O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə42/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

HANS KRISTIAN ANDÅRSÅN


(1805 1875)

Daniyaning jahonga mashhur ertakchisi Hans Andersen 1805- yilda Odens shahrida dunyoga keldi.


Bolaning otasi kavushdo‘z, onasi esa kir yuvuvchi bo‘lib ishlar edi. Shuning uchun Hans kambag‘allar maktabiga o‘qishga kiradi. Oradan uncha ko‘p vaqt o‘tmay, ularning oilasi Kopengagenga ko‘chadi. Bolaning yashash sharoiti va o‘qishi bu yerda ancha-muncha yaxshi bo‘ladi. Bo‘lajak yo- zuvchi 1823- yilda Slagels maktabiga o‘qishga kiradi, undan keyin Xelsingyorda ta’lim oladi. 1828- yilda esa Kopengagen universitetiga o‘qishga kiradi.
Andersen juda ko‘p mamlakatlarni kezib chiqadi. Fran- siya, Shveysariya, Italiya, Gretsiya va Ispaniya singari joylarga sayohat qiladi.
Andersenning ijodi 20- yillarning boshlaridan boshlanadi. U dastlab lirik she’rlar, roman, drama, yo‘l ocherklari, bio- grafik etudlar yaratadi.
„Daniyalik Xolger“, „Qor malikasi“, vatanparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan „Daniya — mening vatanim“, ozodlik g‘oyasi mujassamlangan „Soqchi“, „Shilyon asiri“ va boshqa she’rlari she’riy janrda yaratgan eng sara asarlari jumlasiga kiradi.
Andersen o‘z romanlarida („Improvizator“, „O. Ò“,
„Bo‘ladi yoki bo‘lmaydi“) zamonasi uchun juda muhim bo‘lgan voqealarni qamrab olishga harakat qiladi.
Uning ijodi ko‘p qirrali va rang-barang. Ayniqsa, tarix va ertak asarlari yosh kitobxonlar uchun maroqlidir. „Bolalar uchun aytilgan ertaklar“ (1835 — 1842), „Yangi ertaklar“ (1843 — 1848), „Tarix“ (1852 — 1855), „Yangi ertaklar va ta- rix“ (1858 — 1872) va boshqa kitoblari Andersenning nomini juda mashhur qildi va uni jahonga tanitdi.

336
Andersen bu kitoblarni yaratishda xalq og‘zaki ijodidan unumli foydalandi, ularning orzu-armonlarini qog‘ozga tu- shirishga harakat qildi. Ertaklardagi xarakter va jonli nutqni yanada mukammallashtirishga erishdi. Shuning uchun An- dersen yaratgan ertaklar sodda, kitobxon uchun tushunarli bo‘lish bilan birga, o‘quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi.


Andersen ertaklarida, ko‘pincha, bosh qahramon shah- zoda ham emas, malika ham emas, balki oddiy mehnatkash xalqdir. Ular o‘zlarining samarali mehnati, aql-idroki, axloq- odoblari bilan kitobxon tahsiniga sazovor bo‘ladilar. Uning
„Qo‘ng‘iroqli girdob“, „Kumush tanga“, „Kolbasa sixidan sho‘rva“, „Go‘ng qo‘ng‘iz“ va boshqa ertaklari fikrimizga yorqin misol bo‘la oladi. Ertakchining „Qo‘ng‘iroqli girdob“ asarini olib ko‘raylik. Unda asrlar mobaynida ezilgan, og‘ir mehnat va zulmdan tinka-madori qurigan mehnatkash xalq vakili Blakenning o‘z xo‘jasiga qarshi turishi kitobxonni qu- vontiradi.
„Bolalar gurungi“ asarida hech kim taqdirni, kichkintoy o‘sib-ulg‘aygach kim bo‘lib yetishishini bilishi mumkin emas- ligini, bu ko‘proq o‘sha bolaning o‘ziga, intilishiga, katta- larning ibratomuz pand-nasihatlariga quloq solishiga bog‘liq ekanligini o‘qiymiz.
Shohona qasrga to‘plangan bir to‘da bashang kiyingan aslzoda bolakaylar qasrni to‘ldirib maqtanishar, ota-ona- larining hisobsiz boyliklari bilan quvonishar, kelajakda ota- onalaridan ham badavlatroq bo‘lish uchun harakat qilishlarini kibor bilan ta’kidlar edilar. Bu boy-badavlat bolalarning bir- birlariga gap bermay maqtanishlarini yirtiq-yamoq kiyim kiyib olgan bir kambag‘al bola tinglab, xo‘rsinar, „bularga yetish bizga yo‘l bo‘lsin“, deb qo‘yar edi, o‘zicha.
Yillar o‘tib o‘sha juldur kiyimli bola yaxshi o‘qib, rassom bo‘lib yetishdi, mamlakatda eng boy odamlardan biriga ay- landi, o‘ziga munosib bir qasr qurdirdi. Qasr hamda uning ichidagi xazinani ko‘rishni hamma istardi.
Ertakchining „No‘xat ustidagi malika“ asari ham yosh kitobxonning kulgisini qistatadi, ham tannoz malikaga qahr- g‘azabini qo‘zg‘atadi.
Bir shahzoda haqiqiy malikaga uylanish uchun butun yer yuzini, shahar-u qishloqlarni qidirib hech qayerdan haqiqiy



  1. — Bolalar adabiyoti va ifodali o‘qish

337

malikani topa olmaydi. Hafsalasi pir bo‘lgan, tarvuzi qo‘ltig‘i- dan tushgan shahzoda qasrga qaytadi.
Kunlardan bir kuni ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan mo‘- jiza yuz beradi:
„Bir oqshom havo aynigandan aynibdi: shundoq chaq- moq chaqib, momaqaldiroq gulduros solibdi, yomg‘ir chu- nonam chelaklab quyib beribdiki, dahshatning o‘zginasi.
Òo‘satdan shahar darvozasi taqillab qolibdi. Keksa qirol borib darvozani ochibdi.
Darvozada malika turardi. Yo qudratingdan, uni nimaga o‘xshatish mumkin! Suv malikaning sochlari, ko‘ylaklaridan sharillab oqib, to‘ppa-to‘g‘ri boshmoqlarining uchlariga, tovonlariga tushardi, u bo‘lsa pinagini buzmay, „Men haqiqiy malikaning xuddi o‘ziman, derdi“.
Malikani sinab ko‘rish ishlari ham g‘alati bo‘ladi. Òunda qirq qavat ko‘rpa ostiga bitta no‘xatni yashirib, joy solib bera- dilar. Òannoz oqbilak qiz ertalab o‘rnidan turar ekan, „Qan- day uxlab turdingiz?“ deyilgan savolga nolish, ichki dard bilan javob beradi: „Ey, juda yomon! — deydi u. — Ko‘zimni yummadim, desam ham bo‘ladi. Men qandaydir qattiq narsaning ustida yotdim, butun a’zoyi badanim ko‘karib ketibdi. Naqadar dahshat!“
Shahzoda qizning haqiqiy malika ekanligini bilib, unga uylanadi.
Bolalar, odatda, hayvonlar, parrandalar, hasharotlar ha- qidagi ertaklarni sevib o‘qiydilar. Andersen yaratgan ertak- larning juda ko‘pchiligi ana shu mavzuni qamrab olishi bilan ham xarakterlidir. Uning „Dyumchaxon“, „Irkit o‘rdakcha“,
„Botqoqlik shohining qizi“, Baqa“, „Burga bilan profåssor“ singari ertaklari o‘zbåk kitobxonlarining ham såvimli asarlariga aylanib kåtgan.
Xullas, Daniya ertakchisi Xans Andårsånning ijodi uzoq yillardan båri yosh kitobxonlarga zavq-shavq bag‘ishlab kål- moqda.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

    1. Andårsån kim?

    2. „No‘xat ustidagi malika“ asari?

    3. „Bolalar gurungi“ asarining tarbiyaviy ahamiyati?

338



Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə