O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə37/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

SHARL PÅRRO


(1628 1703)

Hamma zamonlarda ham, har qanday holatda ham bo- lalar ertak tinglashgan, ertaklar og‘ushida kamol topishgan. Ertaklardagi hayajonli, ta’sirli voqåa va hodisalar ularni nima- gadir da’vat etgan, to‘lqinlantirgan, yaxshi, ijobiy ishlarga yo‘- naltirgan.


Olamda maxsus badiiy ertak aytuvchi hamda ertak yo- zuvchi qalamkashlar ham bo‘lgan. Ana shunday badiiy ertak yozuvchilardan biri fransuz shoiri va tanqidchisi, badiiy er- taklar ijodkori Sharl Pårrodir. U o‘zining „Qizil Shapkacha“,
„Zolushka“ va „Etik kiygan mushuk“ asarlari bilan jahonga tanildi.
Sharl Perro badiiy ertaklar ijod etishdan oldin xalq og‘- zaki ijodini mehr va ishtiyoq bilan chuqur o‘rgandi. Shuning uchun ham u o‘z ertaklarida xalq udumlarini dadil ilgari surdi. Perro qahramonlari o‘z mehnatsevarliklari hamda saxiyliklari bilan ajralib turadilar. G‘arazgo‘ylik, maqtanchoqlik, qizg‘an- chiqlik o‘rnini yaxshilik, mehribonlik bosib ketishi hamon kitobxonni shod etib kelmoqda.
Sharl Perrodan bor-yo‘g‘i o‘n ikki ertak saqlanib qolgan. Qaysi ertagiga nazar tashlamang, barchasida bolalar zavq oladigan qirralar bor ekanligini darrov payqaysiz. Dunyoda uning „Etik kiygan mushuk“ ertagini o‘qimagan yoki shu ertak asosida yaratilgan multfilmni miriqib tomosha qilmagan bola topilmasa kerak. Ertakda aqllilik, bilimdonlik, topag‘onlik bosh masala qilib qo‘yiladi. Boshqa asarlarida bo‘lgani kabi Sharl Perro bu ertakda ham folklor an’analariga yana bir bor sodiq qoladi. Ertak qahramoni — tegirmonchining kenja o‘g‘li Karabs fahm-farosat, aql bilan ish ko‘rib, o‘z murod-maqsa- diga yetadi, baxtiyor bo‘ladi.

322
Sharl Perroning barcha personajlari pishiq-puxtaligi bilan ajralib turadi. Ularning ko‘pchiligi odamlarni, hayvon-u par- randalarni sevib, erkalab, e’zozlaydigan bo‘ladilar. Zolushkani („Zolushka“) olaylik. Uni o‘gay ona-yu qizlar xush ko‘r- maydilar, xolos. Qolgan barcha jonzot Zolushkani yaxshi ko‘radi. Uning o‘z baxtini topib, osoyishta turmush kechi- rishini istaydi. Zolushka juda chiroyli, odobli, shirinso‘z, kamtarin, odamlarga, jonivor-u parrandalarga nisbatan meh- ribon. Uning bunday fazilatlari, mehnat, halollik va poklik bilan hayotda o‘z o‘rnini topishi, sevganiga turmushga chiqib, baxtli bo‘lishi ertak tinglovchida yaxshi taassurot qoldiradi.


Boshqa ertaklarda bo‘lgani kabi „Qizil Shapkacha“da ham voqåa yaxshilik bilan tugashi, bolalarning quvonchiga-quvonch qo‘shadi. Sharl Pårro ertakning ta’sirli va jozibali chiqishi uchun tabiiy holda Qizil Shapkachaning ijobiy tomoniga ko‘p sayqal båradi. Bolalar ko‘z o‘ngida u dunyoda tångi yo‘q juda yoqimtoy qizcha sifatida gavlanadi. Bo‘rining yovuzligi, sur- båtligi, uning kampir qiyofasiga kirib olganda mana bunday chizib bårilishi ertak tinglovchi har bir bolada bo‘riga nisbatan chuqur nafrat hislarini qo‘zg‘aydi:

  • Voy, buvijon, qo‘llaringiz buncha uzun?

  • Såni mahkamroq quchoqlash uchun, jonginam!

  • Buvijon, oyoqlaringiz buncha katta?

  • Tåzroq chopish uchun, jonginam!

  • Buvijon, quloqlaringiz buncha katta?

  • Yaxshiroq eshitish uchun, jonginam!

  • Buvijon, ko‘zlaringiz buncha katta?

  • Såni yaxshiroq ko‘rish uchun, jonginam!

  • Buvijon, tishlaringiz buncha katta?

  • Såni tåzroq yåb qo‘yish uchun, jonginam!

Mana nåcha asrki, ertakchining „Qizil Shapkacha“ asari jahon kåzib yuribdi. U kirmagan xonadon, uni tinglamagan bola yo‘q. Ertakning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri quvnoq- likdir. Ha, shunday. Qizchani hamma yaxshi ko‘radi, hamma såvadi. Bundan u mutlaqo taltayib, kiborga bårilib kåtmaydi. U juda yoqimtoy, oddiy va sodda. Shu oddiy va soddaligi, pismiq va mug‘ombir emasligi unga pand båradi, bo‘riga yåm bo‘li- shiga oz qoladi. Sharl Pårroning bu ertak orqali kichkintoy- larga aytadigan, quloqlariga quyib qo‘yadigan gaplari ko‘p.

323
Eng avvalo, barcha bolalarni xuddi Qizil Shapkacha kabi od- diy va quvnoq bo‘lishga chaqiradi va kattalarning har bir top- shirig‘ini so‘zsiz bajarishga da’vat etadi. Ikkinchidan, o‘rtadagi sirni oshkor qilmaslikka, o‘ziga pishiq-puxta bo‘lishga chor- laydi.


Bo‘ri ochko‘z, pismiq va mug‘ombir. Shu sababli qiz- chaning jo‘nligidan foydalanadi. U bir o‘q bilan ikki quyonni urish qabilida ish tutadi. Bo‘ri Qizil Shapkachadan safari haqidagi ma’lumotni osongina bilib olgach, endilikda qizcha- ning o‘ziga qo‘shib, uning buvisini ham yåyish payiga tushadi. Ammo Qizil Shapkachaning baxtiga o‘tinchilar kålib qolishadi. Ularnnig yordami bilan ikki jon omon qoladi.
Ertak tinglovchi har bir bola vaqåani mana shunday ijobiy tugashini xush ko‘radi, o‘sha quvnoq, o‘ktam Qizil Shapka- chaning bo‘riga yåm bo‘lishini aslo xohlamaydi. Ertakning umrboqiyligi va jahongashtaligi ham ana shunda.
Sharl Pårroning „Havorang soqol“, „Bob“, „Eshak tåri- si“, „Uyqudagi malika“ kabi ertaklari ham xuddi „Qizil Shapkacha“ kabi bolalarbopdir.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

    1. Sharl Pårro qanday ertaklar ijod qilgan?

    2. Zolushka kim?

    3. „Qizil Shapkacha“ ertagining mohiyati?



324


Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə