O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


NIKOLAY ALÅKSÅYÅVICH NÅKRASOV



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə43/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

NIKOLAY ALÅKSÅYÅVICH NÅKRASOV


(1821 1878)

Òaniqli rus shoiri Nikolay Alekseyevich Nekrasovning bolalik yillari Volga bo‘ylarida — o‘zi tug‘ilib o‘sgan joylarda o‘tgan edi. Shoirning yoshlik tarbiyasida oqila onasining roli katta bo‘lgan. Shu bois u keyinchalik „Ona“ dostonini onasiga bag‘ishlab yozgan edi. O‘g‘lining dehqon bolalari bilan o‘y- nashi, yayrab yurishini xohlagan ona — Yelena Andreyevna bo‘lajak shoirning xalqparvarlik ruhida tarbiyalanib o‘sishiga munosib hissa qo‘shgan edi.


Bugina emas, Nekrasovning enagasi ham hayot va xalq ijodi ruhi bilan sug‘orilgan ajoyib ertaklar aytib, bo‘lajak shoir xayolotini qanoatlantirar edi. Shu-shu Nekrasov ertaklarni juda sevib qoldi. O‘z Vatanining dala va o‘rmonlariga, qor va sovuqlariga, bahorgi „yashil shovqiniga“ muhabbat bog‘ladi.
Nekrasov dehqon bolalari bilan hamisha hamnafas bo‘l- ganligi uchun dovyurak, botir va jasoratli bola bo‘lib o‘sdi. Bo‘lajak shoir o‘n yoshga to‘lganda uni Yaroslavl gimnaziyasiga o‘qishga berishadi. O‘qituvchilar bilimga havasmand, iste’dodli bolaga durust saboq bera olmadilar. Natijada u gimnaziyani tashlab, mustaqil o‘qishga berilib ketadi. Otasi uning ofitser bo‘lib yetishishini istar edi. Shuning uchun ham uni Peter- burgdagi kadetlar korpusiga o‘qishga yuboradi. Lekin ilm-fan cho‘qqilarini egallashga intilgani tufayli Peterburg universitetiga o‘qishga kiradi. Ammo otasi o‘g‘lining o‘zboshimchaligidan tajang bo‘lib, moddiy yordam bermay qo‘yadi. Biroq maqsad yo‘lida sobitqadam Nekrasov moddiy mahrumliklar sharoitida yashash va olg‘a harakat qilishga intiladi. Ana shu yillarda oddiy odamlar turmushi og‘ir ekanligini sezadi va umrining oxiri- gacha ular haqida to‘lib-toshib kuylaydi.

339
Nekrasov dehqonlar to‘g‘risida, ayniqsa, ko‘p she’rlar yozadi. Bu she’rlarni o‘qir ekansiz, go‘yo dehqonlarning o‘z- lari o‘z og‘ir mehnatlari va qayg‘u-alamlari haqida so‘zlab be- rayotganday tuyuladi. Nekrasov ularning hayotini shunchalik yaxshi bilar, ularni o‘ziga shunchalik yaqin tutardi. Uning she’rlari go‘zal, ohangdor, juda boy va ayni zamonda juda sodda tilda yozilgan edi. Bu tilni u Yaroslavl gubernasidagi qishloqda o‘tkazgan bolalik yillarida o‘rgangan edi. Nekrasov dehqonlar tilini juda yaxshi bilardi, bu uning she’rlarida ham shunday oddiy, tabiiy va ravon jaranglaydi. Biz uning:


Mollar o‘rmon tomon qadam tashladi, Ona-javdar boshoq tuga boshladi, —
deb yozganlarini o‘qir ekanmiz, bu til haqiqiy jonli xalq tili ekanini ko‘ramiz. Bu o‘rinda dehqonning zoriqib kutadigan boshoqlarga bo‘lgan sevgisi va hatto mehrini aks ettiruvchi, masalan, ikki so‘z: „ona-javdar“ qanday yaxshi keltirilgan! Dehqon bu boshoqlarni o‘zining bir parcha yerida qunt bilan mehnat qilib o‘stirgan-da!
Nekrasov she’riyatida bunday yorqin, ravon va sof xalq iboralari juda ko‘p. U javdar boshoqlari haqida shunday deydi:
Boshoqlar to‘lishgan payt, Zar ustinday sið-silliq, Boshlarida oltin toj.
Hozirgina yerdan sug‘urib olingan lavlagi haqida esa:
Poyma-poy qizil etik Yotganday egatlarda, —
deydi. Bir to‘p sho‘x bulut bilan qurshab olingan bahor quyoshi haqida Nekrasov shunday deb yozadi:
Bahor chog‘i, kichik nevaralar kabi, Lolayuz quyoshbobo bilan o‘ynar bulutlar.
Bu o‘xshatishlarning ba’zilarini u xalq topishmoqlari, ma- qol va ertaklaridan olgan. Zabardast bahodir, afsungar Ayoz hukmdorning ajoyib qiyofasini ham xalq ertaklaridan topgan:
Daraxtdan daraxtga tashlaydi qadam, Yaxlagan qo‘llardan qarsillab o‘tar, Ham yorqin oftob tovlanar biram, Paxmoq soqolida yarqirab ketar¾

340
Nekrasov, ayniqsa, samimiy, cho‘ziq, xushohang, mayin rus xalq qo‘shiqlarini juda yoqtirgan. Bu qo‘shiqlarni rus xalqi asrlar davomida yaratgan. Nekrasov yoshlik chog‘laridan boshlab xalqning bu qo‘shiqlarni qanday kuylashini tinglaydi va o‘zi ham shunday go‘zal qo‘shiqlar yaratishni o‘rganadi.


„Soldat qo‘shig‘i“, „Hovli qarolining qo‘shig‘i“, „Notavon qashshoq qo‘shig‘i“, „Rus“, „Yashil shovqin“ va boshqa ko‘pgina qo‘shiqlar shunday tilda, shunday hijoda yozilganki, xuddi xalq o‘zi yaratgan qo‘shiqlar deysiz.
„Dehqon bolalari“, „O‘zi mitti — juda miqti“, „Bolalar yig‘isi“ kabi she’rlarida bolalarning turli-tuman yumushlarni bajarib tirikchilik qilganliklarini, ularning mehnatkash tabiati va og‘ir qismatini chuqur xayrixohlik bilan ifodalaydi. Endigina olti bahorni qarshilagan bolaning kattalardek fikr yuritishi kishini hayratga soladi:
Nonxo‘rlar yetgulik, ishlovchi kam, Faqat ikki erkak: otam bilan man!
Nekrasovning she’rlari go‘zal, ohangdor, mazmunan boy va ayni zamonda sodda tilda yozilgan.
Nekrasov o‘zining dam olish kunlarida, ko‘pincha, Kos- troma, Yaroslavl, Novgorod o‘rmonlariga borar, ov qilish bilan kunini o‘tkazar edi. Kostroma o‘rmonining Maliye Veji degan qishlog‘ida yashovchi Mazay bobo uning eng yaqin do‘stlaridan biri edi. Shoir Mazay bobodan ko‘p ajoyib vo- qealarni maroq bilan eshitadi. Shular asosida „Mazay bobo va quyonlar“ nomli she’rini yozadi.
„Daraxt kesish“da xalq boyligi — o‘rmonlarni shafqatsizlik bilan kesib yuborilishini qalamga oladi. Birorta pomeshikka pul kerak bo‘lib qolsa, o‘rmonni sotib yuborishi, puldor boy esa o‘rmonni tag-tugi bilan kesib yuborishi hech gap emas, u zumrad o‘rmonlarning yo‘qolib ketishidan shoir singari qay- g‘urmaydi. Shuning uchun Nekrasov:
Bir vaqtlar asriy o‘rmonlar Shovullagan katta maydonlar, Endi o‘sha bepoyon bo‘ston
Bo‘m-bo‘sh, jim-jit, go‘yo qabriston! —
deb alam chekadi. „Òemiryo‘l“ nomli she’rida Peterburg bilan Moskva o‘rtasidagi temiryo‘l qurilishida Rossiyaning turli shahar va qishloqlaridan haydab keltirilgan ishchi va

341
dehqonlarning alamli hayoti Vanya degan bolaga hikoya qilib beriladi. Buning bilan Nekrasov yosh avlodning diqqat-e’ti- borini o‘sha zamonning muhim ijtimoiy masalalariga — xalq- ning kuchi va qudratiga tortadi, uni chuqur tushunishga, o‘y- lashga undaydi. Shoir Volga daryosiga muhabbat bilan muno- sabatda bo‘ladi:


Ey, sån, xalqning to‘yg‘izuvchisi, Barakali, muqaddas daryo!
Shoir „Bo‘lajak Volga“ shå’rida rus xalqining yorqin is- tiqboliga ishonch hislarini dilga jo etadi:
Otib qullik kishanlarini,
Charchash bilmas xalqim mardona. Qirg‘oqdagi qaqroq cho‘llarini, Aylantirar bog‘-u bo‘stonga.
Suv qudrati fan bilan ortar:
Shunda daryo sathida yotib, Son-sanoqsiz va qator bo‘lib Suzar bundan gigant kåmalar.
Mangu yashar shu bardam måhnat Mangu daryo ustida har vaqt.
Ulkan san’atkorning ijodi poyoni yo‘q bir dångiz kabi tuyuladi kishiga. Unga bizning ham måhr va ixlosimiz chåk- sizdir.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Shoir hayoti va ijodi?

  2. „O‘zi mitti — juda miqti“ asari?

  3. „Bolalar yig‘isi“ shå’ri?

  4. N. A. Nåkrasov asarlarida dåhqonlar hayoti?

342




Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə