O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə1/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
MAMASOLI JUMABOYEV
BOLALAR ADABIYOÒI VA
IFODALI O‘QISH
Kasb-hunar kollåjlarining Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi“ yo‘nalishi o‘quvchilari uchun darslik

2 - n a s h r i




„VORIS-NASHRIYOT“ ÒOSHKENT — 2017



ÓÄÊ: 821.512.133(075)
KÁK 83.3ya 722 J-87
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik birlash- malari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
M a s ’ u l m u h a r r i r :
Anvar Obidjon, O‘zbekiston xalq shoiri.

T a q r i z c h i l a r :


T. Shermurodov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent;
M. Tojiyeva, pedagogika fanlari nomzodi;
Abdurahmon Akbar, bolalar shoiri.
Ushbu „Bolalar adabiyoti va ifodali o‘qish“ darsligida hozirgi zamon o‘zbåk bolalar adabiyotining paydo bo‘lishi, rivojlanishi, bosib o‘tgan tarixiy yo‘li atroflicha tahlil qilinadi. Uning asosini xalq og‘zaki ijodi, Sharq allomalarining ijodi va jahon bolalar adabiyoti tashkil etadi. Shuningdåk, ifodali o‘qish va uning qonun-qoidalariga ham keng o‘rin bårilgan.
Darslik garchand kasb-hunar kollåjlarining „Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi“ yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quv- chilarga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, undan akadåmik litsåy, pådagogik yo‘nalishdagi kasb-hunar kollåjlari o‘quvchilari ham foydalanishlari mumkin.




2
ISBN 978-9943-375-95-6
 M. Jumaboyev
 „VORIS-NASHRIYOT“, 2017






Pråzidåntimiz I. A. Karimov o‘zining „Yuksak ma’navi- yat — yångilmas kuch“ kitobida ma’naviyat masalasiga alohida e’tibor bårib: „Biz xalqimizning dunyoda håch kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, håch shubhasiz, båqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va såzgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, mu- qaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chåtga chi- qib qolishimiz mumkin“,1 — dåb yozadi. Ma’naviyat insonga havodåk, suvdåk zarur. Sahrodagi sayyoh har doim buloqdan chanqog‘ini bosadi. Xuddi shuningdåk, inson ham nåcha-nå- cha azoblar va qiyinchiliklar bilan ma’naviy chashmasini iz- laydi. Yer, oila, ota-ona, bolalar, qavm-qarindoshlar, qo‘ni- qo‘shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik — ma’naviyatning ma’nosi ana shunday juda kång¾ Inson o‘zini xalqining bir zarrasi dåb såzgandagina, u haqda o‘ylab, o‘qib, måhnat qilib yashagandagina ma’naviyat bilan tutashadi.


Bunday mas’uliyatli vazifani amalga oshirishda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo‘lagi bo‘lgan bolalar adabiyoti- ning ham alohida o‘rni bor.
Xalqda „Adabiyotga e’tibor — ma’naviyatga e’tibor“ dåyi- ladigan juda katta ta’lim-tarbiyani o‘zida jamlagan umumlashma bor. Bu umumlashmada adabiyotdan xabardor bo‘lgan bola- ning ilmi, odobi, yurish-turishi, muomalasi, ota-ona va va-


1 I. À. Karimov. „Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch“. Ò. „Ma’naviyat“, 2008- yil, 4- bet.

3
tanga måhr-muhabbati risoladagidåk bo‘lishi masalasi ilgari suriladi.


Ko‘rinadiki, bolalar adabiyoti oldida bajarilishi lozim bo‘l- gan juda muhim ishlar turadi. Bu haqda Pråzidåntimiz 2009- yilda O‘zbåkiston yozuvchilar uyushmasi raisini qabul qilib, uyushma faoliyatining samaradorligini oshirish, milliy adabi- yotimizni rivojlantirish masalasi bo‘yicha bårgan ko‘rsatmasida bolalar adabiyoti yuzasidan to‘xtalib: „Ayniqsa, biz uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bolalar adabiyotini ri- vojlantirishga alohida e’tibor bårishimiz, mustaqil fikrlaydigan shaxsning shakllanishi, har qanday kitobxonlik, mutolaa ma- daniyati bolalikdan boshlanishini doimo yodda tutishimiz lo- zim“, dåb ta’kidlab o‘tdi. Barchamizga ma’lumki, bolalar ada- biyoti so‘z san’ati va tarbiya vositasidir. Kichkintoylar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyat- lariga, saviyalariga mos, kitobxonlar qalbida o‘y-fikrlar uyg‘o- tadigan, yorqin obrazlarga boy, yuksak g‘oyalarga, ulkan va porloq ishlarga ilhomlantiradigan bo‘lishi zarur. Eng muhimi, mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda ifodalanishi kårak. Bolalar adabiyoti yoshlarni imon-e’tiqodli va ona-Vatanga muhabbatli qilib tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir ko‘rsatib, ana shu yuksak talablarga javob båra oladi. Dåmak, bunday kitoblar pådagogik va psixologik nuqtayi
nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Adabiy asarning tili uning g‘oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib bårish vositasidir. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitob- xonlarga tåz va oson yåtkazadi.
Alishår Navoiy „Mahbub ul-qulub“da tilni „ko‘ngil xazi- nasining qulfi“, dåb ta’riflaydi. Buyuk shoir kishilarni qisqa va mazmunli, chuqur mantiq bilan so‘zlashga chaqiradi. Bu talab, shubhasiz, bolalar yozuvchilariga ham taalluqlidir.
Dåmak, bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor qilib yoza bilishi kårak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi lozim. Ravon til bilan yozilgan badiiy asar- lar kitobxonning nutqiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi, so‘z boyligini oshiradi.

4
Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlod- ni hayotga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi, ona di- yorimizga, måhnatga muhabbat, zamonamizga sadoqat ruhida tarbiyalaydi, ularni yurtimizning munosib farzandlari bo‘lishga chaqiradi. Kitob bolaning dunyoqarashini shakllantirishga yor- dam båradi, xaraktårini tarbiyalaydi, ilm-fanga muhabbatini oshiradi. Kitob xalqimizning o‘tmishi, ilg‘or madaniyatimiz, fan va tåxnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr-iftixor tuyg‘ularini o‘stiradi.


Bugungi kunda qudratli qurollardan biri bo‘lgan bolalar adabiyotidan kång foydalanmay turib, yangi jamiyat quruv- chisini har tomonlama yåtuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas.
Bolalar kitobxonligini o‘quvchilarning pådagogik-psixologik xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha guruhlarga ajratib o‘rganish mumkin:

  1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 yoshgacha).

  2. Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yosh- dan 11 — 12 yoshgacha).

  3. O‘rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi (13 — 14 yoshdan 15 — 16 yoshgacha).



Darsni mustahkamlash uchun savollar:

    1. Bolalar adabiyotining vazifasi?

    2. Bolalar adabiyotida ma’naviyat?

    3. Bolalar adabiyotining boshqa fanlar bilan yaqinligi?

    4. Bolalar adabiyoti — so‘z san’ati?

5


Odatda, bola olamga kålibdiki, onani taniydi, uning hi- dini, qadam tashlashini, nafas olishini darhol såzib oladi. Ona bir daqiqa o‘zidan uzoqlashsa xarxasha qiladi, ingrab yig‘laydi. Chunki bu norasida onaning qornida ekanligidayoq uni o‘ziga kashf qilib olgan. Shu onaning ko‘magida atrof-muhit bilan, o‘zini qurshab olgan olam bilan tanishadi. Onaning allasi, qo‘shig‘i, ertagi murg‘ak qalbida bir umrga muhrlanib qoladi. Folklor va yozma adabiyot namunalarini tinglab, voyaga yåtayotgan bolalarning o‘yinlari, sho‘xliklari, xayollari, qizi- qishlari, gap-so‘zlari¾ — bular bolalarning ma’naviy dunyo- sini boyitadigan omillardandir. Agarda kattalar bu o‘ziga xos bolalar dunyosini tushunib, uni to‘g‘ri baholay olsalar, bola-
larning kålajagi uchun katta ish qilgan bo‘ladilar.
Alla, ertak, topishmoq, maqollarda kuzatganimizdåk, odamlarga, jonivorlarga, tabiatga bo‘lgan måhr-muhabbat, do‘stlik va o‘rtoqlikning ilk tuyg‘ulari, yaxshilikka nisbatan uyg‘ongan dastlabki minnatdorchilik hissi, har narsaga chan- qoqlik bilan qiziqib qarash kabilarning barchasi bolaning ma’- naviy dunyosini boyitishi, uning xayoli va tasavvurini kångay- tirishi lozim.
Biz, kattalar „Bolalik båtashvishdir“, „Bolalik hayotdagi eng baxtiyor damdir“, „Bolalik inson umrining yorqin, ba- horiy tongidir“ kabi gaplarni qayta-qayta gapirishni yaxshi ko‘ramiz.
Har bir kishi folklorda zikr etilganidåk, eng baxtiyor va båtashvish bolalik yillarida taxminan quyidagi qobiliyatlarni egallab olgan bo‘lishi lozim. O‘ynab va sho‘xlik qila turib, u: nima yaxshi va nima yomonligini, narsalar dunyosini, hayvo- not dunyosini, odamlar dunyosini anglab boradi. Buning ustiga dunyoni bilish shunchaki yuzaki bir kuzatuv emas: kåcha u yomg‘irning nimaligini bilmas edi, bugun esa u er- talab yomg‘irni ko‘rdi-yu, ayni paytda dunyoda tarnovlar bo‘- lishini, chumchuqlar sovuqda xurpayib, yum-yumaloq bo‘lib olishini ham bilib oldi. Bu ertalabki kashfiyotlar edi, tushga borib esa, u mushukchani qo‘rqitib yuborsa, yunglari xurpa- yib, ko‘zlari yashil rangda chaqnab kåtishini ham birinchi bor ko‘rdi.
6
Darhaqiqat, bolalarning o‘yinlariga, chizgan rasmlariga astoydil razm soling, gaplarini tinglang. Shunda siz ularning olamni naqadar yorqin, aqlga sig‘mas darajada mo‘jizakor bir tarzda ko‘ra bilishlarini payqaysiz. Ular o‘zlarining såzgirliklari tufayli, hatto qo‘rqinchli ertaklardan ham qandaydir qiziq joylarini ilib oladilar, kundalik voqåalarning esa kattalar såz- may qoladigan muhim jihatlarini ko‘ra biladilar. Mana shu musaffo tuyg‘ulari uchun ham kishilar bolalikni såvadilar va uni butun umr mamnuniyat bilan xotirlab yuradilar. Båtash- vish bo‘lgani uchun emas, musaffo tuyg‘ulari uchun såva- dilar uni. Shu boisdan kattalar bolalarni quvonchdan mah- rum etmasliklari, ularning yangilikka boy bo‘lgan va doimo o‘zgarib turuvchi hayotdan olgan taassurotlarini, his-haya- jonga to‘la hayratli tuyg‘ularini toptamasliklari kårak.
Har birimiz ham bolalikda kunlarning uzoqligi, har bir kunning voqåalarga boy o‘tgani, tushda osmonda uchib yurish naqadar yoqimliligi, oddiygina uyning shifti ham naqadar baland, hovli oldidagi bog‘ juda katta, hov naridagi o‘tloqzor esa, qanchalar sirli tuyulganini eslashni istaymiz.
Låkin quyoshdan taraladigan chinakam nur — yog‘duni hammamiz ham yaxshi xotirlay olamizmi? Yangi o‘yinchoq, yangi kitobchalarning yoqimli hidini qay birimiz aniq eslay- miz? Oddiy hodisalarning yoqimli hidini qay birimiz aniq es- laymiz? Oddiy hodisalar ham qanchalar tantanavor va mu- him bo‘lib tuyulgani va qachonlardir yuz bårgan olis voqåalar xuddi kåchagidåk xotiraga mahkam o‘rnashib qolganini-chi?
Hamma yoqdan anvoyi gullarning o‘tkir isi kåladigan op- poq, tåbranib turuvchi dalalar-chi? Shunda to‘satdan uzoqda ko‘ringan ona¾ Uning ovozi¾ Har tomonga go‘yo uzun- uzun oltinrang chiziqsimon quvnoq nur taratayotgan saxiy quyosh-chi? Ularni kattalar sira ko‘rmaydilar, bolalar esa ko‘radilar. Någaki ular o‘zlari tinglagan ertaklarida bunday ajoyib-g‘aroyib voqåa-hodisalarni ko‘p bor eshitishgan. Hatto rasmini ham chizadilar.
Bolalar chizgan rasmning bo‘yog‘i juda tiniq bo‘lishi ham båjiz emas. Bolalik paytida yaxshilik bilan yomonlik ham mana shunday aniq ko‘rinadi. Bolalikda yo såvishadi yoki nafrat- lanishadi, bolalar xatti-harakatlarining o‘rtamiyonasi ham bo‘lmay, faqat yo yaxshi, yoki yomon bo‘lishi mumkin. Ularda tajriba, bilim hali yåtarli emas-u, ammo chiroyli va

7
xunukni, samimiyat va soxtalikni his etish tuyg‘usi nihoyatda o‘tkir bo‘ladi.


Tåvarak-olamni mana shunday tiyraklik bilan his etgan odamlar tufayligina biz musiqa eshitib, yaxshi kitoblarni o‘qib, chinakam san’at asarlarini ko‘rib, chåksiz huzur-halo- vat olamiz. Ular ohanglar, so‘zlar, ranglar vositasida dunyo- ning nafosati-yu, uning donishmandligini bizga yaqqol ko‘r- satib båradilar, chunki istå’dodning o‘zi aslida bolalik ta’sir- chanligidan, oddiy narsadan go‘zallik topa bilish xislatidan boshlanadi, bu xislat esa hayotiy tajriba va ma’naviy yåtuklik tufayli boyib boradi.
Bu davr bolalar kitobxonligi, asosan, ota-onalar va tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Hali o‘qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan butunlday båxabar bo‘ladilar. Shunga qara- may, kichkintoylar o‘zlarini qurshagan olamni tåzroq bilib olishga, uni o‘rganishga intiladilar. Bunda ota-onalar, bog‘- chalarda esa tarbiyachilar bolalarga yaqindan yordam bårish- lari, ya’ni ularga badiiy asarlardan parchalar o‘qib bårishlari lozim. Bu davr bolalariga o‘qib båriladigan har qanday asar- ning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo‘lishi talab etiladi. Shu- ningdåk, bunday kitoblarning rasmlari rang-barang, harflari esa yirik-yirik bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar tinglaydigan asar- larning ko‘pchiligini alla-qo‘shiq, ertak, topishmoq, maqol, tåz aytish kabi xalq og‘zaki ijodi asarlari tashkil etadi.
Bundan tashqari, yozuvchilar yaratgan va yuqoridagi ta- lablarga to‘la-to‘kis javob båradigan ayrim asarlar ham mak- tabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun qo‘l kåladi. Ammo shu narsani ham ta’kidlab o‘tish kårakki, bolalar uchun ijod qiladigan qalam sohibi hayotdagi muhim xaraktårli voqåa va hodisalarni badiiy obrazlar orqali bolalar nutqiga mos tilda, ularning yoshi, ruhiyati va saviyasiga muvofiq ravishda tasvir- lashi lozim.
Bolalar shoiri Anvar Obidjon o‘zining „Suhbat“ nomli shå’rida bolalar yaxshi ko‘radigan g‘ozlar to‘g‘risida so‘z yu- ritadi. Ma’lumki, bolalar jonivorlar, xususan, qushlarga ilk yoshlaridan boshlab qiziqadilar. Shu jihatdan qaraydigan bo‘l- sak, „Suhbat“ bola hayotida muhim rol o‘ynaydi. Voqåa juda oddiy va sodda. O‘zaro suhbatdan ma’lum bo‘ladiki, g‘ozlar-

8
ning qorni och, ularni boqish kårak. Buni shoir o‘yin vo- sitasida ifoda etadi:



  • G‘ozlar, bir so‘z dåysizmi?

  • G‘a, g‘a, g‘a!

  • Totli suli yåysizmi?

  • Ha, ha, ha.

  • Någa patni silaysiz?

  • G‘oq, g‘oq, g‘oq.

  • Måndan nima tilaysiz?

  • Boq, boq, boq!

Bu xildagi shå’rlar kichkintoylarni mustaqil fikrlashga, turmush taassurotlarini to‘plab, ulardan xulosa chiqarishga o‘rgatadi.
Bolalarning, ayniqsa, jajji qizchalarning såvimli mash- g‘ulotlaridan biri qo‘g‘irchoq o‘ynashdir. Yo‘ldosh Sulaymon- ning „Qo‘g‘irchoq“ shå’rida qo‘g‘irchoqlarni asrab-avaylash, oddiy bir o‘yinchoq vositasida kattalarning måhnatini e’zoz- lash masalasi o‘rtaga tashlanadi:
Quyosh bilan tång turib, Ozoda kiyintirib,
Sånga taqamiz marjon, Qo‘g‘irchoq, qo‘g‘irchoqjon. Qo‘ldan qo‘ymaymiz sira, Yuqtirmaymiz gard, shira. Ovunchoqsan bizlarga, Qo‘g‘irchoqsan bizlarga.
Har qanday yozuvchi maktabgacha ta’lim yoshidagi bola- larga o‘qib båriladigan asar tilining badiiy jihatdan puxta-pi- shiqligiga, tushunarli, aniq va ravonligiga alohida e’tibor båradi. Bu yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan asarlar ularga hayot haqida muayyan tasavvur bårishi bilan birga zavq-shavq ba- g‘ishlaydi. Masalan, Shukur Sa’dullaning „Lola va mushuk“ shå’rini olaylik. Bu asar juda oddiy. Misralari ham sodda. Ammo u bir o‘qishdayoq kichkintoy måhrini o‘ziga tortadi, uni barvaqt turishga, yuvinib-taranishga, ozoda, pokiza bo‘- lishga o‘rgatadi. Shuningdåk, ularning uy hayvonlariga, joni- vorlarga måhribon, g‘amxo‘rliklarini oshiradi:
Mån Lolaman, Lolaman, Ozoda qiz bolaman.

9
Erta bilan turaman, Yuz-qo‘limni yuvaman.


Mushugim bor Qoramosh, O‘zi judayam yuvosh.
Måndan oldin turadi, Yuz-qo‘lini yuvadi.
Xulosa qilib aytganda, bolalar o‘zlari tinglagan asarlari yordamida asta-såkin atrof-muhit bilan tanishadilar, ona yurtga måhr-oqibatli bo‘lishni, tabiatni asrashni, måhnatni såvishni o‘rganadilar.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

      1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning o‘ziga xos xu- susiyatlari?

      2. Bu davr bolalar kitobxonligi kimlar tomonidan amalga oshiriladi?

      3. Bu davr bolalari tinglaydigan asarlar?

      4. Bu davr bolalariga tavsiya etiladigan asarlarning hajmi, ma’- no va mazmuni?


Bolalar kitobxonligi, ayniqsa, kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘qish-u xulq-odoblariga ko‘proq e’tibor bårish, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan muttasil shug‘ullanish asosiy masalalardan hisoblanadi.


Bu masala Yurtboshimizning „Yuksak ma’naviyat — yen- gilmas kuch“ kitobida ham ta’kidlanadi. Ha, bu yoshdagi bolalarda moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligi o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Balki kichkintoylarni bu ruhda tarbiyalashda ota- onalar, maktab o‘qituvchilari, mahalla ahillik bilan ish olib borsa, o‘qish, tarbiya to‘g‘ri izga qo‘yilsa, ko‘zlangan maqsad- ga albatta erishiladi.
Bir donishmand safarda yurgan paytida o‘g‘liga mana shunday nasihat qilib maktub yo‘llabdi:
„Såvikli o‘g‘lim! Vijdoning lavhasini insof, adolat gavhari bilan båzat, chunki insof, adolat insoniyat olamining porloq quyoshidir. Bu quyoshdan fayz olgan odamlar baxtiyordirlar.
Bålimning quvvati o‘g‘lim!

10
Qalbing oynasini yoshlik g‘ururi bilan, xoinlik, g‘arazlik kabi båhuda, båma’niliklar chang-g‘ubori bilan xira qilma. Agar shunday bå’maniliklarni qilsang, insoniy vazifangni suiistå’mol qilgan bo‘lasan.


Ko‘zimning nuri!
Davlat va xalq qoshida izzatli va obro‘li bo‘lishni istasang, jamiyat tomonidan sånga bårilgan vazifani chin ixlos bilan bajar, vazifashunos bo‘l. Vazifasini tanimagan, ado qilmagan odamlar sharmanda, sharmisor va nafratga sazovordirlar.
Ko‘zimning qorachig‘i.
Sånga jonidan ham ortiq muhabbati bo‘lgan otangning rizosi va qalbining xush bo‘lishi såning zulm, jabr va ado- latsizlikdan saqlanishing bilan xolis bo‘ladi. O‘g‘lim, jabr, zulm, adolatsizlik yashinga o‘xshash bo‘lib, tushgan joylarni yangidan ta’mir qilish mumkin bo‘lmagan darajada yoqib, yondirib, parishon qiladilar. Såning asl zotingda bo‘lgan pok- lik, oliyjanoblik o‘tkir zaharli yaramas hislarga yo‘l qo‘ymay- di, dåb ishonaman. Doimo adolatli, muloyim, tavozåli, shaf- qatli bo‘l.
Hayotim sarmoyasi!
Shu kunlarda o‘z tångdoshlaring bilan urishib, ba’zi vaqt- da hatto yoqalashganingni eshitib, ko‘nglim parishon bo‘ldi. Jon o‘g‘lim, qahr-u g‘azabli bo‘lma, muloyim, shafqatli va marhamatli bo‘l. Go‘zal xislatlaring bilangina hammani o‘zingga rom qilasan. Sånga ozor bårganlarni xushmuomalang bilan uyaltir.
Sånga uzoq umr, baxt-saodat tilab, so‘zimni tamom qila- man, aziz o‘g‘lim“.
Azaldan ma’lumki, chin, mukammal tarbiyali inson boshqalarga håch bir ozor yetkazmaydi, takabburlik qilmay- di, håch kimga haqorat ko‘zi bilan qaramaydi, yolg‘on so‘z- lamaydi, rostgo‘y bo‘ladi. O‘zidan kattalarga hurmatli, kichik- larga shafqatli va marhamatli, kular yuzli, shirin so‘zli va xushmuomala bo‘ladi. Va’dasiga vafo qiladi, omonatga xiyonat qilmaydi, ig‘vo, g‘iybat, munofiqlikdan o‘zini saqlaydi.
Bu yårda shu narsani ham alohida ta’kidlab o‘tish lozim- ki, bu yoshdagi bolalar kitobxonligi avvalgisidan biroz farq qiladi. Bu farq bolalarning yoshi va bilim saviyasi bilan bog‘liq. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar, asosan, tarbiyachilari, ota-onalari yordamida badiiy asarlar bilan tanishsalar, bosh-

11
lang‘ich sinf o‘quvchilari bu ishni mustaqil bajaradilar. Mus- taqillik ularga ishonch va zavq-shavq bag‘ishlaydi.


Bu yoshdagi bolalarni tåvarak-atrofdagi turli voqåa-ho- disalar nihoyatda qiziqtiradi. Ularning bizni qurshagan olam haqidagi savollariga badiiy asarlarda mufassal javob bårilgan.
11 — 12 yoshdagi bolalar såhrli, fantastik ertak, sargu- zasht, hikoya, qissa va dostonlarni såvib o‘qiydilar. Olloyor- ning „Fazogir chumoli“ (ertak-qissa), Anvar Obidjonning
„Dahshatli Måshpolvon“ (ertak-qissa), Quddus Muhamma- diyning „Erkinjon oyga chiqibdi“ (doston), Yusuf Shoman- surning „Oydan kålgan bolalar“ (doston) kabi asarlari shu yoshdagi bolalarga mo‘ljallab yozilgan.
Bu yoshdagi bolalar o‘zlari mustaqil ravishda kitob o‘qib qolmay, balki o‘qigan kitoblaridagi qahramonlarning xatti-ha- rakatlarini baholashga o‘rganadilar, zarur bo‘lsa, ular ko‘r- satgan mardlik va jasoratlarni takrorlashga hozirlanadilar.

Bu davr bolalar kitobxonligida o‘qish; måhnat qilish; kasb- hunar o‘rganish; yurish-turishda o‘zgalarga o‘rnak ko‘rsatish; sport olamida chiniqish; mardlik va dovyuraklikni o‘zida jo qi- lish kabi muhim vazifalar turadi. Oddiy bir misol. Kåltirish- laricha, zabardast, bilagida kuch-quvvati to‘lib-toshib turgan bir yigitning tomirida ishyoqmaslik, dangasalik oqib qoladi. O‘zi, bola-chaqasi och, yupun, bir parcha nonga muhtoj.


Ana shu yigit o‘rmon bo‘ylab yurib kåtayotganida uning qarshisidan bir donishmand chol chiqib qoladi. Bularnnig o‘rtasida bo‘lib o‘tgan savol-javob har qanday kitobxonni o‘y- lashga, måhnat qilib, påshana tåri to‘kib yashashga undaydi.
„Yigit donishmandga murojaat qilib:
— Otaxon, ochman, non båring, — dådi. Donishmand:

12


  • O‘ng ko‘zingni bårsang, bir parcha non båraman, — dådi.

  • Yo‘q, o‘ng ko‘zim o‘zimga kårak, — dådi yigit.

  • Unday bo‘lsa, chap ko‘zingni bår, — dådi donishmand.

  • Chap ko‘zim o‘zimga kårak, — dådi yigit.

  • Mayli, o‘ng qo‘lingni båra qol, — dådi donishmand.

  • O‘ng qo‘lim o‘zimga kårak, — dådi yigit.

  • Bo‘lmasa chap qo‘lingni bår, — dådi donishmand.

  • Chap qo‘lim ham o‘zimga kårak, — dådi yigit.

Donishmand shu zaylda yigitning jamiki a’zolarini so‘rab chiqdi. Yigit hammasini rad etdi. Shunda donishmand:

  • To‘rt muchang sog‘ ekan, ishla, biror kasb-hunar o‘r- gan. Tog‘ni ursang talqon qiladigan yigit ekansan, o‘zingning kallang, onging, måhnating, hunaring bilan non top, tirik- chilik o‘tkaz, — dådi.

Dåmak, bu davr bolalarida har tomonlama mas’uliyat, vazifa, yuk bor. Shuning uchun ham bu yoshdagi bolalarga xalqimizning shonli tarixi, bugungi hayoti haqida yozilgan turli janrdagi asarlarni tavsiya etish mumkin. „Shiroq“, „To‘- maris“ kabi afsonalar, „Uch og‘a-ini botirlar“, „Urto‘q- moq“dåk ertaklar bilan birga, Oybåk, G‘afur G‘ulom, Za- far Diyor, Quddus Muhammadiy, Hakim Nazir, Shukur Sa’dulla, Anvar Obidjon, Tursunboy Adashboyåv va boshqa- larning zamonaviy mavzudagi eng yaxshi asarlari muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Jahon bolalar adabiyotining A. Pushkin, L. Tostoy, S. Sår- vantås, D. Dåfo, J. Svift, E. Voynich, K. Chukovskiy, S. Mar- shak kabi namoyandalari yaratgan asarlar bolalar dunyoqa- rashini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘rib o‘tganimizdåk, bolalar adabiyoti o‘ziga xos xususi- yatlari bilan kattalar adabiyotidan farq qiladi. Zotan, bolalar yozuvchisi dunyo voqåalarini bolalar tasavvuri, tushunchasini nazarda tutib tasvirlaydi. Shu orqali bolalarni olg‘a intilishga chaqiradi, hayotni chuqur anglashga yordam båradi.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Bu davr bolalar kitobxonligining avvalgisidan farqi?

  2. Bu davr bolalar kitobxonligida o‘qish, måhnat, vatan- parvarlik?

  3. Bu davr bolalar adabiyotida tarix?

  4. Jahon bolalar adabiyoti?

13


Folklor hamma zamonlarda ham ijod sarchashmasi hi- soblanib kåladi. Shuning uchun ham insoniyat alla, qo‘shiq- lar, afsonalar, ertak va dostonlarda o‘zining yuksak orzu- umidlari, zavq-shavqi-yu kurashlarini ifodalagan. Xalq og‘zaki ijodi o‘zining mazmunan rang-barangligi, yuksak g‘oyalar bilan yo‘g‘rilganligi bilan yozma adabiyotdan ajralib turadi.
Bolalar folklori, ko‘pincha, kattalar tomonidan ijod qili- nadi, ba’zi hollarda bolalar o‘z o‘yinchoqlari asosida o‘zlari ham alla, qo‘shiq va ovunmachoqlar to‘qiydilar. Bularning hammasi bir bo‘lib, faqat yaxshi tarbiyani targ‘ib qiladi. Bolalar xalq og‘zaki ijodining pådagogika bilan bog‘lanishi alladan boshlanadi.

Alladir hayotda såvimli qo‘shiq, Onalar kuylaydi yurakdan jo‘shib. Bolasin umriga umrlar tilar, Allaga dildagi niyatin qo‘shib.


Bu qanday sinoat, mån bilolmadim, Ta’rifiga so‘zlar topa olmadim
Allalar eshitib, o‘sib-ulg‘aydim,
Dard chåksam, allani tinglab sog‘aydim!
Bu hammaning gapi, hammaning dil so‘zi, hammaning allaga, onaga iqrornomasi, ta’zimi. Yoshi ulug‘mi, kichikmi, alla eshitgan, alla og‘ushida, ta’sirida o‘sgan, ulg‘aygan, esini tanigan, kamol topgan, inson bo‘lgan.
Alla xalq og‘zaki ijodining eng oliy namunasi hisoblanadi. Allada onaning o‘yi, xayoli, ezgu niyati, porloq kålajak uchun intilishi, kurashi o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. Alla millat tan- lamaydi, uning matnini tushunmasa-da, ohangi-kuyini eshit- gan har bir inson bosh chayqaydi, båshik kabi ohista tåbra- nadi, orom oladi, o‘zini-o‘zi taniydi, xayoli bolaligiga kåtadi, hayotda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini tuzatib olishga intiladi. E’tibor båring:
Tol båshikni tåbratib, Ona aytar qo‘shig‘in.

14
Qo‘shiq bilan tåbratar Dunyoning tol båshigin. Bu båshikda ulg‘ayar Nåcha ming, millionlar. Ona måhri ziyosi Yuraklarga yo‘l olar.


Bu båshikda tinglashar Mayin-mayin allalar. Uchib o‘tgan yål bilan Olam bo‘ylab taralar. Tol båshikni tåbratib, Ona aytar qo‘shig‘in. Qo‘shiq bilan tåbratar Dunyoning tol båshigin.
Alla qadimiy xalq qo‘shig‘i. Alla va båshik hamohang yuradi. Bu haqda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino: „Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo‘llamoq kårak. Biri bolani såkin-såkin tåbratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun odat bo‘lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badan tarbiyasiga va ruhi bilan musiqaga bo‘lgan istå’dodi hosil qilinadi“, dåb alla va båshikning norasida kamolotida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan. Buni dildan his qilgan ona chaqalog‘ini o‘zi suyib, e’zozlab, har narsadan yuqori qo‘yib, alla aytadi:
Sån bog‘imning bahori, Sån umrimning nahori, Sån qalbimning ohori,
Onajoni shunqori, alla-yo, alla.
Odatda, onaning orzu-armonlari bir talay bo‘ladi. Dilidagi ezgu niyatlarini allaga qo‘shib jo‘shib kuylaydi. Bola, birinchi navbatda, sog‘lom fikrli el-yurt o‘g‘loni bo‘lib kamol topishi kårak. Mana bu allada shu g‘oya yaqqol ko‘zga tashlanib turadi:
Onasining erkasi, Uxlab qolsin, alla-yo. Bo‘lsin inson sarasi,
Obro‘ olsin, alla-yo, alla.
Inson birdaniga yuqori martabali, o‘qimishli, oq-qorani ajrata oladigan bo‘lmaydi. Buning uchun qunt bilan o‘qish, o‘rganish kårak. Mana bu alla ham juda jozibali chiqqan:

15
Ko‘chalarda o‘ynab yursin, Maktablarda o‘qib yursin, Mulla-yu mudarris bo‘lsin, Martabasi ulug‘ bo‘lsin.


Chaqaloq olamga kålishi bilan dastlab ota-onani taniydi. So‘ng oila a’zolari, jonivorlar, parranda-yu darrandalar bilan oshno bo‘ladi. Tabiat insonga xizmat qiladi. Inson uni ehtiyot qilishi, parvarishlashi, o‘stirishi, ko‘paytirishi lozim. Shu ma’- noda inson ruhiga o‘z kuyi, qo‘shig‘i bilan quvonch bag‘ish- laydigan qush-bulbulni ham ehtiyot qilishi zarurligi bir qator allalarning asosini tashkil etadi:
Bulbul sayrar yozina, alla-yo, alla, Qulluq qush ovozina, alla-yo, alla. Bårmang bulbula ozor, alla-yo, alla, Bulbul båozor qushdir, alla-yo, alla.
Qadimda och-yupun hayot kåchirgan måhnatkash xalq o‘z farzandini kålajakda mard-pahlavon, botir bo‘lib kamol topib, yurt himoyachisiga aylanishiga umid bog‘lagan. Shu bois ham alla-qo‘shiqlarida farzandlarini yo‘lbars yurakli, qoplon bilakli bo‘lib kamol topishlari uchun allalar to‘qib, farzandi ongiga, shuuriga quyib tarbiya qilganlar:
Yo‘lbarslarday yuraklim, alla, Qoplonlarday bilaklim, alla. Yaxshi-yomon kunimda, alla, Många juda kåraklim alla.
Ona allasida bolasining ertasi, kålajagi porloq ekanligiga qattiq ishonch o‘z ifodasini topganligini ko‘ramiz. Quyidagi alla ana shulardan biri sifatida kitobxonda katta taassurot qol- diradi:
Alla, bolam-åy, Alla, erkatoy,
Guli lolam-åy. Og‘zing to‘la moy,
Tåzroq katta bo‘l, Baxting munavvar,
Mushtoq olam-åy. Sharofatga boy,
Alla, alla-yåy, Alla, alla-yåy.
Yorqin kålajak, Alla, erkatoy,
Såni kutajak. Mushtoq sånga toy,
Toza qalbingga Uxlasang, qalbing
Såvinch to‘lajak. Ochadi chiroy,
Alla, alla-yåy. Alla, alla-yåy.

16
Ovuntirish-allani hamma aytadi — onalar, buvilar, bobo- lar. Alla asta-såkin ommaviy qo‘shiqqa aylanadi. Qo‘shiqlar uzoq yillar davom etadi. Aytaylik, chaqaloqni birinchi bor båshikka solayotganda aytiladigan qo‘shiqlar. Aslida båshik bir yog‘och-taxta. Paxta, par va matolar bilan burkanganda u yumshoq, har qanday murg‘akka huzurbaxsh joy bo‘lishi har bir båshik qo‘shig‘ida chiroyli ifodaga ega:


Båshigi taxta, Orqasi paxta. Egasi kåldi, Kuchugi qoch. Ichida yotganni Bahrini och.
Chaqaloq båshikda maza qilib uxlab, orom olib bo‘lgach, norasidani båshikdan olayotganda aytiladigan qo‘shiq ham nihoyatda muxtasar aytilgan. Alloh båshikdagi chaqaloqqa xo- tirjamlikni ato etganligini, shu sababli håch qanday sharpa- dushman uning uyqusini buza olmasligini quyidagi to‘rtlikdan bilib olish qiyin emas:
Taqa-tuqi gavora bo‘lsin, Dushmani ovora bo‘lsin. Uyqusi båshikda qolsin, Dushmani eshikda qolsin.
Xalqda chaqaloq uchun xavfli kunlar ham borligi alohida qo‘shiqlarda ta’kidlanadi. To‘qqiz kunlik bo‘ldimi, tamom, u yashab qolishi, endilikda xavf-xatardan butunlay xoli bo‘lib olganligi, do‘st ustiga do‘st orttirib, shu xonadonning haqiqiy a’zosiga aylanib qolganligi mana bu qo‘shiqda to‘la-to‘kis ifoda etilgan:
To‘qqizdan o‘tdi bu bacha, Endilikda o‘lmas bu bacha. Bog‘larning g‘o‘rasi bu bacha, Bolalar jo‘rasi bu bacha.
Shu uyning to‘risi bu bacha, Shams-u qamar-u sitora Hamrohi shu bacha.
Xalq hayotda håch qachon shoshilmaydi, shoshqaloqlikka yo‘l ham qo‘ymaydi. Hamma narsa o‘z o‘rnida, o‘z yo‘lida bir



  1. Bolalar adabiyoti va ifodali o‘qish 17

må’yorda davom etishini orzu qiladi. Bu gapning tasdig‘ini o‘sha yangi olamga kålgan chaqaloq, u bilan bog‘liq bo‘lgan rasm-rusum misolida bilib olish mumkin. Mana bolaning tishi ko‘rindi. Bu voqåa ota-ona uchun ham, shu oila a’zolari-yu butun qavm-qarindoshlar uchun ham katta voqåa. Någaki, endilikda bola o‘zi mustaqil ovqat yåydi, hayot uchun, ya- shash uchun kurashadi:
Bahor kåldi, qish chiqdi, Chaqaloqqa tish chiqdi.
Kichkintoy dåb o‘ylamang, Unga ham yumish chiqdi. Ovqatini chaynashga
Har kuni bir ish chiqdi.
Bolaning o‘tirishi ham hammaga katta quvonch bag‘ish- laydi. Bu haqda xalqning to‘qigan mana bunday hazilomuz qo‘shig‘i hamon xonama-xona, oilama-oila ko‘chib yuradi:
O‘tirsin-o o‘tirsin, Boshini guldan to‘ldirsin. Shuginani ko‘rgan qizlar, O‘zini osib o‘ldirsin!
Xuddi shuningdåk, bola tåtapoya qilib birinchi bor qadam qo‘yganda aytiladigan qo‘shiq ham juda jozibali:
Adoq-adoq yurisin, Tikon shunga kirmasin. Ko‘zi qattiq bandalar Ko‘zi shunga kirmasin.
Kiyim-lattaning umri qisqa, dåyishadi kåksalar. Bu gap xalq qo‘shiqlarida ham o‘z ifodasini topgan. Bolaga yangi kiyim kiydirilayotgan paytda aytiladigan qo‘shiqlarda xalq gapning lo‘ndasini aytib qo‘ya qolgan:
Tåpa-tåpa to‘zdirmay, Mingan otim o‘zdirmay. Sån — bir yillik,
Mån — ming yillik. Yoqasi moyli bo‘lsin, Etagi loyli bo‘lsin, Mayli, bir yilda to‘zsin,
O‘zi-chi, ming yil kulsin!

18
Xalq qo‘shiqlarida rasm-rusumlar rang-barang. Hammasi o‘rinli, hammasi zarur. Masalan, qizaloqning sochini ilk bor yuvib-taraganda sochning uzunligi, qalinligi, ko‘rsa-ko‘rgu- dekligi, katta-kichikning havasini kåltiradigan darajada ko‘r- kamligi obdan maqtaladi. Ayrim qo‘shiqlarda sochning ta’rifi oy-u quyosh bilan bog‘lab kuylanadi. Baquvvat sochning uzunligi cho‘zsa oy va quyoshga ham yåtib borishi quvnoq misralarda ifodalanadi:


Oyda — quloch, Kunda — tutam. Sånga — kuyov, Många — palov.
Shu zaylda båshik qo‘shiqlari kånja avlod kamolotida o‘ziga xos tarbiya rolini o‘taydi. Kichkintoylar ota-onalaridan, bobo- momolaridan chiroyli, ta’sirli alla, qo‘shiqlar tinglab tillari biyron, o‘ktam, ziyrak bo‘lib ulg‘ayar ekanlar endilikda o‘z- lari ham hayot yo‘llarida qo‘shiq to‘qib, qo‘shiq qanotida o‘sib-ulg‘ayishga harakat qiladilar. Bunday qo‘shiqlarning oliy namunasi „Chittigul“ turkumiga kiradigan qo‘shiqlar bo‘lishi mumkin. „Chittigul“da mavzu nihoyatda rang-barang va juda jozibali. Chunonchi:
Oq sholiga ko‘k sholi, Oq sholini oqlaylik, Ko‘k sholini ko‘klaylik, Yaxshi kunga saqlaylik, Ha-yu, chittigul,
Ha-yu, chittigul,
singari misralarga nazar soladigan bo‘lsak, bu qo‘shiqda, asosan, g‘alla-sholi to‘g‘risida gap kåtadi. Sholining turi, rangini eslatish orqali sholi hosili juda mo‘l bo‘lganligini; bu mo‘l-ko‘l sholini pala-partish qilib yåb-tamomlamasdan, balki uni ehtiyotlab, tåjamkorlik bilan ishlatish darkorligi bolalar tilidan chiroyli tasvirlangan. Bugungi kunda tåjamkorlik, iq- tisod haqida bolalarga ko‘p gapiramiz. Yuqoridagi qo‘shiqdan ayon bo‘lishicha, ota-bobolarimiz azaldan har bir narsani tåjab-tårgab ishlatishni o‘z farzandlariga qattiq o‘rgatib kålish- gan. Endi mana bu misralarga razm soling:
Jo‘xorilar bo‘ldi oq, Qo‘nma, shum qorayaloq!

19
Agar qo‘nsang, urayin, Bo‘lar oyog‘ing cho‘loq. Haq, huvv!


Ko‘rinib turibdiki, kattalarning måhnati bilan jo‘xori ekil- gan va bugungi kunda u hosilga kirgan. Agar jo‘xori qo‘riq- lanmaydigan bo‘lsa, qush-qumursqalar yåb, ekinni barbod qiladi. Bu ish kånja avlod — bolaga topshirilgan. Bolaning g‘ay- rat-shijoati, ekinni saqlab qolish uchun urinishi, o‘ylaymiz- ki, bugungi bolalarga ham namuna bo‘ladi. „Agar qo‘nsang, urayin, Bo‘lar oyog‘ing cho‘loq“ dåyishi qaysi bolani katta- larning måhnatiga ko‘maklashishga da’vat etmaydi dåysiz!
Bolalarning aytishuv — „Oq tårakmi, ko‘k tårak“ qo‘- shiqlari ham hamma zamonlarda katta shuhrat qozonib kålgan. Bu qo‘shiqda, ko‘pincha, o‘ziga xos obro‘-e’tiborga muyassar bo‘lgan bolalar tilga olinadi. Ularning ibratomuz jihatlari bo- lalar o‘rtasida ta’kidlanishi qo‘shiqning yanada jozibali chiqi- shini ta’minlaydi. Ayniqsa, bu aytishuv qo‘shig‘i bugungi kun, bugungi bolalar to‘g‘risida bo‘lsa, yanada ajoyib bo‘lishi- ni quyidagi parchadan bilish mumkin:
Oq tårakmi, ko‘k tårak, Ko‘m-ko‘k, ko‘m-ko‘k, ko‘k tårak, Bizdan sizga kim kårak? Bizdan sizga kim kårak?
Erkin qo‘zichoq kårak! O‘zi a’lo o‘qiydi, Ola-bula kapalak, Tartibli ham odobli.
Orqa sochim jamalak. Hammani såvar, Oq tårakmi, ko‘k tårak, Tikishda chåvar,
Bizdan sizga kim kårak? Barchadan chaqqon, Xayri qizaloq kårak, Hammaga yoqqan Oppoq-oppoq oq kurak. Go‘zal Ozoda kårak!
Bu kabi aytishuv qo‘shiqlari bolalarni måhnatkash, odob- axloqli, o‘qimishli bo‘lib kamol topishga da’vat etavåradi. Bun- day qo‘shiqlar qanotida o‘sgan har bir bola sog‘lom fikrli, elsåvar bo‘lishiga håch shubha yo‘q.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

    1. Alla-qo‘shiqlar kimlar tomonidan aytiladi?

    2. Alla-qo‘shiqlarda ezgu niyat?

    3. Bu janrda måhnatga, tabiatga muhabbat?

    4. Alla-qo‘shiqlarda o‘yin?

20


Bolalar xalq og‘zaki ijodida maqollar yåtakchi o‘rinda tu- radi. Xalq yaratgan g‘oyat ixcham, chuqur va tugal ma’noli gaplar maqol dåb yuritiladi. Maqol xalqning, bir nåcha av- lodlarning aql-u farosati hamda turmush tajribasining yakuni, ular donishmandligining mahsulidir. Maqollarda hayotning achchiq-chuchugini tatib ko‘rgan, turmushdagi hodisalarga aql ko‘zi bilan qaraydigan, sof vijdonli, oliyjanob, måhnatkash kishining biror voqåa-hodisadan, biror kishidan yoki biror ishdan chiqargan xulosasi bayon qilinadi. Bu xulosa biror kishi uchun (ko‘proq bolalar uchun) yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Maqollar xalqning aql-idroki, ijtimo- iy-tarixiy tajribasi, kurashi hamda måhnatining badiiy ifodasi sifatida yaratilib kålinmoqda.
Maqollar chuqur ma’noni ifoda eta bilishi, ixcham, pi- shiq va puxtaligi bilan xalq og‘zaki ijodining boshqa janrlaridan farq qiladi. Ularda måhnatkash xalqning orzu-umidlari, o‘zaro munosabatlari, vatanparvarlik, insonparvarlik xislatlari, o‘y- fikrlari o‘ziga xos shaklda aks etgan bo‘ladi. Shu sababdan ular bolalarni to‘g‘ri, mantiqiy fikrlashga, maqsadni qisqa, ixcham va lo‘nda bayon etishga o‘rgatadi, ularning badiiy didini oshi- radi, tarixiy hodisalarning mohiyatini yaxshiroq, chuqurroq payqab olishga yordam båradi. Bundan tashqari, maqollar ona tilining eng nozik badiiy xususiyatlarini bilishga va so‘z boyli- gini ham oshirishga ko‘maklashuvchi bir vosita sifatida xizmat qiladi. Kuzatishlarimizdan shunday xulosaga kåldikki, dåyarli barcha maqollarda, birinchi navbatda, bola tarbiyasi — odob yotar ekan. E’tibor båring:
„Avval salom, ba’daz kalom“, „Avval o‘yla, kåyin so‘y- la“, „Bola aziz — odobi undan aziz“, „Inson odobi bilan, os- mon oftobi bilan“, „Odob bozorda sotilmas“, „Odobning bo- shi til“, „Otang bolasi bo‘lma, odam bolasi bo‘l“, „Yaxshi xulq kishining husni“, „Ustozingga tik qarasang, to‘zasan, hurmat qilsang, asta-såkin o‘zasan“, „To‘g‘ri o‘zar, egri to‘- zar“. Bunday iboratomuz maqollar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Bola to‘g‘riso‘z, odobli, aqlli bo‘lib kamol topmog‘i lozim. Ana shunday bola bor ovoz bilan:
— Ong ko‘zimiz ochamiz, Tong ko‘zimiz ochamiz.

21
Boqamiz kång olamga, Barchaga tång olamga! —


dåydigan bo‘ladi. Ularning harakat, intilish, kurashlarida yu- qoridagi maqollarning o‘rni, albatta, katta bo‘ladi.
Bola kamolotida, birinchi navbatda, salom-alik turadi. Sa- lom-alikni o‘rgangan, uni kanda qilmaydigan har bir bola- ning ishi yurishadi, omadi chopavåradi. Axir xalq: „Yaxshi gapga ilon inidan chiqadi“, dåb bejiz aytmagan. Har qanday holatda ham salom og‘irni yångil qiladi, oldindagi to‘siq va g‘oyalarni zabt etishda madadkor bo‘ladi. Salom-alikni dillariga jo qilib olgan bolalar håch qachon kam bo‘lmaydilar.
Ko‘plab ertaklarimizda uchraydigan odamzod dushman- lari — dåvlar, jinlar, yalmog‘iz kampirlar, ajdarlar huzuriga odamzod borib salom bårganida ham ular „Gar saloming bo‘lmaganda ikki yamlab bir yutardim“, dåydilar.
Inson hamisha biror qarorga kålishi, fikr bildirishi, ga- pirishi uchun dilidagi so‘zini nåchog‘lik to‘g‘ri-noto‘g‘ri ekan- ligining mag‘zini chaqib, so‘ngra aytishi lozim. Aksincha bo‘l- sa, o‘ylamay-nåtmay, og‘ziga kålgan gapni aytsa, do‘stlari, muallimlari, odamlar o‘rtasida izza bo‘lib qolishi håch gap emas:
O‘ylamasdan so‘zlash qanday? Månimcha, bu mumkin emas. Odam o‘ylab so‘zlaydi, O‘ylamasang so‘z unmas.
O‘ylamasdan so‘zlagan so‘z Odamni qilar xafa.
Yo‘q, bugina emas, quruq valdirayvåradigan bola, „Qu- ruq so‘z quloqqa yoqmas“ dåganlaridåk, o‘zini-o‘zi hijolat qiladi, el o‘rtasida uyatga qoladi:
So‘zi lop-lop, havoyi, So‘zining yo‘q mag‘iz-moyi. Shunday bola so‘zin el Dågan puchak, quruq yål Yoqmas dågan quloqqa, Bormas dågan uzoqqa.
Måhnatkash xalq to‘g‘ri so‘zlaydiganlarni, o‘rnida gapira- diganlarni bog‘bonga va u parvarish qiladigan daraxtga ham qiyoslashadi:

22
Egri shoxni bog‘bon ham Kåsib tashlar ko‘rgan dam. Shu sabab to‘g‘ri o‘zar, Egri esa ozar, to‘zar.


Bunday g‘oya bir qator ertaklarda, rivoyatlarda ham ilgari surilgan. Luqmoni Hakim bilan bog‘liq „Sukunatning xosi- yati“ rivoyati nåcha asrlardan båri kånja avlod tarbiyasida mu- him o‘rin egallab kåladi:
„Luqmoni Hakim kunlardan bir kuni hazrati Dovudning oldiga boribdi. Dovud, odatdagidåk, sovut zirhli kiyimlar tayyorlar, ya’ni tåmir-tårsaklar orasida ishlab o‘tirgan ekan. Luqmoni Hakim dunyoga kålganidan buyon bunday us- taxonaga kirmagan, bunday kiyimlarning tayyorlanishini ko‘r- magan ekan. Shu boisdan bunday zirhli kiyimlar qanday ki- yimlar ekanligini, uni kimlar kiyishini so‘ramoqchi bo‘libdi. Ammo ustozi: „Avval o‘yla, kåyin so‘yla“, „Sabr qil — sabr- ning tagi oltin“, dåb o‘rgatgan ekan. Shunga amal qilib, sabr qilibdi. Kiyimning tayyor bo‘lishini kutib turibdi. Hazrati Do- vud kiyimni tayyorlab, kiyib olibdi-da, shodlanib, Luqmoni
Hakimga shunday dåbdi:
— Luqmoni Hakim, mana, ko‘rdingizmi, mån sovuq tå- mirdan qanday issiq kiyim tayyorladim. Buni kiyib, båmalol jangga kirib, bosqinchi dushmanning dodini bårish mumkin. Bu gapni eshitgan Luqmoni Hakim: „Sukut qanday buyuk aqllilikdir. Ustozimning aytganini qilib, sukut saqladim-
da, qo‘pol xatodan saqlandim“, dåbdi ichida“.
Har bir bola ilmli, uquvli, kasb-hunarli bo‘lib kamol topishi lozim. Agar inson bunday xususiyatlarga ega bo‘lsa, birinchi navbatda, o‘zi hayotda qiynalmay, o‘zgalarga muhtoj bo‘lmay umr kåchiradi. Ikkinchidan, bunday zotlar o‘z oila- sini ham qiynalmay boqadi, ona-Vataniga ko‘mak båradi. Xalq bu haqda båjizga mana bunday maqollarni to‘qimagan:
Bilim — kuchda, Kuch — bilimda.
Davlat tugar, bilim tugamas. Ilm — aql bulog‘i,
Aql — yashash chirog‘i.
Ilmlining so‘zi — o‘q, Ilmsizning so‘zi — yo‘q.

23
Go‘zallik — ilm-u ma’rifatda.


Oltin olma, bilim ol, Bilim olsang, bilib ol.
Hunar oshatar, måhnat yashnatar. Hunari borning oltin bilagi bor.
Bolalar xalq og‘zaki ijodining, ayniqsa, maqollar janrida kichkintoylarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga mo‘ljallan- gan asarlar alohida o‘rinda turadi.
Bu mavzudagi maqollarning ko‘pchiligi bola hali maktabga chiqmasidan oldinoq ularga tanishtiriladi. Ko‘pincha, bu davr bolalariga Vatanni såvish, unga hurmat qilish g‘oyasi jonivor- lar, parranda-yu darrandalar misolida bo‘ladi.
„Vatani borning — baxti bor“, „Tug‘ilgan yåring — Vata- ning“, „Ot aylanib qozig‘ini topar“, „Vatansiz inson — kuy- siz bulbul“, „Ko‘lning otini balig‘i chiqarar“, „Baliq suv bi- lan tirik, odam — el bilan“, „Bulbulga bog‘ yaxshi, kaklikka tog‘“, „Har ko‘katning o‘z suygan tuprog‘i bor“, „Har toy- cha o‘zi suv ichgan bulog‘ini maqtar“, „Har gulning o‘z isi bor, har elning o‘z tusi bor“, „Qush ham kåtsa kåladi, o‘z elini såvadi“ kabilar shular jumlasiga kiradi.
Xalq maqollarida yaxshilik, halollik, to‘g‘rilik va rostgo‘ylik ulug‘lanib, yomonlik, yolg‘onchilik, qalloblik qoralanadi.
Yuqoridagi sharhlardan ko‘rinadiki, xalq maqollarini qo‘l- lab, yåtti o‘lchab bir kåsib yashagan inson håch qachon kam bo‘lmaydi. Shu tariqa maqol janri takomillashib, bolalar- ning ong-tushunchalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Maqol nima?

  2. Maqol vositasida bola odobi?

  3. Maqolda måhnat?

  4. Maqolda vatanparvarlik?




Qadim-qadim zamonlardan o‘zbek xalqi o‘z bolalarini kuchli, epchil, aqlli qilib tarbiyalashga katta ahamiyat bergan. O‘sha paytlarda hali bolalarga ta’lim-tarbiya beradigan mak- tablar yo‘q edi. Shuning uchun ham xalq turli o‘yinlar o‘y-


24
lab topgan. Masalan, „Bekinmachoq“, „Chillak“ka o‘xshash o‘yinlarda ishtirok etuvchi bolalarda chaqqonlik, epchillik kabi jismoniy xislatlar paydo bo‘la borgan. Xo‘sh, o‘sha paytda bo- lalarning zehnini charxlash uchun nima qilish kerak edi? Òo- pishmoq, jumboq singari aqliy o‘yinlar ana shu savolga javob izlash jarayonida xalq tomonidan yaratilgan. Òopishmoqlarning ham ijodkori xalqdir.


Yuzaki qaraganda kattalar bilan bolalar, bolalar bilan kattalar o‘rtasida topishmoqlar aytish shunchaki bir ermak- day tuyuladi, zerikmaslik uchun, vaqtni tez o‘tkazishga qara- tilganday ko‘rinadi. Aslida esa, topishmoqlar fikr qayrovidir, ular orqali bola obrazli fikrlaydigan va obrazli so‘zlaydigan bo‘ladi. Òopishmoqlar bolada so‘z boyligining orta borishiga va nutqining o‘sishiga yordam beradi. Bolaga topishmoq topishni o‘rgatish unda fikrlashning asta-sekin yuksalishiga sabab bo‘la- di. Demak, xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi va eng faol janrlaridan biri topishmoqdir. Òopishmoqlar inson, ijtimoiy hayot va tabiat hodisalari bilan chambarchas bog‘langan bo‘- lib, hamma vaqt real voqelikka asoslanadi. Unda atrofimizni o‘rab turgan moddiy dunyodagi turli narsalar aks etadi. Har bir topishmoq o‘ziga xos shakl va mazmunga ega bo‘lgan mustaqil bir asardir. Unda falsafiy, tarixiy, etnografik belgilar, tushunchalar, hodisalarning mohiyati nihoyatda go‘zal, obraz- li ifodalar bilan aks ettiriladi. Bu janr ikki kishi yoki jamoa o‘rtasida berilgan jumboqli savolga javob qaytarish tarzida ijro etiladi. An’anaviy topishmoqlarning savol qismi tabiat, tabiat hodisalari, umuman, har bir obyektga badiiy tus berilgan holda obrazlashtirish, taqqoslash, o‘xshatish orqali jumboq- lanadi. Javob qismi esa obrazlar orqali jumboqlangan obyekt — narsa yoki tabiat hodisalarining otini aytib berish, ma’nosini topish, yashiringan narsani yechish, bilishdan iborat.
Shu narsa diqqatga sazovorki, har bir topishmoq tur- mush bilan chambarchas bog‘langan bo‘ladi. Òopishmoqda atrofimizdagi narsalarning badiiy-estetik tomonlari, xalqning urf-odatlari aks etadi. Shuningdek, tabiat, tabiat hodisalari va narsalarni bir-biriga taqqoslash, o‘xshatish orqali borliqni, undagi mavjud narsalarning mohiyatini yaxshiroq tushunishga katta yordam beradi.
Xalq og‘zaki ijodining eng boy janrlaridan biri bo‘lgan topishmoq ikki qismdan iborat bo‘lib, topishmoqning asosiy

25
qismi bo‘lgan javob obrazlar orqali jumboqlangan obyekt- narsaning otini aytib berishdan iboratdir. Uning savol-jumboq qismi tabiat, tabiat hodisalari va narsalarni, umuman, ob- yektni badiiy tus berilgan holda obrazlashtirish, taqqoslash, o‘xshatish orqali jumboqlashdan tashkil topgan. Òopishmoq- ning jumboq qismi bilan javobi birgalikda bir butunlikni tash- kil etadi.


Òopishmoq o‘z ichiga borliqdagi hamma narsa va hodisalar- ni, ularning turli-tuman ko‘rinishlarini qamrab oladi. Osmon, quyosh, oy, yulduzlar, tabiat hodisalari; odam, uning a’zo- lari; hayvonot dunyosi; qushlar, hasharotlar; daraxt, turli xil o‘simliklar, meva, sabzavotlar; uy-ro‘zg‘or buyumlari; meh- nat qurollari, umuman, hamma narsalar haqida ko‘plab to- pishmoqlar yaratilgan.
Zero, topishmoq hozirgi vaqtda ham o‘zining g‘oyaviy, tarbiyaviy ahamiyatini yo‘qotmagan. Hozirgi kunda ham har xil narsa va hodisalar haqida yangidan yangi topishmoqlar yaratilmoqda. Òopishmoqlar, ayniqsa, kichkintoylarning fikr- lash qobiliyatini o‘stirishga, ularni muayyan bir fikrni badiiy tusda ifodalashga va ziyraklikka, topqirlikka o‘rgatadi.
Yaxshi tarbiya bolalarni istagan paytda ojizni himoya qi- lishga tayyor turuvchi insonparvar kishilar sifatida voyaga yet- kazishdan iboratdir. Bolalikda bu hayvonlarni himoya qilish- dan, hatto ninachilar, kapalaklar va gullarga rahmdil bo‘lish- dan boshlanadi.
Deylik, deraza oldida ikki bola turibdi. O‘g‘il bola — ikki yoshda, qiz esa to‘rtda. Ular oynaga burunlarini taqagancha ko‘chani tomosha qilishyapti. Oxiri ko‘chaga qarash jonlariga tegib, oynaga urilayotgan kapalakni tutib olishdi-da, qanot- larini yulib tashlab, uning o‘rmalashini tomosha qila boshlash- di. Ularga bu juda qiziq tuyulardi. Avval uchib yurgan edi, endi bo‘lsa o‘rmalayapti. „Dada, oyi, — deyishdi ular haya- jonlari oshib-toshib. — Bu yoqqa kelib, mana buni ko‘ringlar!“ Ularning bu o‘yiniga dadasining negadir qaragisi ham kelmadi va: „Kapalakning qanoti ham xuddi sizlarning qo‘llaringizga o‘xshaydi, — dedi. — Mabodo, kuchli bir odam sizlarni ham kapalakka o‘xshatib o‘ynaganda yaxshi bo‘larmidi? Hech kim- ning va hech narsaning jonini og‘ritmaslik kerak“.
Òabiiyki, bolalar nima qilishlarini bilmay, bir-birlariga tikilib qolishadi. Ana shunda ota jahlidan tushib, avval o‘zi

26
aytib bergan, bolalarning o‘zlari o‘qigan tabiatni — jonivor- larni, parranda-yu darrandalarni, qurt-qumursqalarni o‘ldir- maslik, parvarish qilish, ko‘paytirishdek vazifalarni ularning eslariga solsa va shu yo‘sinda jozibali topishmoqlar aytishni boshlab yuborsa, ayni muddao bo‘ladi.


Uy hayvonlari, jonivorlar orasida hamma uchun yaqini, suyuklisi, e’zozlisi sigir hisoblanadi. Har qanday holatda ham sigir oila boquvchisi, yordamchisi hisoblanadi. U parvarish qilinsa, o‘z vaqtida o‘t-yemi berib turilsa, sut-u qaymoq bi- lan mehmon qilaveradi. U haqidagi topishmoq ham juda hay- ratlanarli:
Erta ketar laylixon, Kechda kelar laylixon, Òurli-tuman bog‘chalardan, Yig‘ib kelar laylixon.
Bolalar uchun hayvonlar ichida qiziqarlisi tuya hisobla- nadi. Bizning elimizda tuya o‘troq hayvonlardan bo‘lishiga qaramay, bu jonivor hamisha bolalarni o‘ziga rom qilib keladi. Uning tuzilishi, o‘rkachlari, tuyoqlari, og‘zidan oq ko‘pik chiqarishi, yantoq yeyishi, suvsiz, o‘tsiz bir qancha vaqt ha- yot kechirishi, kuch-quvvatda tengsizligi xalq tomonidan to‘p- langan ko‘plab topishmoqlarda o‘z aksini topgan. Òuyalar to‘g‘risidagi har qanday topishmoqni bolalar zo‘r mamnuni- yat bilan tinglaydilar va zukkolik bilan yechadilar:
— Bir qiziq hayvon — Yelkasida tog‘.
Fil emas, ammo Izlari yalpoq.
Iðakdek mayin Junlari yumshoq. Bo‘yni kamalak, Yemishi yantoq. Yurar sahroda Haftalab chanqoq. Òop-chi, Ruqiya, Bu nima?
— ¾
Bolalar, ayniqsa, o‘g‘il bolalar otni juda yaxshi ko‘radilar. Ular hamisha ot boqish, uni parvarish qilish, cho‘miltirish, minish, o‘z chavandozliklarini ot poygalarida, uloqlarda na-

27
moyish qilish fikri bilan yashaydilar. Shu ma’noda ot haqidagi mana bu jumboqni ham osongina yechib oladilar:


Òo‘rt oyoqlik, Òemir tuyoqlik.
Uy hayvonlari va jonivorlari ichida qo‘y o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. U nihoyatda nozikta’b bo‘ladi. O‘t-yemni had- dan tashqari saralab yeydi. Hatto har qanday o‘t-maysani bir tishladimi, tamom, ikkinchi marta unga qayrilib ham qara- maydi. Bu xususiyat quyidagi topishmoqda o‘z aksini topgan:
Kishi ko‘rsa kishnamas, Yerdan cho‘pni tishlamas.
Òopishmoq-jumboqni hamisha aqlli, esli-hushli, bilimdon, dono bolalar yecha oladilar. Chunki har bir topishmoqda ki- shini o‘ylantiradigan, chuqur xayolga, o‘yga boradigan jihat- lar mavjud bo‘ladi. Yo‘lbars to‘g‘risida to‘qilgan quyidagi to- pishmoqda xuddi shu haqda bahs yuritiladi:
Man-man, maniki, Har tirnog‘i o‘n ikki. Qildan ola to‘ni bor, Quyrug‘ida xoli bor. Uni topgan yigitda
Aqlning ko‘p koni bor.
Biz yuqorida topishmoqlarning mavzusi juda rang-barang ekanligini aytgan edik. Buni ari, kapalak, chigirtka, qo‘ng‘iz, chayon, chumoli, o‘rgimchak, pashsha, chivin misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Ular orasida kecha-yu kunduz ishlab charchamaydigan, o‘zaro ahil chumolilarga bag‘ishlangan to- pishmoqlar fikrimizga asos bo‘ladi:
— Yerdagi jonivorlarning Eng kichigi, mittisi.
Dalaga chiqar uydan, Kelsa bahorning isi. Òizilishib barchasi, Mehnatga tushar shaxdam. Òashir ushoq, don-u xas.
Zahmatkashdir, bilmas dam. Yashash zavqin mehnatdan, Ekanligin biladi.
O‘ng-u so‘lga yugurib, Òolmay mehnat qiladi.

28
Xalq topishmoqlari orasida inson a’zolariga bag‘ishlangan ko‘plab topishmoqlar kichkintoylar quvonchiga quvonch qo‘- shib kelmoqda. Shu narsa ham jozibaliki, chevar xalq o‘zi to‘qigan asarida inson a’zolariga alohida urg‘u beradi. Har bir a’zoning inson hayotida juda katta ahamiyat kasb etishini pardoz-andozi bilan tinglovchi ongiga yetkazadi. Ana shunday a’zolardan biri — tish topishmoqda yuksak darajada ta’rifga ega:


Biz-biz edik, biz edik, O‘ttiz ikki qiz edik.
Ikki safga tizildik, Birin-ketin uzildik.
Shov tegirmonning toshi, Oltin egarning boshi.
Shuni topgan bolaning Yuz yigirma ikki yoshi. Bir uychada turadi, O‘ttiz ikki pahlavon.
Birdek kiygan libosi, Birdek ahil-jonajon.
Òopishmoq janri yozma adabiyotning rivojiga ham katta hissa qo‘shgan. Chunonchi, u Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek, G‘afur G‘ulom, Zafar Diyor, Quddus Muhamma- diy, Po‘lat Mo‘min, Qudrat Hikmat, Anvar Obidjon va bosh- qa qalamkashlar tomonidan yaratilgan nazm va nasrda o‘z ifodasini topgan. Masalan, G‘afur G‘ulom „O‘ylashni o‘rga- namiz“, „Buni toping, qizlarim“ asarlarida topishmoq janrini yuksak qadrlaganligini ko‘ramiz. „Buni toping, qizlarim“ to- pishmoq asari kichkintoylarning ong, tushuncha, fikrlarini rivojlantirishda muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi:

  • Òo‘ni silliq, tuki yo‘q. — Malla tukli, sap-sariq, Hammasi to‘q, po‘ki yo‘q, Murabbosi mazalik.

Ichi qizil, ko‘ki yo‘q, Palovga bossa bo‘lar, Uni cho‘qolmas chumchuq, Omborga ossa bo‘lar.
Bu nima, qizim Qunduz? Òishlab ko‘rib, ayt, Mehri,

  • Bumi, dadajon? Òarvuz! — Bumi, dadajon? Behi!

  • Marjon-marjon yumaloq, Mayda yoqutday qizil, Yaproqlari shapaloq, Shirin, nordon, xilma-xil, Qora, qizil, sariq, oq, Qalin, taxir po‘sti bor, Yeb ko‘rmasdan o‘ylab boq. Hamma yerda do‘sti bor, Sen ayt, Mamlakat qizim. Sen ayt-chi, qizim Gulnor.

  • Bumi, dadajon? Uzum! — Bumi, dadajon? Anor!

29
Topishmoq janri bugungi matåmatika darslarini tushu- narli, ta’sirli, qiziqarli qilib o‘tishda, bolalarning o‘y-fikrlarini jamlashda soha muallimlariga ham juda qo‘l kålmoqda. To- pishmoq vositasida matåmatikani o‘zlashtirishga bag‘ishlangan bir muallimning bir soatlik darsi quyidagicha bo‘ldi:


„Mån bir savol o‘yladim, o‘ylagan songa 8 ni qo‘shsak,
12 bo‘ladi. Mån qanday son o‘ylaganman?“ dåb boshlaydi muallim o‘z mashg‘ulotini. O‘quvchilar 4 ta barmoqlarini ko‘- taradilar. Bu vaqtda o‘qituvchi to‘g‘ri ko‘rsatgan hamma o‘quv- chilarni qutlaydi va xato qilganlarga esa yonidagi o‘rtog‘i yor- dam bårishini undaydi. „Bolalar, kim tåz katta bo‘lmoqchi?“ dåb yana so‘raydi. „Mån, mån“ dågan javoblar eshitiladi.
„Unday bo‘lsa, hammamiz 2- sinf o‘qish kitobidagi jumboq- lardan yåchamiz“ dåb quyidagi shå’riy masalani o‘qiydi:
— Bordir 10 ta quyonim, Juda yuvosh, muloyim. Dildan såvib qaraydi, Jajji singlim Guloyim. Ikkitadan o‘novin,
Bor yigirma qulog‘i. Sanab boq-chi, Nodirvoy, Nåchta ekan oyog‘i?
Bu jumboq-masalani yåchishda bolalar ancha qiynalishadi. O‘qituvchi yordamida 40 oyog‘i borligi aniqlanadi. Shunda o‘qituvchi: „Ha, bolalar, birdan katta bo‘lish, 2- sinfda o‘qish ancha qiyin ekanmi? Buning uchun nima qilish kårak?“ dåb so‘raydi. Bu savolga ham o‘qituvchi yordamida, avval birinchi sinfda yaxshilab o‘qish, o‘rganish kårakligi tushuntiriladi.
Yuqoridagi sharhlardan ko‘rinadiki, bola topishmoqsiz o‘smaydi. U kattalar, bolalar davrasida ko‘plab fikrlar qayro- vi — jumboq tinglaydi, o‘zi ham qatnashadi va yechadi. Bu esa uning kelajakda o‘ziga pishiq-puxta, aqlli, zakovatli inson bo‘lib kamol topishi uchun mustahkam zamin bo‘ladi.
Darsni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Topishmoq qanday janr?

  2. Topishmoqning ba’zi fanlar bilan yaqinligi?

  3. Topishmoqlarning aqllarni charxlashda tutgan o‘rni?

  4. Topishmoq va yozma adabiyot?

30


Insoniyat odobining va odamiylik asosining ulug‘ qasri ustunlaridan biri — so‘zlash va nutqning qimmatbaho gavha- rini muloyimlik va odob parmasi bilan teshmoq hisoblanadi. Insoniyat kamoloti va bilimining baland martabalaridan biri chiroyli gapirish va chiroyli so‘zlash bo‘lib, bu bog‘ning guli ilk bahoristonning nasimi bilan ochiladi. Yunon hakimlarining aytishlaricha, til har bir aql sohibi fazilati xazinasining kali- tidir va har kimsaning bilimi miqdori uning so‘zlari orqali ma’lum bo‘ladi. Inson yuragidagi fikrini, yutuq va quvon- chini, dard va alamlarini o‘zgalar bilan dardlashishi, baham ko‘rishi lozim. Chiroyli, burro, dona-dona qilib gapirish ham bir mahorat, san’at hisoblanadi.
Xalqda chaqaloq olamga kelishi va unga parvarish ishlari boshlanishi bilanoq ota-ona, buvi-bobolar, birinchi navbatda, uning ko‘zi, tiliga ko‘proq e’tibor beradilar. Ko‘zlarining nu- rafshon, tilining burro bo‘lishi uchun bor kuch, mahoratla- rini ayamaydilar. Inson gapirmasa, soqov bo‘lsa, bu juda og‘ir, mushkul savdo hisoblangan. Shunga ko‘ra qadim-qadim zamonlarda bolaga alla-qo‘shiq aytishda onalar bu haqidagi ezgu niyatlarini quyidagi kabi misralarda ifoda etishgan:
Uyingga bug‘doy to‘lsin, Òiling ham burro bo‘lsin, Alla, bolam, alla-yo, Jonim bolam, alla-yo.
Ko‘rar ko‘zim, alla-yo, So‘zlar so‘zim, alla-yo!
Xalq og‘zaki ijodining eng ko‘p tarqalgan va muhim janr- laridan biri tez aytish bolaning tilini ravon, burro qilishidan tashqari, aqliga aql qo‘shadi, ongini rivojlantiradi, xotirasini mustahkamlaydi, ota-onasiga, el-yurtiga, o‘zini qurshab ol- gan olamga nisbatan mehr-muhabbatini oshiradi. Boshqacha ibora bilan aytganda, yangi avlod har gal o‘zidan avvalgi av- lodlar kashf etgan narsalarni hisobga oladi, o‘zlashtiradi. Bu yo‘l, shubhasiz, boshqalariga qaraganda oqilona, foydali, por- loq kelajak yo‘lidir.
Òez aytishni qayta-qayta mashq qilish, berilgan matnni osongina dilga, tilga jo qilib olish har tomonlama foydalidir. So‘z o‘yini bilan ijro etiladigan har bir tez aytish zamirida

31
bir nechta vazifalar yotadi. Shulardan birinchisi qayta-qayta mashq qilish, tinimsiz takrorlash natijasida bolaning nutqi o‘sadi, tili ravon bo‘ladi. Bularning hammasi yig‘ilib kelib bola tarbiyasiga bog‘lanadi. Bola olamga kelishi bilanoq uni kelajakda komil inson bo‘lib o‘sishi uchun mana shunday chora-tadbirlarni qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Bu ish kechiktiril- sa, ko‘zlangan natija chiqmay qolishi mumkin. Quyidagi tåz aytish shu asosda yuzaga kålgan:


Novvoy non yopar, Nonni novvot dåb sotar.
Asal — eng shifobaxsh, hamma birdek suyib iste’mol qila- digan taomlardan biri. Ko‘pchilik bolalar asal qanday qilib paydo bo‘lishini bilmaydilar. Unga bag‘ishlangan quyidagi tez aytishda asal bunyodkori — asalarini boqish, parvarish qilish tufayli bu mahsulot paydo bo‘lishi haqida gap ketadi:
Mamadali, Asadali, Asqarali Boqishadi asalari,
Òo‘plagani asal bari.
Kichkintoylar uy jonivorlarini, ayniqsa, mushuk, kuchuk, buzoq, uloq, qo‘zichoqlarni xush ko‘rishadi. Bular haqidagi tez aytishlarni jon-dillari bilan tinglashadi hamda o‘zlari ham takror-takror aytishadi. Quyidagi kabi tez aytishlar ularning qalblarida bir umrga muhrlanib qoladi:
Yosh mushuk, Mosh mushuk. Mosh mushuk, Bosh mushuk.
Mehnatkash xalq o‘z ijodida hech narsaga befarq qara- magan. Hatto insonning kiyim-kechagi, boringki, dastro‘mol-u sochiqlar to‘g‘risida ham munosabat bildirgan. Qarang, „So- diq sochini sochiqqa artdi“. Bu tez aytishga asos bo‘lgan narsa, birinchi navbatda, inson yuvinib-taranib, pokiza bo‘- lib yurishi lozim. Ikkinchidan, o‘zi tutadigan buyum ham risoladagidek bo‘lmog‘i kerakligi tez aytishda ko‘zga tashlanib turibdi.
Odamzod ota-ona, buvi-bobolar yordami, ularning aytib beradigan alla-qo‘shiq, maqol, masal, topishmoq, ertaklari bilan kamol topadi, o‘sadi, ulg‘ayadi. Odob, o‘qish, kasb-

32
hunarni egallash ham shu zaylda kamolot cho‘qqisiga ko‘- tariladi. Inson qanchalik og‘ir-bosiq bo‘lsa, u hamisha ezgulik sari intilsa, kurashsa, kam gapirib ko‘p o‘qisa, o‘rgansa, o‘z sohasining yetuk kishisi bo‘lsa, u baxtiyordir. Ana o‘shanda xalq to‘qigan quyidagi tez aytish ham zoye ketmagan bo‘ladi:


Ko‘p so‘zning ozi yaxshi, Oz so‘zning o‘zi yaxshi.
O‘zbekistonning yer osti va usti boyliklari juda ko‘p. Biz bu bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi. Marmar toshimizning sifati, chidamliligi, ko‘rkamligi jahonga mashhur. Shu mavzuga bag‘ishlangan tez aytish bolalarda ona-Vatanimiz boyligiga faxr hislarini yanada jo‘sh urdirib yuboradi:
G‘ozg‘onning marmari jahonga mashhur, Bizning g‘ozg‘onchilar shuning uchun mag‘rur.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Tåz aytish qanday janr?

  2. Tåz aytishning vazifasi?

  3. Tåz aytishning maqol janriga yaqinligi?

  4. Tåz aytish vositasida odob, måhnat, vatanga muhabbat?




Xalq og‘zaki poetik ijodidagi eng boy va rang-barang janrlardan biri ertaklardir. Xalq tomonidan yaratilgan ko‘plab ertaklarda bolalarning o‘ziga xos hayoti chetlab o‘tilmagan. Hatto turli yoshdagi bolalar uchun juda ko‘p maxsus ertak- lar yaratilgan.


Ertakning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti, kurashi, tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, urf- odatlari bilan chambarchas bog‘lanishi, insonlarga axloqiy va ma’naviy yo‘ldosh bo‘lib kelishidadir. Ertaklar insonning ma’naviy va jismoniy kuchiga ishonch ruhi bilan sug‘orilgan bo‘lib, ijobiy kuchlar tabiat va ijtimoiy hayotda o‘ziga dush- man bo‘lgan kuchlarga qarshi kurashda doimo g‘olib chiqadi. Xalq ertaklarida ijtimoiy muhim masalalar odilona hal etiladi. Ertaklar sodda va tushunarli bo‘lgani uchun har qanday ki- tobxonga tez yetib boradi. O‘tmishda yaratilgan ertaklarda xalqchillik kurashi o‘zining haqqoniy badiiy ifodasini topgan-

  1. Bolalar adabiyoti va ifodali o‘qish 33

dir. Xalqning kelajakka bo‘lgan ishonchi, adolatning adolat- sizlik ustidan g‘alabasi, yorug‘likning zulmatni yengishi, ozod va baxtiyor hayotga erishish g‘oyalari yorqin obrazlar orqali tasvirlangan.
Xalq ertaklari o‘z xususiyatlariga ko‘ra bir necha turga bo‘- linadi: hayotiy ertaklar, hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli- afsonaviy ertaklar, ijtimoiy-maishiy ertaklar.
Xalq ertaklarida el-yurtni ko‘z qorachig‘iday avaylab saq- lovchi ajoyib qahramonlar ulug‘lanadi, ayollarning haq-hu- quqlari himoya qilinadi, uzoq masofalar yaqin qilinadi, kishi- lar xarakteridagi yaramas odatlar, noma’qul illatlar tanqid ostiga olinadi, mardlik, epchillik, dovyuraklik, mehnatsevar- lik, halollik, vafodorlik, saxiylik g‘oyalari ulug‘lanadi.

Bu yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan ertaklarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo‘ladi. Avval eslatib o‘tganimizdek, bu yoshdagi bolalar hali olam nima ekanligini bilmaydilar. Shu- ning uchun ularga tavsiya etiladigan ertaklar tabiat, hayvonot olami, do‘stlik, mehnat ahli, jamoa, odob-axloq to‘g‘risida bo‘lishi foydadan xoli bo‘lmaydi.


Bu davr bolalariga „Chivinboy“, „Qizg‘anchiq it“, „Òu- yaqush bilan qoplon“, „Maqtanchoq quyon“, „Rostgo‘y bo- la“, „Arilarning g‘azabi“, „Òulki bilan turna“, „Sholg‘om“,
„Qumursqa“, „Kaptar sovg‘asi“ kabi ertaklarni o‘qib berish foydalidir.
Bog‘cha tarbiyachilari va ota-onalar oldidagi vazifalardan eng muhimi kichkintoylarni mehnatga muhabbat ruhida tarbi- yalashdir. Bolani yoshligidan boshlab bir ishga o‘rgatish, kichkinalik vaqtidanoq unga bir yumush berib, ish qilishga odatlantirish lozim. Unga beriladigan ish ahamiyatsiz, hatto
„ish“ nomi berishga loyiq bo‘lmasa ham undan keladigan foyda juda katta. Chunki bunday ishlar mehnatni sevishga o‘rgatadi. Bu borada xuddi inson kabi tinib-tinchimas måhnatkash qumursqalar va ular haqida xalq to‘qigan „Qumursqa“ ertagi- ni shu yoshdagi bolalarga o‘qib, hikoya qilib, aytib bårish yaxshi samara båradi. Kichkina bolalar u yoqda tursin, hatto kattalar ham uncha månsimaydigan qumursqaning ishchanli-

34
gini, kåchasi-yu kunduzi tinmay måhnat qilishini uni kuzat- gan odam såzadi, xolos.


Hayotda shunday: kim ko‘p ishlasa, tinim bilmay måhnat qilsa, sog‘ligi yaxshi bo‘ladi, boy-badavlat yashaydi, håch kimga håch qachon xor-zor bo‘lmay umr kåchiradi. Qumurs- qa maqtanchoq emas, u oddiy va sodda. Shu oddiyligi, sod- daligi, måhnatkashligi bilan ajralib turadi.
Savol-javoblarda muz, bulut, quyosh, yomg‘ir, yår, o‘t, mol, bo‘ri, mårgan-u sichqon kabilardan ham qumursqa ustun chiqadi. Qumursqaning o‘ziga bårilgan ta’riflarda ham bu ma’no ko‘zga yaqqol tashlanib turadi:

  • Qorning nima uchun katta?

  • Jigarim zo‘r, — dådi qumursqa.

  • Båling nima uchun ingichka?

  • Måhnatim zo‘r!

  • Kallang nima uchun katta?

  • Davlatim zo‘r! Måhnatim zo‘r, savlatim zo‘r, mån zo‘r, mån zo‘r!

Bu yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan ertaklarning asosiy qismini to‘g‘ri so‘z, halol, pok bo‘lish, yolg‘on gapirmaslik, birovlarni aldamaslik kabi mazmundagi asarlar tashkil etadi. Masalan, „Rostgo‘y bola“ (turkman xalq ertagi)ni olib ko‘- raylik. Ertak qahramoni to‘g‘riso‘zligi, kattalarning pand- nasihatlariga quloq solishi bilan yosh kitobxonda yaxshi taas- surot qoldiradi, ko‘p bolalarning havasini kåltiradigan ish qiladi. Qaroqchilar azaldan yomon odamlar. Ular har doim zo‘ravonlik qilib, bosqinchilik qilib, birovlarning mol-mulkla- rini tortib olishgan.
„Rostgo‘y bola“da ota karvon bilan yo‘lga chiqqan o‘g‘- lining qo‘liga qirq tanga oltin bårib: „O‘g‘lim, håcham yolg‘on gapirma, halol bo‘lgin“, dåb nasihat qilibdi. Karvon yo‘lda qaroqchilarga duch kåladi. Qaroqchilar noinsoflik, bosqinchilik bilan hammani talaydilar, mol-mulkini tortib oladilar. Ammo bolaga mutlaqo e’tibor bårmaydilar. Ota nasihatini olgan bola to‘g‘riso‘zligi bilan qaroqchi, bosqinchi, yo‘lto‘sarlikda nom chiqargan bir nåcha muttahamni tarbiyalaydi, ularni halolligi- yu to‘g‘riso‘zligi bilan mag‘lub qiladi:
„Savdogarlar yo‘l yurishsa ham mo‘l yurishibdi, bir joyga yåtib borishganda ularga qaroqchilar hujum qilishibdi. Qaroq-

35
chilar o‘zaro maslahatlashib, „Mana bu yalangoyoqqa u-bu narsa bårsakmikan“, dåyishibdi.


Qaroqchilardan biri bolani masxara qilib so‘rabdi:

    • Ey, yalangoyoq, såndan nimani ham olish mumkin?

    • Månda qirqta oltin tanga bor, — dåb javob båribdi bola.

    • Sånda qirqta oltin tanga nima qilsin? — dåyishibdi qaroq- chilar kulib. Shunda bola choponining yoqasini yirtib, oltin tangalarni ko‘rsatibdi.

    • Någa bularni bizga ko‘rsatding? — dåb so‘rashibdi qa- roqchilar. — Biz sånga pul bårmoqchi edik, endi bo‘lsa, buni ham olib qo‘yamiz.

    • Håchqisi yo‘q, otam halol bo‘l, yolg‘on gapirma, dåb o‘rgatgan, — dåbdi bola. Bundan hayron bo‘lgan qaroqchilar savdogarlarga mol-mulklarini, pullarini qaytarib bårib, halol måhnat qilish uchun qaroqchilikdan voz kåchishibdi“.

„Sholg‘om“ (rus xalq ertagi) bu davr bolalar kitobxon- ligida asosiy o‘rinda turadi. Ertak juda oddiy va sodda. Ammo ma’no va mazmuni, asarning tarbiyaviy ahamiyati kutilgani- dan ham ziyoda.
Ertakda ortiqcha so‘z, ortiqcha qahramon yo‘q. Hammasi risoladagidåk. Boboning sholg‘om ekishi va bo‘liq sholg‘omni ko‘plashib yulib olishi zikr etiladi. Ammo unda kichkintoylar bilib, quloq solib o‘sadigan jihatlari ko‘p. Birinchidan, bobo- ning måhnatkashligi yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Moboda bobo sholg‘omni yårga ekib, tåk qo‘yib qo‘yganida u mutlaqo kattakon bo‘lib o‘smagan bo‘lar edi. Boboning o‘yi-xayoli sholg‘omda. Kåchasi-yu kunduzi sholg‘omga ishlov båradi, påshana tåri to‘kib, ko‘p måhnat qiladi. Dåmak, ertakda bo- lani måhnatkash bo‘lishga, xuddi shu bobo kabi dalada ishlashga chaqiriladi.
Ikkinchidan, bola båshikdan boshlab ahil, do‘st bo‘lib o‘sishi kårak. Kimki do‘stlar bilan, jamoa bilan hamfikr, hamkor bo‘lib o‘ssa, o‘ziga ham, o‘zgalarga ham yaxshi.
Yana ertakka murojaat qiladigan bo‘lsak. O‘sha bo‘liq, kattakon sholg‘omni yårdan tortib, sug‘urib olish masalasi yosh kitobxon uchun juda qiziqarli. Bobo, buvi, nabira, ku- chuk, mushuk, sichqonlarning bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishlari bolalarni xursand qiladi. Ularda shunday qilib
„Kuch — birlikda“ tushunchasi paydo qilinadi. Ertakning uchinchi jihati maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning or-

36
zu-niyati bo‘lmish tabiatni såvish, jonivorlarni asrash, avay- lash o‘ziga xos o‘rinda turadi. Kichkintoylar kuchuk, mu- shuk, hatto sichqonni ham boqish, asrab-avaylash lozim ekanligini bu ertak orqali bilib oladilar.


Xuddi bobo singari måhnatkash bo‘lish, kuch birlikda ekanligini dilga jo qilib kamol topish, ayniqsa, ertak tinglov- chining dil to‘ridan joy olishi ertakning tarbiyaviy ahamiyati katta ekanligidan dalolat båradi.
Bu yoshdagi bolalar hayvonlar o‘rtasidagi o‘zaro ahillik va do‘stlik kabi xislatlarni bilishni istaydilar. Hayvonot olamida do‘stga mehribonlik ko‘rsatish, bir-biriga g‘amxo‘r bo‘lish, yordam qo‘lini cho‘zish bor ekanligi „Arslon bilan it“, „Òu- yaqush bilan qoplon“, „Echki, qo‘y va bo‘rilar“ kabi ertak- larda beriladi. „Òuyaqush bilan qoplon“ ertagiga nazar tashlay- digan bo‘lsak, unda xuddi odamlar orasida bo‘lganidek, hay- vonlar o‘rtasida ham bir-birlariga yordam berish, ayniqsa, boshlariga kulfat tushganda yurakdan, samimiy ko‘maklashish g‘oyasi yotadi:
„Qoplonning boshiga musibat tushibdi. Òomog‘iga katta bir suyak qadalib qolibdi. Dod-faryod qilibdi. Òuyaqush yordamga kelib:

  • Osmonga qarab og‘zingni ochib tur, men suyakni olib qo‘yay, — debdi qoplonga.

Qoplon osmonga qarab og‘zini ochib turibdi. Òuyaqush uzun tumshug‘ini qoplonning og‘ziga solib, tiqilib turgan suyakni sug‘urib tashlabdi.
Qoplonning ko‘zlari ravshan bo‘lib, o‘limdan qutulibdi.
Biroz joni orom olgandan keyin qoplon tuyaqushga qarab shunday debdi:

  • Sen mard ekansan, menga yaxshilik qilding, endi ikka- lamiz do‘st bo‘lamiz, zarur vaqtda bir-birimizga yordamga kelamiz, — debdi. Òuyaqushga bu gap ma’qul bo‘libdi. Òuya- qush bilan qoplon ikkalalari do‘st bo‘libdilar.

Xalqda „O‘zga bilan do‘st bo‘ldingmi, bir umrga bo‘l, uni yaxshi-yomon kunlaringda sinama va unga riyokorlik ko‘rsat- ma,“ degan gap bor. Òuyaqush bu yo‘ldan bormabdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tibdi, kunlardan bir kun u qoplonni sinamoqchi bo‘lib, jo‘rttaga:

  • Voy dod, o‘lyapman, qoplon, meni qutqar! — deya bor ovozi bilan qoplonni yordamga chaqiribdi.

37
Qoplon chin so‘zli, do‘stga sadoqatli, g‘amxo‘r va mehri- bon bo‘lganligi uchun zudlik bilan tuyaqushning oldiga shox- butoqlar orasidan ustidagi junlari yulinib, harsillab yetib ke- libdi. Lekin u tuyaqushning yuzidagi tabassumni ko‘rib hay- ron bo‘libdi. Òuyaqushning surbetlik bilan „Ko‘rmaganimga ancha vaqt bo‘ldi, ahd-paymonimiz esingdan chiqib qolma- dimi, deb sinab ko‘rmoqchi edim“, degan gapidan qoplon qattiq ranjibdi, dili og‘ribdi, do‘stidan ko‘ngli qolibdi.


Do‘stini aldagan o‘zini aldagan bo‘ladi. Sen birovni bir marta aldadingmi, tamom, u senga ikkinchi marta ishonmaydi. Òuyaqush bilan ham xuddi shunday bo‘libdi. Boshqa kuni bo‘ri uni ushlab yeb qo‘ymoqchi bo‘lib turganida, qancha ba- qirib-chaqirmasin, qoplon tuyaqushning ovozini eshitsa ham,
„Do‘stim jo‘rttaga dodlayapti“, deb o‘ylabdi va uning oldiga bormabdi. Òuyaqush bo‘riga yem bo‘libdi“.
Kaptar azaldan inson bilan yaqin yashagan, insondan panoh izlagan, insonga ko‘mak bårgan. Kaptar qadimda bir yurtdan ikkinchi yurtga, bir odamdan ikkinchi odamga mak- tublar olib borib bårib, aloqachilik vazifasini ham o‘tagani ma’lum. „Kaptar sovg‘asi“ (tamil xalq ertagi)da inson va kap- tar taqdiri haqida gap boradi.
Ertak qahramoni Kijavanning ahvoli og‘ir, kimsasiz o‘r- monda bir parcha nonga muhtoj bo‘lib hayot kåchiradi. Uning qushlar, hayvonlarning tilini bilishi, ular bilan xuddi inson- lar bilan gaplashgandåk suhbat qurishi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga xush yoqadi. Kichkintoylarning ham o‘sha Kijavan kabi qushlar bilan, hayvonlar bilan suhbat qurgilari kåladi. Kijavan sog‘lom, to‘q, tåtik jonivor, qushlar bilan gaplashsa, xo‘p yayrab xursand bo‘ladi. Ba’zi hollarda och, zaiflarning yurak dardlarini tinglab, ularga qo‘shilib aziyat chåkishi, ko‘z yoshi to‘kishi bolalarning qalblariga yaxshilik urug‘ini sochadi, ular ham xuddi Kijavan kabi bo‘lishga ha- vasmand bo‘ladilar. Kijavanning majruh kaptarga g‘amxo‘rlik qilishi kichiktoylarga quvonch ulashadi:
„Bir kuni Kijavan juda qattiq och qolibdi. Biror narsa tamaddi qilay dåsa, håch vaqosi yo‘q. U o‘ylab-o‘ylab, oxiri tayoq olib, o‘rmonga jo‘nabdi. O‘rmonni aylanib-aylanib, u yårda håch narsa topolmay, uyiga qaytibdi. Yo‘lda kåtayotib:

    • Många yordam bår, — dågan zaif bir tovushni eshitib qolibdi.

38
Kijavan bunday qarasa, u yårda bir kaptar yiqilib yotgan emish.



  • Mån ucholmayman, qutqar, — dåb yalinibdi u Kija- vanga. Kijavanning båchora kaptarga rahmi kålibdi. Uni yårdan avaylab ko‘tarib olib, bag‘riga bosganicha, yo‘lida davom etibdi. Kapasiga kålib, qushni ehtiyotlik bilan yumshoq o‘ringa yot- qizibdi.

  • Tuzalib kåtguningcha månikida yashaysan. Håch narsa- dan qo‘rqma, såni xafa qilishlariga yo‘l qo‘ymayman. Qo‘- limdan kålganicha sånga yordam båraman. Låkin hozircha sånga ovqat båray dåsam, uyda yåydigan håch vaqo yo‘q, — dåbdi xafa bo‘lib Kijavan.

  • Qayg‘urma, — dåbdi kaptar uni tinchlantirib, — o‘r- monda mango daraxti bor. Daraxt kavagining ichida guruch bor, borib shu guruchni olib kål.

Daraxt kavagining ichida guruch bilan birga oltin, ku- mush, olmos, dur va boshqa qimmatbaho toshlar yog‘du so- chib yotgan bo‘ladi. Kijavan o‘sha yårdan bir siqim guruchni oladi, xolos. „Bu toshlarni nima qilardim, axir o‘zimni båzatish niyatim yo‘q-ku?“ dåb ularga tågmaydi“.
Guruchni majruh kaptarga yådirishidan kitobxon xursand bo‘ladi. Saxiy, qo‘li ochiq, ko‘ngli to‘q Kijavanga nisbatan bo- lalarning måhr-muhabbatlari oshadi. Kijavanga kaptarning uzuk sovg‘a qilishi, uzuk oddiy emas, balki såhrli ekanligi, Kijavan nimaiki so‘rasa, uzuk uning istagini muhayyo qilishi ertak tinglovchini qoyil qoldiradi. Ularda yaxshilikka yaxshilik qaytar ekan-da, dågan fikr paydo bo‘ladi.
Qo‘li ochiq bo‘lish, saxiylik qilish, do‘stga sodiqlik namu- nasini ko‘rsatish bu davrda tinglaydigan ertaklarning katta qis- mini tashkil etishi kerak. „Òulki bilan Òurna“ ertagiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu holning butunlay teskarisini ko‘ra- miz. Dunyoda tulki zotidan mug‘ambir, pismiq, aldamchi, riyokor bo‘lmasa kerak. Ko‘p ertaklarda turna insonga yaqin yuradi, unga ko‘maklashadi, yordam beradi, saxiylikda ibrat ko‘rsatadi.
Ertakda tulki va turnaning bir-birlarini uylariga chaqirib mehmon qilishlari haqida gap boradi. Maqtanchoq, mug‘am- bir, ayyor tulki oddiy, sodda turnani uyiga chaqirib: „Albatta kelgin, jonginam, albatta, azizam, yaxshilab mehmon qila- man!“ deydi.

39
Ba’zan yangi do‘stining fe’l-atvori qanday ekanligini yax- shi bilmay, yurakdagi borini oshkor qiladigan bolalar kabi, turna ham tulkiga ishonadi, chinakamiga meni mehmon qilar ekan-da, degan o‘y-xayol bilan uning uyiga keladi. Òulki shirguruch pishirib, uni likopchada turnaning oldiga qo‘yadi. U uzun tumshug‘i bilan likopchaga taq-taq uradi, ammo hech narsa yeya olmaydi. Ayyor tulki esa bir zumda shirgu- ruchni o‘zi yeb qo‘ladi.


Ertakda turnaga alam qiladigan joyi shuki, tulki o‘zi pi- shirgan taomni o‘zi yeb, yana xushomadgo‘ylik bilan: „Aybga qo‘shmaysan-da, jon do‘stim! Yaxshilab mehmon qilishga boshqa narsa topa olmadim!“ deya surbetlik qilib turishi bo- lalarning qahr-g‘azabini keltiradi. Ularni hayotda tulki kabi ochko‘z, aldamchi bo‘lmaslikka da’vat etadi.
Ertakda turnaning ham bo‘sh kelmasligi, tulkini uyiga chorlab, mo‘ndiga o‘zi tayyorlagan ovqatni quyib, uni bir zumdayoq, uzun tumshug‘i bilan o‘zi yeb qo‘yishi kichkin- toylarni xursand qiladi. Ularda qilmish-qidirmish, sen birovga nima qilsang, senga ham, albatta, qaytib keladi, degan tu- shuncha hosil bo‘ladi.
Xullas, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar o‘zlari tinglagan ertaklari yordamida atrof olam bilan tanishib, nima yaxshi-yu nima yomonligini bilib o‘saveradilar.

Avval ta’kidlab o‘tganimizdek, bu davr bolalari maktabga o‘zlari mustaqil boradigan, ozmi-ko‘pmi kitoblar o‘qiydigan darajada bo‘ladilar. Bu davr bolalariga o‘qish uchun tavsiya etiladigan ertaklarning ham ko‘p qismi ona-Vatan, tabiat, axloq-odob, mehnat, o‘qish haqida bo‘lishi talab etiladi.


„Zumrad va Qimmat“, „Oltin tarvuz“, „Dehqon bilan ayiq“,
„Non va tilla“ (arab xalq ertagi), „Haqqush“ (tojik xalq ertagi), „Danak“ (qirg‘iz xalq ertagi), „Qizg‘anchiq Pak“ (koreys xalq ertagi), „Kuchuk va topqirlik“ (latish xalq er- tagi), „O‘tinchi yigit“, „Bo‘ri bilan echki“ singari asarlar ki- chik maktab yoshidagi bolalar sevib o‘qiydigan ertaklardir.
Bu yoshdagi bolalarga ko‘proq ig‘vo, g‘iybat, munofiqlik- dan yiroq bo‘lgan ertaklar yoqadi. Negaki, yaxshi, mukam-

40
mal tarbiyalangan bola boshqalarga hech bir ozor yetkazmas- ligini, takabburlik qilmasligini, hech kimga haqorat ko‘zi bilan qaramasligini, rostgo‘y bo‘lishini avvalgi davr bolalar kitob- xonligida tavsiya etilgan ertaklar orqali bilib olishgan. Demak, u o‘zidan kattalarga hurmatli, kichiklarga shafqatli va marha- matli, shirin so‘zli va xushmuomala bo‘ladi. Mana shularga o‘xshash go‘zal xislatli bolalarni el sevadi, e’zozlaydi. „Zum- rad bilan Qimmat“ ertagidagi Zumrad xuddi shunday fazilatli obrazlardan biridir.


Zumrad! Xalq orzu qilgan, istagan, e’zozlagan qizlarning yorqin timsoli. Bugungi qizaloqlar Zumraddan qanchalik ibrat olishsa, Zumrad kabi chiroyli, odobli, muloyim, aqlli, meh- natsevar bo‘lishsa arziydi. Qarang, yo‘lda lolalar, rang-barang gullar Zumradni ko‘rib, boshlarini egib, unga salom beradilar. Zumrad maysalar ustida o‘tirib dam olganida, gullar uni olqishlab, bulbullar quvonib, unga qo‘shiqlar aytib berishadi. Xo‘sh, bunday maqtov, bunday e’zoz qaysi qizaloqqa yoq- maydi! Hammaga yoqadi. Bunga muyassar bo‘lish uchun esa tinimsiz mehnat qilish, kattalarning, ota-onalarning, mual- limlarning o‘git-nasihatlariga qattiq amal qilish kerak. Ana o‘shandagina xuddi Zumrad kabi behisob boylig-u shon-sha- rafga, hurmatga sazovor bo‘lish mumkin.
Zumrad aslida kim? U bir o‘gay ona qo‘lida so‘kish, qarg‘ish eshitib, bir burda nonga muhtoj bo‘lib yurgan qizcha. Zumrad el såvadigan darajada chiroyli, odobli, muloyim, aqlli. Uni bir ko‘rgan, bir suhbatlashgan kishi yana ko‘rsam, suh- batlashsam dåb orzu qiladi.
Zumrad otasini, odamlarni yaxshi ko‘radi, hayvonlarni, tabiatni, maysa-yu o‘tloqni såvadi, ularga xizmat qiladi. Hammasiga muloyim boqib, qo‘li bilan silab-siypalab erkalaydi. Bundan gullar, o‘t-o‘lanlar, bulbullar quvonib, unga qo‘- shiqlar aytib bårishadi.
Ammo shu gullar kampirning arzandasini såvmas, uni erkalamas ekanlar, bu qiz gullarga ozor bårar, ularni yulib tashlar, tåpkilar ekan, lolalar, gullar Qimmatning kålishini bilib qolsalar, qovoqlarini solib, yumilib olarkanlar. Yovuz kampir bundan g‘azablanar ekan va buni Zumraddan ko‘rar ekan. Bir kuni kampirning niyati buzilibdi, u Zumraddan qutulmoqchi bo‘libdi, cholni chaqirib olib, unga dag‘dag‘a qi- libdi. „Qizingni o‘rmonga olib borib adashtirib kålmasang,

41
mån sån bilan turmayman!“ dåbdi. Ota nochor. U o‘ta kam- pirga itoatkor. Någaki kampir uni so‘kib, haqorat qilib, yura- gini olib qo‘ygan, o‘ziga itoatkor qilib olgan. Chol Zumradni aldab, qorong‘i, shovqinli, qo‘rqinchli o‘rmonda adashtirib kåladi. O‘rmonda yolg‘iz zor qaqshab qolgan qizchaga gullar shu’la sochib, uning yo‘lini nurafshon qilib turadi. Zumrad såhrgar huzuriga kirar ekan, unga egilib salom båradi, bo- shidan kåchirgan voqåalarni bir-bir bayon qiladi. Qushcha- larning Zumradni maqtab sayrashlari kampir qalbini shodlikka to‘ldiradi.


Zumrad måhnat bolasi. Måhnat qilgan elda aziz, dågan- laridåk, uning yålib-yugurib ishlashi kampirga xush yoqadi.
„Oppoq qizim, shirin qizim, do‘mbog‘im, munchog‘im!“ då- ya uni erkalaydi, påshanasidan o‘pib, sochini silaydi.
Zumrad halol-pokligi, shirinso‘zligi, måhnatkashligi, kat- tani hurmat qilishi, kichikni e’zozlashi bilan såhrgarning mu- habbatini qozonadi. Shu sababli såhrgar Zumradni tångsiz boylik bilan siylaydi, uni baxtiyor qiladi.
Måhnatkash xalq o‘z farzandlarini xuddi Zumrad kabi ishchan, måhribon, iboli, boy-badavlat bo‘lishini orzu qilgan. Låkin Qimmat kabi erka, tanti, ishyoqmaslarni yomon ko‘rgan. Qimmat obrazi ishlamay tishlashga o‘rganib qolgan, injiq, muttaham va bådavo farzandni eslatadi.
Bizda va ayniqsa, ertaklarda o‘zidan kattalarni hurmat qilish va kåksalarni e’zozlash, odamoxunlik va måhnatsåvarlik, iboli va hayolilik asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Savol tug‘iladi. Xo‘sh, Qimmatda yuqoridagi fazilatlardan qaysi biri mavjud? Håch qaysisi yo‘q.
Mana, ota Qimmatni ham kimsasiz o‘rmonda adashtirib tashlab kåtdi. Såhrgarnikida yashar ekan, unga onasi birorta ham shirin so‘z o‘rgatmaganligi, måhnat qilish nimaligini bil- maganligi sababli kampirga qo‘pol-qo‘rs muomalada bo‘ladi. Tåkintomoqligi unga qattiq pand båradi. Såhrgar qizni såv- maydi, ertak ham aytib bårmaydi, kitob va qo‘g‘irchoqlar ham hadya qilmaydi.
Ertakda såhrgar kampir juda muloyim, haqiqiy onalarga xos fazilatga ega. Mana, uning Qimmatga murojaatini olib ko‘raylik: „Tomdan o‘tin olib tush, qizim!“ Qizning javobini eshiting: „O‘zingiz olib tusha qoling, malayingiz yo‘q!“ Bu o‘zbåkona gap emas, tarbiyasizlik, odobsizlik namunasi, xolos.

42
Xalqqa farzandiga to‘g‘ri tarbiya båra olmagan onaning kåragi yo‘q. Shuning uchun har ikkalasi ham o‘limga mah- kum — ajdar yutib yuboradi. Bu holga xalq aslo achinmaydi, aksincha, to‘g‘ri bo‘libdi, dåb mamnun bo‘ladi.


Kitobxon bolalar ham hayotda Qimmat qiyofasiga tushib qolmaslik uchun o‘zlarini o‘nglab olishga, måhnatni såvishga, ko‘proq dars qilishga, kitob o‘qishga intiladigan bo‘ladilar. Axir Qimmatni ishyoqmasligi, odobsizligi tufayli juda ko‘p narsalar xush ko‘rmaydi. Hatto uning yurish-turishi, xatti- harakati kuchug-u såhrgar kampirga ham ma’qul bo‘lmaydi. Dangasaligi, kåkkayganligi, qo‘rs-qo‘polligi o‘zining boshiga yåtadi.
O‘tmishda bir donishmand o‘g‘lini kålajakda sog‘lom, ja- soratli bo‘lishini istab, ko‘p yaxshi ezgu-tilaklar bildirgan ekan:

  • Aziz o‘g‘lim, dunyoda odam yånga olmagan narsa bo‘l- maydi, shuning uchun aslo qo‘rqma, o‘zingga bårilgan quvvat va g‘ayratlaringni sarf qilib, olg‘a intil. Baxt va saodat osmon- dan tushadi yoki kutilmagan holda qo‘qqisdan vujudga chi- qadi, dåb o‘ylama. Shu o‘yga borsang, dunyoning nodon odamlaridan biri hisoblanasan. So‘zimga diqqat bilan quloq sol, baxtim yo‘q, dåb zorlanuvchilar qatoridan joy olma. G‘ayrat qilsang, muroding hosil bo‘ladi. Inson o‘z saodat yozmishini o‘zi vujudga chiqaradi. O‘zingni tuban darajaga tushirma. Ehtimol ba’zi ishlaring tilagingcha muvaffaqiyatli bo‘lib chiqmasligi mumkin, låkin sån bunga qayg‘ulanib, no- umid bo‘lma, g‘ayrat va jasoratingdan ajralma. Zohirda og‘ir, mashaqqatli bo‘lib ko‘ringan narsadan haqiqatda ko‘p muhim va xayrli natija hosil bo‘lishi mumkin.

Ahamiyatsiz narsalarga, moddiy båzaklarga ko‘p aldanma, taraqqiy etishga, faol, kamol egasi bo‘lishga intil. Ko‘zingni och, atrofga qara. Zamonning ulug‘ olimi-yu fozillarining tarjimayi hollarini, umuman, insonlarning qadimgi va yangi tarixini diqqat bilan ko‘zdan kåchir. Bular såni zavq-shavq, fazl, kamol hosil etishga yo‘naltiradi, hayotiy yo‘lingda haqi- qiy rahbaring bo‘ladi.
O‘zbåk xalq ertaklaridan biri — „O‘tinchi yigit va shår“da qahramon o‘sha donishmand orzu qilganidåk bo‘lganligi uchun kichik maktab yoshidagi bolalarda bu ertakka qiziqish katta. Yigit, birinchidan, måhnatkash; ikkinchidan, qo‘rqmas, dov- yurak; uchinchidan, ishbilarmon va tadbirkor.

43
Voqåa oddiy va sodda. O‘tinchi dalada o‘tin tårib yur- ganda uning oldiga bahaybat shår kålib, „Såndan kuchliman, jasoratliman“, dåb unga do‘q qiladi. O‘tinchi ham o‘ziga pishiq va puxta. Shår yigitni kurashga, bållashishga chaqiradi. Ammo inson — tadbirkor. „Kuchimning yarmi uyda qolib kåtibdi, sån shu yårda turib tur, mån uni uydan olib kåla- man“, dåya hiyla ishlatadi, tadbirkorlik qiladi va: „Sån qo- chib kåtma! dåydi. Shår unga: „Yo‘q, qochmayman, shårning gapi bir“, dåydi. Yigit: „Yo‘q, sånga ishonmayman, såni bog‘lab kåtaman“, dåydi.


Shår: „Bog‘layqol!“ dåb o‘zini bog‘latadi. Yigit shårni mahkam bog‘laydi. Toldan yaxshi bir tayoq qilib, kålib gur- sillatib shårni ura boshlaydi.
Shårning: „Jon odamzod, måni urma, endi odamzodga yo‘liqmayman!“ dåb yalinganiga ham qaramay uni uravåradi. O‘tinchining bunday ishi yosh kitobxonni mudom qo‘rq-
mas, shåryurak bo‘lishga chorlayvåradi.
Bu yoshdagi bolalar dov-daraxtlar ekish, uni parvarish qilishda kattalarga dastyor-ko‘makchi. Ko‘pincha, o‘zlari ham bog‘bonchilik ishlariga bårilib kåtishadi. „Danak“ ertagidagi Bahromning bir dona danakni yårga ekib, uni ko‘kartirishi, u måvali daraxtga aylangunicha parvarish qilishi yosh kitobxon- larda Bahromdåk bog‘bon bo‘lishga havaslarini kåltiradi.
Bahromning danagi daraxtga aylanib, måva båra boshla- gach, alvasti bolani yåb, daraxtga ega bo‘lib olish niyatida uni qopga solib, uyiga olib kåtadi. Bahrom qo‘rqmas, dovyurak bo‘lganligi uchun o‘zi omon qoladi, el-yurt måvasidan yåb turgan daraxtini ham saqlab qoladi.
„Alvasti hovlisiga yåtib kålibdi-da, qopini supaga qo‘yibdi, qozonga yog‘ solib, olov yoqibdi.
Bahrom qopni amallab tåshib, oq tårakning tåpasiga chi- qib olibdi. Alvasti kålib ko‘rsa, bola yo‘q.

    • Bolaginam, qayårga kåtding? — dåb so‘rabdi u.

    • Mån bu yårdaman! — Bahrom tårakning ustidan ovoz båribdi.

    • Bolajonim, u yårga qanday chiqding?

    • Tåmir kurakni olovda qizdirib, ustiga o‘tirdim. Kurak yuqoriga uchdi, qarasam, daraxt tåpasida turibman, — dåbdi Bahrom.

Kampir Bahrom aytganidåk qilgan ekan, kuyib qolibdi.

44
Bahrom shunday qilib, o‘zini ham, daraxtni ham alvas- tidan qutqarib qolibdi“.


Mehnatkash xalq bechorahollik bilan hayot kechirgan, ko‘pincha, ochlik, yupunlik ularning bir umr hamrohi bo‘l- gan. Uzun tunlari bir-birlarini ovutish, ko‘ngillarini ko‘tarish maqsadida ertaklar aytishgan. O‘zlari to‘qigan ertaklar zaminida unumli mehnat qilish, farzand rohatini ko‘rish, baxtiyor bo‘lish va boshqa ko‘pgina g‘oyalar yotadi. O‘rni kelganda bir- daniga boy-badavlat bo‘lib, behisob boylik bilan el-yurtni, boy-badavlatlarni qoyil qoldirish mehnatkash xalqning ezgu tilagi bo‘lib kelganligi hech kimga sir emas. „Oltin tarvuz“ ertagi xuddi shunday o‘y-xayol, oliy istak bilan to‘qilgandir.
„Oltin tarvuz“ yosh kitobxonni ko‘p narsaga o‘rgatadi. Birinchidan, mehnatkash bo‘lish, chunki dehqon o‘z yeriga qayta-qayta ishlov beradi. Ikkinchidan, parranda-yu darranda- ga g‘amxo‘rlik qilish, negaki dehqonning uyda yeydigan hech vaqosi yo‘q. Laylakni so‘yib yeyishi mumkin edi. Ammo u bu ishni qilmaydi:
„Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim o‘tgan zamonda bir kambag‘al dehqon bor ekan. Uning atigi bir tanob yeri bor ekan. Dehqon yer hayday boshlabdi. Yerni ikki marta haydab bo‘lib, yaqinidagi katta soyning bo‘yida salqinlab o‘tir- sa, osmonda uchib ketayotgan bir laylak yerga qattiq zarb bi- lan tushibdi. Dehqon qarasa, laylakning qanoti singan ekan. Dehqon haligi laylakni darrov uyiga olib borib, siniq qanotiga taxta bog‘lab, uni bir qancha vaqt boqibdi. Laylak sog‘ayib, uchib ketibdi“.
Laylakka qayta umr bag‘ishlagan dehqon biror narsadan umidvor emas. Shu majruh laylakni davolab, uning yordami bilan behisob boylikka ega bo‘laman, degan fikr uning xayo- liga, o‘yiga ham kelmagan. Laylak tashlab ketgan tarvuz uru- g‘ini yerga ekib, unga mehr bilan ishlov berar ekan bu — oltin (tarvuz) degan tushunchaning o‘zi unda bo‘lmagan.
Dehqon ochko‘z emas, bir parcha nonni ham o‘zgalar bilan, qo‘ni-qo‘shni, o‘ziga o‘xshagan kambag‘allar bilan ba- ham ko‘radiganlardan. Sabr-toqat bilan tarvuzlarning obdan pishishini, yetilishini kutgan dehqonning yaqin qarindosh- larini, oshna-og‘aynilarini ham mehmonga chaqirishi va tarvuz so‘yishi kitobxon bolalarda yaxshi taassurot qoldiradi:
„Dehqon bir kuni tarvuzdan uchtasini uzib, uyiga olib

45
ketibdi. Òarvuzlar juda katta ekan. Dehqon o‘zining yaqin qarindoshlarini va oshna-og‘aynilarini mehmonga chaqiribdi. Bir mahal tarvuzga pichoq ursa, pichoq sira botmas emish. Uni qo‘yib, ikkinchisini so‘ymoqchi bo‘libdi, pichoq o‘tmabdi. Uchinchisi ham shunday bo‘libdi. Dehqon ham, meh- monlar ham hayron bo‘lishibdi. Yerga bir urib yorib qara- salar, ichi to‘la tilla emish. Kambag‘al sevinib ketib, hamma- sini mehmonlarga ulashibdi, ular ham xursand bo‘lib, uy- uylariga tarqabdilar. Uch tup tarvuzning har biri o‘ntadan solgan ekan. Dehqon qolgan tarvuzlarni ham yig‘ib olibdi.


Shunday qilib kambag‘al dehqon juda boyib ketibdi“.
Xalq voqeani bunday qoldirmoqchi emas. Yon atrofda- gilarni, kambag‘allarning boyib ketganini ko‘ra olmaydigan- larni hech bo‘lmasa ertak orqali tanqid qilmoqchi, ularning jirkanch xayollari-yu ashaddiy yovuzliklarini, boylik va davlat deb qing‘ir ishlarga ham qo‘l urishlarini oshkor qilish maq- sadida qo‘shni — xasis boy obrazini to‘qigan.
Dehqon oyog‘i sinib, to‘dasi bilan ucha olmay qolgan laylakka yaxshilik qilib, oyog‘iga taxta bog‘lab tuzatgan va lay- lakning in’omi bilan behisob boylikka ega bo‘lgan bo‘lsa, boy bu voqeadan xabar topgach, sog‘ laylakning oyog‘ini sindi- rib, so‘ng davolaydi. Bu laylak ham boyning dalasiga tarvuz urug‘ini tashlab ketadi. Biroq tarvuzdan oltin emas, balki qovog‘arilar chiqib, ko‘pchilikni chaqadi. Boyning halok bo‘- lishi esa yosh kitobxonda unga nisbatan achinish hissini uy- g‘otmaydi. Aksincha, u tabiatga, qushlarga ziyon yetkazgan- ligi, boylik ustiga behisob boylikka erishish uchun laylakning oyog‘ini sindirganligi sababli bu ish to‘g‘ri bo‘ldi, degan ijo- biy xulosaga keladi, xolos.

Maktabgacha ta’lim va kichik maktab yoshidagi bolalarga tavsiya etiladigan ertaklar yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek hajm jihatidan kichkina, mazmuni sodda bo‘lishidan tashqari, rasm va bo‘yoqlar bilan boy bo‘lishini ham ta’kidlab o‘tgan edik. Bu ikki guruhga kiruvchi ertaklar vositasida tabiat, ona-Va- tan, hayvonot olamiga g‘amxo‘rlik qilish, to‘g‘riso‘z, odobli bo‘lish, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni e’zozlash singari


46
masalalar kichkintoylarning ong-tushunchalariga yetkazilishini eslatib o‘tish lozim.


Endilikda bu davr bolalariga o‘qish uchun tavsiya etiladi- gan ertaklarning asosiy qismi dovyuraklik, vatanparvarlikdan tashqari, yaxshi kasb-kor egasi bo‘lish, xalq va Vatan uchun jon fido qilishga chorlovchi ertaklardan iborat bo‘ladi. „Pah- lavon Rustam“, „Birlashgan o‘zar“, „Uch og‘a-ini botirlar“,
„Egri bilan Òo‘g‘ri“, „Ona yer farzandi“, „Sardorning oyni ushlab olmoqchi bo‘lgani“ (turk xalq ertagi), „Donishmand qiz“ (xitoy xalq ertagi), „Qadrdon uyning mixi“ (shved xalq ertagi), „Chollar, ho‘kizlar, Bo‘rka va pop“ (gruzin xalq ertagi) singari ertaklarni o‘qish uchun tavsiya etish mumkin. Ota-bobolarimizdan qolgan iboratomuz bir gap bor:
„Yaxshi hayot kechirish insonning o‘ziga bog‘liq. U nechog‘lik to‘g‘ri so‘zli, aqlli, tadbirkor, pok ko‘ngilli bo‘lsa, do‘stga, Vatanga xiyonat qilmasa, yolg‘on gapirmasa, topshirilgan ish- ni o‘z vaqtida bajarib, va’dasiga vafo qilsa, uni el dildan seva- di, hurmat qiladi, ertaklardan shu fikrlarni uqish mumkin. Bizga ozgina bo‘lsa ham ezgulik qilgan odamga ezgulik qaytarish burchimiz ekan, dunyoga kelishimizga sababchi bo‘lgan, o‘stirgan, tarbiya qilgan ota-onalarimizga doimo mu- habbat, hurmat, itoat va xizmat qilish bo‘ynimizdagi sharafli burchdir. Bu sharafli burchni ado qilib, ota-ona olqishini ol- gan farzand, shubhasiz, dunyoda baxtli, saodatli bo‘lib ya- shaydi. Buning yorqin namunasini „Uch og‘a-ini botirlar“ ertagida ko‘rishimiz mumkin. Ertakdagi ota uzoqni ko‘zlab ish ko‘radiganlardan. O‘g‘illariga yaxshi tarbiya beradi. Natijada o‘g‘illari ota izmidan borib, komil insonlar bo‘lib kamol to- padilar. Ota duosi, o‘git-nasihatlarini dillariga jo qilib olgan-
liklari uchun hayotda kam bo‘lmaydilar.
Uch zabardast o‘g‘il. Uchovlarining qo‘llari ko‘ksida, ota- ga ta’zimda. Aql, kuch, jasoratda tengi yo‘q bu yigitlar odobda butun olamni qoyil qoldiradilar. Negaki, ta’lim va tarbiya shunday bo‘lgan. Ota, birinchidan, kambag‘al, ikkinchidan, botir — pahlavon o‘g‘illarini ko‘zining tirikligida hayotda o‘z yo‘llarini topib olishlarini orzu qiladi.
Darvoqe, odam qanchalik tarbiyali va halol-pokligi o‘zga odamlar bilan do‘stlashganda, ko‘pincha, safarga chiqqanda, mard, pahlavonligi esa kurashda, jangda bilinadi. Ota xuddi shunday reja, o‘y bilan farzandlarini uzoq safarga jo‘natadi.

47
Bunday olib qaraganda otaning boshqa otalardan uncha farqi yo‘qdek tuyuladi. Ammo ertakni sinchiklab o‘qib, ota nasiha- tiga nazar tashlaydigan bo‘lsangiz u dunyodagi eng bilimdon, uzoqni ko‘ra oladigan, aql-zakovatda tengsiz bir inson ekanli- gini sezasiz. Otaning farzandlariga aytadigan nasihati bir jum- lagina. Lekin uning ma’nosi, ta’siri, kuchi olamcha bor.


Ota nasihatini bir necha bo‘limlarga ajratib o‘rganish mumkin. Nasihatning birinchisida har bir ota-ona o‘z farzan- diga olamga kelishi bilan unga yaxshi, o‘ziga munosib ism qo‘yib, to‘y-tomoshasini o‘tkazib, o‘qitishi, xat-savodli qilishi haqida gap boradi:
„O‘g‘illarim, men boy emasman, mendan qolgan davlat sizlarning maishatingiz uchun kifoya qilmaydi, o‘zimdan keyin baxtsiz bo‘lib qolmanglar, deb sizlarni o‘qitdim. Yaxshi ot qo‘ydim. Òo‘y qildim. Voyaga yetkazdim“.
Hamma zamonlarda ham bola tarbiyasi muhim masa- lalardan biri hisoblangan. Nasihatning ikkinchi bo‘limida bola tarbiyasi haqida so‘z boradi. Bolani chinakamiga sog‘lom, tetik, kuch-quvvatli qilib voyaga yetkazish, ona-Vatan himo- yasiga doimo tayyor kishilar qilib tarbiyalash, foydali mehnat ko‘nikmalariga e’tibor berish ta’kidlanadi:
„Sizlarni uch narsa bilan tarbiya qildim. Birinchidan, sog‘lom vujudli qilib tarbiyaladim — quvvatli bo‘ldingiz. Ikkinchidan, yarog‘ bilan tanishtirdim — yarog‘ ishlatishga usta bo‘ldingiz. Uchinchidan, qo‘rqitmay o‘stirdim — qo‘rqoq bo‘l- may, botir bo‘ldingiz“.
Nasihatning uchinchi bo‘limi juda muhim. Unda to‘g‘ri, halol, pok insonlar bo‘lish suv bilan havodek zarurligi, ayni paytda, maqtanchoqlik va dangasalik yomon illatlarga olib kelishi keskin qoralanadi:
„Yana uch narsani aytaman, quloqlaringizga quyib oling- lar, eslaringizdan chiqarmanglar. Òo‘g‘ri bo‘ling — bexavotir bo‘lasiz. Maqtanchoq bo‘lmang — xijolat tortmaysiz. Dangasa bo‘lmang — baxtsiz bo‘lmaysiz“.
„Uch og‘a-ini botirlar“ ertagining qahramonlari mehri- bon, o‘z vaqtida qattiqqo‘l, shu bilan birga, talabchan ota tarbiyasini olganliklari uchun safarda katta muvaffaqiyatlarga erishadilar. Yo‘lda o‘zlariga duch kelgan barcha to‘siqlarni yengib, botir va dovyurakliklari bilan el-yurtni lol qoldirib, baxtiyor bo‘ladilar.

48
Hayotda kimki yaxshi ishga qo‘l ursa, yaxshi narsalarga ega bo‘ladi, kimki yomonlik qilsa, yomon ko‘rinib, el nazaridan qoladi. Har bir bola dunyoda olim va fozil bo‘lishga, o‘zini soflik va to‘g‘rilik ziynati bilan båzashga intilishi, Vatan va xalqiga munosib xizmat qilishga harakat qilishi shart. Ota-onasini esa halol xizmatlari bilan mamnun etishi kårak. Yoshligidan måhnat qilishga, ilm o‘rganishga intilgan, to‘g‘ri so‘z va sofdil inson doimo el-yurtning olqishiga muyassar bo‘lgan.


Yoshlar kålajakda yaxshi xulq egasi, ezgu niyat va go‘zal fazilatlar sohibi bo‘lishlari uchun nima qilishlari lozim? Bu- ning uchun yaxshi ishlar yo‘lida håch qanday qiyinchiliklar- dan qo‘rqmasliklari, ota-onalari va tarbiyachilarning o‘gitlariga amal qilishlari, vaqtini faqat foydali ishlarga sarf qilishlari, butun kuch-g‘ayratlarini ilm o‘rganishga qaratishlari kårak. Ha, bolalar uchun hayotda eng buyuk va sharafli bir yo‘l bor. Bu yo‘ldan aslo chiqmaslik va adashmaslik kårak. Bu yo‘l insoniylik yo‘lidir. Bu yo‘lga amal qilgan kishi hamisha baxt-u saodat sohibi bo‘ladi, bu yo‘l odamlarga ma’naviy kuch-quv- vat båradi, kishini to‘g‘ri yo‘ldan chiqarmaydi. Shuningdåk, xalqiga va qarindosh-urug‘lariga qo‘lidan kålgan barcha yax- shilikni qilish, ularning hurmatini joyiga qo‘yish ham kishi- ning insoniylik burchidir.
„Egri va To‘g‘ri“ ertagi bu fikrimizning dalilidir. To‘g‘ri- boy halol, pok, yaxshi niyatli inson. U ro‘zg‘or tåbratishda qiynalgan. Tirikchilikni o‘nglash uchun mardikorchilik qilishga majbur bo‘lgan. Ana shunday o‘y bilan shaharga otlangan. Bi- sotida bitta oti bor, xolos.
To‘g‘riboyning o‘zi halol-pok bo‘lganligi, birovlarni al- dash, ularga riyokorlik ko‘rsatishdåk yomon niyat o‘y-xayolida bo‘lmaganligi uchun yo‘lda Egriboy bilan hamroh bo‘lib qoladi. „Samimiyat va sadoqatga asoslangan do‘stlik hamisha, har yårda va har qanday sharoitda ishonchli bo‘ladi, zaruriyat va majburiyat natijasida paydo bo‘lgan do‘stlik esa bunday bo‘lmaydi. U daryo kabi goh toshib, atrofni bosadi, goh qurib, suvi ozayib qoladi“, dåganlaridåk bular o‘rtasidagi do‘stlik ham uzoqqa bormaydi. To‘g‘riboy „Shårigim charchadi. Otni navbat bilan minaylik. Bo‘lmasa, bu do‘stlikdan emas“, dåb otni Egriboyga bårishi bilanoq, Egriboy otni minib qo- chadi. Qarang, donolar oltinning sofligini o‘tda, hayvonning

  1. Bolalar adabiyoti va ifodali o‘qish 49

kuchini og‘ir yuk ortilganda, insonning to‘g‘riligini omonatga xiyonat etmasligida bilsa bo‘ladi, dåb båkorga aytmagan ekanlar. Egriboy egriligini qilib, do‘stiga sadoqatsizligini ko‘rsatdi.
To‘g‘riboy yo‘lda ko‘p adashadi, o‘rmonga kirib qoladi va bir eski tandir ichiga kirib tunaydi. Kåchasi o‘rmon yirtqich- lari arslonshoh boshchiligida tandir atrofiga to‘planishib, bir- birlariga maqtanishadi:
„Tulki doston boshlabdi:

  • Og‘aynilar, mån sizlarga aytsam, o‘n yil bo‘ldiki, o‘r- mon yoqasidagi g‘orda yashayman. O‘n yildan båri davlat yig‘aman. Måndagi mol-dunyo håch kimda yo‘q.

Navbat chiyabo‘riga kålibdi:

  • O‘rmonga tutashgan katta tåpalik ostida yashayman. U yårda bir sichqonim bor, har kuni tush payti inidan chi- qadi, uning qirq bitta tillasi bor, shuni o‘ynagani o‘ynagan. Tillani o‘ynab-o‘ynab, yana iniga olib kirib kåtadi.

Ayiq uning so‘zini bo‘libdi:

  • Bu ham uncha qiziq emas. O‘rmonda bir tup sadaqay- rag‘och bor. Qayrag‘ochning pastida ikkita shoxchasi bor. Shoxlardagi barglar bir qancha kasalga davo. Uni ezib ichilsa, har qanday jonivor o‘sha zamonoq dard ko‘rmaganday bo‘lib kåtadi. Mån bolalarimni shu bilan davolayman.

Uning orqasidan bo‘ri kulib yuboribdi:

  • Og‘aynilar, bizning ham qiziq hikoyamiz bor, — dåb gap boshlabdi u. — O‘rmon yoqasida o‘n ming qo‘y boqiladi. Har kuni ikkita bo‘rdoqini yåyman, måni ushlash uchun cho‘- ponlar qopqon qo‘yishadi, tuzoq solishadi, ammo pisand qilmayman. Låkin qirda Kimsan chol dågan dåhqonning bir kuchugi bor. Shu kuchukni cho‘ponlar sotib olishsa bormi — måning sho‘rim quriydi.

Yo‘lbars unga qo‘shimcha qilibdi:

  • Rost aytasan. Qo‘ylarga o‘xshab o‘n ming yilqi ham o‘rmon atrofida o‘tlab yuribdi. Mån har kuni o‘shalarning bi- rovini yåyman. Ular orasida bir ayg‘iri bor. Kimki o‘shani minsa va bir qo‘liga qildan eshilgan kamon, bir qo‘liga uzun gavron olib, måni quvsa, darrov tutadi, kamonni bo‘ynimga solib, gavron bilan ursa bormi, bir umr yilqilar oldiga yo‘- lamas edim“.

Tadbirkorlik, aql bilan ish ko‘rgan To‘g‘riboy bu suhbat- da eshitganlarini amalga oshiradi. Hatto yåtti yil båmor

50
yotgan shoh qizini davolab, malikaga uylanadi. U umr bo‘yi ishlab, måhnat qilib, påshana tåri to‘kib tirikchilik o‘tkazgan- ligi sababli podshoning in’omidan voz kåchadi:


„Många båklik to‘g‘ri kålmaydi. Mån sodda va to‘g‘ri odamman. O‘rmon yoqasidagi tåpalikdan bir uy qurishga ruxsat bårsangiz bo‘lgani. O‘sha yårda dåhqonchilik qilib, kun o‘tkazaman, — dåb javob båribdi“.
Tog‘-tog‘ bilan uchrashmaydi, odam-odam bilan uchra- shadi, dåganlaridåk, To‘g‘riboy o‘rmon yoqasidan o‘ziga imo- rat qurib, shohona hayot kåchirib yurganida noo‘rin xatti- harakati, yolg‘onchiligi tufayli hayotda ezilgan Egriboy bilan duch kålib qoladi. U Egriboyga turmushda nimagaki erishgan bo‘lsa, o‘sha tandir sababchi ekanligini gapirib båradi.
Eskilar bu dunyoni tog‘ga o‘xshatadilar. Uning orasida tu- rib, nima dåb baqirsang, o‘sha so‘zning aksi sadosini eshita- san. Ha, hayot shunday. Egriboyning egriligi, aldamchiligi, o‘zining boshiga yåtadi, tandir ichida yirtqichlarga yåm bo‘ladi.
„Egri bilan To‘g‘ri“da to‘g‘riso‘z, halol va måhnatkash bo‘l, umring uzun, rizqing ulug‘ bo‘ladi; ishyoqmas, aldam- chi bo‘lsang darz kåtasan, odamlar nazaridan qolasan, håch qachon biring ikki bo‘lmaydi, dågan g‘oya yotadi. Bu ertak yigit-qizlarimizni hayotda o‘zlariga to‘g‘ri yo‘lni tanlab olish- larida katta yordam båradi.
O‘zbåk xalqining eng mashhur va ta’sirli ertaklaridan yana biri „Urto‘qmoq“ bo‘lib, unda o‘zbåkona soddalik, odamlarga ishonish, dushmanga qarshi nafrat va boshqa fazilatlar mujas- samlangan.
Ertakda umidvorlik, orzu-istak, ezgu niyat kuchli. Bir parcha nonga zor xalq turli o‘y, xayol bilan xuddi tushida ko‘rgani kabi boy-badavlat bo‘lish, unga bu yo‘lda kimki to‘sqinlik qilsa, uni yår bilan yakson qilish ishqi bilan ya- shaydi. Bu orzu-tilakni amalga oshirishda hayvonot olami-yu parrandalardan kång foydalanish oliy maqsadlardan biri hi- soblanadi. Hamma gap laylakning faqir, juda ham kambag‘al ovchi cholning tuzog‘iga nogahon tushib qolishidan boshlanadi. Na boy, na yurtga hokim bo‘lish o‘yida ham yo‘q cholga lay- lakning xuddi odamga o‘xshab gapirishi, va’da bårishi „Lay- laklarning boshlig‘iman, nima so‘rasang båraman“, dåb ay- tishi qashshoq cholning xayolini buzadi. Laylakni qo‘yib yu- borgan chol ertasiga sovg‘a-salom olish uchun uning oldiga

51
safarga otlanadi. Undan „Qaynarxumcha“ni so‘raydi, „Ochil- dasturxon“ni tilab oladi. Bularning birortasi ham mo‘jiza ko‘rsatmaydi — na oltin, na taom bårmaydi. Någaki, yo‘lda chol uxlab qolganida qishloq bolalari bu såhrli buyumlarni boshqasi bilan almashtirib qo‘yishgan bo‘ladi.


Oxiri „Urto‘qmoq“ni olganidan kåyin ertaklardagidåk, u boy-badavlat bo‘lib kåtadi. Ro‘zg‘orini o‘nglaydi, chiroyli imoratlar quradi. Dardli xalqning armoni ro‘yobga chiqqanligi o‘quvchini mamnun qiladi. Ertak bolalarni hayotda xuddi o‘sha ovchi kabi dadil harakat qilishga, o‘rni kålganda jasoratli bo‘lishga mudom chorlab turadi.
„Urto‘qmoq“da, halollik, poklik, o‘zgalar haqiga xiyonat qilmaslik, birovlarni aldamaslikdåk oliyjanob fazilatlar yaxshi tasvirlangan.
Shuningdåk, birovlarning haqiga xiyonat qilish, o‘g‘irlik qilish yaxshi oqibatlarga olib kålmasligi, cholning buyumlarini yashirib qo‘ygan qishloq bolalarining to‘qmoq zarbiga bardosh båra olmay, cholga yalinishlari har qanday kitobxonni o‘y- lantirib qo‘yadi:
„Ota, to‘qmoqni to‘xtating, biz sizning xumchangizni, dasturxoningizni olib, o‘rniga boshqa xumcha, boshqa dastur- xon qo‘ygan edik. Tavba qildik, ota! To‘qmoqni to‘xtating, — dåyishdi. Chol: „Tur, to‘qmoq!“ dåb baqirgan edi, to‘qmoq urishdan to‘xtadi. Bolalar yugurib borib, uylaridan „Qaynar- xumcha“ bilan „Ochildasturxon“ni chiqarib bårdilar“.
Xullas, kimki xalq og‘zaki ijodiga måhr qo‘ysa, ayniqsa, ertaklarni ko‘proq o‘qisa, albatta, hayotda kam bo‘lmaydi.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

    1. Ertak, uning turlari, ertak tinglash, o‘qishdan maqsad?

    2. Odob haqidagi ertaklar?

    3. Måhnat, hunar haqidagi ertaklar?

    4. Qahramonlik ertaklari?

52


O‘zbåk xalqi qadimdan måhnatkash, savodxon xalq bo‘l- gan. Bunga erishmoq uchun esa farzandlar tarbiyasiga juda qattiq e’tibor bårgan. Bolalarga ta’lim-tarbiyada ko‘proq xalq og‘zaki ijodi bilan ta’sir qilish yo‘lidan borgan. Ma’lumki, boy va rang-barang xalq og‘zaki ijodi namunalari yozma ada- biyotning maydonga kelishi va rivojlanishida boy manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu yerda yana bir narsani ta’kidlab o‘tish ke- rak: badiiy adabiyot taraqqiyoti jamiyatning umumiy taraq- qiyoti bilan ham uzviy bog‘liq. Bu jihatdan Mahmud Kosh- g‘ariyning „Devon-u lug‘otit turk“ asarini eslab o‘tish o‘rin- lidir. XI asrning buyuk tilshunos olimi bu kitobda bizga ko‘p ma’lumotlar beradi. Unda XI asr adabiyoti bilan birga, avval- gi zamonlarda paydo bo‘lib, og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga ko‘chib yurgan qo‘shiq va lirik she’rlardan namunalar ham keltirilgan. Ayniqsa, mehnat, qahramonlik, marosim, mav- sum qo‘shiqlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, Yusuf Õos Hojibning „Qutadg‘u bilig“ (Saodatga eltuvchi bi- lim), Ahmad Yugnakiyning „Hibat ul-haqoyiq“ (Sevimli ha- qiqatlar) dostonlarida hamda Ahmad Yassaviy, Sulaymon Bo- qirg‘oniylarning asarlarida til, ilm, fan, axloq-odob masalalari qamrab olinadi. Haydar Xorazmiy, Qutb, Durbek, Sakkokiy, Lutfiy singari shoirlarning adolatsizlik va zulmni qoralashga, oddiy insonning og‘ir ahvoliga achinish, orzu-armonlarini qisman bo‘lsa-da, yoritishga qaratilgan asarlari tarixda muhim rol o‘ynaydi. Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy g‘azallari timsolida XV asr o‘zbek she’riyati hayotiy voqealarni aks ettirish sohasida katta badiiy tajriba to‘pladi. Bu tajriba Alisher Navoiydek buyuk san’atkorning voyaga yetishi uchun zarur bo‘lgan shart-sha- roitlarni tayyorladi.
Alisher Navoiy butun faoliyati va ijodini insonning baxt- saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, o‘zaro urushlarning oldini olishga, obodonchilik ishlariga sarflagan, donishmand davlat arbobi, o‘zbek mumtoz adabiy tiliga asos solgan va o‘zbek mumtoz adabiyotini yangi taraqqiyot po- g‘onasiga ko‘targan buyuk so‘z san’atkori bo‘lib, davrning madaniy hayotiga rahbarlik qildi, ilm-fan, san’at va adabiyot ahliga homiylik qildi, ko‘plab shogirdlar yetishtirdi.

53
XI — XVI asrlarda yashab ijod etgan Zahiriddin Muham- mad Boburning „Boburnoma“ asarida o‘sha davr hayotiga doir tarixiy voqealar bilan birga, ilm-fanga oid qimmatli ma’- lumotlar berilgan, turli xalqlarning urf-odatlari, tili, san’ati va adabiyoti yoritilgan.


XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida yashab ijod etgan ikki buyuk shoir — Muhammadniyoz Nishotiy va Mu- hammad Sharif Gulxaniylar ijodi mumtoz adabiyotimiz tari- xida alohida ajralib turadi. Nishotiyning xalq og‘zaki ijodi asosida yaratgan „Husn-u dil“ dostoni ishq-muhabbat, aql- farosat, odob-axloqqa bag‘ishlangan. Shu narsa diqqatga sazovorki, dostonda har biri mustaqil asar bo‘la oladigan
„Shohboz va bulbul“, „Gul va Daf“, „Nay va Shamshod“,
„Kosayi Chin Nargis“, „Binafsha va chang“ kabi masallar ham berilgan. Bu masallarning barchasida el-yurtga foyda kel- tirish, maqtanchoq bo‘lmaslik, ortiqcha kibr-havoning zarari kabi mavzularning yoritilishi bolalar uchun har jihatdan ib- ratlidir. Gulxaniy ham „Zarbulmasal“ asarida o‘zining muhim ijtimoiy qarashlarini, el-ulus taqdiriga munosabatini qiziqarli masallar orqali ifodalagan.
Munis mehnatkash xalqning og‘ir ahvoliga qattiq achindi, ilm-fan va adabiyot ahlining xor-zorligidan qayg‘urdi. Shoir kishilarni bilim olishga, kitob o‘qishga, johil va yomonlardan uzoq bo‘lishga chaqirdi. Munis „Savodi ta’lim“ risolasi orqali bolalarni o‘qitish va tarbiyalash ishiga katta hissa qo‘shdi. Uning ma’rifatparvarlik g‘oyalari o‘zidan keyin yashagan Mu- qimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O‘tar kabi shoirlarning ijodiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi.
Ma’rifatparvarlikni bayroq qilib ko‘targan Abdulla Avlo- niy, Hamza, Fitrat, Elbek, Munavvarqorilar tomonidan yo- zilgan darslik va qo‘llanmalarda bolalar hayoti, o‘qishi, axloq- odobi haqida materiallar beriladi.
Abdulla Avloniyning („Birinchi muallim“, „Ikkinchi mu- allim“, „Maktab gulistoni“, „Òurkiy guliston yoxud axloq“), Hamza Hakimzoda Niyoziyning („Yengil adabiyot“, „Axloq hikoyalari“, „Qiroat kitobi“) asarlarida yangi davr nafasi ufura boshladi.
O‘tgan asrning 20- yillarida Fitrat, Cho‘lpon, Usmon Nosir, G‘afur G‘ulom, G‘ayratiy, Shokir Sulaymon, Oybek va boshqalarning katta yoshdagi bolalar uchun yozgan asar-

54
larida ilm va mehnatga chaqiriq keng o‘rin oldi. Kåyinchalik bu safga Z. Diyor, D. Oppoqova, M. Fayziy, I. Muslim,


A. Rahmat, Sh. Sa’dulla, S. Jo‘ra, M. Oqilova, Q. Muhamma- diy, H. Nazirlar kålib qo‘shildi. Ular bolalarni yaxshi o‘qish- ga, ilm, fan nurlaridan bahramand bo‘lishga, davrning haqi- qiy o‘g‘il-qizlari bo‘lib kamol topishga targ‘ib etdilar.
Bolalar adabiyoti yildan yilga rivojlanib bordi. 30- yillarga kelib, o‘zining professional shoir va yozuvchilariga ega bo‘ldi. Poeziya (Zafar Diyor, Adham Rahmat, Ilyos Muslim, Shu- kur Sa’dulla, Sulton Jo‘ra, Mahmuda Oqilova, Quddus Mu- hammadiy), proza (Majid Fayziy, Dorjiya Oppoqova, Hakim Nazir), dramaturgiya (Zafar Diyor, Dorjiya Oppoqova) so- halarida bolalar ijodkorlari yetishib chiqdilar. Sadriddin Ayniy, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Oybek, Shokir Sulaymon, Elbek va G‘ayratiylar ham o‘zbek bolalar adabiyotini yuksal- tirish ishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Bu davrda Zafar Diyorning „Qo‘shiqlar“ (1933), „Òanta- na“ (1936), „She’rlar“ (1939), „Muborak“ (1940), „She’r va hikoyalar“ (1940) to‘plamlari va „Mashinist“ (1935) dos- toni, „Baxtli yoshlik“ dramasi, „Jo‘natish“, „Nojo‘yaliklar“ hikoyalari; A. Rahmatning „Dum“ (1938), „Baxtli yoshlik“ (1939), „Zavqli allalar“ (1940), „She’rlar“ (1940), „Hiyla- gar tulki“ (1940) kitoblari; Sulton Jo‘raning „Fidokor“ (1940); Ilyos Muslimning „O‘suv“ (1932), „Zaharxandalar“ (1932) to‘plamlari, „Miqti keldi“ dostoni (1934); Shukur Sa’dul- laning „Hayqiriq“ (1932), „Uch ayiq“, „Ayyor chumchuq“ (1937), „Yoriltosh“ (1938) to‘plamlari bosilib chiqdi.
Bu davrda qardosh xalqlar adabiyotidan juda ko‘plab asar- lar o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Buning natijasida o‘zbek bolalar adabiyoti har tomonlama boyib bordi. Ayniqsa, „Yosh turkis- tonliklar“, „Bolalar yo‘ldoshi“, „Bolalar dunyosi“, „O‘zga- ruvchi yoshlar“, „Yosh kuch“ kabi nashrlarning yo‘lga qo‘yi- lishi bolalar adabiyotining har tomonlama rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
Xullas, bolalar adabiyotining mavzu doirasi kengaya bordi. Yoshlik, maktab hayoti, ona yurt tabiati, xalqlar do‘stligi, ilm, hunar va texnikaga muhabbat mavzulari bolalar adabi- yotidan keng o‘rin oldi.
Xalqimizda „Ona yurting omon bo‘lsa, rangi ro‘ying so- mon bo‘lmas“, degan naql bor. Ikkinchi jahon urushi yil-

55
larida Oybek, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Sobir Abdulla, Uyg‘un, Maqsud Shayxzoda, Zafar Diyor, Amin Umariy, G‘ayratiy, Mirtemir, Ilyos Muslim, Sulton Jo‘ra va boshqalar fashist bosqinchilarining yer bilan yakson bo‘lishiga komil ishonch g‘oyasi bilan yo‘g‘rilgan asarlar yaratdilar. Uyg‘un- ning „Xayrlashuv“, Zafar Diyorning „Kichkina jangchi“, Il- yos Muslimning „Yovni tutday to‘kamiz“, Sulton Jo‘raning


„Òekstil kombinati to‘quvchilari“, Ra’no Uzoqovaning „Òal- pin, yurak“ she’rlari bolalar adabiyotida urushni la’natlovchi dastlabki asarlardan bo‘ldi.
Bu davr bolalar adabiyotining asosiy mavzusini urush davridagi xalq qahramonlarining fashist bosqinchilariga qarshi jasoratlarga to‘la kurashi „Xat“ (Hamid Olimjon), „Sen yetim emassan“ (G‘afur G‘ulom), „Vatan haqida“, „Yigitlarga“ (Oybek), „Kurash nechun?“, „Kapitan Gastello“ (Maqsud Shayxzoda), „Vatan haqida qo‘shiq“ (Uyg‘un), „Vatan“,
„Chavandoz“ (Òemir Fattoh), „Qurol bering menga ham!“,
„Bizning oila“ (Zafar Diyor), „Òo‘ychi Muhammad“ (Sulton Jo‘ra), „Onamning aytganlari“ (Adham Rahmat), „Biz yen- gamiz“ (Hasan Said) kabi asarlarda o‘z ifodasini topdi.
1941- yilning iyul oyidayoq „O‘lim yovga“ adabiy to‘p- lami bosilib chiqdi. To‘plamdagi shå’rlarda jangda mardlik, jasorat namunasini ko‘rsatish hamda g‘alabaga bo‘lgan komil ishonch jo‘shib kuylanadi.
„Vatan uchun“ to‘plami ham shu yilda yuzaga kåldi. Undagi shå’rlar mavzu jihatdan yanada kångaytirilganligi, qahramonlik, ona-Vatanga sadoqat g‘oyasi yåtakchilik qilishi xaraktårlidir.
Ayniqsa, Zafar Diyor yaratgan qahramonlar yosh bo‘li- shiga qaramay juda qasoskor. Ular tinchlik, osoyishtalik shay- dolari, nåmis-fashist bosqinchilarini qattiq qahr-g‘azab bilan la’natlaydilar. Binobarin, ona-Vatanni såvish, ardoqlashning o‘zi yåtmaydi. U Vatanga munosib o‘g‘lon bo‘lib, uni himoya qila olish zarur, dågan muqaddas tuyg‘u bilan nafas oladilar. Shuning uchun ham shoirning qahramonlari qo‘lda qurol bi- lan nåmis-fashist bosqinchilariga qarshi shårday hamla qilishga tayyor. Z. Diyor „Qurol bering menga ham!“ she’rida lirik qahramon tilidan shunday misralarni bitadi:
Meni kichik demangiz, Kamsitmangiz kuchimni,

56
Bosqinchidan olgumdir Xalq qasosi — o‘chimni!


Nemis-fashist bosqinchilari barcha qatori yosh bolalarning ham osuda hayotini buzdi. Ularni daryo, ko‘llar bo‘yida baliq tutib, hordiq chiqarishdan, bilim olib, quvnoq o‘yin-kulgu bilan yashashdan mahrum etdi. Shuning uchun ham yosh va- tanparvar butun xalq bilan bir tan, bir jon bo‘lib, qo‘lida qurol bilan dushmandan o‘ch olishga shaylandi. Uning:
Qurol bering menga ham, Qurol bering menga ham. Razil nemis boshiga
Men ham solay katta g‘am, —
deya shijoat ko‘rsatishi diqqatni tortadi. Urush davri bolalar adabiyotida front orqasini mustahkamlash ishi ham alohida mavzu bo‘lib qolgan edi. Zafar Diyorning „Maktab — sening fronting“, „Poyezd ketar frontga“, „Òemirchilar minbari“, Shukur Sa’dullaning „Yoshlik“, „Sen nima qilding?“ kabi asar- larida bolalarning front orqasini mustahkamlashdagi jangovar mehnatlari namoyon bo‘ladi.
„Sån nima qilding?“ shå’rining qahramonlari o‘zlariga ham, o‘zgalarga ham talabchan bolalar. Ular har bir kun, har bir daqiqani måhnat muvaffaqiyati bilan o‘tkazishni o‘z ol- dilariga maqsad qilib qo‘yganlar. Shuning uchun ham ular bir-birlariga jiddiy savol båradilar:
— Front uchun nå qilding? Navbat sånga! So‘yla, qani, Nimalarni ep bilding?!
Javob ham aniq:
¾ O‘ylab topdim: uyga kirdim, Kåzdim har yonni bir-bir.
Bog‘lar oshdim, ko‘p yo‘l yurdim, Yig‘dim tårsag-u tåmir.
„Bular front uchun!“ — dåya eltdim maktabim sari.
Shu zaylda har bir bolaning qo‘shgan ulushi båsh o‘rtoq o‘rtasida muhokama qilinadi. Va nihoyat ular: „Bundan o‘q-u tank bo‘ladi!“ dåya o‘z ishlaridan qanoat hosil qiladilar.
Shå’rda har bir bolaning fikr-o‘yi, orzu-umidi, harakati, måhnati ishonarli tarzda ifoda etiladi.

57
Urushdan so‘nggi davr bolalar she’riyatida ona-Vatan, go‘zal diyor, hur o‘lkamiz to‘g‘risida yaratilgan asarlar diq- qatga sazovordir. „Yashna, Vatan“ (I. Muslim), „Obod o‘l- kam“, „Yurtimizning yuragi“ (P. Mo‘min), „Mening Vata- nim“, „Baxtli bolalar“ (Q. Hikmat), „O‘lkamizning tongi otmoqda“ (A. Rahmat), „Dehqon bobo va o‘n ikki bolakay qissasi“ (A. Oriðov), „Ona degan so‘z“ (O. Matjon) va hokazo. Bu mavzuda yaratilgan she’rlarni sanagan bilan tamom bo‘l- maydi. Abdulla Oriðovning „Dehqon bobo va o‘n ikki bolakay qissasi“ she’ri bolalar adabiyotining keyingi yillarda qo‘lga kiritgan jiddiy yutuqlaridan bo‘ldi. O‘zbek bolalar she’riyatida O‘zbekiston haqida ko‘plab asarlar bor. A. Oriðov ularni tak- rorlamasdan, o‘ziga xos original asar yozgan. She’r qahra- monlari o‘n ikki viloyatdan chiqqan a’lochi, jamoatchi o‘quv- chi bolalar. Ular o‘z joylarining tarixini yaxshi bilishadi. Po- yezdda o‘zlariga hamroh bo‘lgan boboning savollariga lo‘nda- lo‘nda qilib javob berishadi. O‘zbekistondagi har bir viloyat- ning o‘ziga xos boyligi, shaharlari, bag‘rikeng odamlari kitob- xon ko‘z o‘ngida bir-bir gavdalanadi.


O‘zaro suhbat asosiga qurilgan bu she’rda boboning yaku- niy nutqi juda salmoqli. Òo‘rt misra she’r bilan tobora gullab- yashnab borayotgan, o‘ziga mustaqil bo‘lib, o‘z taqdirini o‘zi bunyod etayotgan diyorimizning husni jamoli, salobati va qudrati bir butunligicha ifoda etilgan:
Siz atagan har bir joy Bitta bo‘ston bo‘ladi, Hammasini qo‘shsangiz, O‘zbekiston bo‘ladi.
O‘zbek xalqi avvaldan mehnatkash xalq. Ishchanlik bizga ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan. Q. Muhammadiyning
„Etik“, „Buvimning hikoyasi“, H. Yoqubovning „Sirdaryo oftobi“, Shukur Sa’dullaning „Hovlimizning bolalari“,
„Dastyor qiz“, „Bog‘bon qiz“, Ilyos Muslimning „Oyxon va rayhon“, „Ishchan asalarilar“, „Sening sovg‘ang“, Po‘lat Mo‘minning „Dalalarga qarasam“, „Oftob chiqdi olamga“, Qudrat Hikmatning „Bobo va nabira“, „Jo‘jam, yurma laqil- lab“, Òolib Yo‘ldoshning „Vaqt qadri“, Yusuf Shomansur- ning „Baraka“, „Òikuvchi“, Tursunboy Adashboyåvning
„Shanbalik“, Rauf Tolibning „Bobo xursand, Nodira xafa“,

58
Qambar Otaning „Måhnatdan zavq olaman“ shå’rlari båvosita måhnat mavzusiga bag‘ishlangan.


Istå’dodli shoir Qambar ota uzoq yillardan båri bolalarni måhnatsåvarlikka chorlab shå’rlar yozib kåladi. „Måhnatdan zavq olaman“ asari shulardan biri. Asarning lirik qahramoni sog‘lom va tåtik bola. Buning asosiy sababi uning måhnatkash- ligida. Bola ishlashni, ayniqsa, kattalarning yumushlariga astoydil yordam bårishni yaxshi ko‘radi. Lirik qahramonning måhnati, orzu-xayoli yosh kitobxonning ezgu niyatiga mos tushadi:
Sog‘lom, quvnoq bolaman, Måhnatdan zavq olaman. Agarda ish qilmasam,
Tåz zårikib qolaman. Kattalarga dastyorman, Xizmatiga tayyorman.
Måhnat — baxt. O‘sha baxtni qo‘lga kiritish, måhnat unum- dorligini oshirish uchun esa, eng avvalo, ilm-fanni puxta o‘zlashtirib olish kårak. Q. Muhammadiyning quyidagi shå’rida måhnatning zoyå kåtmasligi alohida ta’kidlanadi:
Ilmni bilib olsang, Mo‘ljaling xato kåtmas.
Måhnatkashlik dunyoda buyuk ish. Kimki bu ishning etagini tutsa, u håch qachon kam bo‘lmaydi. Bugun ham shoirlarimiz o‘z asarlarida bolalarni måhnatkash bo‘lishga, måhnat ahlini hurmat qilishga, ularning påshana tårlari evaziga bunyod etilgan narsalarni e’zozlashga, asrab-avaylashga da’vatkor shå’rlar ijod qilmoqdalar.
Bolalarni bog‘cha yoshidan boshlaboq tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash muhim ishlardan biri hisoblanadi. Bolalar ijodkorlari bu masalaga alohida e’tibor båradilar. „Kichkina bog‘bon haqida doston“, „Suv bilan suhbat“, „Yuksak tog‘, kång o‘tloq va mard o‘rtoq haqida qissa“ (Zafar Diyor),
„To‘rt fasl“ (Sh. Sa’dulla); „Bizning bog‘ga kålinglar“ (G‘. G‘u- lom); „Boychåchak“, „G‘uncha“ (Uyg‘un); „O‘rik gullagan- da“ (H. Olimjon); „Yurtimiz tabiati“, „Tilla qo‘ng‘iz“ (I. Mus- lim); „Tabiat alifbosi“, „Qanotli do‘stlar“ (Q. Muhammadiy);
„Bahor“, „Tog‘ manzarasi“, „Suv“ (Q. Hikmat); „Toshbaqa“

Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə