O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


bob. “XORIJIY MAMLAKATLARNING MONOPOLIYAGA QARSHI SIYOSATI” FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 263,92 Kb.
səhifə9/24
tarix29.11.2023
ölçüsü263,92 Kb.
#141408
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
XORIJIY MAMLAKATLARNING MONOPOL QARSHI SIYOSAT (1)

bob. “XORIJIY MAMLAKATLARNING MONOPOLIYAGA QARSHI SIYOSATI” FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI





        1. Monopoliyaga qarshi siyosatni haqida tushuncha.

        2. Monopoliyaga qarshi faoliyatning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.

        3. Monopoliyaga qarshi faoliyatning vazifalari.

        4. Monopoliyaga qarshi faoliyatning obyekti va subyekti.

Monopoliyaga qarshi faoliyatning xorijiy tajribasi, uni faoliyatini tartibga solishda davlatning aralashuvi xususiy va ijtimoiy sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish, milliy va xalqaro iqtisodiyot miqyosida ijtimoiy mehnat taqsimotining mutanosib rivojlanishini ta’minlashda dolzarb hisoblanadi. SHular bois, barqaror iqtisodiy taraqqiyotni tashkil etish va bozor muvozanatiga erishishda, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini oqilona qondirish darajasini oshirish vazifalarini hal etishda milliy iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish zaruriyati ortmoqda.
“Xorijiy mamlakatlarning monopoliyaga qarshi siyosati” fanini o‘qitishdan maqsad - iqtisodiy munosabatlarni modernizatsiyalash sharoitida xorijiy mamlakatalarning monopoliyaga qarshi siyosatini nazariy asoslarini keng o‘rganish, unga ta’sir qiluvchi omillarni baholash, va iqtisodiy negizlarini asoslash hamda kengaytirilgan tahlili bo‘yicha talabalar bilimini ma’lum darajada takomillashtirishdan iborat. Fanning vazifasi - xorijiy mamlakatlarning monopoliyaga qarshi siyosatini mohiyati, tarkibi va asosiy tushunchalarini izohlash, korxonalarni narh siyosati va strategiyasi, monopoliyaga qarshi siyosatni tartibga solishning usullari va unga ta’sir qiluvchi omillar, monopoliya turlari va uning boshqarish siyosati, monopoliyaga qarshi faoliyatni asosiy yo‘nalishlarni tahlil etish, monopoliya bozorida narh diskriminatsiyasi, raqobatchilikni tartibga solish xalqaro tizimining rivojlanishi, monopoliyaga qarshi siyosatni horijiy tajribasining samaradorligi va ularning asosiy ko‘rsatkichlarini tahlil etishdan iboratdir.
YUridik nuqtai-nazardan, monopoliyaga qarshi siyosat – bu davlatning ishlab chiqarishni monopollashuviga qarshi hamda tovar ishlab chiqaruvchilar orasida
raqobatni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlari (tegishli qonunchilik va soliqqa tortish tizimi, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, kichik tadbirkorlikni rag‘batlantirish va h.k.) majmui.
Monopoliyaga qarshi siyosat – bu davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar (tegishli qonunchilikni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga kiritish, soliqqa tortish tizimi, mulkni denatsionalizatsiya qilish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, kichik korxonalar yaratilishini qo‘llab-quvvatlash va b.) majmui bo‘lib, ular trestlarga qarshi qonunchilikka va insofsiz raqobatni oldini olish borasidagi qonunchilikka tayanadi, shuningdek raqobatni rivojlantirish, bozor munosabatlari ishtirokchilarining monopol faoliyatiga hamda bozorda monopoliyalarning hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Monopoliyaga qarshi siyosat – bu ichki bozorning monopollashuvini cheklashga va iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarishga yo‘naltirilgan qonunchilik, iqtisodiy va ma’muriy hujjatlar majmui. Monopoliyaga qarshi siyosat iqtisodiyotda monopoliyalarni yuzaga kelishi va rivojlanishini oldini olish uchun shart-sharoitlarni ta’minlashi lozim. Monopoliyaga qarshi siyosat dastlab Kanada hamda AQSHda ishlab chiqilgan va amalda qo‘llanilgan. Monopoliyaga qarshi siyosatning ayrim ko‘rinishlari qadimdan mavjud bo‘lgan. Monopoliyaga qarshi siyosatning ayrim ko‘rinishlari Rim imperiyasida yuritilgan.
Monopoliyani tartibga solish borasida dastlabki iqtisodiy qarashlardan biri Adam Smit tomonidan amalga oshirildi. Monopoliya jismoniy shaxsga yoki savdo kompaniyasiga savdo yoki ishlab chiqarishi siri bo‘lgani kabi ta’sir ko‘rsatadi. Monopolistlar o‘z mahsulotlarini har doim yuqori baholarda sotadi. U o‘zining “Millatlar boyligi” nomli asarida (1776 yil) kartellar muammosini ko‘rsatib bergan, biroq ularga nisbatan huquqiy kurashni olib bormagan. SHuningdek Smit nafaqat dominant korporatsiyalar balki korporatsiyalar mavjudligini inkor etgan.
Monopoliyani tartibga soluvchi nazariyalar tahlili uni dastlab AQSH va Kanada davlatlarida paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi. AQSHda fuqarorlar urushidan so‘ng iqtisodiyotni transformatsiyasini (tarkibiy o‘zgarishlar) amalga oshirishda
monopoliyani tartibga solish vujduga kelgan. O‘sha yillarda AQSH sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shildi. 1869 yilda dastlabki transkontinetal temir yo‘li qurilishi tugallanib ishga tushirildi. 1900 yilga kelib AQSHdagi temir yo‘llar uzunligi jihatidan Yevropani ortda qoldirdi. Muvaffaqiyatli biznesni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlar katta miqdordagi boylikka ega bo‘lishdi. «Standart oyl» neft kompaniyasi egasi Djon Rokfeller Amerikaning eng boy kishilaridan biriga aylandi. SHotlandiyalik emigrant Endryu Karnegi yirik po‘lat metallurgiya zavodlari tarmog‘ini tashkil qildi. Mamlakatda shuningdek to‘qimachilik fabrikalari, oziq – ovqat (konserva) sanoati korxonalari, elekr energiya sanoati rivojlandi. Amerikaliklar tomonidan yangi ixtirolar – telefon, elektr lampasi, grammofon, transformator hamda kinematografiya tezlik bilan o‘zlashtirildi.
SHu bilan birga bunday rivojlanish iqtisodiyot uchun ma’lum xatarlarni keltirib chiqardi. Raqobatni cheklash maqsadida aksariyat temir yo‘l egalari birlashdi va umumiy tariflarini o‘rnatdi. SHuningdek, sanoatning ayrim tarmoqlarida, xususan neft qazib chiqarishda monopoliyani o‘rnatish maqsadida yirik korporatsiyalar birlashib trestlar tashkil qildi. Natijada ularda xizmatlar va tovarlarni arzon bahoda sotish imkoni paydo bo‘ldi. Trestlar narxlarni pasaytirib o‘z raqobatchilarini yo‘q qilish(sindirish) ishlarini amalga oshirdi. Dastlabki monopoliyani tartibga solish bo‘yicha qonun AQSHning Missuri shtatida 1880 yillarda qabul qilingan. Bu qonun qabul qilinishda asosiy rolni fermerlar o‘ynadi. O‘sha davrda fermerlar o‘zaro uyushib yirik fermerlar va er egalarni paydo bo‘lishi va ularni bozordagi ulushi ortishi raqobat muhitiga zarar etkazayotganini takidlangan. Biroq, 1889 yilga kelib, ishlab chiqarish hajmi kamayib narxlar ko‘tarilish o‘rniga buning teskari holati kuzatilgan. Masalan, o‘sha yili bug‘doy narxi avvvalgi o‘n yilga nisbatan 35 foizga, cho‘chqa 19 foizga, mol go‘shti 39 foizga arzonlashdi. AQSHda chorva mollari soni 1880 yillarda 50 foizga ko‘paydi.
1878 yilda Standart Oyl kompaniyasi neftni qayta ishlash sanoat tarmog‘ini 85- 90 foizini o‘z qo‘liga oladi. Aksariyat ushbu sohada faoliyat yurituvchi kompaniyalar Standart Oyl kompaniyasiga qo‘shilishga majbur qilindi yoki yo‘q qilindi (sindirildi). 1882 yilda Standart Oyl kompanyasi asoschisi Djon Rokfeller shu tarmoqda faoliyat
ko‘rsatuvchi 40 ta korporatsiyani birlashtirib Standart Oyl Trast kompaniyasini tashkil qiladi hamda shu orqali neft sanoatini to‘liq nazorat qilish imkoni yaratiladi. Rokfeller turli transport kompaniyalari o‘rtasidagi raqobatdan qanday foydalanish yo‘lini topdi va ushbu holat unga raqobat ustunligini yaratdi.
Monopoliyaga qarshi siyosat dastlab shu kompaniyaga qarshi ishlab chiqildi va amalda qo‘llanildi. Bunday siyosat trestlarga qarshi qonunchilik (1890 yilda AQSHda “SHerman Qonuni” deb nomlangan monopoliyaga qarshi birinchi qonun qabul qilingan) doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, keyinchalik esa ushbu qonun sanoati rivojlangan barcha mamlakatlarda qo‘llanila boshlangan.
Monopoliyaga qarshi siyosat – bu davlatning monopoliyalar paydo bo‘lishini, qo‘shilish va birlashtirib olish harakatlarni, kartellar tashkil etilishini, narx hokimligini, raqobatga qarshi qilinayotgan harakatlarni cheklash va tartibga solishga yo‘naltirilgan siyosati.



Yüklə 263,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə