O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə50/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

Nafas fiziologiyasi. Ma’lumki, o‘pka ikki yapaloq elastik to‘qimadan iborat bo‘lib, u ko‘krak qafasining asosiy qismini qamrab oladi. O‘pkaning yuqori qismidagi havo yo‘li kåkirdak dåyiladi. O‘pkaning pastki uchi qorinning pastki qismini gori- zontal holda qamrab olgan diafragma pardasigacha boradi.
Nafas mashqlari turli formada bo‘lib, ular kontrol mashq, qorinni tortish mashqi, sanash mashqi, musajja’ mashqi va shå’riy mashqdan iboratdir.

  1. Kontrol mashq — nafasning diafragmal-aralash usulda to‘g‘ri olinishini nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladigan mashq. Uni o‘tkazishda tik va erkin turib, ikki qo‘l bilan ikki yåtimcha (oxirgi) qovurg‘ani bosib, ohista chuqur nafas olinadi va yana asta-såkin nafas chiqariladi. Bunda ko‘krak qafasi va yålka ko‘tarilmaydi. Chuqur nafas yåtimcha qovurg‘a ustiga qo‘yilgan qo‘lni ikki yonga ko‘taradi. Mashq yaxshi o‘zlashtirilgunga qadar muntazam davom ettiriladi.

358


  1. Qorinni tortish mashqi — chuqur nafas olib, o‘pka havo bilan to‘ldirilgach, nafasni chiqarmay, „ushlab“ turgan holda, qorinni yuqoriga tortish mashqi. Mashq qorinni tortib turish ko‘nikmasi hosil bo‘lgunga qadar davom ettiriladi.

  2. Sanash mashqi — diafragmal usulda nafas olib, erkin turgan holda, erkin ovoz bilan birdan båshgacha (1, 2, 3, 4,

5 dåb) sanash mashqi. Birdan båshgacha sanalgach, nafas olinadi va mashq yana davom ettiriladi. Kåyin sanoq 10 gacha, 15, 20, 25 largacha oshirib boriladi. Mashq davomida ovoz va gavda erkinligi saqlanadi.
Nutq a’zolarining harakatiga artikulatsiya dåb aytiladi. Nutq a’zolarining faol, passiv, normal harakat qilishiga qarab artikulatsiya yaxshi, yomon, normal bo‘lishi mumkin.
Nutq so‘zlanayotgan vaqtda nuqsonsiz bo‘lgan artikulatsiya normal hisoblanadi, ammo ifodali o‘qish uchun uning o‘zi kifoya qilmaydi. Shunga ko‘ra normal artikulatsiya mashqlar vositasida takomillashtiriladi. Artikulatsiyani yaxshilash uchun o‘tkazilgan mashqlar artikulatsion mashqlar yoki artikulatsion gimnastika dåyiladi. Ular quyidagilardan iborat:

Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə