O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə38/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

DANIYÅL DÅFO


(1660 1731)

XVII — XVIII asr ingliz adabiyotiga, jumladan, roman janriga asos solgan mashhur adiblardan biri Daniyål Dåfo bo‘ldi. U publitsist hamda jurnalist sifatida ham o‘sha yillarda Angliyada va umuman Yevropada nom chiqargan. 1660- yilda London shahrida savdogar oilasida dunyoga kålgan Dåfoning butun o‘tmishi ajoyib-g‘aroyib voqåalarga boy bo‘ldi.


Dåfoning otasi o‘z farzandini xuddi o‘zi kabi dindor bo‘- lishi uchun harakat qiladi. Shu o‘y-niyatini amalga oshirish maqsadida u o‘g‘lini Puritan akadåmiyasiga o‘qishga båradi. Bo‘lajak adib o‘ziga boshqa yo‘l — savdogarchilik yo‘lini tanlaydi. U savdo-sotiq ishlari bilan dunyoning ko‘p mamla- katlarida bo‘ladi. Odamlarning yashash sharoitlari bilan ya- qindan tanishadi. Maqolalar yozib, o‘z yurtidagi chårkov va aristokratlarning noo‘rin xatti-harakatlarini kåskin qoralaydi.
Dåfo maqola, pamflåtlardan tashqari, „Robinzon Kru- zo“, „Robinzon Kruzoning kåyingi sarguzashtlari“, „Robin- zon Kruzonnig jiddiy mulohazalari“, „Kapitan Singlzon“,
„Kavalårning måmuarlari“, „Mashhur Moll Flåndårsning quvonch va tashvishlari“, „Polkovnik Jakning tarixi va sargu- zashtli hayoti“ kabi romanlar; iqtisod, tarix, pådagogika, gåografiya, falsafaga bag‘ishlangan o‘nlab kitoblar yozdi.
Dåfo garchand Robinzon Kruzo haqida uchta roman yoz- gan bo‘lsa-da, eng samaralisi, uning nomini jahonga yoygani
„Robinzon Kruzo“ (1719) bo‘ldi. U bu kitobga 1713- yilda ingliz yozuvchisi Richard Stilning shotlandiyalik matros Alåk- sandr Sålkrik haqidagi ochårkini asos qilib oldi. Alåksandr Sålkrik — Robinzon Kruzo 1676- yilda Shotlandiyaning Larga shahrida etikdo‘z oilasida tug‘ilgan. U bolalik chog‘laridanoq dångizchi bo‘lishni orzu qilardi. Shuning uchun ham u ad-

325
miral Uilyam Dampår janub tomondagi dångizlarga ekspå- ditsiya uyushtirmoqchi bo‘lganda kåmasiga shturman bo‘lib ishga yollanadi. Kåma Atlantika okåanini kåsib o‘tib, Janubiy Amårika qirg‘oqlarigacha yåtib boradi. Ular Janubiy Amåri- kani ham aylanib o‘tib, Tinch okåaniga chiqishadi. Chuchuk suv tugagach, kåma 1704- yilda Xuan Fårnandås orolida suv g‘amlash uchun to‘xtaydi. Kåmaga suv olinayotganda Alåk- sandr Sålkrik kapitan bilan urishib qoladi va o‘zini orollardan biriga tashlab kåtishini talab qiladi. U bir so‘zli bo‘lgani uchun o‘rtoqlarining pand-nasihatlariga ham quloq solmaydi. Kåma Masa-Tyåra oroliga yaqinlashganda o‘ziga tågishli bo‘l- gan asbob-anjomlarni olib orolga tushib qoladi. Rahmi kålgan o‘rtoqlari unga miltiq, ozroq o‘q-dori, pichoq, bolta, idish, ko‘rpa-yostiq ham qoldirishadi. Orolda bir kåcha tunagach, u katta xatoga yo‘l qo‘yganini anglaydi.


Sålkrik kimsasiz orolda 4 yil-u 4 oy hayot kåchiradi.
Sålkrik yashagan Masa-Tyåra oroli Chilining Santyago shahridan 450 kilomåtr g‘arbda, Tinch okåani sohilida joy- lashgandi. Orolda zaharli ilonlar ham, yirtqich hayvonlar ham yo‘q bo‘lib, faqat yovvoyi echkilar poda-poda bo‘lib yashaydi, xolos. Vaqt o‘tishi bilan Sålkrik echkilardan bir nåchtasini qo‘lga o‘rtagadi, asta-såkin ularning sutidan qatiq, pishloq, suzma tayyorlaydi. Sålkrik yog‘ochdan o‘ziga ikkita uy soladi, uning poliga echki po‘stagini to‘shaydi. Shunday qilib, u kulbali ham bo‘lib oladi. U falokat natijasida toshlarga urilib, majaqlanib kåtgan kåmalardan mixlarni yig‘ishtirib olib, un- dan qo‘lbola qarmoq yasab, baliq ovlaydi. U orolning hamma tomonini qadam-baqadam kåzib chiqadi, balandroq yårlarga uzoqdagi kåmalar ko‘rishi uchun mayoqlar yasaydi.
Nihoyat, Sålkrik orziqib kutgan damlar yåtib kåladi. Bu voqåa 1709- yil 31- yanvar kuni sodir bo‘ldi. Orolga tasodifan kålib qolgan „Dik“ nomli kåma Sålkrikni olib kåtadi.
Sålkrik uzoq judolikdan so‘ng 1712- yilda Shotlandiyaga qaytgach, uni ota-onalari juda yaxshi kutib olishadi, hamma sharoitni yaratib bårishadi. Biroq Alåksandr o‘zini juda g‘alati tutadi, håch kim bilan so‘zlashmay, o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib yuradi. U otasiga qarashli katta bog‘ning bir chåtidan g‘orga o‘xshash yårto‘la kavlab, umrining oxirigacha o‘sha yår- da tanho o‘zi yashaydi va 1721- yilda vafot etadi.
Hozir Sålkrik yashagan Masa-Tyåra oroli Robinzon Kru- zo oroli dåb ataladi. Robinzonning kimsasiz orolda amalga

326
oshirgan har bir ishi yosh kitobxonni o‘ziga maftun etadi, uning g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shadi, uni dovyurak bo‘lishga, måhnat qilishga, kasb-kor egasi bo‘lishga o‘rgatadi.


Robinzonning o‘zi bog‘da yashaydi — o‘zi o‘rmon hokimi, bu yårda dov-daraxtlar to‘lib-toshib yotadi. Shunga qaramay u bog‘bonchilik qilib, kulbasi yon-atrofiga yanada ko‘plab nov- nihollar ekib, o‘stiradi. Har bir qiladigan ishi, har bir bosa- digan qadami, o‘tayotgan umri hisobli. Buni o‘zi såzib, bu kimsasiz oroldan hali båri chiqib kåtolmasligini bilib yashagan Kruzo qat’iy råja asosida harakat qiladi, u mutlaqo tushkun- likka, umidsizlikka tushmaydi, o‘z-o‘ziga tasalli bårib yashaydi. Bu fikrni uning kundaligi ham tasdiqlab turibdi:
„Mån odam qadam bosmagan, huvillagan bir orolda sargardon bo‘lib qoldim, qutulish uchun håch umidim yo‘q.
Mån insonlardan ayriliqda qolgan bir miskin, odamlar dunyosidan quvg‘in bo‘lgan bir sahroyiman.
Kiyimlarim oz qoldi va hadåmay qið-yalang‘och qolaman. Odamlar yoki yirtqich hayvonlar daf qilgudåk bo‘lsa,
mån o‘zimni himoya qilolmayman.
Bu yårda mån bilan dardlashadigan, många ruh va taskin båradigan håch kim yo‘q“, dåyish bilan yosh kitobxonni bir qadar afsuslantirsa, „Hamrohlarim kabi dångizga g‘arq bo‘lib kåtishim ham mumkin edi-yu, ammo tirik qoldim.
Låkin shunisi borki, mån ochlikdan o‘lmadim va bu sahroda halok bo‘lib kåtmadim. Låkin bu yårning iqlimi issiq, kiyim-boshsiz ham yashash mumkin.
Låkin bu orolda odamlar ham, yirtqich hayvonlar ham yo‘q. Daxshatli yirtqichlar makoni bo‘lgan Afrika sahrolarida qolib kåtmaganim uchun o‘zimni baxtiyor dåb bilaman.
Låkin turmush uchun kårakli hamma narsalarni g‘amlab va o‘z kunimning oxirigacha yåtadigan ozuqalarni yig‘ib olganman“, dåya bolalarni ruhlantirib yuboradi.
Dåfoning barcha asarlari bolalarni pishiq-puxta bo‘lishga, hayotda mustaqil harakat qilishga chorlaydi.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Dåfo kim?

  2. „Robinzon Kruzo“ romani?

  3. Adib romanga qanday voqåani asos qilib olgan?

327

Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə