O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə47/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

IFODALI O‘QISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ifodali o‘qishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Ifodali o‘qiladigan asar matni qanchalik mukammal bo‘lmasin, u tal- qin etilishiga qarab, muayyan ta’sir kuchiga ega bo‘ladi. Talqin jarayoni esa asarni ifodali o‘quvchining jismoniy va ruhiy holatiga bog‘liq. Dåmak, talqin jarayonida ifodali o‘quvchining butun vujudi talqin matåriali bo‘lib xizmat qiladi. Bu matå- rialni ham chiniqtirib borish zarur. Nutq san’ati matåriali, ya’ni ijrochining jismoniy va ruhiy holatini chiniqtiruvchi mashqlar komplåksi nutq tåxnikasi dåyiladi. Nutq tåxnikasi esa o‘z xususiyatiga ko‘ra ovoz, nafas, artikulatsiya va diksiya- larga bo‘linadi.


Bu jarayonda ovoz o‘z qonun-qoidalariga ega: kishining ovozi tabiatan jarangdor, shirali, yoqimli va sog‘lom bo‘lishi kårak. Shuningdek, ovoz tåxnikasini bilish, mavjud tabiiy imkoniyatlardan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Aks holda, ovozning shiraliligi yo‘qolib, uning ta’sirchanlik kuchi pasayib kåtishi mumkin. Bunday yuqori mashqlar bilan mun- tazam shug‘ullangan sari ovoz ham chiniqib boradi.
Ovoz tomoqda joylashgan tovush paychalari bo‘lib, bu naychalar juda harakatchan, såzgir shilliq pardalardan iborat. U hiqildoq dåb ataluvchi, tomoqda bo‘rtib chiqib turgan uch- burchak shakldagi kåmirchaklar (tog‘aylar) ichiga joylashgan. Ovoz pardalari (yoki paychalari) inson gavdasiga nisbatan gorizontal holda joylashgan bo‘lib, ikkita yarim shardan ibo- ratdir. Bu yarim sharlarning yoy (yarim doira) qismi hiqildoq dåvorlariga yopishgan, o‘rtasi esa uzunasiga ochiq bo‘ladi.
Shunday qilib, oliy nårv siståmasining muayyan signali bilan tovush paychalari titraydi, cho‘ziladi, qisqaradi, g‘oyat nafis harakatlar komplåksini bajaradi va natijada tovush paydo bo‘ladi. Tashqariga chiqqunga qadar turli qaytargichlarga uri- lib chiqqan tovush ovoz dåyiladi.

355
Paychalardan iborat bo‘lgan tovush chiqadigan bo‘shliq ovoz yo‘li dåyiladi. Ovoz yo‘li tomoqning tovush paychalari- dan (hiqildoqdan) yuqori qismi, og‘iz bo‘shlig‘i va burun bo‘shlig‘idan iborat. Ovoz yo‘lining toza, sog‘lom bo‘lishi ovozning ohangdor, jarangli va ta’sirchan bo‘lishini ta’minlay- di. Shuningdåk, ovoz yo‘lining kång va torligi ham ovoz sifatiga, xususan, uning tåmbriga ta’sir qiladi. Yana qaytar- gichlar inson organizmidagi qattiq jismlardan iborat bo‘lib, ular råzonatorlar dåb ham yuritiladi.


Inson vujudidagi qaytargichlar jumlasiga tish, jag‘, tang- layning tog‘aysimon kåmirchaklari, burun tog‘aylari, bosh suyagi, ko‘krak qafasi suyaklari va yålka kuraklari kiradi. Pay- chalarda bo‘lgan tovush yo‘li qaytargichlar orqali o‘tadi, o‘tish paytida ana shu qattiq jismlarga uriladi va natijada jarangdorlik, shiralilik, turli ohang vujudga keladi. Bu holatni shunday bir oddiy tajribada sinab ko‘rish mumkin: jihoz- langan xonaga kirib gapirilsa, ovoz past, aksincha, dåvorlari ganch suvoqli bo‘sh xonada esa jaranglab chiqadi. Tåmirdan qurilgan xonada yoki quvur ichida gapirilsa, ovozning jarang- dorligi ortadi. Gumbazli binolar, tog‘-adirlar orasida esa ovoz yanada jarangli eshitiladi. Dåmak, fizika qonuniga ko‘ra, to- vush qattiq jismlarda qarshilikka uchrab, aks sado båradi, turli ohang kasb etadi.
Kishi vujudidagi qattiq jismlar (qaytargichlar)ning biror qismi bo‘lmasa, ovoz jarangdorligiga putur yåtadi. Inson vujudidagi va tashqi muhitda bo‘lgan qaytargichlar siståmasi ovoz jarangdorligining manbayi hisoblanadi.

Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə