O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə6/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY


(1889 1929)

Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889- yilda Qo‘qon shahrida tabib oilasida tavallud topdi. Uning pedagogik faoliyati 1911- yildan boshlandi. U dastlab Qo‘qon shahrining Hojibek guza- rida kambag‘allarning farzandlari va yetim-yesir bolalar uchun maktab ochdi.


Hamza mehnatkash xalq ommasi va uning bolalarini o‘qi- tish va tarbiyalash maqsadida, ularni moddiy jihatdan ta’min- lashni nazarda tutib, „Yordam jamiyati“ tashkil qildi. Shu ja- miyat orqali u o‘quvchilarni o‘quv qurollari, kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan ta’minlab turdi.
1914- yilda jahon urushining boshlanishi Òurkiston boshi- ga tushgan balo bo‘ladi. Urush ta’sirida mehnatkash xalq ya- nada qashshoqlashadi, bolalar nihoyatda ayanchli ahvolda qo- ladilar. Bu hol Hamzaga ta’sir qiladi. Shoir ularning og‘ir ah- volini ifodalovchi she’r va maqolalari bilan matbuotda mun- tazam ravishda qatnashib turadi. Hamza 1914- yilda „Sadoyi Òurkiston“ gazetasida bosilgan she’rida xalq ahvolini shunday ta’riflaydi:
¾Kambag‘allar titrashib yurgay yalang‘och izg‘ushub, Oh, bu faqir-u asorat onlara sayyoddir,
Dil shikasta, bag‘ri xun, ko‘zida yosh shashqator, Otasiz, baxtsiz yetimlar holiga faryoddir.
Shunday sharoitda Hamza „bir iloj qilib kambag‘al bola- larni aqchasiz... tarbiya va o‘quvga boshlarini band qilmoq“ choralarini izlaydi, she’r va maqolalarida bolalarni o‘qishga chaqiradi. Bu g‘oyani Hamza „O‘qi“ she’rida bayon etadi. O‘sha yili u yetim va kambag‘al bolalar uchun „Dorul ye- tim“ (Yetimlar maktabi)ni ochadi va o‘zi o‘qituvchilik qiladi.

88
Hamza birinchi sinf o‘quvchilari uchun „Yengil adabiyot“, 2- sinf uchun „Axloq hikoyalari“ o‘qish kitoblarini tuzadi.


Hamza 1915- yilda Marg‘ilonga borib, kambag‘al bolalari uchun maktab ochadi. 1918- yilda Farg‘onaga borib o‘qituv- chilikni davom ettiradi va u yerda yosh san’atkor-ixlosmand- larni to‘plab, „Sayyor dram truppa“ tashkil qiladi. 1919- yil- ning boshlarida Hamza Qo‘qondagi 1- boqimsiz bolalar uyiga mudir qilib tayinlanadi. Bu yerda u uch sinfli maktab ochib, o‘zi o‘qituvchilik qiladi. 1922 —1924- yillarda shoir Qoraqal- pog‘istonning Xo‘jayli tumanidagi 1- bolalar uyi mudiri va o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi. 1925- yilda esa Farg‘onaning Avval qishlog‘iga o‘qituvchi qilib tayinlanadi va g‘oyat og‘ir sharoitda ishlaydi. Ayni vaqtda u xalqni yangi zamon qurilishi tomon chaqiruvchi ijodini davom ettiradi.
Shoir 1928 — 1929- yillarda Shohimardonga borib o‘qituv- chilik qiladi.
Hamzaning tarbiyachilik faoliyatini uning shu mavzuda yoz- gan asarlari yanada to‘ldiradi. Uning ilm va tarbiyaviy mavzuda yaratgan „Ilm ista“, „Maktab“, „Kitob“, „O‘qi“, „Qalam“,
„Hikoya“, „Òo‘g‘riso‘z bola“, „Hikoyat“, „Òoshbaqa va Cha- yon“, „Bolaning yomon bo‘lmog‘iga sabab bo‘lgan onaning jazosi“ kabi she’rlari xarakterlidir. Bu asarlar shoirning 1914- yilgacha bo‘lgan ijodidan namuna sifatida tahsinga loyiq.
Hamza xalqni o‘qitish, savodxon qilish uchun tinimsiz intiladi va kurashadi, maktablar uchun darslik va qo‘llanmalar yozishni o‘ziga maqsad qilib oladi. Hamza yozgan darsliklar uning o‘sha davrdagi dunyoqarashi, badiiy ijodi, bolalar ada- biyotini tushunishi haqida ko‘pgina ma’lumot beradi. Bu g‘oya
„Yengil adabiyot“da o‘z aksini topgan.
Muallim-olimning bu kitobidan munosib o‘rin olgan „Mak- tab xususinda“ asari alohida ajralib turadi. U bu she’rda mak- tabni millatning quyoshiga, guli va bog‘iga o‘xshatib ta’riflaydi:
Maktab millat quyoshi, Maktab millat saroyi,
Balki ko‘z ila qoshi. Ilm-u adabning joyi. Ko‘zsiz, qoshsiz kishining Dunyoda eng saodat Qanday xunukdir boshi. Axtarganlarning joyi.
Maktab millatning guli, Millat aning bulbuli.
Maktabsiz qolgan millat Boshqa chamanning quli¾
89
„Birinchi sinf bolasining so‘zi“ she’rida shoir o‘sha qu- yoshga, nurga, gulga, baxtga intilgan o‘quvchining yozuv va chizuvini o‘rganib olib, baxtga erishayotganligini uning nomi- dan quyidagi misralarda bayon qiladi:
Mening o‘qub, yozganim, Oltin, kumush qazganim, Òilak sari uchuvga
Go‘yo qanot yozganim.
Hamza xuddi shu darslikdan o‘rin olgan „Òo‘g‘ri so‘zla“ she’rida har qanday holatda ham, hatto boshingga qilich kel- ganda ham to‘g‘ri so‘z bo‘l, deb o‘z o‘quvchisini, yosh ki- tobxonni to‘g‘riso‘z bo‘lishga undaydi:
Òo‘g‘ri so‘zla, ey o‘g‘ul,
Òil burmag‘il yolg‘onga hech. Bir masal bor: to‘g‘riso‘zlar Boshini kesmas qilich.
Hamzaning „Yengil adabiyot“ga kiritgan she’rlaridagi bosh qahramonlarning belgili xususiyatlaridan biri — to‘g‘riso‘zlik. Shoir bolalarni to‘g‘ri va rostgo‘y bo‘lishga, zararli va foydasiz ishlardan qochib, ijobiy ishlar bilan shug‘ullanishga, kishilar- ning yaxshi sifatlaridan ibrat olishga chaqirgan. „Òo‘g‘riso‘z bola“ she’rida bu fikr yanada jonli chiqqanini ko‘ramiz. Hamza bu she’rida barcha narsa pul va boylik bilan o‘lchangan jami- yatda hamma narsadan ko‘ra haqiqatni ustun qo‘ygan ijobiy qahramon bola obrazini yaratadi.
Bir bola o‘qishdan qaytayotganida ikki kishi uning oldini to‘sib, biri dedi: „Òanga berurman senga, so‘zla birozgina yol- g‘on menga“. Shunda bola unga juda donolik bilan javob beradi:
So‘zlang, ako, qomatingizga qarab, Bu so‘zingiz aslida yolg‘on erur, Òangaga yolg‘onni kim olgan erur, Sizda ko‘p ekan o‘zi yolg‘on, ako, Siz oni avval sotib aylang ado.
Qolsa kamib, yetmay agar sizdanam, O‘rtog‘ingizda ko‘p erur bizdanam.
Ofarin aytdilar oning so‘ziga Òangani xolis berubon o‘ziga.
Hissa: kimki to‘g‘ri so‘zi har qachon, Òekkizadir doimiy bo‘yla hison.

90
Hamza bu she’rida bolalarni yoshligidanoq rostgo‘ylik ruhida tarbiyalash lozimligini uqtiradi, ularni yolg‘onchilik va aldamchilikdan uzoqroq yurishga chaqiradi.


Shu kitobda „Qimorning boshi“ degan bir she’r bor. Un- da shoir Hoshimjon degan bolaning ayanchli qismatidan to‘g‘ri xulosa chiqarishga chaqiradi. Hoshimjonning „Òo‘p- tosh“, „Juftmi-toq“ degan o‘yinlarni o‘ynashdan asta-sekin qimor o‘ynashga o‘rganganini, bora-bora qimorga mukkasidan ketib, oxiri bor-yo‘g‘ini qimorga boy berganini, nihoyat uning go‘loxlikka tushib, xorlikda o‘lib ketganini ifoda etadi.
„O‘qish kitobi“ Hamzaning ikkinchi darsligidir. Unda to‘q- qizta dars bo‘lib, ularning har biri axloqiy masalaga bag‘ish- langan. Barcha hikoyalarning qahramoni ijobiy fazilatlarni o‘zida mujassamlantirgan maktab o‘quvchisidir.
„Bir aqlli maktab bolasining o‘z-o‘zicha domlasining qil- gan tarbiyalari yodiga tushib, fikrlanib, degan so‘zlari“ sar- lavhali ikkinchi darsda bolaning nutq-ta’rifi vositasida ustoz obrazi chiziladi. Hamza o‘zi orzu qilgan o‘qituvchini bola tili- dan bunday ta’riflaydi:
O‘ylasak, bizni erurlar chin otamiz shul kishi, Chunki bizga bilmaganni bildirur ustodimiz¾ Ota birlan onamizdan yaxshiroq shafqat qilib, Bizdagi har kamchilikni ko‘rsatur ustodimiz¾ Asta-asta bizda bo‘lgan har yomon, shum fe’lni, Har kuni aylab nasihat, yo‘qotur ustodimiz.
Yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash ishiga Hamza alohida ahamiyat beradi. Odamlarga mehr-u muhabbat qo‘yish, kishilarning qadr-qimmatiga yetish, ularni hurmat qilib, iz- zat-ikrom bilan muomala qilish yoshlardagi insonparvarlikning asosidir. Yoshlarni bunday ruhda tarbiyalash, dastavval, bola- larning eng yaqin kishilariga, ayniqsa, ota-onasiga nisbatan muhabbat tuyg‘ularini rivojlantirishdan boshlanishi kerak. Shoir ota-onani hurmat qilishni bolaning eng yuksak insoniy fazi- latlaridan biri deb hisoblaydi. „Ul aqllik otasini ham qilgan tarbiya va shafqatlarini yod etib degan so‘zi“ sarlavhali uchin- chi va „Ul aqllik bolaning mushfiqa enasi uchinda qilgan ta- shakkurlari“ nomli to‘rtinchi darslarida ota-onalar qiyofasi chi- ziladi.
Hamza kitobda otaning lirik obrazini chizarkan, uning amri xalq amridan ham kuchli, deb ta’riflaydi. Onani esa

91
„otamizdan ham muqaddas onamiz“ tarzida ulug‘laydi. Ayni chog‘da, ota-onaning bola tarbiyasi uchun mas’ul ekanligi ta’kidlanadi.


„O‘qish kitobi“dagi bir necha she’rlar o‘qish, ilm olish, maktab hamda kitobning ta’rifiga bag‘ishlanadi. Jumladan,
„O‘qi“ she’rida shoir o‘qish natijasida kambag‘al-bechoralar- ning asoratdan qutulib, madaniyat va san’atdan bahramand bo‘lishi turgan gap deb uqtiradi. O‘qishning qadrini muallif o‘qituvchi-ustozlar tilidan shunday ta’riflaydi:
Gar dilingda o‘ylagan orzuga yetmoq istasang, Qimmat umring qilmag‘il behudaga bekor, o‘qi!.. Ey o‘g‘il! Dunyoda bo‘lmoq istasang oliyjanob,
O‘qig‘il maktab kelib, zinhor o‘qi, ming bor o‘qi!
U „Maktab“ she’rida „O‘qub ilm-u adab bo‘lgay garang hushyor maktabdin“ deb „Insonni inson qatoriga qo‘shish“, insonni kamolotga yetkazish va uni oliyjanob, fazilatli kishi qilib yetishtirishda maktabning roli katta ekanligini ko‘rsatadi. Shoir maktab tarbiyasining ahamiyatini yuksak baholaydi, uni sirlarning xazinasi, odamni odam qiladigan joy deb ko‘rsatadi. Hamza bolalarni ilmli, odobli hamda hunarli qilishda kitobning ahamiyati nihoyatda katta ekanligini „Kitob“ she’rida sodda, obrazli, mazmundor misralarda tasvirlab berdi. U o‘z she’rida „Kitob bilim manbayi“, „Ko‘zning nuri, dil huzuri, dillarning darmoni!..“, „Har balodan asraguvchi eng muhim qimmat yarog‘“ kabi sifat va ta’riflar bilan kitobni yuksakka ko‘taradi. Shu bilan birga, har bir kishi ko‘nglidagi orzusiga yetishishi uchun „Ilm manbayi bo‘lgan kitob“ni sevishi, sa-
vodli bo‘lishi lozimligini uqtiradi:
Har ko‘ngilning orzusi shul erur obihayot, Qadrini bilgan kishiga, shubhasiz, jondir kitob¾ Ko‘zning nuri, dil huzuri, dillarning darmonidur, Har qorong‘u dilga go‘yo mohitobondur kitob¾ Har kishi yoshlikda qilsa ozgina g‘ayrat agar,
Òez zamonda oshno bo‘lmog‘i osondir kitob.
Mumtoz adabiyotimizda qalam haqida juda ko‘p falsafiy she’rlar yozilgan. Hamzaning „Qalam“ deb nomlangan she’ri ham ana shunday asarlardandir. Shoir qalamni ma’rifat ramzi sifatida „Qoradir garchi izi nuri haqiqatdir o‘zi“ deya qadr- laydi.

92
Hamza „Ilm ista“ she’rida yoshlarga murojaat qilib ki- shining ko‘zlagan murod-maqsadlariga erishishida ilm olishning ahamiyati katta ekanligini aytadi, yoshlarni ilm olishga, dun- yo sirlarini o‘rganishga da’vat qiladi. U ilmli kishi bilan ilm- siz kishini bir-biriga solishtirib, ilmli kishini porloq oftobga, ilmsiz kishini qorong‘i kechaga o‘xshatadi. Shuning uchun ham Hamza ilm-fanning mohiyatini tushuntiradi va yoshlarni ilm o‘rganishga undaydi:


Har murod-u maqsadingga yetmoq istarsan murod, Ko‘z ochib bedor bo‘l: darkor ilm, darkor ilm! Ul haqiqat oynig‘a sayqal istarsan, nihon,
Ilm ista, ilm ista, istag‘il zinhor ilm!
Shuningdåk, shoir ilm-fanni quruq o‘rganib olishnigina targ‘ib etmaydi, balki uning xalqqa xizmat qilishini, yangi- yangi kashfiyotlar uchun kårakligini nazarda tutadi va buni bolalarga uqtiradi:
Ilm bizni yåturgay har muroda, Bizam ilm o‘lsa uchgaymiz havoda. Olim bo‘lsak dunyoda,
Kålur har ish bunyoda, Biz ham suv osti kåzib, Ham ucharmiz havoda.
Shoir ilm-fanning kuch-qudratini, kishilar ongini o‘stirish- dagi bag‘oyat katta rolini bolalarga sodda va ravon misralarda ifoda qiladi:
¾Olim bo‘lsak qancha biz, Har bid’atni yanchamiz. Jahl otlig‘ dushmanni, Ko‘ksina tig‘ sanchamiz.
Shoir „Hikoya“ asarida bolalarni yolg‘on gapirmaslikka, rostgo‘y bo‘lishga chaqiradi. Bu g‘oya xolasining pulini o‘g‘ir- lagan oiladagi katta o‘g‘ilning siri fosh etilishi vositasida ifoda- lanadi. Shoir sharmanda bo‘lgan bola haqida gapirib, qissadan hissa chiqaradi:
Hissa: kimi bo‘yla xiyonat qilur, Bir kun o‘zin shuyla xijolat qilur.
„Toshbaqa bilan Chayon“ masalining sujåti xalq og‘zaki ijodida juda mashhur. Gulxaniy bu masal mazmunini nasriy

93
yo‘l bilan bårgan bo‘lsa, Hamza unga qayta sayqal bårib, nazmda bayon etgan. Hamza masalda do‘stlikni ulug‘laydi, firibgarlik, tilyog‘lamalikni esa qattiq qoralaydi. Toshbaqa or- qali rahmdil, chin do‘st obrazini yaratadi. Chayon obrazida esa yaxshilikka yomonlik qaytaruvchi, tilyog‘lama, o‘z so‘zida turmaydigan kishilar fosh etiladi.


Shoir bolalarni tanlab, bilib do‘st bo‘lishga, yomon niyatli kishilar bilan hamroh bo‘lmaslikka chaqiradi, kimda-kim yaxshilikka yomonlik qaytarsa, uning boshiga kulfat tushishi turgan gapligini uqtiradi. Masalda bunday xulosa chiqariladi:
Hissa: kimi g‘ayrni ulfat etar, O‘z-o‘zicha boshig‘a kulfat yåtar.
„O‘qish kitobi“dagi asarlarning ko‘pchiligida o‘z zamonasi uchun g‘oyat ilg‘or fikrlar olg‘a suriladi. Ayniqsa, undagi maktab, kitob, qalam, ilm, o‘qituvchi, bola tarbiyasida ota- onaning roli haqidagi she’rlar, „Òoshbaqa bilan Chayon“ kabi ibratli asarlar hozirgi vaqtda ham kitobxonlarga manzur bo‘l- gan va ma’rifiy-estetik tarbiya beradigan asarlar sirasidandir. Ana shu g‘oyaviy va badiiy yuksak, o‘quvchilarga manzur bo‘lgan asarlar „O‘qish kitobi“ni o‘zbek bolalar adabiyotining noyob namunalaridan deb hisoblash uchun asos bo‘ladi.
Hamza 1925- yilda „Ikkinchi sinf uchun qiroat kitobi“ darsligini yozdi. Bu kitob g‘oyaviy mavzusi jihatidan Alisher Navoiyning „Hayrat ul-abror“ asariga yaqin turadi. Kitob bo- lalar ruhiga mos qilib, nasriy yo‘l bilan yozilgan. Undagi bi- rinchi asar — „Ilm“da ma’rifatlilik, ilmli bo‘lish shunday sharh- lanadi:
„Ey bolalar, har bir inson bolasiga dunyoda eng avval zarur va lozim bo‘lgan narsa ilmlik o‘lmoqdir. Ilmsiz kishini butun inson demak ayni xatodir¾“
Kitobdagi barcha darslar ana shunday tafsilot bilan bosh- lanadi, so‘ng bir bayt she’r keltiriladi:
Ilmsiz har kishi uchsa havoga, Ko‘ngil berma aningdek xudnamoga.
Hamza ilm haqidagi hikoyalaridan keyingilarini odob, ax- loq masalalariga bag‘ishlaydi.
Xususan, muallif darslikda bola tarbiyasida ota-onaning beqiyos rolini yuqori baholaydi.

94
Hamza bu asarida xalq og‘zaki ijodidan unumli foyda- langan. Asarning badiiy shaklini belgilashda bolalar adabiyo- tining talablari to‘la ko‘zda tutilgan, fikr sodda, ixcham. Ayni vaqtda jonli til va obrazli iboralar bilan bayon qilingan. Asar- ning boshidan oyoq beva-bechora, mehnatkash omma manfaa- tini himoya qilish va ma’rifatga da’vat etish ruhi bilan sug‘o- rilganligi Hamzaning haqiqiy ma’rifatparvar shoir ekanini tasdiqlaydi.


1915- yilda Hamzaning „Milliy ashulalar“ to‘plami bosilib chiqdi. Bu to‘plamdagi she’rlarning ko‘pchiligida ma’rifat- parvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish davom etadi. Hamza avvalgi she’rlarida ilmli va yaxshi xulqli kishilarni ma’rifatparvar deb ko‘rsatgan bo‘lsa, endi u o‘z xalqi uchun jonini ham aya- maydigan, yuksak ijtimoiy ongli shaxslarni ma’rifatparvar deb talqin qildi. Bu uning ijodiga ijtimoiy voqelik ta’sir etganini, ijodkorning g‘oyaviy tomondan o‘sganini ko‘rsatadi.
Shoir „Milliy ashulalar“, „Oq gul“, „Qizil gul“, „Yashil gul“ va boshqa to‘plamlarida qo‘shiqlar bilan xalq ommasini madaniyatli bo‘lishga undaydi, zulmdan shikoyat qiladi, ijti- moiy faollikka chaqiradi.
Mashhur tarbiyachi, atoqli shoir, dramaturg va bastakor Hamza Hakimzoda Niyoziy mehnatkash xalqni, shuningdek, yosh avlodni o‘qitish, ma’rifatli qilish, tarbiyalash ishiga o‘zi- ning butun iqtidorini, umrini bag‘ishladi.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Hamzaning qanday darsliklarini bilasiz?

  2. Hamza — muallim?

  3. Hamza masal yozganmi?

95



Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə