O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə36/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

ABDURAHMON AKBAR


(1962 2015)

O‘rdakchamning ovozi Jarangdor juda,


Og‘zi tinmas „g‘a-g‘a“lab Yuvinsa suvda.
Rostini aytsam, unga Havasim kålar —
Måndan kichik bo‘lsa ham Suzishni bilar!
Ha, bunday jozibali, quvnoq, ta’sirli misralar muallifi Abdurahmon Akbar 1962- yilda Yangiyo‘l tumani Niyozbosh qishlog‘ida tavallud topgan. U 1987- yilda hozirgi Mirzo Ulug‘- bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. Abdurahmon Akbar „Kichkintoy va paxta- oy“, „Ehtiyotkor toshbaqa“, „Uyquchining tushlari“, „Oy- momaning qirq ertagi“ kabi ellikka yaqin she’riy va tarjima kitoblar muallifi.
Abdurahmon o‘zbåk bolalar adabiyoti rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun Usmon Nosir nomidagi mukofot va O‘z- båkistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan.
Abdurahmon Akbar ijodi rang-barang mavzuda, shirali, ta’sirli yozilganligi bilan ajralib turadi. Aksariyat she’rlarining qahramonlari ko‘ngillari osmon kabi musaffo, shaloladek quv- noq, orzulari buloqlar suvidek toza, shamoldek tinim bilmay- digan bolakaylar ekanligining guvohi bo‘lasiz. Kattalar his qi- ladigan narsalarni bu bolakaylar ham his qiladilar. Bunday kitobxonlarni o‘ylantiradigan, ularning qalbiga zavq båra oladi- gan shå’rlar yozish uchun esa bolalar dunyosini bilishi, såvi- shi, ardoqlashi lozim. Yana bir gap. Ularning yuraklaridagi

310
orzularni qidirib topish, ularni o‘rtagan narsalardan o‘rtanish, ular hayratlangan narsalardan hayratlanish talab etiladi.


Kichkintoylar dunyoni o‘zgacha idrok qiladilar. Kattalar uchun oddiy tuyulgan narsalar ular ko‘z o‘ngida fojiali ko‘ri- nishi, kattalar uchun og‘riqli va armonli tuyulgan yechilmas masalalar esa ular nazarida oddiy, yechimini topishi qiyin emas. Masalan, mana bu she’riy parchadagi kabi:
Meni ko‘rsa tog‘amning ko‘zlariga yosh kelar, Botirim, polvonim deb opichlab yurar uzoq. Yoshi dadajonimdan ancha kichik bo‘lsa-da, G‘o‘zasi kabi rangpar, paxtasidek sochi oq. Ona, tog‘amning nega bitta ham bolasi yo‘q?
Qiliqlari, yuzlari menga rosa o‘xshaydi,
Menga o‘xshab arazchi, menga o‘xshab hazilkash. Ammo bitta gapiga sira tushunolmayman,
Nimaydi, ha, „Bunchalar, bunchalar qiyin yashash?“ Ona, tog‘amning nega bitta ham bolasi yo‘q?
Shoirning „Iltimos“ deb atalgan mazkur she’rining ada- biy qahramoni tog‘asining ushalmagan armoniga mana bu yo‘sinda nuqta qo‘yishga bel bog‘laydi:
Ertakdagi parilar sarvqomat desalar,
Ulardan go‘zal derdim Lobaroy kennoyimni. Kasal bo‘lib qolasiz yig‘layversangiz agar, Desam ham ko‘zin yoshlab solib berdi joyimni, Ona, tog‘amning nega bitta ham bolasi yo‘q?
Akam, opachalarim xafa bo‘lishsa bo‘lar, Mening aytganimga ham bir borgina kiringlar, Ko‘nmasangiz agarda uydan qochib ketaman, Meni kichik tog‘amga o‘g‘il qilib beringlar.
Ona, tog‘amning axir bitta ham bolasi yo‘q.
„Abdurahmonning o‘ziga xosligi — bolalar qalbini so‘zla- tishida“, dåb yozadi shoira va adabiyotshunos Kavsar Turdi- yåva „Yangilanayotgan qadamlar“ nomli maqolasida. Muallif qayd etganidåk, shoir shå’riy misralarga tushirgan so‘zlar bo- lalar qalbining qa’riga yashiringan tuyg‘ularning jilovini tor- tib, biz kutmagan buloqchalar, ma’danlar, kashfiyotlar och- gandåk bo‘ladi. Bu xazinalar bolalar qalbida yashiringan his- tuyg‘ular, måhr-muhabbat, sog‘inch, armon, o‘kinch, nafrat va hokazolardir.

311
Bu Abdurahmon Akbarning armon haqidagi she’ri:


A’lochi qiz edi Nigora, Darslaridan sira qolmasdi.
Ahvol so‘rab borgan paytimiz — U o‘rnidan tura olmasdi.
Shoir she’rlarining ikki xususiyati mazkur satrlarda yaq- qol namoyon bo‘ladi. Birinchisi: holat qarama-qarshiliklarini bårish (Nigoraning darslardan sira qolmasligi va sal o‘tib uning o‘rnidan tura olmasligi). Bu qarama-qarshi holat zami- rida ilojsizlik, taqdirning achchiq haqiqati yotadi. Va ikkinchi xususiyat — bolalar shå’riyatida ham tabiat tasvirini voqåalar rivoji bilan uyg‘unlikda bårish:
Sog‘aymadi sinfdoshimiz Oxirgi kun qorayganda qosh.
¾ Derazada bizlar keltirgan Atirgullar qolgandi so‘lib¾
Armon, ilojsizlik, ko‘z yosh va g‘am uning ko‘rinishlari- dir. Bu ilojsizlikka shå’rning so‘nggi misralari go‘yo so‘nggi nuqtani qo‘ygandåk bo‘ladi:
Ko‘zimizni qizartirdi g‘am, Qalbimizdan armon ketmadi. Ko‘taraylik tobutin desak, Bo‘yimiz yetmadi, yetmadi¾
Bu kabi qarama-qarshiliklar ko‘plab shoirlarning ijodiga xos. Asosiy fikr bu emas. Asosiysi shundaki, Abdurahmon Akbar o‘z ijodiy izlanishlari bilan hozirgi zamon o‘zbek bola- lar she’riyatiga lirik kayfiyat va bola kechinmalarini qahramon tilidan berishning o‘ziga xos uslubini olib kirdi.
Ancha qiyin bugungi mavzu, Quloq soling, dådi muallim. Chor-atrofni bosgandayin suv Zum o‘tmasdan sinf bo‘ldi jim, Måni esa Nodira bilan Suhbatlashgim kålavåradi.
Muhabbatdåk ulug‘vor tuyg‘uni båra bilish bolalar shå’ri- yatida, ayniqsa, mushkuldir. Shuning uchun ham qahramon bu tuyg‘uni tushunib yåtmasligi tabiiy. Nodira bilan suhbat- lashishga ehtiyoj qahramon qalbida turli savollar tug‘diradi.

312
Eng avvalo, nima sababdan kålib chiqqan ekan bu suhbat ehtiyoji. Shå’r qahramoni savollarga javob topish jarayonida goh o‘zi ham chalkashib kåtadi. Chunki uning mantiqiy xulosalari ham bolalarcha sodda. Balki shuning uchun ham javob topilmay, savol oxirigacha ochiq qolar. Bola hayron. Nodira bilan suhbatlashgisi kålgani bilan uning qiyofasida yaxshi sifatlar topa olmaydi:


Orqaga håch boqmas Nodira, Taqinchoqlar taqmas Nodira. Bir oyog‘i shikasta, shundan Bolalarga yoqmas Nodira, Måni esa Nodira bilan Suhbatlashgim kålavåradi.
Månsimasdan avvallar atay Yig‘latardim sochidan tortib. Uzoq fursat unga gapirmay, Ranjitardim sho‘xligim ortib. Endi o‘sha Nodira bilan Suhbatlashgim kålavåradi.
Shå’rdagi holatlar ifodasini tahlil qilib ko‘raylik. O‘qituv- chining dars mavzusining qiyinligini ta’kidlashi — so‘z ifodasi. Atrofning jimjit bo‘lishi — holat ifodasi. Nodiraning xayoliy portråti — chizgilar ifodasi. Nodiraga båfarq bo‘lgan vaqtga eks- kurs — harakatlar ifodasi. Nodira haqidagi savollarning ochiq qolishi — mantiq ifodasi.
Abdurahmon qiyoslash usulini bu shå’rda juda muvaffa- qiyatli qo‘llagan.
Òaniqli adabiyotshunos Rahmatilla Barakayevning Abdu- rahmon Akbar ijodiga bergan bahosi ham e’tiborga loyiq. Muallif „Istiqlol davri bolalar adabiyoti: an’ana, vorislik va izlanish“ nomli tadqiqotida shoir ijodining quyidagi qirrasiga alohida e’tibor qaratadi: „Abdurahmon Akbarning mumtoz adabiyotimizdagi qofiyali nasr (saj)ni eslatuvchi „Shoir da- dam haqida she’riy hikoyalar“ turkumini she’riy shaklga sig‘- magan fikrlar tizimi deyish to‘g‘riroq bo‘lar edi. Abdurah- mon bu she’rlari bilan bolalar adabiyotimizga fikrlovchi, o‘y- chan bola timsolini olib kirdi. Besh she’riy hikoyadan tarkib topgan turkum shoir dadasining armon-u iztiroblarini, dard-u tashvishlarini eshitib qolib, jajji yuragiga sig‘dira olmay, to‘l-
313
qinlanib so‘zlayotgan bolakay tilidan hikoya qilinadi. Jumla- dan, „Dadamning qalbi“ she’riy hikoyasida shunday deyiladi:
„Armon uyasimish dadamning qalbi, dadamning qalbida kularmish sevinch. Dadamning qalbida ummon bor emish. Bor emish dadamning qalbida ilinj.
Yozgan uch-to‘rt she’ri dadam qalbining topgan quvon- chi-yu ozori emish. Dadamning yuragi dunyo ko‘rmagan sonsiz fikrlarning mozori emish¾“
Ichki qofiyalanishga uyg‘un bo‘lgan so‘z takrorlari va bo- lakayning mo‘jaz taxayyul olamiga sig‘magan nogahoniy qi- yoslar ushbu turkumga mansub she’riy hikoyalarning shaklan va mazmunan mukammalligini ta’minlaydi. Binobarin, olti jumladan tashkil topgan shå’riy hikoyada båsh marta takror- langan „dadamning qalbi“ (bir o‘rinda dadamning yuragi) ifodasi, dastavval, uyg‘oq inson qalbining notinch to‘lqinlari yanglig‘ jaranglasa, bolakay uchun bir qarashda g‘ayritabiiy tuyuladigan qiyoslar („qalbda såvinch kularmish“, „qalb — ummon“, „qalbdagi ilinj“, „qalbning quvonchi-yu, ozori“,
„yurak — fikrlar mozori“) esa bolakay hayratining g‘aroyib suvratlari yanglig‘ namoyon bo‘ladi.
„Dadamning fikri“, „Ari“, „Supacha“, „Dadamning ha- zili“ shå’riy hikoyalarida ham ana shunday mag‘zi to‘q fikrlar saj yo‘sinida hikoya qilingan va ular ham yosh kitobxon qal- bida balog‘atga oshno hissini uyg‘otishga xizmat qiladi.
Abdurahmon Akbarning shakliy izlanishlari ham e’tiborga molik. Uning raqamli she’rlari kichik maktab yoshidagi bolalar she’riyatini yangicha shakl va mazmun bilan boyitdi: „Salom xat“ shå’ri shu jihatdan xaraktårlidir. Harbiyda yigitlik burchi- ni o‘tayotgan nåvarasini sog‘inish hissi ko‘ngliga tinchlik bår- mayotgan, „ko‘zlari ham uchayotgan“ buvining topshirig‘i bi- lan akasiga maktub bitayotgan Rahmatjon dågan bolaning shu jiddiy holatda ham o‘ynab-kulgisi kåladi, o‘zicha so‘zlar orasi- dan raqamlar qidirib topadi. Dastlab „qisqagina“ ma’nodagi
„ikki enlik“ iborasidagi „ikki“ so‘zini raqam bilan yozib qo‘- yadi. Qarasaki, o‘zgacha ifoda, g‘ayritabiiy shakl paydo bo‘- libdi. Ushbu g‘ayritabiiylikdan bolakay o‘ziga xos zavq tuyadi va boshqa so‘zlardan ham harf va raqamlardan tashkil topgan yangicha ifodalar „yarata“ boshlaydi:
„Aka, qanday yuribsiz, Soz ketyaptimi xizmat?

314
Askarlikka k10ikib Ketgandirsiz batamom. Buvim, q10i-qo‘shnilar Sizga yo‘llashdi salom. Q3oq-q3oq ch3moma Terib qaytsak adirdan, Ko‘chamizni nomlashib, Ketishibdi yangidan.


„Óë. Çaðå÷íaя“ emas, Bilib qo‘ying, aka, siz, Endi bizning uy-hovli
„1lik“ ko‘cha, 18!
„Paxtakor“ ham ketma-ket Q3ib turibdi zafar.
1mas, 3ta, to‘p urdi Ilhom kechagi safar¾
Ha, aytmoqchi, sal bo‘lsa, Unutay dåbman qarang, Ra’no opamlar bilan Ishlar bo‘ldi vadavang.
Tunov kun 4.30da Chiqib turib yo‘liga, Xatingizni tutqazdim Shaxsan o‘zin qo‘liga.
„Shunaqa, akam sizni¾“ E, gapniyam d10dirdim. Xullasi, xat yozishga
„Yanga“mlarni k10dirdim. Fursatingiz bo‘lganda Yozib turing, aka, xat.
3rashguncha xayr dåb Ukangiz Abdurahmat“.
Bir qarashda askarlik burchini o‘tayotgan nåvarasini so- g‘ingan buvining topshirig‘i bilan ukaning akasiga yozgan odatdagi salom xati. Maktubda qishloq hayotidagi barcha o‘z- garish va yangiliklarni akasiga yåtkazish uchun to‘lib-toshib, såvinchi ichiga sig‘mayotgan yosh bolaning timsoli bor bo‘yi bilan aks etadi. Sinchkov bolaning tiyrak nigohi bahorda ta- biatning gul ochib yangilanishi, adirlardan bolalarning zavq- shavq bilan quchoq-quchoq chuchmomalar tårib kålishlari bormi, Istiqlol sharofati bilan ko‘chalarimiz nomlari milliy- lashgani („Çaðå÷íaя“ emas, „Birlik“) bormi, „Paxtakor“ning

315
kåtma-kåt zafar quchayotgani bormi, bo‘lg‘usi „yanga“ — Ra’no opasiga akasining maktubini shaxsan topshirgani (!) bormi, Oltiariqqa måhmon bo‘lib borishgani bormi, bahor kålib, o‘riklar g‘uj-g‘uj gullashi bormi — xullas, barcha-barchasini maktubida erinmasdan, ba’zan ko‘pirib-toshib, hovliqib, ba’- zan go‘yoki parishonxotirlik qilganday („Ha, aytmoqchi, sal bo‘lsa, Unutay dåbman, qarang“), aslida esa ataylab, akasiga birinchi navbatda yåtkazishi kårak bo‘lgan xushxabarni shun- chaki gap orasida aytgandåk bitadiki, bu ham aslida yosh bola qiyofasiga musavvir shoirning g‘aroyib mo‘yqalami chizayot- gan turfa chizgilardir¾


Bunday she’riy usul o‘zbek bolalar adabiyoti uchun yan- gilik. Bu she’rlarning o‘ziga xosligi haqida fikr yuritilganda, dastavval, ijodiy izlanish mahsuli sifatida baholash joiz. Zero, yosh kitobxon she’r o‘qir ekan, hatto uning g‘ayritabiiy shak- lidan ham zavq topadi. Harflar raqamlar bilan uyqalashib ketgan bunday she’riy usul yosh kitobxon uchun ham hay- ratli, ham qiziqarli topilma.
Bolalar tabiatni biz kattalar singari jonli va jonsizga aj- ratishmaydi, xayoliy va hayotiy voqåa-hodisalar o‘rtasiga ham chågara qo‘yishmaydi. Ular uchun tabiat va inson bir butun, yaxlit. Shoir bolajonlarning mana shu xususiyatini yaxshi il- g‘agan holda yosh kitobxonlarga hayotiy va xayoliy voqåalarni uyg‘unlikda taqdim etadi. Masalan, bir shå’rida chigirtkalar sokin tunda qo‘shig‘imizni butun qishloq zavq bilan tingla- yotir („Chigirtkalar qo‘shig‘i“) dåb ishonishadi. Kungaboqar chumoli uchun quyosh bo‘lib tuyuladi („Shirin quyosh“), Kichkintoy Yomg‘irvoy esa onasi Bulutning gaplariga quloq osib, ko‘klam kålganda „zaminga shoshiladi“ („So‘zlovchi yomg‘ir“), „Ko‘ngli tusab qolsa“ ko‘kdan tushadi-yu, „gul- larning qulog‘iga shå’r o‘qiydi“ („Yomg‘ir haqida shå’r“).
Shoirning ijodini kuzatgan adabiyotshunos Zamira Ibrohi- mova Abdurahmon Akbarning hayotiy voqea va xayoliy tasav- vurlardan ta’sirchan manzaralar yaratgani haqida, jumladan, shunday yozadi: „Bu manzaralar xuddi aqlli farzand oilaga fayz-baraka, ota-onaga rahmat olib kelganday, ko‘ngillarda mamnuniyat tuyg‘ularini paydo qilib, yosh kitobxonning xa- yolot olamini boyitadi, kengaytiradi: o‘quvchi chirildoqlarning sokin oqshomni to‘ldirib kuylashlarida osoyishtalik gashtini anglagandek, yog‘gan yomg‘ir tomchilaridagi mo‘jizani tuy-
316
gandek, asalari, chumolilarning mehnatiga xos go‘zallik, fayz- ziynatni ko‘rgandek bo‘ladi“:
Yetti qalam, yetti rang, Yetti ohang — kamalak. Qayerlarda yuribsan, Quyosh — sochi jamalak? Qalamlaring topildi,
Bulut — qog‘oz ham tayyor. San’atingdan bahramand Bo‘laylik bizlar bir bor.
Qalamdonni qo‘yatur,
Kel, quyoshjon, tezroq kel. Rasm chizib ber bizga, O‘chirg‘iching bo‘lar yel.
¾ Million yilki, ahvol shu, Yerliklar kutib tolar.
Qalamlar bor paytda Quyosh „yo‘qolib“ qolar.
(„Kamalak“)
Bolalar olamida mayda va ahamiyatsiz narsalar uchramay- di, ya’ni kattalar mutlaqo nazarga ilmaydigan, e’tibor ber- maydigan, ular uchun ahamiyatsiz ko‘ringan narsalar bola nazarida o‘zgacha, ajib bir qiyofada jonlanadi. Masalan, jajji Zeboxon birinchi marta qo‘shaloq giloslarni ko‘rib, ularning o‘rtoq bo‘lib olishganidan („O‘rtoqlar“) quvonadi. Yoki Se- vinchoy issiq choydan ko‘tarilayotgan bug‘ni ko‘rib „choyim uchib ketayapti“ deb („Sevinchoy haqida she’r“) hayratlanadi. Yulduzoy esa o‘ziga yoqqan fasl haqida samimiyat bilan „Yozda yoz fasli, kuzda bo‘lsa kuz“ („Eng to‘g‘ri javob“) deb ko‘ng- lidagini aytadi.
Darhaqiqat, bolalar dunyosida yolg‘on yo‘q. Shoir bola- likning musaffo olami har kuni quvonchlarga, kashfiyotlarga to‘liq ekanligini nozik did bilan kuzatgan va mahorat bilan badiiy qiyofalarda gavdalantira olgan:
Gilos qoqib bergandim Zeboxonga erinmay.
Oldiga qo‘shalog‘i Qarang, tushib qolibdi. Qiqirlar Zebogina
Ularni qo‘ldan qo‘ymay:

317
— Dada, giloslarimiz O‘rtoq bo‘lib olibdi!


(„O‘rtoqlar“)
Shoir ko‘pgina she’rlarida hayotning „anglab bo‘lmas mu- rakkab“ tomonlari haqidagi fikrlarini ilgari surishga intilardi.
„Yolg‘iz farzand“, „Umid haqida she’r“, „Iltimos“, „Chivin“ kabi she’rlarida nafaqat tabiatni, bolalarni ham asrash, qadr- lash kerakligi kuyunchaklik bilan uqtiriladi. Bu she’rlarga xos umumiy xususiyat shundaki, ularda kattalar adabiyoti mavzu- siga doir insoniy dardlar aks etgan. Shoir yosh kitobxonga ishonardi, uning nimalarnidir tushunmay qolishidan cho‘chi- masdi.
So‘zimizni muxtasar qilib aytadigan bo‘lsak, Abdurah- mon Akbar qalamiga mansub she’r va tarjimalarda bolalar dunyosiga chuqurroq kirib boriladi, ularda fikr aniq va lo‘nda ifodalanadi. Asarlar tilining sodda va ravonligi, tasvir vosita- larining puxtaligi, jahon bolalar she’riyatining eng yaxshi an’ana va usullarini, shakllarini o‘zida omuxta qilganligi bilan nafaqat yosh kitobxonlar, shu bilan birga, katta yoshdagi adabiyot, she’riyat muxlislari e’tiborini ham torta oladi. Yosh- larning barkamollikda, bugunning va kelajakning egasi ekanini his etib ulg‘ayishlariga ko‘mak beradi.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

    1. Shoirning hayoti va ijodi?

    2. Shoirning o‘qish, odob haqidagi asarlari?

    3. Bolalar o‘yinlari, tabiat, Vatan haqidagi asarlari?

318


Mustaqil mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo‘lagi bo‘lgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har to- monlama boyib borishida tarjima asarlarining o‘rni, ahamiyati katta. Negaki, tarjima asarlarini o‘qigan har bir yosh kitob- xonning dunyo haqidagi fikri, tasavvuri boyib, o‘sha xalqning yashash sharoitlari, urf-odatlari, mehnatlari, orzu-intilishlari bilan oshna bo‘ladilar.


Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan elga, tildan tilga o‘tib, dillarni yashnatib yurgan „Qizil Shapkacha“ (Sh. Perro), „Ro- binzon Kruzo“ (D. Defo), „Dyumchaxon“ (H. Andersen),
„Gulliverning sayohatlari“ (J. Svift), „Oltin baliq“ (A. S. Push- kin), „Òom Soyyerning boshidan kechirganlari“, „Shahzoda va gado“ (M. Òven), „Kapitan Grant bolalari“, „Ostin-ustin“ (S. J. Vern), „Don Kixot“ (J. Servantes) kabi asarlar yosh qalblarning olamga nisbatan qiziqishlarini jo‘sh urdirib yu- boradi.
XX asrda bunyod etilgan „Maugli“ (R. Kiðling), „Kich- kina Shahzoda“ (A. De Sent — Ekzyuperi), „Katta va kichik Karlson“ (A. Lindgren), „Òoshkent — non shahri“ (A. Ne- verov), „Vinni Pux“ (A. Miln), „Ahmoq sichqoncha haqida ertak“ (S. Marshak), „Uch baqaloq“ (Y. Olesha), „Quvnoq japbaqlar“ (B. Kerboboyev), „Doktor Voyjonim“ (K. Chu- kovskiy), „Òemur va uning komandasi“ (A. Gaydar), „Chi- ðollinoning sarguzashtlari“ (J. Rodari), „Styopa amaki“ (S. Mi- xalkov), „Kim bo‘lsam ekan?“ (V. Mayakovskiy), „Bilmasvoy quyosh shahrida“ (N. Nosov) singari olam kezib yurgan asarlar o‘zbek kitobxon bolalarida katta taassurot qoldirmoqda. Yuqorida tilga olingan asarlar yosh kitobxonni nimagadir o‘rgatadi, nimagadir da’vat etadi. Bu asarlarning ko‘pchiligida ona-Vatanga muhabbat, uning ozodligi va baxti uchun jon fido qilish („Uch baqaloq“), noshukur bo‘lmaslik, ota-ona pand-nasihatiga quloq solish („Ahmoq sichqoncha haqida ertak“), tabiatga buyuk mehr („Maugli“), tabiatni asrash, hayvonot olamini sevish („Doktor Voyjonim“), odamlar xiz-

319
matini bajarish, beminnat yordam ko‘rsatish („Òemur va uning komandasi“), o‘ziga pishiq-puxta bo‘lish, ichki sirlarni o‘zgalarga oshkor qilmaslik („Qizil Shapkacha“), namunali o‘qish, kasb-hunar egasi bo‘lish („Kim bo‘lsam ekan?“), sergak, tadbirkor bo‘lish, quvnoqlikka intilish („Quvnoq jap- baqlar“)dek oliyjanob g‘oyalarning yotishi bolalarning tarjima asarlariga nisbatan bo‘lgan qiziqish va ishtiyoqlarini o‘stiradi.


Bir misol: suriya xalqining „Asalari håch narsa dåmabdi“ dågan bir ertagi bor. Bu ertakda måhnatkash-u kamtarin bo‘- lish masalasi ko‘tariladi. Ertak juda jozibali, hayajonli. Shu bi- lan birga, yosh kitobxonni o‘ylantiradigan, o‘ziga-o‘zi hisob båradigan ruhda kamol topishiga ham ko‘mak båradi.
Bir o‘rmonda xo‘roz, chigirtka, chivin va asalari yashaydi. Ma’lumki, bu yårda asalaridan tashqari håch kim ish, yu- mush bajarmaydi. Hammasi ishyoqmas, dangasa, ammo maq- tanchoq, takabbur. Xo‘roz: „Mån qichqirmasam, tong ham ot- maydi. Tongni mån orttiraman“. Chigirtka: „Måning kuyim dunyoda eng yoqimli, mayin kuy“. Chivin: „Odamlar ovo- zimni eshitib, huzur qilishadi“.
Barcha biladi: bularnnig barchasi zararkunanda. Odam- larning asablariga tågishdan nariga o‘tmaydiganlardan. Endi bularning qo‘shnilari asalari-chi? Juda kamgap, kamsuqum. U doimo måhnat bilan band. Asalarining bunday xususiyati yosh kitobxonni odobli, måhnatkash, kamtarin bo‘lishga o‘rgatadi. Turkman adibi Bårdi Kårboboyåvning „Quvnoq japbaq- lar“ asarida bolalarni bir-birlari bilan ahil, do‘st, tadbirkor-u
vatanparvar bo‘lishga undaydi.
Bir oilada Japbaq, Mapbaq, To‘pbaq, Yapbaq ismli juda quvnoq, kambag‘al-qashshoq aka-ukalar istiqomat qilishadi. Ota yo‘q, onaning topgan-tutgani ro‘zg‘or tåbratishga yåtmay- di. Ajoyib-g‘aroyib kulgu-yu sarguzashtlarga boy bu asarda aka-ukalar hayotda bo‘sh kålmaslikka, ozgina mug‘ombir, oz- gina ishbilarmonlik namunasini ko‘rsatishga harakat qilib ya- shashlari kitobxon bolalarga manzur bo‘ladi.
Yurtda nima ko‘p — boy-u puldor ko‘p. Nima ko‘p — al- damchi, g‘irrom, o‘zgalar hisobiga kun ko‘radiganlar ko‘p. Japbaqlarning mana shundaylarga qarshi ish yuritishlari, ol- dindan chiqadigan har qanday to‘siq-g‘ovlarni quvnoqlik yo‘- lini tutib, ishbilarmonlik bilan yångib o‘tishlari quvonchlidir. Qishloqdagi eng katta boylardan biri Duyduq xolani, uzoq

320
yillardan båri xasislikda nom chiqargan Kålåkboyni, „Ham- mangni duoyi ba’d qilib, yår yuzidan supirib tashlayman“, dåb yuradigan tåkintomoq Yaloq eshonni, ham ko‘p uxlash yo‘lini tutib, måhnatkash xalqni aldab, unga riyokorlik ko‘r- satib kåladigan uyquchi Yotag‘on laqabli bir boyni o‘zlarining so‘zga chåchanliklari-yu sabr-toqatlari bilan yångib chiqishlari elga manzur bo‘ladi.


Japbaqlar el-yurt, shahar va qishloqlarni aylanib chiqi- shadi. Ular qayårda bo‘lishmasin, albatta, xalqni zulukdåk so‘ruvchilarni ahillig-u tabassumlari bilan sindirishadi.
Inson uchun hayotda eng muhimi, suv bilan havodåk zaruri uy-joy, ya’ni vatan hisoblanadi.
Japbaqlar ko‘p o‘ylashadi. Ancha-muncha joylarda uy-joy qurib, o‘sha yårni vatan aylab, yashab qolishmoqchi ham bo‘lishadi. Låkin ona qishloq, kindik qonlari to‘kilgan joy ular uchun mo‘tabar tuyulavåradi. Bizning bu fikrimizga ularning mana bunday suhbatlari-yu xulosalari asos bo‘ladi:

  • Kambag‘alning kamchiligi nima? — dåbdi Yapbaq. — O‘tin bilan suv. Dåmak, o‘tovni o‘shanday joyga quramiz“.

Shu zaylda aka-ukalar turli joylarni tanlab, uy qurish- moqchi bo‘lishadi. Hamma joyda ham tinchlik, xotirjamlik yo‘q. Endi mana bu gapga e’tibor båring:

  • Agar yurtda osoyishtalik bo‘lmasa, — dåyishibdi Japbaq- lar, — o‘tinning issig‘i, suvning ta’mi-yu nonning kuchi ham bo‘lmaydi. Dunyoni qanchalik kåzma, baribir ona-Vatandan azizroq joy yo‘q.

Shunday qilib, og‘a-inilar o‘zgalar yurtidan ko‘ngillari to‘l- may, o‘z makonlari sari otlanadilar. Qachonlardir uylari tur- gan joyning tuprog‘ini o‘pib, shu yårga yangi uy qurib oladi- lar. Shunday qilib, o‘z uying — o‘lan to‘shaging, dåganlari- dåk, japbaqlar uchun kindik qonlari to‘kilgan yår hamma joydan ko‘ra go‘zal, orombaxsh bo‘lishi kitobxon bolalar uchun ibrat maktabi rolini o‘taydi.





  1. — Bolalar adabiyoti va ifodali o‘qish

321




Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə