O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


ALÅKSANDR SÅRGÅYÅVICH PUSHKIN



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə41/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

ALÅKSANDR SÅRGÅYÅVICH PUSHKIN


(1799 1837)

Har bir xalqning donishmandligi va qalb nazokatini o‘zida mujassamlantirgan shoiri bo‘ladi. Rossiyada inson ma’naviy olamining musavviri, shubhasiz, Pushkindir. U nurga intilib, doim ozodlik uchun kurashuvchi shoir, buyuk optimist bo‘lib yetishdi. Rus xalqining yana bir buyuk shoiri Aleksandr Blok:


„Pushkinning nomi naqadar jarangdor“, deb ta’riflagan edi.
A. S. Pushkin xalq og‘zaki ijodini bolalikdan berilib o‘r- gandi. Buloqdek qaynab-toshgan xalq og‘zaki ijodi shoirning ilhomiga ilhom qo‘shdi. Kelajakda mashhur shoir bo‘lib, ja- honga tanilishida boy manba bo‘lib xizmat qildi. U, ayniqsa, o‘zining ertak-dostonlari bilan yosh kitobxonlarning hurmat- olqishiga sazovor bo‘lib kelmoqda.
A. S. Pushkin o‘zining „Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak“ (1831), „Baliqchi ham baliq haqida ertak“ (1833), „O‘lik malika va yetti bahodir haqida ertak“ (1833),
„Oltin xo‘roz haqida ertak“ (1834) kabi ertak-dostonlari bi- lan jahon bolalar adabiyoti xazinasini yanada boyitdi.
Yuqorida biz ta’kidlab o‘tgan asarlarning hammasi boy va rang-barang xalq og‘zaki ijodi ta’sirida yuzaga kelgan. Bu asarlar zamirida aniq mavzular yotganligini ko‘ramiz. Masa- lan, shoir „Ajoyib bolalar“ xalq ertagi asosida „Shoh Saltan¾ haqida ertak“, „Qurumsoq kampir“ ertagi va rus xalq folk- lorining to‘plovchilaridan biri V. Dal hikoya qilib bergan sujet asosida „Baliqchi ham baliq haqida ertak“, „Sehrli ko‘zgu“ ertagi asosida „O‘lik malika va yetti bahodir haqida ertak“, uzoq yillar xalqni ayovsiz ishlatib, unga rahm-shafqat nima ekanligini bilmay o‘tgan va uning hatto pok xizmatlarini o‘zida mujassamlashtirgan „Shabarsha batrak“ asosida „Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak“ yotganligini ko‘ra-

333
miz. Bu ertaklarning hammasi shoirning ijodxonasida ishla- nib, sayqallanib, yanada o‘qimishli, ta’sirli chiqqan.


A. S. Pushkin oddiy, mehnatkash xalqni yaxshi ko‘radi, uni iloji boricha himoya qilishga, unga yon bosishga harakat qiladi. Shuning uchun ham uning ertak-dostonlarida xalqqa bo‘lgan cheksiz muhabbat tuyg‘usi barq urib turadi.
Dadon shohni oling („Oltin xo‘roz haqida ertak“). U g‘irt ahmoq. Na xalqni sevadi va na farzandlariga mehribon otalik qila oladi. Dadon o‘taketgan darajada maishatparast va kaltabin. U butun podshohligidan, xalqidan, farzandlaridan o‘zga yurtlik makkora ayolni ustun qo‘yadi. Buni xalq, xudo kechirmaydi. Natijada shoh xalq qahr-g‘azabiga duchor bo‘ladi. Oltin xo‘roz tepkisidan halok bo‘lgan shohga birovning rahmi kelmaydi, aksincha, shohning o‘limi ularga shodlik va ozodlik baxsh etadi. Pop („Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak“) ob- razi ustida shoir qattiq ishlaydi. Uning tekinxo‘r, ochko‘z, o‘zgalar hisobiga umr kechiradigan bir pastkash kimsa ekan- ligini keskin ochib tashlaydi. Unga qarama-qarshi qilib oddiy va halol, mehnatkash va bahodir yigit Balda obrazini ijod
cho‘qqisiga ko‘taradi.
Ikki qahramonning bozordagi o‘zaro suhbatidanoq kitob- xon kim qanday odam ekanligini darhol sezadi:
„Bo‘lsin oshpaz, otboqar ham duradgor, Ayt-chi, bunday arzon malay qayda bor?“ Balda debdi: „Yaxshi malay bo‘layin, Bergan obi yovg‘oningga ko‘nayin.
Xizmatimga haq to‘laysan shu xilda: Peshanangga uch chertaman bir yilda“. Pop bo‘lsa-chi, ancha o‘ylab qolibdi, Påshanasin qashib qo‘li tolibdi.
Pop o‘ylarmish: bir gap bo‘lar — to‘lanar haq, Chårtkilardan chårtkilar ham qilar farq.
Balda qo‘ygan shartiga ko‘nib, dåbdi pop:
„Bu shart sånga va många ham ma’qul xo‘p: Endi måning hovlimda kun ko‘ravår, G‘ayrat bilan xizmat qilib yuravår“.
Ha, hayotda har bir narsaning, jumladan, tekinxo‘rlik, ochko‘zlikning ham poyoni, oxiri bor. Kaltabin Pop chertkini yeb halok bo‘ladi.
„Baliqchi va baliq haqida ertak“ dostonida shoir pok muhabbat mangu bo‘lishini orzu qiladi. Boylik, mansab deb
334
o‘tgan kunni unutmaslikni istaydi. Bundan tashqari, kimki halol peshana teri to‘kib boylik orttirmasa, birovlar hisobiga boyiydigan bo‘lsa, u hech qachon yuqmasligini, birovniki bi- rovnikiligicha qolib ketishini kampir qismati bilan chog‘ishtirib hikoya qiladi. Yer yuzi, butun olam hukmroni bo‘lib olgan kampir cholni mensimaganligi uchun, ochko‘z va badbaxtligi uchun yana eski hammom, eski tos bilan qolib ketaveradi. Buni shoir juda chiroyli ifodalaydi:
Qaytdi kampir yoniga axir, Ko‘rsa: tag‘in o‘sha yerto‘la. Bo‘sag‘ada o‘tirar kampir, Qarshisida teshik tog‘ora.
Rostgo‘y, haqiqatni yoqlovchi shoir „O‘lik malika va yetti bahodir haqida ertak“, „Shoh Saltan¾ haqida ertak“ asarla- rida haqiqat bir kun emas bir kun, albatta, qaror topadi, hamma baxtiyor bo‘ladi, degan fikrni ilgari suradi.
A. S. Pushkinning xalq og‘zaki ijodiga asoslanib yozgan
„Ruslan va Ludmila“ asari ham bolalar qalbiga ancha yaqin turadigan dostonlardan biri hisoblanadi. Rus ertaklari, qo‘- shiqlari, afsonalari bu g‘aroyib asarga favqulodda go‘zal maz- mun bergan. Yuksak insonparvarlikni o‘zida mujassamlash- tirgan yorqin iste’dod egasigina shunday asar yarata olardi.
Mashhur rus romantik shoiri V. A. Jukovskiy „Ruslan va Ludmila“ dostoni nashr etilgach, Pushkinga „G‘olib o‘quv- chimga mag‘lub murabbiydan“ deb yozilgan portretini sovg‘a qiladi. Bu buyuk shoir dahosiga, zamondan ilgarilab ketgan kurashchan insonga berilgan xolisona baho edi.
Mana shuning uchun Pushkinga Rossiyaning mangu, otashin shoiri bo‘lib qolmoq baxti nasib etdi.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Pushkin ijodi haqida so‘zlang?

  2. „Pop va uning xizmatkori“ voqåasi?

  3. „Oltin baliq“ ertagining ahamiyati?

335




Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə