • tо‗lov-kontrakt asosida о‗qiydigan talabalarga ta‘lim kreditlarini taqdim etish tizimini takomillashtirish.

    Qayd etish lozimki, ―Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak‖ degan strategik tamoyilga amal qilgan holda vazirlik tomonidan mamlakatimiz fuqarolarining murojaatlari bilan ishlashga alohida e‘tibor qaratilgan.
    Xususan, 2017-2022-yillar davomida vazirlikda jismoniy va yuridik shaxslarning 51 198 ta murojaati kо‗rib chiqilgan. Olib borilgan kompleks ishlarning natijasida oliy ta‘lim sohasidagi tizimli muammolar bilan bog‗liq kо‗plab masalalar batafsil о‗rganib chiqilib, yechimini topgan va quyidagi natijalarga erishilgan:

    • 5 621 ta (11,0 foiz) murojaat ijobiy hal qilingan;

    • 40 743 ta (79,6 foiz) holatda о‗z vaqtida yuridik axborot taqdim etilgan;

    • murojaatlarning 549 tasi (1,2 foiz) murojaat qilgan fuqarolarning anonimligi sababli kо‗rib chiqilmagan;

    • 4 285 ta (8,2 foiz) murojaat masala mohiyati bо‗yicha tо‗laqonli tushuntirish berish uchun tegishli hududiy boshqarmalar yoki boshqa vazirlik va tashkilotlarga yuborilgan.

    Vazirlik tomonidan 10-06 qisqa raqamli ishonch telefoni va Call markaz ishga tushirilgan. Ushbu davr mobaynida yuqoridagi raqam orqali 180 000 dan ortiq murojaat qabul qilingan. Buning natijasida fuqarolar murojaatlarining soni 40 foizgacha kamaygan.
    Talabalar va ularning ota-onalari hamda keng jamoatchilik bilan ta‘lim jarayoni sifati yuzasidan muloqot qilish uchun oliy ta‘lim muassasalarida vazir va uning о‗rinbosarlariga tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri murojaat qilish imkoniyatiga ega bо‗lgan telegram kanal ishga tushirilgan. Mazkur platforma orqali 6 241 ta savol va taklif kо‗rib chiqildi. Bundan tashqari, vazirlik tomonidan internet va ommaviy axborot vositalari orqali oliy ta‘lim sohasiga tegishli bо‗lgan dolzarb masalalar bо‗yicha 360 dan ortiq rasmiy murojaat e‘lon qilingan.
    Muxtasar aytganda, ta‘lim sohasidagi tizimli va keng kо‗lamli masalalarni hal qilish uchun nafaqat yaxshi pedagoglar, balki yoshlar bilan ishlashni biladigan, rivojlantirish dasturlarini yaratib, amalga oshira oladigan savodxon, mustaqil, tashabbuskor va yetakchi boshqaruvchilar bо‗lgan ta‘lim menejerlari kerak.
    Zero, ―Ijro intizomi – islohotlar garovi‖ tamoyiliga amal qilib, xalqimizning ehtiyojlarini qondirish pirovard maqsaddir.
    Bu esa mamlakatimizda yangi Uyg‗onish – Uchinchi Renessans davrining poydevori yaratilayotgan tarixiy davrda nihoyatda muhimdir.



      1. Yüklə 0,82 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   146




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə