O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


KORNÅY IVANOVICH CHUKOVSKIY



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə45/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

KORNÅY IVANOVICH CHUKOVSKIY


(1882 1969)

Hozirgi zamon rus bolalar adabiyotining ulkan dahola- ridan biri Korney Ivanovich Chukovskiy yirik yozuvchi, shoir, taniqli olim, mohir tarjimon sifatida tanilgan so‘z ustasi edi. U o‘z asarlarida bolalarga xos ajoyib xislatlarni — rahmdillik va insoniylik, do‘stlik va birodarlik, yovuzlikka nisbatan shafqatsizlik, vatanparvarlik kabi fazilatlarni targ‘ib etadi. K. Chukovskiy bolalar uchun asarlar yaratish, ijod qi- lishni o‘zi uchun katta baxt deb biladi.


Kichkintoylar va ularning adabiyotini umr bo‘yi ardoq- lagan Korney Chukovskiy 1882- yilda Peterburg shahrida dunyoga keldi. Òez orada Chukovskiylar oilasi Odessaga ko‘- chadi. Bu yerda ona ming mashaqqat bilan o‘g‘lini gimnaziyaga joylaydi. Bu baxt uzoqqa cho‘zilmaydi. „Oshxona xizmatchi- sining o‘g‘li“ bo‘lganligi uchun K. Chukovskiy gimnaziyadan haydaladi.
Korney oilaga ko‘maklashish, tirikchilik o‘tkazish maqsa- dida turli yumushlarni bajarishga majbur bo‘ladi. Shunga qa- ramay, u bo‘sh vaqtlarida mustaqil o‘qishga, Pushkin, Nek- rasov, Chexov asarlarini mutolaa qilishga harakat qiladi.
Chukovskiyning dastlabki „San’at nima?“ maqolasi 1901- yilda „Îäåññêèå íîâîñòè“ gazetasida bosilib chiqqan. 1903- yilda u gazeta muxbiri sifatida Angliyaga boradi. Londonda xizmat qila boshlaydi. Lekin bu yerdagi faoliyati uzoq davom etmaydi. Gazeta unga maosh to‘lamay qo‘yadi. U Britaniya muzeyiga ishga kirib, tirikchilik o‘tkazishga majbur bo‘ladi.
1905- yilda K. Chukovskiy Odessaga qaytib keladi va bu yerda „Signal“ degan jurnal chiqara boshlaydi. Jurnal sahifa- larida chor hukumati siyosatiga qarshi materiallar bosilganligi uchun uni sud qilishadi.

346
Keyingi yillarda u bolalar adabiyoti to‘g‘risida ko‘plab maqolalar yozadi. 1907- yilda „Bolalar tili“ asari maydonga keladi. K. Chukovskiy dastlab M. Gorkiy hikoya qilib bergan sujet asosida bugungi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan, badiiy baquvvat „Òimsoh“ ertagini yozdi. 1918- yilda esa


„Archa“ nomli to‘plami bosilib chiqdi. O‘sha yili „Jahon ada- biyoti“ nashriyotiga ishga kirdi. 1919- yilda N. A. Nekrasov asarlarining to‘la to‘plamini nashr ettirdi. Shu yillarda uning mashhur „Moydodir“, „Suvarakxon“ ertaklari, „Kichik bola- lar“ kitobi bosilib chiqdi.
„Pashsha — xarxasha“, „Barmaley“, „Òelefon“, „Fedora o‘tkazgan alam“, „O‘g‘irlangan quyosh“, „Doktor Voyjo- nim“, „Filinisa kitob o‘qir“, „Kirpilar kuladi“ asarlari Kor- ney Chukovskiyning nomini olamga yoydi, kitobxonlar hur- matini qozondi.
Korney Chukovskiyning ertak-dostonlarida ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi, baxt, yorqin hayot sari keskin kurash bo‘rtib turadi. Masalan, shoirning „Moydodir“ asarida bolalarning odobli, ozoda, har doim to‘g‘riso‘z bo‘lishi va tozalikka rioya qilish mavzusi ilgari surilgan.
Asar qahramoni qator fazilatlarga loyiq. Lekin bir aybi bor, doim kir-chir yuradi. Shuning uchun bir kuni unga xiz- mat qiluvchi barcha narsalar ish tashlaydi, undan yuz o‘girib qochib ketishadi. Bola voqeaga tushunmay, xafa bo‘lib turganida joniga yuz-qo‘l yuvgich — Moydodir oro kiradi.
Yosh kitobxon hamisha hayvon, jonivor va hasharotlar haqidagi voqea-sarguzashtlarni sevib o‘qiydi. K. Chukovskiy- ning „Suvarakxon“ asari ham kichkintoylarning sevimli asar- laridan hisoblanadi. Asarda shoir hayvon, hasharot va yirt- qichlarning tuzilishlari, fe’l-atvorlari, dovyuraklik va qo‘rqoq- liklari to‘g‘risida bahs yuritadi:
Sho‘rlik, baxtsiz hayvonlar Bo‘kirib, dodlab yig‘lar!
Har bir uyada G‘or-u qiyada — Ochko‘z yovga Òiz cho‘kar.
Ana shunday vaziyat tug‘ilib turgan paytda paydo bo‘lib qolgan chumchuqning tadbirkorligi, ishbilarmonligi, chaqqon-

347
ligi qo‘l keladi, u suvarakni tiriklayin yutib yuboradi. Shu zaylda chumchuq o‘rmon-u quruqlikda yashaydigan qushlar, jonivorlar, hayvon va yirtqichlarni ozodlikka, erkka, baxtli va totli hayotga olib chiqadi. Bu voqea esa bolalarning estetik didlarini oshiradi, hayvonot olamiga nisbatan qiziqishlarini shakllantiradi, ona-Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini ka- mol toptirishda yetakchi omil hisoblanadi.


„Doktor Voyjonim“ asari bir umr bolalarga shodlik-qu- vonch bag‘ishlab kelmoqda. Doktor Voyjonimning oqko‘ngil- ligi, mehribonligi, jonkuyarligi, hayvonlar bilan inoq, do‘st- ligi ibratomuz chizib berilgan.
Hayotda nimalar bo‘lmaydi deysiz! Hayot ajoyib-g‘aroyib voqealarga boy. K. Chukovskiy mana shunday voqealar ba’zi befahm, farosatsiz bolalar bilan ham sodir bo‘lib qolishi mumkin, deydi. Mura o‘y o‘ylamaydigan, fahm-farosat bilan ish ko‘rmaydigan qizcha. U bilan juda kulgili voqea yuz beradi. Shoir „Muraga „Ajoyib-g‘aroyib daraxt“ ertagini o‘qib berishganida, u nima qildi?“ she’rida o‘ylamay, aql ishlatmay tuflisini bog‘ maydoniga ekib, ostini yumshatib, suv quyib, kulgili ish qilganligini tanqid qiladi:
Mura yechib tuflisin, Bog‘ga ko‘mib, der sekin:

  • O‘s, o‘saqol, tuflicham, Bo‘y cho‘zaqol, tuflicham! Endi jajji tuflicham

O‘z qo‘limdan suv ichar. Niholcham bo‘lar daraxt, Ulkan, g‘aroyib daraxt!
Pishib bosonojkalar Daraxt sari yo‘l olar, Qið-qizil sapojkalar:

  • Yulib oling! — deb qolar.

Shoirning „Mechkay“ asarida ham shunday kulgili, ta’- sirli mavzu yotganligini ko‘ramiz. K. Chukovskiy ta’kidlab o‘tganidek, ba’zi bolalar bo‘ladiki, yaxshi o‘qish, ozoda bo‘- lish, yuvinib-taranib yurish o‘rniga ko‘proq ovqat yeyish ni- yatida yuradilar. Haddan ziyoda ko‘p ovqat iste’mol qilish odamni kam o‘ylaydigan qilib qo‘yishini, yaxshi o‘qish, ib- ratomuz ishlarni amalga oshirishda unga pand berishi mum-

348
kinligini tushunmaydigan bolalar onda-sonda uchrab turishini boplab tanqid qiladi:


¾Òeshik kulcha juda soz, O‘ttiz bog‘lamin shovvoz Bir-bir yutay deb yechgan, Òo‘rt xumcha sutni ichgan.
So‘ng urib qirq to‘rt quymoq Singlim xo‘p ozgan, biroq Ko‘plarni hayron etgan, Eshikka sig‘may ketgan.
Sig‘sa ham jila olmas, Na qilsin bila olmas.
Korney Chukovskiy sevimli shoir, iste’dodli adib, shu- ningdek, yirik adabiyotshunos olim bo‘libgina qolmay, bilim- don tarjimon ham edi. Uning „Ikkidan beshgacha“ nomli mashhur tadqiqotida kichik yoshdagi bolalarning xarakter xu- susiyatlari, nutqi va ruhiyati xususida qiziqarli hayotiy ma’lu- motlar beriladi.
Ulkan so‘z san’atkori Korney Chukovskiy bolalar qalbini to‘lqinlantiradigan, hayajonga soladigan kitoblar muallifi sifa- tida hurmatga sazovor. E’zozli muallifning umri, bosib o‘tgan hayot yo‘li ham xuddi kitoblari singari e’zozlanadi.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Chukovskiy kim?

  2. „Moydodir“ asarining sujåti?

  3. „Suvarakxon“ ertagining ahamiyati?



349




Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə