O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


SAMUIL YAKOVLÅVICH MARSHAK



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə46/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

SAMUIL YAKOVLÅVICH MARSHAK


(1887 1964)

Hozirgi zamon rus bolalar adabiyotida Samuil Yakovle- vich Marshakning roli katta. U rus bolalar adabiyotida kich- kintoylar uchun katta she’riyat yaratib bergan ulkan san’at- kor, taniqli tarjimon, yetuk dramaturg, mohir pedagog va bilimdon muharrirdir.


S. Y. Marshak 1887- yilda Voronej shahrida tish texnigi oilasida tug‘ildi. Bo‘lajak san’atkorda shoirlik iste’dodi juda erta uyg‘ondi. „Òo‘rt-besh yoshlarimda, — deb eslaydi shoir, — she’rlar yoza boshladim. O‘n bir yoshimda bir qancha doston yaratdim. Goratsiyning „Odamlar“ini tarjima qildim“.
S. Y. Marshak 1897- yilda Ostrogoj gimnaziyasiga o‘qishga kiradi. Bu yerda bo‘lajak shoir o‘z zamonasining yetuk san’at- korlari bilan yaqindan tanishadi. Marshakning ijodiy faoliyati shu yerda chechak otadi. 1906- yildan boshlab felyetonlari, she’r hamda tarjimalari bilan matbuotda chiqa boshlaydi.
S. Y. Marshak 1912- yilda Angliyaga jo‘naydi. London uni- versitetining san’at fakultetiga o‘qishga kiradi. Òa’til kunlari u mamlakatning diqqatga sazovor joylarini yayov kezib tomosha qiladi: baliqchilar bilan dengizda sayr qiladi, qishloq maktab- larida bo‘ladi. Ingliz xalq qo‘shiqlarini, ertaklarini sevib ting- laydi. Bu yerda Marshak V. Bleyk, Robindranat Òagor va boshqalarning she’r va dostonlarini ingliz tilidan tarjima qiladi. 1914- yilda Rossiyaga qaytib kelgan Marshakning hayoti bolalar olami bilan chambarchas bog‘lanib ketadi. U 1915 — 22- yillarda bolalar uylarida tarbiyachi, o‘qituvchi bo‘lib ish- laydi. Bu Marshakning bolalar shoiri bo‘lib kamol topishida
katta rol o‘ynaydi.
S. Y. Marshak 20- yillarda o‘zining she’r, ertak va dos- tonlari bilan yosh kitobxonlarning sevimli shoiri sifatida ta-

350
nildi. „Qayerda ovqatlanding, ey chumchuq“, „Ahmoq sich- qoncha haqida ertak“, „Kecha va bugun“, „Sirk“ va boshqa shu kabi mashhur asarlari o‘sha yillarda maydonga kelgan edi. 1939- yilda Marshakning „Petya nimadan qo‘rqar edi?“,


„Korablcha“ singari mashhur she’rlari bosilib chiqdi.
Ikkinchi jahon urushi davrida shoir ijodining asosiy qis- mini urush, bosqinchilarga qarshi kurash mavzusi tashkil etdi. Ayniqsa, 1943- yilda yaratilgan „O‘n ikki oy“ nomli ertak- dramasi tez orada millionlab yosh kitobxonlar orasida mash- hur bo‘lib ketdi.
„Har qanday bolalar adabiyotida ikki yosh mavjud bo‘la- di, u olamga bolalar nigohi bilan qaraydi, ammo uni kat- talardek idrok qiladi, aql-tajribasiga suyanib ish ko‘radi,“ de- gan shoir bir umr bolalarni sevdi, ular uchun g‘oyaviy-ba- diiy yuksak asarlar yaratishda tinmay ijodiy ish olib bordi.
S. Y. Marshakning nomini olamga yoygan, bolalar shoiri sifatida tanitgan she’rlaridan biri „Ahmoq sichqoncha haqida ertak“dir.
Bu ertakda shoir bolalar hayoti va xarakteriga mos bo‘lgan qiziqarli sujet topa olgan. Kimki o‘ziga ortiqcha oro bersa, oqi- batini o‘ylamay, ko‘r-ko‘rona ish tutsa, o‘zidan kattalarning pand-nasihatiga amal qilmasa, hayotda ko‘p narsa yutqazadi, o‘z baxtini qo‘ldan boy beradi, degan fikr ertakning asosiy g‘oyaviy mazmunini tashkil etadi.
Ha, onalar tunlarni bådor o‘tkazadilar. Någaki ularning butun o‘y-xayollari kichkintoylarida. Ular hayotda tinch, oso- yishta, båkam-ko‘st yashashsa, bu onalar uchun bayram. Ona sichqonning alla-qo‘shig‘ida harakat bor, jon bor.
Tunda sichqon inidan Alla aytar: — Jon qo‘zim,
Jim yot, bolam, kuyuk non Va sham båray, yulduzim.
Ona sichqonning o‘y-xayoli bitta: farzandi yig‘lamasa, oso- yishta uxlasa bo‘ldi.
S. Y. Marshak olamda ba’zan bo‘lsa-da, uchrab turadigan noshukur, o‘ziga ortiqcha oro båradigan, ota-onalarning pand- nasihatlariga amal qilmaydigan, ularga gap qaytaradigan bo- lalar ham yo‘q emasligini o‘sha sichqonning bolasi misolida aytib o‘tishga erishadi:

351
Javob berar sichqoncha:


— Ovozing ið-ingichka, Chiyillamay sån många Topib bår bir enaga.
Odobsizlik, aqlsizlikni qarang! Axir dunyoda ona tovushi, allasi kabi yumshoq, mayin ovoz bormikan? Yo‘q va bo‘l- maydi ham.
Shå’rni o‘qir ekansiz, ona sichqonning xatti-harakati, yå- lib-yugurishi, bolasining tinchligini o‘ylashi xuddi odamlar kabi ekanligini bilib olish qiyin emas. Biroq bola aqlsiz, bola noshukur, bola o‘zboshimcha. Ona nihoyatda siðo, onaning gap-so‘zlari barchaga ma’qul:
Ona sichqon tåz borib, Dår o‘rdakka yolvorib,

  • O‘rdak xola, uyga yur, Bolamni tåbratib tur.

Alla aytib, dår o‘rdak:

  • G‘a-g‘a-g‘a, tinch yot go‘dak. Yomg‘ir tinsa bog‘chadan

Topib båray loyxo‘rak.
Ammo ahmoq sichqoncha Uyqusirab zing‘ircha, Aytar: — Yoqmadi sozing, Baqiroq ekan ovozing.
Shu zaylda ona sichqon turli hayvonlarga, jonivorlarga murojaat qiladi. Håch kim bolaning ko‘nglini olishga, uni yu- patishga, ovutishga qurbi, kuchi, ovozi yåtmaydi.
Ona sichqon chorasiz qoladi, pichoq borib suyakka qada- ladi, bunday bolaning boridan yo‘g‘i afzal, dågan qarorga kål- gach, o‘zi bila turib, mushukka murojaat qiladi:
Ona sichqon tåz borib, Dår mushukka yolvorib:

  • Mushuk xola, uyga yur, Bolamni tåbratib tur!

Mushuk kålib bir palla, Xirillab aytar alla:

  • Miyov-miyov! Yulduzim, Karavotga yot, qo‘zim.

352
Shunda ahmoq sichqoncha Uyqusirab zing‘ircha, Dåydi: — Yoqimli sozing, Buncha shirin ovozing!


Kichkintoylarning otaxon shoiri S. Y. Marshak bu asarda turli hayvon va jonivorlar misolida ularning yashash sharo- itlari, tovushlari, qolaversa, yemak ovqatlari bilan ham yosh kitobxonlarni oshna qiladi.
S. Y. Marshak „Yong‘in“, „Pochta“, „Musobaqalar dos- kasi“ asarlari bilan ham rus bolalar adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi.
S. Y. Marshak yaratgan juda ko‘p qahramonlarni o‘zi shaxsan tanigan, bilgan yoki eshitgan bo‘ladi, ba’zan esa gazeta materiallari asosida yaratadi. Binobarin, bu qahra- monlarning, albatta, hayotiy prototiði mavjud. Jumladan, student V. Burskiy („Noma’lum qahramon haqida qissa“), Igor Chkalov („Qahramonning o‘g‘li“), Katya Budanova („Katya Budanova“), Seryoja Smirnov („Sizning kitobingizni qanday nashr qiladilar?“) va boshqalar shunday qahramon- lar sirasiga kiradi. Shoir „Noma’lum qahramon haqida qissa“ dostonida oddiygina hayotiy bir voqeani aks ettirish bilan 30- yillar rus bolalar dostonchiligida ijobiy qahramon qiyofasini yaratish yo‘llarini ko‘rsatib berdi.
S. Y. Marshak Rossiyada hayot kechirayotgan har bir ki- shi bir-biriga mehribon, jonkuyar, shuningdek, vaqti kelganda mardlik, jasorat ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini, ayni paytda oddiy, kamtarin, o‘zlarining qo‘lga kiritgan ulkan muvaffaqi- yatlari, erishgan jasoratlari bilan kerilmasliklarini, manman- likka berilmasliklarini, oddiy hayotiy detal — o‘t ichida qolgan bir qizchaning hayotini saqlab qolgan bola misolida tasvir etadi. Bola, mana, ko‘rib qo‘yinglar, men jasorat ko‘rsatdim, deya ko‘kragiga urib maqtanish o‘rniga, tezgina odamlar ora- siga kirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Bu qahramonni keyinchalik barcha qidiradi. Lekin hech kim topa olmaydi.
Hozir ham o‘quvchilar o‘rtasida maktab jihozlarini asrab- avaylab tutmaydiganlari topilib turadi. Bunday bolalarga shoir o‘zining „Stol kelgan qayerdan?“ degan she’rida maktab jihozlari o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaganligini, buning uchun kattalarning qanchadan-qancha vaqtlari, mehnatlari sarf




  1. — Bolalar adabiyoti va ifodali o‘qish

353


etilganligini tushuntirib bårsa, „Bir yil nima?“ asarida esa juda qimmatli vaqtini båhuda o‘tkazib, maktabda yaxshi o‘qi- may, o‘qituvchi-ustozlarning pand-nasihatlariga amal qilmay, o‘z vaqtida darslarni tayyorlamay, natijada sinfdan sinfga o‘ta olmay xijolat bo‘lib yuradigan qoloqlarga qarata:
Dalalarda saranjom ish, Zavodda ham plan qoyil, Maktabda yo‘q, Qoloqlar håch,
Bil, bir sinfda o‘qish — bir yil! —
dåydi shoir.
„Marshak bizning bolalar adabiyotimizning asoschisi va bilimdoni,“ deb yozgan edi rus yozuvchisi M. Gorkiy. Bun- day yuksak maqtovga S. Y. Marshak halol mehnati, kichkin- toylarni astoydil sevishi, ardoqlashi sababli erishdi.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

    1. Marshakning hayoti va ijodi?

    2. „Ahmoq sichqoncha¾“ haqida so‘zlang?

    3. O‘qish, maktab haqidagi shå’rlari?

354





Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə