O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə44/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

LÅV NIKOLAYÅVICH TOLSTOY


(1828 1910)

Rus bolalar adabiyotining taraqqiyotida L. N. Òolstoy kat- ta rol o‘ynadi. Bolalar uchun asar yozish har bir qalamkash- ning fuqarolik burchi deb bilgan pedagog-adib ijodda ko‘p narsalarga erishdi.


Òolstoy 1859- yildan e’tiboran o‘z ona qishlog‘i Yasnaya Polyanada maktab ochib, muallimlik qilar ekan, o‘quvchilar uchun ham, o‘qituvchilar uchun ham darslik va qo‘llanma- larning yo‘qligini, borlari ham bugungi kun talablariga yaxshi javob bera olmasligini tajribadan o‘tkazdi. Endigina savod chiqarish ishiga kirishgan bolalarga mos ertak, hikoya, she’r, masal va hikoyalar darsliklarda o‘z aksini topishi darkor deb tushundi va bu xayrli ishga qo‘l urdi.
Darslik juda qiyinchilik, og‘ir ijodiy mehnat bilan 1872- yilda „Alifbe“ nomi bilan nashr etildi. Dehqon bolalariga mo‘ljallangan bu kitob „Alifbe“dan tashqari, ruscha o‘qish uchun to‘rt kitob, slovyancha o‘qish uchun to‘rt kitob, arif- metika va muallim faoliyatidan tashkil topgan edi. Bu darslik bolalarga hech qanday yengillik bermadi. Ayniqsa, badiiy asar ko‘p bo‘lsa-da, kitobda davr, zamon ruhi deyarli yo‘q edi. Shu sabablarga ko‘ra pedagog-olim qattiq tanqidga uchradi. Zahmatkash adib tanqidlardan to‘g‘ri xulosa chiqaradi. Iloji boricha mehnat ahli bolalariga o‘qimishli, ta’sirli, eng muhi- mi, ularning savodini chiqarishga mo‘ljallangan „Yangi alifbe“ va unga qo‘shimcha qilib „Rus tili o‘qish kitobi“ni 1875- yilda nashr ettiradi. Bu kitob uchun adib yuzdan ziyod hikoya, ertaklar yozadi. „Uch ayiq“, „Filliðok“lar shular jumlasiga kiradi. Adabiy jamoatchilik va pedagoglar asarni yuksak mam- nuniyat bilan qabul qiladilar. Bu kitob har tomonlama bola-

343
larga mos tushadi. Òolstoy kitob haqida: „Mazkur „Alifbe“ haqidagi orzularim ro‘yobga chiqqanidan, uni rus bolalarining ikki avlodi o‘qib, dastlabki poetik zavqini shu kitobdan olish- laridan faxrlanaman. Bu kitobga ko‘p mehnat va muhabba- timni jo qildim, u hayotimning muhim sahifasi bo‘lishiga aminman,“ deb yozgan edi.


Bu darslik qayta-qayta bosildi. Hatto 1921- yilda ham uning so‘nggi nashri chop etildi.
Òolstoyning har bir asari turmushning, bolalar hayoti- ning bir tomonini ochib berishga qaratilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki hayotni, bolalarni qattiq sevgan va unga mehr-muhabbati juda katta bo‘lgan adib kichkintoylarga qarata yozilgan har bir katta-kichik asar hayotiy bo‘lishini istaydi va o‘zining bu qaroriga butun ijodi davomida sodiq qoladi.
Òolstoyning bolalarga bag‘ishlab yozgan barcha katta-kichik asarlarida oddiy inson qiyofasi ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Buning isboti tariqasida adibning bir qator asarlariga nazar tashlab o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bir bog‘bon bolalari ishyoqmas, yalqov bo‘lib o‘sayotganliklaridan qattiq iztirob chekadi. U o‘limi oldidan o‘g‘illarimni bir aldasam, zora ishlab, o‘zlarida mehnat ko‘nikmasi hosil bo‘lsa, degan o‘y, xayol bilan:
„Bolalar, men tok tagiga oltin ko‘mib qo‘ydim, uni mendan keyin qazib olinglar“, deydi. „Bog‘bon va bolalar“ hikoyasidagi bu g‘oyani adib juda qoyil qilib yozadi.
Ko‘chat ekish, bog‘ qilish juda og‘ir va mashaqqatli ish. Bu bog‘bondan og‘ir mehnat, sabr-toqat talab qiladi. Bog‘- bon o‘zi uchun, kelajak avlod uchun ko‘chat ekadi. Shu nuq- tayi nazardan adibning „Mo‘ysafid olma ekdi“ hikoyasi diq- qatga loyiqdir:
„Keksa berilib ko‘chat o‘tqazar edi. Odamlar uning keksaligidan va qilayotgan ishidan kulib:

  • Sizga olma ekish nega kerak bo‘lib qoldi? Bu daraxt o‘sib voyaga yetguncha bu dunyoda yashaysizmi yoki yo‘q- mi? — deyishdi.

  • Men olmasini yemasam o‘zgalar yeyishadi va menga rahmat deyishadi. Nima bo‘lganda ham olmani ekkanim foyda, — debdi“.

Òolstoy ochko‘z, faqat o‘z manfaatlarini o‘ylaydigan ba’zi odamlarni ko‘pgina asarlarida tanqid qiladi, ularning ustidan

344
ochiqdan-ochiq kuladi. „Odamga qancha yer kerak?“ degan hikoyaning sarlavhasini o‘qigan odam hayron bo‘lib qoladi. Rostdan, odamga qancha yer kerak? Fomaga mulkdor yer beradi. „Bugun qancha o‘lchasang, hammasi seniki,“ deydi. Foma yugurib-yelib, odimlab, kun bo‘yi yer o‘lchaydi. Oxiri ochlik va charchaganidan yiqiladi-yu, o‘sha joyning o‘zida jon beradi. Adib Foma cho‘zilib yotgan yerni ko‘rsatib, odamga ikki metr yer kerak bo‘ladi, xolos, deydi.


Òolstoy asarlari orasida hayvonlar, jonivorlar, parrandalar haqida yozilganlari ham ko‘p. Do‘stlik, birodarlik, do‘stga sa- doqat, mehr-oqibat faqat odamlar o‘rtasida emas, balki hay- vonlar o‘rtasida ham mavjud ekanligini biz adibning „Arslon bilan it“ hikoyasi misolida bilib olamiz.
Tolstoyning bolalarga bag‘ishlab yozgan asarlari juda ko‘p. Muhimi shundaki, bu asarlardan ham o‘qituvchilar, ham ota-onalar bab-barobar foydalanishlari mumkin. Ular bir tomondan dars matåriallarini boyitsa, ikkinchi tomondan ota- onalar va tarbiyachilarning bolalar bilan qiladigan tarbiyaviy suhbatlarida qo‘l kålishi mumkin.
Òolstoyning „Bolalik“, „Kavkaz asiri“ kabi qissalari ham bolalar sevib o‘qiydigan asarlar sirasiga kiradi.
L. N. Òolstoyning ibratli hikoya, ertak va masallari hali ham o‘zining badiiy hamda tarbiyaviy kuchini yo‘qotmagan. Uning bu mavzudagi asarlari qator darslik va majmualarga kirgan, alohida kitob holida ham chop etilgan.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Tolstoy haqida so‘zlang?

  2. Tolstoyning do‘stlik, måhnat haqidagi asarlari?

  3. Hayvonlar haqidagi asarlari?

345




Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə