O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə40/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

AKA-UKA GRIMMLAR


Aka-uka Grimmlar (Yakob 1785 — 1863, Vilgelm 1786 — 1859) Magdeburg universitetida o‘qib yurgan chog‘laridayoq o‘rta asr olmon tarixi va madaniyati, huquq va mifologiyasi, xalq og‘zaki ijodi hamda til va adabiyoti bilan shug‘ullana boshladilar.
O‘qish, o‘z ustlarida qattiq ishlash Grimmlar uchun baxt yo‘li bo‘ldi. Ular avval Gettingen, keyinchalik esa Berlin uni- versitetining professorlari bo‘ldilar. Yakob olmon tili gramma- tikasi va mifologiyasini, Vilgelm o‘rta asr olmon adabiyoti va xalq og‘zaki ijodini o‘rgana boshladilar. Olmon xalq og‘zaki ijodining gullab-yashnashiga, olam kezishiga bir ko‘prik yasa- dilar. Nihoyat, 1812- yilda Grimmlar tomonidan yozilgan er- taklar — „Bolalar va oilaviy ertaklar“ning birinchi jildi yuzaga keldi. 1815- yilda uning 2- jildi, 1822- yilda esa har ikkala jildni umumlashtiruvchi uchinchi jild bosilib chiqdi.
Grimmlar ertaklarning ko‘pchiligini bevosita ertak aytuv- chilardan tinglab, ba’zilarini esa dehqonlar bilan suhbatlashib yozib oladilar. Xalqdan olingan ertaklarning har birini aka-uka Grimmlar qayta ishlab, badiiy tus beradilar va yana xalqqa qaytaradilar.
Grimmlarning uch jildlik kitobiga ikki yuzdan ortiqroq ertaklar jamlangan bo‘lib, unda mualliflar ko‘proq afsonaviy, maishiy va hayvonlar haqidagi ertaklarni umumlashtirishga harakat qilganlar. Har bir ertakda saxiylik, mehnatsevarlik, botirlik kabi fazilatlar bilan birga, qo‘rqoqlik ustidan kulish, dangasalik va yolg‘onchilikni qattiq qoralash birinchi o‘rinda turadi. Shunisi ham quvonchliki, ko‘pincha, Grimmlar ertak- larining asosiy qahramonlari shoh va shahzodalar emas, balki kambag‘al, beva-bechoralarning o‘g‘il-qizlari, cho‘pon yoki

330
askar bo‘ladi. Ular o‘zlarining ibratomuz ishlari bilan ertak tinglovchida chuqur taassurot qoldiradi. Aql bilan ish ko‘rish, bilimdonlik „Òilla g‘oz“, „Shishadagi arvoh“, „Uch aka-uka“ ertaklarida yaxshi berilgan.


Grimmlarning dunyoga mashhur „Zolushka“, „Qor qiz“ ertaklarining qahramonlari hammadan turtki yeydigan, so‘- kish eshitadigan va eng past hamda qiyin yumushlarni baja- radigan qizlar bo‘lib, ertak davomida o‘zlarining halol meh- natlari, yoqimli so‘z va tabassumlari bilan baxtiyor bo‘ladilar. Grimmlarning „Quyon bilan tiðratikan“, „Bo‘ri va tulki“ asarlari masal janriga yaqin turishi bilan kitobxonda katta
taassurot qoldiradi.
„Yalqov Geyns“, „Gansning baxti“, „Botir tikuvchi“,
„Yosh pahlavon“, „Bremen musiqachilari“ kabi ertaklari o‘zbek bolalarining ham sevimli asarlariga aylanib qolgan.
„Botir tikuvchi“ning sujeti ko‘pchilikka yaxshi tanish. Qahramon nogahon bir nechta pashshani bir urishda nobud qilish bilan o‘ziga o‘zi botir, dovyurak tamg‘asi — shiorini yozib, yelkasiga osib oladi. U baxtini, taqdirini sinab ko‘rish, peshanasida borini qo‘lga kiritish maqsadida safarga otlanadi.
Botir tikuvchi tadbirkor, epchil, chaqqon. „Qochib qol- guncha otib qol“ qabilida dovyuraklik bilan ish ko‘rishi unga katta shuhrat keltiradi. G‘orda behisob devlar ustidan puxta- pishiqligi bilan g‘olib chiqadi. Dev ko‘tarib olgan daraxt shox- lari ustida qush kabi yengil o‘tirishi, devlarning savollariga qo‘rqmay, ustalik bilan javob berishi asrlar osha kitobxonni hayratga solib kelmoqda.
Botir tikuvchi uchun og‘ir sinov o‘rmondagi ikki pahla- von bilan „olishuv“ bo‘ladi. Podshoh tomonidan bu pahla- vonlarni mag‘lub qilish vazifasini olgan botir tikuvchi tavak- kal qilib yo‘lga tushadi. Ustlariga tosh tashlash hisobiga ular o‘rtasida nifoq chiqaradi. Ikki jangchi bir-birini tosh bilan urib nobud qiladi. Òadbirkor yigit bilimdonlik, o‘ylab ish ko‘rish bilan o‘rmondagi shoxdor maxluq ustidan g‘olib chiqadi.
Botir tikuvchining, muloyimligi, o‘ylab ish ko‘rishi yosh kitobxonda yaxshi taassurot qoldiradi. Ularda ham xuddi o‘sha botir tikuvchi kabi yetuk insonlar bo‘lishga, botir, pahlavon bo‘lishga havas uyg‘otadi.
Aka-uka Grimmlarning qaysi asarini olmang, hammasida ham, eng avvalo, mehnatkashlik, mehnatga muhabbat g‘oyasi

331
yotadi. Ikkinchidan, har qanday holda, har qanday mushkul ish boshiga tushganda ham o‘sha qahramon chora qidiradi, tadbirkorlik, ishbilarmonlik yo‘lidan boradi va ofatdan qutuladi. Òulki kabi hiyla va makr ishlatadigan jonivor bo‘lmasa kerak. Grimmlar ularga qarama-qarshi qilib g‘ozlar obrazini yaratishadi. G‘ozlar har doim chorasiz — bo‘sh, beg‘am hayot kechiradilar. Grimmlarda vaqti kelganda o‘sha boqibeg‘am g‘oz- lar ham sergak, tetik, tadbirkor, ishbilarmon bo‘lib ketishla- rini, olg‘ir, muttaham tulkilarni dog‘da qoldirishlarini kuzata- miz. Òulki o‘tloqda yurgan g‘ozlarni yemoqchi. Ular o‘limlari oldidan bitta qo‘shiq aytib, so‘ngra tulkiga yem bo‘lishlarini so‘rashadi. Ammo uzundan-uzoq „g‘a-g‘a“lari tulkini zerik- tiradi, uning tinka-madorini quritadi, oxiri o‘ljadan voz ke-


chishga majbur bo‘ladi:
„Dastlab bitta g‘oz qo‘shiq aytibdi. Uning qo‘shig‘i mana bunaqa uzundan-uzoq ekan:

  • G‘a, g‘a-g‘a-g‘a, g‘a-g‘a!

Undan keyin ikkinchi g‘oz jo‘r bo‘libdi:

  • G‘a, g‘a-g‘a-g‘a, g‘a-g‘a, g‘a-g‘a-g‘a! Ulardan so‘ng uchinchisi xonish qilibdi:

  • G‘a, g‘a-g‘a-g‘a, g‘a-g‘a, g‘a-g‘a-g‘a, g‘a-g‘a-g‘a. Uchinchi g‘ozdan keyin to‘rtinchi g‘oz ham:

  • G‘a, g‘a-g‘a-g‘a, g‘a-g‘a, — deb qo‘shiq boshlabdi. Oxiri hamma g‘ozlar birgalikda qichqirib, „g‘a-g‘a-g‘a“

lashga tushibdilar:
— G‘a-g‘a-g‘a, g‘a-g‘a-g‘a, g‘a-g‘a-g‘a, g‘a-g‘a-g‘a...
Qachonki, g‘ozlar qo‘shig‘i tamom bo‘lsa, ertak ham tugaydi. Shundagina tulki g‘ozlarni yeydi.
Biroq aqlli g‘ozlar qo‘shiqni to‘xtatishni o‘ylashmabdi. Ular hozir ham „g‘a-g‘a-g‘a, g‘a-g‘a-g‘a“, deb qichqirib tu- rishgan emish“.
Bir so‘z bilan aytganda, aka-uka Grimmlar bir umr kichkintoylarning suyukli ertakchilari bo‘lib qoldilar.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

    1. Aka-uka Grimmlar kimlar?

    2. „Botir tikuvchi“ haqida so‘zlang?

    3. G‘ozlar tulkini qanday aldashdi?

332




Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə