O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Kapital qurilishni rejalashtirishning turlari, mazmuni va yo‘nalishlari



Yüklə 181,64 Kb.
səhifə2/6
tarix04.05.2023
ölçüsü181,64 Kb.
#108291
növüРеферат
1   2   3   4   5   6
qurilish-faoliyatini-rejalashtirish-asoslari.docx

Kapital qurilishni rejalashtirishning turlari, mazmuni va yo‘nalishlari.

Rejalashtirish maqsad va vazifalarni avvaldan belgilash jarayoni sifatida joriy yoki istiqbolli bo‘lishi mumkin. Agar joriy rejalashtirish qurilish ishlab chiqarishining dolzarb, kundalik faoliyatda yuzaga keladigan vazifalarini hal qilishga qaratilgan bo‘lsa, istiqbolli rejalashtirish ustivor yo‘nalishlarni prognozlash va aniqlashga mo‘ljallangan bo‘ladi.


Ba’zi olim va mutaxassislar, ayniqsa bozor va bozor munosabatlarining tarafdorlari rejalashtirish bilan bozor iqtisodiyoti bir joyda mavjud bo‘la olmaydi, deb hisoblaydilar. Vaholanki amaliyotda, shu jumladan chet el amaliyotida rejalashtirishning bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ham muhim ekanligi tasdiqlamoqda. Bu erda birgina tafovut bor bo‘lib, oqilona xo‘jalik yuritish vositasi bo‘lgan rejalashtirishni nazorat raqamlari, limitlar va cheklashlarga asoslangan avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik tuzumidagi rejalashtirish bilan adashtirib yubormaslik kerak. SHuning uchun rejalashtirish - bu puxta o‘ylangan hisob-kitob va asoslashlarga asoslangan qurilishni amalga oshirish va oldindan ko‘rish bosqichidir.
Albatta, bozor sharoitlarida xalq xo‘jaligini rivojlantirishning avvalgi beshyillik rejalari, 10-15 va undan ko‘p yillik prognozlari hozirda yo‘q, ammo yilllik reja va prognozlar o‘zining ahamiyatini va o‘rnini yo‘qotmagan. Nafaqat qurilish, balki boshqa tarmoqlar ham bugungi kunda yillik va indikativ rejalar asosida faoliyat ko‘rsatib, rivojlanmoqda. Ularsiz nafaqat tarmoq, balki butun milliy iqtisodiyotning rivojlanish yakunlarini tahlil qilish va xulosa qilish, shu jumladan prognozlar qilish mumkin bo‘lmaydi.
Kapital qurilishni rejalashtirish bugungi kunda quyidagi tashkiliy pog‘onalarda amalga oshiriladi:
1) milliy iqtisodiyot miqyosida (davlat rejalari);
2) tarmoqlar miqyosida, shu jumladan qurilish sohasida;
3) hududlar (mintaqalar) miqyosida;
4) xo‘jalik sub’ektlari miqyosida.
Bundan kelib chiqqan holda, kapital qo‘yilmalar qurilishni moliyalashtirish manbai sifatida hozirgi paytda markazlashgan va markazlashmagan kapital qo‘yilmalarga ajratiladi hamda ko‘p jihatdan qurilish dasturlarini shakllantirish rejalarini va ularni amalga oshirish mexanizmini belgilab beradi.
Kapital qurilish rejasi xalq xo‘jaligi miqyosida quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
1) kapital qo‘yilmalar rejasi;
2) loyiha-qidiruv ishlari va loyihalashtirish tashkilotlari ishlari rejasi;
3) qurilish ishlab chiqarishi va qurilish tashkilotlari quvvatlarini rivojlantirish rejasi.
Bu yo‘nalishlar o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, davlat miqyosida kapital qurilishning umumiy taktika va strategiyasini, qurilishning ustivor yo‘nalishlari va ro‘yxatlarini aniqlashga imkon beradi.
Ularda qurilishning nomi, smeta qiymati, loyiha quvvati va muddatlari ko‘rsatiladi. Titul ro‘yxatiga kiritilgan ob’ekt albatta qurilishi shartdir.

Yüklə 181,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə