O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Kapital qo‘yilmalar rejasi



Yüklə 181,64 Kb.
səhifə3/6
tarix04.05.2023
ölçüsü181,64 Kb.
#108291
növüРеферат
1   2   3   4   5   6
qurilish-faoliyatini-rejalashtirish-asoslari.docx

Kapital qo‘yilmalar rejasi kapital qurilish rejasining etakchi bo‘limidir. U tarmoqlar bo‘yicha ham, hududlar bo‘yicha ham ishlab chiqiladi va xalq xo‘jaligining mutanosib va kompleks rivojlanishini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi. Bu reja quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:

  • yangi qurilishlar;

  • amaldagi korxonalarda ishlab chiqarish quvvvatlarini ishga tushirish;

  • ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlarini ishga tushirish;

  • qurilish-montaj ishlarining hajmi;

  • tugallanmagan qurilish hajmi.

Bu bo‘limlar esa o‘z navbatida ishga tushirilayotgan ob’ekt va inshootlarning mohiyatiga mos keluvchi bir qator texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Bu ko‘rsatkichlar asosida kelgusida kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligi hisob-kitob qilinadi. Aytib o‘tish kerakki, bu bo‘limlar mahalliy hukumat organlari tomonidan ko‘rib chiqilib, tasdiqlanadigan hududiy (mintaqaviy) kapital qurilish rejalarida ham alohida o‘rin tutadi. SHu asosda u yoki bu mintaqa (viloyat, shahar, tuman) o‘z qurilish titul ro‘yxatlarini shakllantiradi. Bu ro‘yxatlar kerakli loyiha-smeta hujjatlari bilan birinchi navbatda ta’minlanadi.
Loyiha-tadqiqot ishlarini rejalashtirish - kapital qurilishni rivojlantirishning muhim tarkibiy qismidir. U loyiha-tadqiqot tashkilotlarining davlat topshiriqlari va turli investorlarning buyurtmalari asosida shakllanadigan tematik ish rejalari asosida amalga oshiriladi. Loyiha-tadqiqot ishlari kapital qurilish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobiga, korxona va tashkilotlarning asosiy faoliyati, byudjet ajratmalari hamda buyurtmachi sifatidagi kooperativ va jamoat tashkilotlarining mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Loyiha-tadqiqot ishlarining hamda loyiha tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish rejasi quyidagi bo‘limlardan iboratdir:
1) loyihalashtirish topshirig‘i;
2) tematik rejalar;
3) loyiha-tadqiqot ishlarining qiymat va natura ifodasidagi hajmi;
4) loyiha tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish
Loyiha-tadqiqot ishlarini rejalashtirishda loyihalashtirish muddatlari, loyiha-tadqiqot ishlarini xisob-kitob qilish va ularni tasdiqlash tartibi muhim ahamiyatga ega. Bu erda qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ), avvalo bino va inshootlarni loyihalash muddatlarining me’yorlari muhim rol o‘ynaydi.
Loyiha-tadqiqot ishlarini rejalashtirish quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • loyihalarda ilg‘or texnologik echimlardan foydalanish;

  • zamonaviy mashina va asbob-uskunalarni, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash vositalarini o‘rnatish imkoniyatining hisobga olinganligi;

  • hajmiy-rejali va konstruktiv echimlarning eng yaxshi variantlari;

  • ob’ektlarni zamonaviy qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari asosidan qurish;

  • loyihalashtirish va qurilishning xorijiy tajribasi yutuqlarining hisobga olinganligi.

Loyihalarda ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish bino va inshootlar, korxonalar va boshqa xalq xo‘jaligi ob’ektlarini qurish va foydalanishda maksimal samara berishi lozim.

Yüklə 181,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə